28.01.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1891
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrugʻi, 28.01.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1891
Date of entry into force
07.02.2009
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BIZNES SOHASI UCHUN SUGʻURTA XIZMATLARI KOʻRSATISHNING YAGONA TALABLARI VA STANDARTLARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 28-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1891]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi PQ-618-sonli “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 15-son, 158-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Biznes sohasi uchun sugʻurta xizmatlari koʻrsatishning yagona talablari va standartlari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri R. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 26-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
120-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vazirining 2008-yil 26-dekabrdagi 120-sonli buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Biznes sohasi uchun sugʻurta xizmatlari koʻrsatishning yagona talablari va standartlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi PQ-618-sonli “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 15-son, 158-modda) muvofiq biznes sohasi uchun sugʻurta xizmatlari koʻrsatishning yagona talablari va standartlarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom maqsadlarida biznes sohasi uchun sugʻurta xizmatlarini koʻrsatish deganda tadbirkorlik xavflarini sugʻurtalash shartnomalari boʻyicha sugʻurta himoyasini taqdim etish tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Nizom bilan belgilangan yagona talablar biznes sohasi uchun sugʻurta xizmatlarini taqdim etayotgan sugʻurtalovchilar uchun majburiydir.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Biznes sohasi uchun sugʻurta xizmatlari koʻrsatishning standartlari standart tushunchalar va sugʻurta xizmatlari koʻrsatishning standart shartlaridan iboratdir. Sugʻurta xizmatlari koʻrsatishning standartlari, agar qonunchilik hujjatlarida yoki sugʻurta shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, biznes sohasi uchun sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishda qoʻllaniladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Biznes sohasi uchun sugʻurta xizmatlari koʻrsatishning yagona talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Sugʻurta shartnomasi tuzilayotganda sugʻurtalovchi isteʼmolchiga (tadbirkorlik xavfini sugʻurtalash shartnomasini tuzmoqchi boʻlgan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkorga) quyidagilar haqida haqqoniy va toʻliq axborotni taqdim etishi shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) sugʻurtalovchi haqida (oshkora axborotni);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) sugʻurtalovchi nomidan va topshirigʻiga binoan faoliyat koʻrsatayotgan sugʻurta vositachilari (sugʻurta agentlari) haqida (agar isteʼmolchi tomonidan bunday talab mavjud boʻlgan taqdirda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) sugʻurta xizmati, yaʼni uning narxi (sugʻurta mukofoti), qoplamasi, shartlari, xizmatning maqsadlari, tavakkalchilik omillari, kafolatlar, maxsus istisnolari va h. k. haqida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) sugʻurta xizmatining isteʼmolchi uchun afzalliklari va kamchiliklari haqida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) sugʻurtalovchi va sugʻurta qildiruvchining majburiyatlari haqida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) sugʻurta mukofotlari (badallari) va mablagʻlarning kutilayotgan qaytarilishi haqida (qoʻllanilishi mumkin boʻlganda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) sugʻurta daʼvolarini hal etish tartibi va sugʻurta shartnomasining boshqa shartlari haqida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalovchi taqdim etayotgan axborot barcha muhim shartlar (pozitsiyalar) boʻyicha aniq va ravshan, yanglishtirmaydigan, oson tushuniladigan va yozma shaklda yoki tegishli elektron tashuvchilarda boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Sugʻurtalovchi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boʻlgan sugʻurta xizmatlari va taqdim etishi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurta xizmatlarini, hatto