Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.07.2025 28.11.2008 yildagi 261-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 28.11.2008 yildagi 261-son
Date of entry into force
28.11.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.07.2025
Hujjat 18.02.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

SUGʻORILADIGAN YERLARNING MELIORATIV HOLATINI YAXSHILASH DASTURLARINI SHAKLLANTIRISH VA AMALGA OSHIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 401-sonli “Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish ishlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 29-oktabrdagi PF-3932-son Farmoniga muvofiq hamda sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash dasturlarini sifatli shakllantirishni va oʻz vaqtida amalga oshirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha loyihalarni shakllantirish, ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish, tasdiqlash va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi daromadlarini shakllantirish va mablagʻlarini sarflash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 3-iyuldagi 302-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 57-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari toʻgʻrisidagi nizomga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi ikki oy muddatda oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 28-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
261-son

Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-noyabrdagi 261-son qaroriga
1-ILOVA

Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha loyihalarni shakllantirish, ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish, tasdiqlash va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan meliorativ obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash boʻyicha loyihalarni shakllantirish, ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish, tasdiqlash va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Meliorativ obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash Hukumatning yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlangan Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturi (keyingi oʻrinlarda Davlat dasturi deb ataladi) asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat dasturi besh yil muddatga ishlab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meliorativ obyektlar — kollektor-drenaj va yuza tashlama suvlarni toʻplash hamda ularni sugʻoriladigan yerlardan tashqariga chiqarib tashlashga koʻmaklashadigan, kollektorlar va kollektor-drenaj tarmogʻini (inshootlar bilan birga), vertikal drenaj quduqlarini, meliorativ nasos stansiyalari va kuzatuv tarmogʻini oʻz ichiga oladigan suv xoʻjaligi obyektlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
drenaj (ochiq va yopiq) — drenaj suvlarini toʻplash va ularni sugʻoriladigan yer uchastkasidan tashqariga chiqarib tashlashga koʻmaklashadigan suv xoʻjaligi obyekti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yopiq gorizontal drenaj — drenaj suvlarini toʻplashga va sugʻoriladigan maydon uchastkasidan tashqariga chiqarib tashlashga moʻljallangan yopiq quvurli tarmoqlar tizimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vertikal drenaj qudugʻi — yer osti bosimli va sizot suvlarni chiqarishga xizmat qiladigan, suv qabul qilgich, elektr nasos, quvurlar, shuningdek boshqarish stansiyasi bilan jihozlangan hamda xizmat koʻrsatilayotgan maydonning meliorativ holatini yaxshilash uchun barpo etiladigan quduqdan iborat boʻlgan inshoot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ochiq drenaj — drenaj suvlarini toʻplash va ularni sugʻoriladigan maydon uchastkasidan tashqariga chiqarib tashlashga moʻljallangan kanal (inshootlar bilan birga);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kollektor — asosan drenaj tarmogʻidan drenaj va tashlama suvlarni qabul qilish va uzatishga, shuningdek ularni sugʻoriladigan hudud tashqarisiga chiqarib tashlashga moʻljallangan kanal (inshootlar bilan birga). Xizmat koʻrsatish hududi boʻyicha kollektorlar magistral (viloyatlararo), tumanlararo kollektorlar va xoʻjaliklararo kollektor-drenaj tarmoqlariga boʻlinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistral (viloyatlararo) kollektor — bir viloyatdan ortiq hududni kesib oʻtadigan ochiq kollektor;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tumanlararo kollektor — bir viloyat chegarasida bittadan ortiq tuman hududini kesib oʻtadigan ochiq kollektor;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjaliklararo