19.01.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1886
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining qarori, 19.01.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1886
Date of entry into force
29.01.2009
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA SPORT ISHLARI VAZIRLIGINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

JAHON CHEMPIONATLARIDA YUQORI NATIJALARGA ERISHGANLIGI UCHUN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SPORTCHILARIGA BIR MARTALIK PUL MUKOFOTLARINI TOʻLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 19-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1886]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 25-noyabrdagi PF-4056-sonli “Jahon chempionatlarida yuqori natijalarga erishganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi sportchilarini mukofotlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Madaniyat va sport ishlari vazirligi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Jahon chempionatlarida yuqori natijalarga erishganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi sportchilariga bir martalik pul mukofotlarini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Respublika pul-kredit siyosati komissiyasi tomonidan 1999-yil 11-dekabrda 120-son va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 8-sentabrda 74-son bilan tasdiqlangan “Jahon birinchiliklarida yuqori natijalarga erishganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi sportchilariga pul mukofotlarini toʻlash tartibi” (2000-yil 6-yanvar, roʻyxat raqami 868 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2000-yil, 1-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri R. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2008-yil 31-dekabr,

122-son

Madaniyat va sport ishlari vaziri R. QURBONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 31-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-son

Moliya vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligining 2008-yil 31-dekabrdagi 122, 12-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jahon chempionatlarida yuqori natijalarga erishganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi sportchilariga bir martalik pul mukofotlarini toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 25-noyabrdagi PF-4056-sonli “Jahon chempionatlarida yuqori natijalarga erishgani uchun Oʻzbekiston Respublikasi sportchilarini mukofotlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, Olimpiya oʻyinlari dasturlariga kiruvchi sport turlari boʻyicha jahon chempionatlarida yuqori natijalarga erishganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi sportchilarini bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Bir martalik pul mukofotlari Olimpiya oʻyinlari dasturlariga kiruvchi sport turlari boʻyicha jahon chempionatlari gʻoliblari va sovrindorlari boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi sportchilariga toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Jahon chempionatlarida oltin, kumush va bronza medallarini qoʻlga kiritgan Oʻzbekiston Respublikasi sportchilari jahon chempionatlari gʻoliblari va sovrindorlari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Asosiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Jahon chempionatlari gʻoliblari va sovrindorlari boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi sportchilari quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltin medal — 12 000 AQSH dollari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kumush medal — 6 000 AQSH dollari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bronza medal — 3 000 AQSH dollari.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Jahon chempionatlarida oltin, kumush va bronza medallarini qoʻlga kiritgan sportchilarni bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlash xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining tegishli yil uchun ommaviy-sport tadbirlari taqvim rejasida ushbu maqsadlar uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq jahon chempionatlarida sovrinli oʻrinlarni egallagan sportchilar olgan bir martalik toʻlanadigan pul mukofotlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻiga tortilmaydi, shuningdek yagona ijtimoiy toʻlov va sugʻurta badallari boʻyicha soliqqa solish obyekti hisoblanmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Koʻrsatilgan xarajatlarni moliyalashtirish uchun zarur boʻlgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan keyingi moliyaviy yil uchun Davlat budjeti xarajatlarini shakllantirish jarayonida koʻzda tutiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Budjet mablagʻlarini ajratish, ularni erkin muomaladagi valyutaga ayirboshlash va bir martalik toʻlanadigan pul mukofotlarini toʻlash, sportchilarni jahon birinchiliklariga yuboruvchi Sport vazirligi va boshqa vakolatli tashkilotlar taqdimnomasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga asosan amalga oshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vakolatli tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi farmoyishining nusxasi taqdim etilgandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachiligi Oʻzbekiston Respublikasi valyuta birjasida erkin muomaladagi valyutani xarid qilish uchun milliy valyutadagi mablagʻlarni vakolatli bankka oʻtkazib beradi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vakolatli bank qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda gʻolib sportchiga AQSH dollarida talab qilib olguncha omonat (depozit) hisob-varagʻini ochib beradi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Vakolatli bank oʻrnatilgan tartibda belgilangan mablagʻni vakolatli tashkilotlar taqdim etgan tegishli hujjatlarga asosan AQSH dollarida jahon chempionatlarida oltin, kumush va bronza medallarini qoʻlga kiritgan Oʻzbekiston Respublikasi sportchilarining talab qilib olguncha omonat (depozit) hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi va omonat daftarchasini rasmiylashtirib beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ushbu Nizom talablarini buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 30-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 4-son, 28-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)