ular amalga oshirilishining oʻziga xos shartlariga ega boʻlgan holatlarda ham, mazkur Nizomning talablariga muvofiq koʻrsatishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz xodimlarining barcha ishlarini qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini taʼminlashi;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrsatilayotgan xizmatlar haqida toʻliq maʼlumot, shuningdek sugʻurta shartlaridagi oʻzgarishlar haqida oʻz vaqtida axborot taqdim etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchining talablariga aynan mos keluvchi sugʻurta xizmatlarini tanlashga yordam berishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurta hodisasi yuz berganda, sugʻurta tovonini (sugʻurta toʻlovini) oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlashi;
(5-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 13-martdagi 02-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1891-2, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/1891-2/0258-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz ishidagi xatolarni soʻzsiz tuzatishi hamda sugʻurta qildiruvchilarning shikoyatlarini koʻrib chiqishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Sugʻurta shartnomasi tuzilayotganda sugʻurta qildiruvchi va sugʻurtalovchi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 929-moddasida nazarda tutilgan sugʻurta shartnomasining muhim shartlari boʻyicha kelishuvga erishilishi hamda ular sugʻurta shartnomasida aniq va ravshan bayon etilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Sugʻurta shartnomasi yanglishtiruvchi tasvirlovchi harakatlar yoki taʼriflardan holi boʻlishi shart. Sugʻurta shartnomasi tuzilayotganda sugʻurtalovchi qonunchilik hujjatlarida va/yoki umum qabul qilingan amaliyotda nazarda tutilgan sugʻurta qildiruvchi oldidagi qaysidir majburiyatini yoki javobgarligini istisno qilish yoki cheklashga intilib, qaysidir meʼyorni asossiz ravishda dalil qilib koʻrsatishga haqli emas.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Agar sugʻurta shartnomasi sugʻurtalovchining qaysidir savollariga sugʻurta qildiruvchining javoblari boʻlmagan holda tuzilgan boʻlsa, sugʻurtalovchi tegishli holatlar sugʻurta qildiruvchi tomonidan maʼlum qilinmaganligiga asoslanib keyinchalik shartnomani bekor qilishni yoxud uni haqiqiy emas deb topishni talab qila olmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Sugʻurtalovchilar sugʻurta daʼvolarini koʻrib chiqish va hal etish tizimini yaratishlari va qoʻllab-quvvatlashlari shart. Sugʻurtalovchilar sugʻurta daʼvolarini oʻz vaqtida va odilona hal etishlari shart. Sugʻurta daʼvolarini samarali va tez hal etish mumkin boʻlgan sugʻurta daʼvolarini va nizolarni hal etishning sodda va obyektiv jarayoni mavjud boʻlishi lozim. Ushbu jarayon aniq va oson tushuniladigan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalovchi sugʻurta daʼvolarini koʻrib chiqishning muqobil mexanizmi sifatida oʻzidan mustaqil boʻlgan tashkilotga (masalan, Assistans xizmati yoki adjasterlarga) murojaat qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Sugʻurtalovchi sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan voqea sodir boʻlganligi toʻgʻrisida xabarni va ushbu voqeaga aloqador hujjatlarni olgandan keyin yetkazilgan zararning sababi va miqdoriga oid qoʻshimcha hujjatlarni tuzilgan sugʻurta shartnomasi shartlariga muvofiq soʻrashga haqli.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 2-avgustdagi 118-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1891-1, 29.08.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 938-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Agar sugʻurtalovchi voqeani sugʻurta hodisasi deb tan olsa, u sugʻurta hodisasi toʻgʻrisida dalolatnoma tuzishi, unda sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurta qildiruvchiga toʻlashi lozim boʻlgan sugʻurta tovonining (sugʻurta toʻlovining) miqdorini koʻrsatishi va sugʻurta hodisasi toʻgʻrisidagi dalolatnoma tuzilgan kundan boshlab besh bank kuni boʻlgan muddatdan kechiktirmay sugʻurta tovonini (sugʻurta toʻlovini) toʻlashi shart.