kollektor-drenaj tarmogʻi — bir tuman hududida joylashgan ochiq va yopiq kollektorlar va drenaj tarmogʻi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meliorativ nasos stansiyasi (agregat) — drenaj-tashlama suvlarni olish va chiqarib tashlash joyiga koʻtarish yoʻli bilan kollektorning loyihadagi suv oʻtkazish qobiliyatini taʼminlaydigan mashinali suv koʻtarish gidrotexnik inshootlar majmui;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuzatuv tarmogʻi — sugʻoriladigan yerlarda sizot suvlar sathini oʻlchash va ularning sifatini oʻrganish maqsadida namuna olish uchun barpo etiladigan kuzatuv quduqlari tarmogʻi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meliorativ obyektlarni taʼmirlash va tiklash — meliorativ obyektlarning loyihaviy parametrlarini taʼminlashga, shu jumladan kollektor oʻzanlarini choʻkindilar, oʻtlar va butalardan tozalashga, ulardagi inshootlarni va yon qiyaliklaridagi ayrim yemirilishlarni taʼmirlashga, yopiq gorizontal drenajni taʼmirlash, yuvishga hamda asbob-uskunalar, inshootlar va boshqa meliorativ obyektlarni taʼmirlash hamda ularning tez eskiradigan ayrim qismlari va uzellarini almashtirishga moʻljallangan ishlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meliorativ obyektlarni joriy taʼmirlash — meliorativ obyektlarni ish holatida saqlashga moʻljallangan, muntazam ravishda amalga oshiriladigan taʼmirlash ishlari. Bunda foydalaniladigan moddiy-texnika resurslari (temir-beton, metall konstruksiya, sement, metall va hokazolar), ehtiyot qismlar va asbob-uskunalar qiymati taʼmirlash-tiklash ishlari jami qiymatining 20 foizidan ortiq boʻlmasligi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meliorativ obyektlarni mukammal taʼmirlash — jarayon davomida obyekt yoki uning ayrim elementlarini toʻliq yoki qisman tiklash, inshootlarning eskirgan konstruksiyalari va asbob-uskunalarini almashtirish yoki ularni mustahkamroq va tejamlilari bilan yangilashga doir ishlar. Bunda foydalaniladigan moddiy-texnika resurslari, ehtiyot qismlar va asbob-uskunalar qiymati taʼmirlash-tiklash ishlari jami qiymatining 20 foizidan ortiqni tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meliorativ obyektlarda avariya-tiklash va taʼmirlash — avariya natijasida kelib chiqqan barcha shikastlanishlarni shoshilinch tartibda bartaraf etish ishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meliorativ obyektlarni rekonstruksiya qilish va qurish — meliorativ obyektlarni toʻliq yoki qisman qayta qurish va qurish. Obyekt rekonstruksiya qilingandan keyin uning dastlabki loyiha parametrlari va inshootlar tarkibi yangi loyihaga muvofiq qisman yoki toʻliq oʻzgarishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meliorativ kadastr — sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holati va meliorativ tizimlarning texnik holatini tavsiflovchi asosiy miqdoriy koʻrsatkichlarning tizimlashtirilgan maʼlumotlari toʻplami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tizimli loyiha — loyihalashtirilayotgan obyektning xizmat koʻrsatish zonasida joylashgan kollektor-drenaj tarmoqlari, ulardagi inshootlar va boshqa meliorativ obyektlarni meliorativ tizimlar boʻyicha rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash ishlarini oʻz ichiga oladigan meliorativ obyektlarni rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash loyihasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashning asosiy prinsiplari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash quyidagi prinsipial qoidalar asosida amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meliorativ tarmoqlarning samarali ishlashini taʼminlovchi mexanizmni sifat jihatidan takomillashtirish hamda kollektor-drenaj tarmoqlari orqali drenaj va tashlama suvlarni normativ miqdorda chiqarib tashlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash muammosi umuman kompleks holda, irrigatsiya-drenaj tizimi bilan birgalikda, eng kam ekologik oqibatlar bilan yuqori hosil olishga qaratilgan sugʻorishning yuvish rejimi va sugʻoriladigan yerlarning qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish tizimi yaratilishi sifatida qaralishi zarur;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini hamda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish tizimini yaxshilash boʻyicha barcha chora-tadbirlar tashkiliy-texnologik, iqtisodiy va qurilish-texnik choralarni koʻzda tutgan holda, suvni tejash orqali, shuningdek aniq tabiiy-texnik tizimlarda maqbul meliorativ rejimlarni barpo etish yoʻli