Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 01.07.2008 yildagi PQ-904-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 01.07.2008 yildagi PQ-904-son
Date of entry into force
01.07.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTONDA SIL KASALLIGIGA QARSHI KURASHISHGA GERMANIYA FEDERATIV RESPUBLIKASI HUKUMATI TOMONIDAN BERILADIGAN QOʻSHIMCHA GRANT MABLAGʻLARIDAN FOYDALANISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sil kasalligiga qarshi kurashishga Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati tomonidan beriladigan grant mablagʻlaridan samarali va maqsadli foydalanishni taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-2008-yillarda rivojlanishga koʻmaklashish sohasida Germaniya Federativ Respublikasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlik toʻgʻrisida 2007-yil 18-apreldagi Hukumatlararo muzokaralar yakunlarining bayonnomasiga muvofiq “KfW” Banki (Germaniya) tomonidan “Silga qarshi kurash” dasturlarini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga avvalgi uchta grant mablagʻlariga qoʻshimcha ravishda 2,5 mln. yevro va 2,0 mln. yevroga teng miqdorda ikkita grant mablagʻlari ajratilgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Germaniya Federativ Respublikasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatlari oʻrtasidagi moliyaviy hamkorlik toʻgʻrisida 2005-yil 18-yanvardagi Bitimga asosan 2006-yil 12-aprelda “KfW ” Banki bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi oʻrtasida “Silga qarshi kurash — IV” dasturini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan 2,5 mln. yevro miqdorida moliyalashtirish toʻgʻrisidagi Shartnoma imzolangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi zimmasiga — ushbu grantlarni olishga aloqador boʻlgan barcha tartib-qoidalarni Germaniya tomoni bilan kelishib olingan muddatlarda rasmiylashtirish, xorijiy ekspertlar va konsultantlarni jalb etish masalalarini hal qilish vazifasi, shuningdek silga qarshi kurashga ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi masʼuliyati yuklansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi zimmasiga — “KfW” Banki bilan 2,0 mln. yevro miqdorida “Silga qarshi kurash — V” dasturini moliyalashtirish toʻgʻrisida shartnoma tayyorlash va imzolash vazifasi yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“KfW” Banki bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha barcha shartlar bajarilishini, shuningdek silga qarshi kurash dasturlari ilovaga* muvofiq roʻyxat boʻyicha amalga oshirilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
grantlarni berish rasmiy tartib-qoidalari yakunlangandan soʻng bir hafta muddatda mazkur dasturlarni amalga oshirish doirasida xarid qilinadigan tovarlar, ishlar va xizmatlar roʻyxatini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
grant mablagʻlaridan foydalangan holda ushbu dasturlarni amalga oshirish doirasida tibbiy va notibbiy asbob-uskunalar, sarflanadigan materiallar, dori-darmonlar, oʻquv va axborot-maʼrifat materiallari va boshqa tovarlarni xarid qilish “KfW” Bankining moliyaviy hamkorlik tartib-qoidalariga muvofiq tender (tanlov) asosida amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining “Oʻzmedeksport” Respublika tashqi iqtisodiy korxonasi dasturlarni amalga oshirish doirasida shartnomalar boʻyicha kontragent hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, grant mablagʻlari hisobiga olib kelinadigan tovarlar bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etayotgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari toʻlov manbaidan undirib olinadigan daromad soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi grant mablagʻlari hisobidan ushbu dasturlar doirasida kelib tushadigan barcha tovarlarni ular aeroportda saqlanadigan butun davr mobaynida toʻlov undirilmagan holda ortish-tushirish ishlarini hamda omborlarga joylashtirilishini tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi sogʻliqni saqlash muassasalari taʼminoti uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida ushbu grantlar hisobidan sotib olinadigan tovarlarni xarid qilish va pirovard isteʼmolchilarga yetkazib berish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining talabnomalariga koʻra mazkur dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi mutaxassislarga konsullik yigʻimlari va boshqa yigʻimlar undirilmagan holda belgilangan tartibda kirish vizalari rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda dasturlar loyihalarini amalga oshirish uchun ushbu grantlar doirasida yetkazib beriladigan jihozlarni montaj qilishga tegishli xonalar tayyorlashni hamda ulardan maqsadli foydalanishni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 1-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-904-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 7-son, 377-modda)