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 13-martdagi 02-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1891-2, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/1891-2/0258-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Voqea sugʻurta hodisasi deb tan olinmasa, sugʻurta qildiruvchi zararlarni qoplash talabi bilan murojaat etgan kundan boshlab oʻn besh kun boʻlgan muddatdan kechiktirmay sugʻurtalovchi sugʻurta qildiruvchiga rad etish sabablarining asoslantirilgan dalil-isbotlarini oʻz ichiga olgan xabarnomani yoʻllashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Biznes sohasi uchun sugʻurta xizmatlari koʻrsatishning standartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Sugʻurta shartnomalari va biznes sohasi uchun sugʻurta xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq boshqa hujjat aylanmasida (ish xatlarida, zararlarni hal etish hujjatlarida va sh. k.) foydalaniladigan asosiy atamalar va taʼriflarning turlicha talqin etilishini oldini olish maqsadida, quyidagi standart tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aylanma — sugʻurta qildiruvchi tomonidan sotilgan va yetkazib berilgan tovarlar (koʻrsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar) uchun sugʻurta qildiruvchiga toʻlanilayotgan (siylovlar chegirilgan holda) va toʻlangan pul mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
biznesning toʻxtashi — sugʻurta qildiruvchining odatdagi faoliyatini yuritishiga toʻsqinlik qiladigan tashqi va ichki omillar bilan bogʻliq ravishda tadbirkorlik faoliyatining toʻxtashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joriy xarajatlar — sugʻurtalangan faoliyatning toʻxtashi davrida sugʻurta qildiruvchining muqarrar ravishda davom etayotgan xarajatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kontragent — sugʻurta qildiruvchi bilan shartnomaviy munosabatlarga kiruvchi yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kontrakt — sugʻurta qildiruvchi va kontragent oʻrtasida haq evaziga tuzilgan tovarlarning oldi-sotdi (xizmatlar koʻrsatish, ish bajarish) shartnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kutish davri — kontraktda koʻrsatilgan toʻlov sanasidan boshlab hisoblanadigan, sugʻurta shartnomasida kelishilgan voqea natijasida sodir boʻlgan zararni qoplashgacha oʻtishi lozim boʻlgan ketma-ket kalendar kunlari soni;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurta shartnomasi — sugʻurtalovchi va sugʻurta qildiruvchi oʻrtasida yozma yoki elektron shaklda tuzilgan bitim boʻlib, sugʻurta qildiruvchi unga muvofiq sugʻurta mukofotini (sugʻurta badalini) sugʻurta shartnomasida belgilangan tartibda, muddatlarda va hajmda toʻlaydi hamda sugʻurta shartnomasida yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajaradi, sugʻurtalovchi esa sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan muayyan voqea (sugʻurta hodisasi) yuz berganda sugʻurta tovonini (sugʻurta toʻlovini) toʻlash majburiyatini oʻz zimmasiga oladi;
(12-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 13-martdagi 02-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1891-2, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/1891-2/0258-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurtalangan faoliyat — mahsulot ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish, ish bajarish va (yoki) isteʼmolchilarga tovar sotish boʻyicha sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan sugʻurta qildiruvchining xoʻjalik faoliyati (biznesi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurtalovchi javobgarligining limiti — sugʻurta shartnomasida belgilanadigan pul miqdori boʻlib, uning chegarasida har bir alohida yoki barcha sugʻurta hodisalari boʻyicha sugʻurta tovonining miqdori belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurta davri — sugʻurtalovchi sugʻurta shartnomasi amalda boʻlgan davrda sodir boʻlgan sugʻurta hodisalari boʻyicha majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladigan davr;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurtalovchi — tegishli turdagi sugʻurtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan va sugʻurta shartnomasiga muvofiq sugʻurta tovoni (sugʻurta toʻlovi) toʻlovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi tijorat tashkiloti boʻlgan yuridik shaxs;
(12-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 13-martdagi 02-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1891-2, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/1891-2/0258-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurta qildiruvchi — sugʻurtalovchi bilan sugʻurta shartnomasini tuzgan, sugʻurta shartnomasida kelishilgan sugʻurta mukofotini (sugʻurta toʻlovini) toʻlovchi va sugʻurtalovchi bilan aniq sugʻurta munosabatlariga kiruvchi har qanday tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurta polisi — sugʻurta shartnomasi tuzilganligini tasdiqlovchi va sugʻurta qildiruvchiga u sugʻurta mukofotini yoki uning birinchi qismini toʻlagandan keyin beriladigan hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurta summasi — sugʻurta qildiruvchi va sugʻurtalovchining kelishuviga muvofiq belgilanadigan pul mablagʻlari miqdori boʻlib, sugʻurtalovchi sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta tovonini undan oshmagan miqdorda toʻlash majburiyatini oladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurta hodisasi — sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan va u sodir boʻlishi bilan sugʻurtalovchining sugʻurta qildiruvchiga sugʻurta tovoni (sugʻurta toʻlovi) toʻlovini amalga oshirish majburiyati kelib chiqadigan yuz bergan voqea;
(12-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 13-martdagi 02-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1891-2, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/1891-2/0258-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurta mukofoti — sugʻurta qildiruvchi tomonidan sugʻurtalovchiga sugʻurta shartnomasida shart qilib koʻrsatilgan tartibda va muddatlarda milliy valyutada yoki chet el valyutasida toʻlanadigan sugʻurta uchun toʻlov;
(12-bandning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 13-martdagi 02-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1891-2, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/1891-2/0258-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurta tovoni (sugʻurta toʻlovi) — sugʻurta shartnomasida nazarda tutilgan sugʻurta hodisasi yuz berganda sugʻurta qildiruvchiga, sugʻurtalangan shaxsga (naf oluvchiga) har bir sugʻurtalangan shaxs uchun sugʻurta summasi doirasida toʻlanadigan pul mablagʻlari summasi;
(12-bandning oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 13-martdagi 02-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1891-2, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/1891-2/0258-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
standart aylanma — zarar koʻrishdan bevosita avvalgi oʻn ikki oyga teng qoplama toʻlashning eng koʻp davriga toʻgʻri keladigan mablagʻlar aylanmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurta hududi — sugʻurta amalda boʻladigan hudud. Sugʻurta shartnomasi sugʻurta hududida sodir boʻlgan hodisalarga nisbatan amalda boʻladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli ravishda tovarlarni joʻnatish (xizmatlar koʻrsatish, ishlar bajarish) — kontraktning shartlari va muddatlariga muvofiq kontragentga tovarlarni joʻnatish (xizmatlar koʻrsatish, ishlar bajarish), bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) joʻnatilgan tovarlar (koʻrsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar) kontragent tomonidan kontrakt shartlari va muddatlariga muvofiq qabul qilib olingan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) tovarlar (xizmatlar, ishlar) sugʻurta shartnomasi amalda boʻlgan davrda joʻnatilgan (koʻrsatilgan, bajarilgan);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) tovarlar (xizmatlar, ishlar) kontrakt valyutasiga sotilgan (koʻrsatilgan, bajarilgan);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik xavfi — tadbirkorning kontragentlari oʻz majburiyatlarini buzishi yoki tadbirkorga bogʻliq boʻlmagan vaziyatlarga koʻra bu faoliyat shart-sharoitlarining oʻzgarishi tufayli tadbirkorlik faoliyatidan kutilgan daromadlarni ololmaslik xavfi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydaning yoʻqotilishi — sugʻurta qildiruvchi sugʻurtalangan faoliyatidan biznesi toʻxtashi davrida olishi mumkin boʻlgan foyda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
franshiza — sugʻurta shartnomasida nazarda tutilgan, sugʻurtalovchi tomonidan qoplanmaydigan sugʻurta qildiruvchi zararlarining bir qismi. Franshiza ham sugʻurta summasidan foizlar koʻrinishida, ham aniq summada oʻrnatilishi, hamda shartli va shartsiz boʻlishi mumkin. Shartli franshiza oʻrnatilganda, sugʻurtalovchi franshiza miqdoridan koʻp boʻlmagan zarar uchun javobgarlikdan ozod boʻladi. Shartsiz franshiza oʻrnatilganda esa, sugʻurtalovchining javobgarligi zarardan franshiza miqdorini chegirib qolgan holda aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuningdek, sugʻurta shartnomalarida vaqt koʻrinishidagi franshiza (vaqt franshizasi), yaʼni zarar sodir boʻlgan paytdan boshlanib, belgilangan vaqt oʻtishi bilan tugaydigan vaqt oraligʻi oʻrnatilishi ham mumkinki, bu vaqt oraligʻi davomida koʻrilgan zararlar qoplanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Sugʻurta shartnomasi sugʻurta qildiruvchining quyidagi hujjatlar ilova qilingan yozma arizasi asosida tuziladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) sugʻurta qildiruvchi faoliyatining qonuniyligini belgilaydigan hujjatlar (ushbu turdagi faoliyat bilan shugʻullanish uchun ruxsatnoma, litsenziya va b.);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) sugʻurta himoyasi soʻralayotgan kontrakt (shartnoma, bitim) nusxasi (zarurat boʻlganda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) sugʻurtalovchiga tavakkalchilik darajasini baholashga imkon beruvchi boshqa hujjatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalovchi taqdim etilgan hujjatlar asosida sugʻurta shartnomasini tuzish imkoniyati toʻgʻrisidagi qaror qabul qiladi. Sugʻurtalovchi sugʻurta qildiruvchi tomonidan xabar qilingan, sugʻurta shartnomasiga aloqador maʼlumotlarni tekshirishga haqli. Xususan, sugʻurtalovchi yoki uning vakillari sugʻurta qildiruvchining kontragenti bilan kontrakt munosabatlariga aloqador hujjatlarni yoki ularning nusxalarini tekshirish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta shartnomasi tuzilgandan soʻng ariza uning ajralmas qismi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Bir yil davomida amalda boʻladigan bir nechta (qator) kontraktlarga nisbatan Bosh sugʻurta shartnomasini tuzishda sugʻurta mukofotlarini tegishli kontraktlar sugʻurtalashga qabul qilinishi bilan toʻlashga yoʻl qoʻyiladi. Bosh sugʻurta shartnomasi quyidagi shartlarga amal qilinganda tuzilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) kontraktlar bir xil turda boʻlishi lozim (savdo-sotib olish yoki vositachilik yoki sh. k.);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) kontragentlar tarkibi Bosh sugʻurta shartnomasi amalda boʻlgan muddatda doimiy boʻlishi va uni tuzishdan oldin sugʻurtalovchiga maʼlum boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta qildiruvchining talabiga binoan sugʻurtalovchi Bosh sugʻurta shartnomasining taʼsir doirasida boʻladigan alohida kontraktlar boʻyicha sugʻurta polislarini berishi shart. Sugʻurta polisining mazmuni Bosh sugʻurta shartnomasiga nomuvofiq boʻlgan taqdirda, sugʻurta polisi afzal koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Tavakkalchilik darajasi oʻzgarganda qoplanayotgan tavakkalchiliklarning tavsifidan kelib chiqib, sugʻurtalovchi maxsus ishlab chiqilgan tariflarni qoʻllashga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Sugʻurtalovchidan sugʻurta tovoni (sugʻurta toʻlovi) toʻlovi talab etilganda sugʻurta qildiruvchi sugʻurta hodisasi sodir boʻlganligini va zararning miqdorini tasdiqlovchi hujjatlarni yoki ularning nusxalarini, yoki boshqa dalillarni (kontrakt, yuk hujjatlari, hisob-fakturalar, toʻlov hujjatlari, sugʻurta qildiruvchi va debitor oʻrtasidagi yozishmalarni, ushbu zararga tegishli boshqa hujjatlarni) hamda voqeaning sodir boʻlish sabablaridan kelib chiqib boshqa hujjatlarni taqdim etadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 13-martdagi 02-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1891-2, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/1891-2/0258-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Sugʻurta tovonining miqdorini aniqlashda arizada koʻrsatilgan daromadni olish uchun sugʻurta qildiruvchi koʻrgan chora-tadbirlari va shu maqsadda amalga oshirgan tayyorgarliklarini tasdiqlovchi hujjatlar sugʻurtalovchi tomonidan inobatga olinadi va oʻrganib chiqiladi (sugʻurta qildiruvchi tomonidan tovarlar, uskunalar (qarzdordan butlovchi qismlarni olishni hisobga olgan holda) va sh. k. yetkazib berish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish boʻyicha tuzilgan shartnomalari (kontraktlari), yangi uskunalarni oʻrnatish boʻyicha tayyorgarlik ishlarini olib borilishi va boshqa shu kabi dalillar).
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Agar sugʻurta qildiruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar voqeani sugʻurta hodisasi deb tan olish toʻgʻrisida qaror qabul qilish va zararning miqdorini aniqlash uchun yetarli boʻlmagan hollarda sugʻurtalovchi sodir boʻlgan voqeaning tafsilotlari, sugʻurta qildiruvchining ololmagan daromadlarni (yoʻqotish) sabablari va miqdorini ekspert baholash uchun mutaxassislarni (ekspertlarni) jalb qilishga, shuningdek sodir boʻlgan voqeaning tafsilotlarini va zararning miqdorini aniqlash boʻyicha boshqa harakatlarni amalga oshirishga haqli.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 2-avgustdagi 118-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1891-1, 29.08.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 938-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Sugʻurta shartnomasi amalda boʻlgan davrda tegishli ravishda joʻnatilgan tovarlar (koʻrsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar) uchun sugʻurtalovchi tomonidan zararni qoplash boʻyicha talablar zarar yuz bergan paytdan boshlab uch yil mobaynida qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Sugʻurta qildiruvchi zararni keltirib chiqargan voqeaning sodir boʻlganligi haqida xabar qilganda, sugʻurtalovchi sugʻurta daʼvosini koʻrib chiqish va sodir boʻlgan voqeaning turi, sabablari va tafsilotlarini batafsil oʻrganib chiqish uchun oʻz xodimini yoki boshqa shaxsni yuborishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta qildiruvchi sugʻurtalovchining vakiliga sodir boʻlgan voqeaning turi, sabablari va tafsilotlarini oʻrganib chiqish imkoniyatini taʼminlashi yoki zararni keltirib chiqargan voqea sodir boʻlganligini tasdiqlovchi video-, fotomateriallarni va boshqa hujjatlarni taqdim etishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Sugʻurta hodisasining sodir boʻlishi munosabati bilan fuqarolik, iqtisodiy, jinoiy yoki maʼmuriy ish qoʻzgʻatilgan boʻlsa, sugʻurtalovchi tegishli summalarni toʻlash toʻgʻrisidagi qarorning qabul qilinishini mutasaddi organlar tomonidan tegishli qaror qabul qilingunga qadar kechiktirishga haqli.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 2-avgustdagi 118-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1891-1, 29.08.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 938-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Sodir boʻlgan voqea, zarar hajmi va sugʻurta tovoni (sugʻurta toʻlovi) miqdori boʻyicha tomonlar oʻrtasida kelishmovchiliklar boʻlmasa, sugʻurtalovchi toʻlanishi lozim boʻlgan sugʻurta tovoni (sugʻurta toʻlovi) miqdori koʻrsatilgan sugʻurta hodisasi toʻgʻrisidagi dalolatnomani (sugʻurta dalolatnomasini) tuzadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 13-martdagi 02-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1891-2, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/1891-2/0258-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Tomonlar sugʻurta shartnomasi yoki tomonlarning moliyaviy ahvoliga tegishli maʼlumotlarni nashr etish, boshqa usul bilan uchinchi shaxslarga oshkor qilish huquqiga ega emaslar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Sugʻurta shartnomasini tuzish va ijro etish jarayonida yuzaga keladigan barcha bahs va kelishmovchiliklar muzokaralar yoʻli bilan hal etilishi, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etilishi lozim.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 5-son, 47-modda; 2017-y., 35-son, 938-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 19.03.2026-y., 10/26/1891-2/0258-son)