bilan iqtisodiy maqsadga muvofiqlikni hisobga olgan holda asoslanishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimi har xil tabiiy shart-sharoitlar uchun talab qilinadigan tuproqqa ishlov berish texnologiyalarini taʼminlovchi agrotexnik usullarni — takroriy va oraliq ekinlar ekishni joriy qilib almashlab ekishni tashkil qilish, tuproq unumdorligini oshiruvchi dukkakli don ekinlari ekishni ragʻbatlantirish, aralash ekinlarni madaniylashtirib, tuproqni mulchalashni oʻz ichiga olishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga va unumdorligini oshirishga yoʻnaltirilgan ekinlarni almashlab ekishning yuqorida koʻrsatib oʻtilgan tizimini amalga oshirish, suvni hisobga olish, rejalashtirish hamda suvni sugʻorish va kollektor drenaj tarmogʻida taqsimlashning mukammal tizimini yaratish, kollektor-drenaj suvlaridan konturlar ichida sugʻorishga ishlatishda foydalanish, shoʻrlangan yerlarning shoʻrini yuvishni takomillashtirish yoʻli bilan taʼminlanishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meliorativ va tabiiy-xoʻjalik shart-sharoitlari oʻzgarishlarini hisobga olgan holda qoʻllaniladigan meliorativ chora-tadbirlar kompleksiga tuzatish kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
irrigatsiya-melioratsiya tizimining ishonchli ishlashini hisobga olish va baholash, ularni taʼmirlash, tiklash, qurish va rekonstruksiya qilish zaruriyatini aniqlash sugʻoriladigan yerlarning maqbul meliorativ holatini taʼminlash va saqlash nuqtai nazaridan amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Meliorativ chora-tadbirlarni amalga oshirishning ustuvorligi va navbatliligi hududning meliorativ, ekologik va boshqa tabiiy-xoʻjalik shart-sharoitlari hisobga olingan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash Davlat dasturining tasdiqlangan parametrlari asosida har yili:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meliorativ obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash loyihalarining;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarining;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meliorativ texnika, mashina va mexanizmlar sotib olishning;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelgusi yildagi boshqa meliorativ chora-tadbirlarning hududiy aniq dasturlari ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Davlat dasturini shakllantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Davlat dasturi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meliorativ obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meliorativ obyektlarda taʼmirlash-tiklash ishlari (joriy va mukammal taʼmirlash);
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meliorativ chora-tadbirlarni bajarishga ixtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlari, suv xoʻjaligi foydalanish tashkilotlari, suv isteʼmolchilari uyushmasi, shuningdek alohida fermer xoʻjaliklarining meliorativ texnika parkini mustahkamlash;
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha boshqa chora-tadbirlar prognoz parametrlarini oʻz ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Davlat dasturi sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash vazifalarini hal etishga kompleks va tizimli yondashish asosida ishlab chiqilgan hududiy dasturlar asosida shakllantiriladi va Hukumatning yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Hududlarning meliorativ, ekologik va boshqa tabiiy-xoʻjalik shart-sharoitlarining oʻzgarishi mumkinligi, meliorativ obyektlarning asoslashlari va ustuvorligi hisobga olingan holda Jamgʻarma Kengashining qarori bilan Davlat dasturiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Davlat dasturining tasdiqlangan maqsadli parametrlari asosida, aniq hududlardagi real meliorativ shart-sharoitlar, shuningdek meliorativ ishlarni moliyaviy taʼminlash prognozi hisobga olingan holda, kelgusi yil uchun sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash chora-tadbirlarining obyektlar boʻyicha roʻyxatini oʻz ichiga oladigan loyihalarning hududiy aniq dasturlari ishlab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Meliorativ obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash, loyiha-qidiruv hujjatlarini va ilmiy-tadqiqot ishlarini ishlab chiqish, shuningdek kelgusi yilda meliorativ texnika sotib olish loyihalarining hududiy aniq dasturlari Jamgʻarma Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Hududiy aniq dasturlarni shakllantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Joylarda haqiqiy meliorativ shart-sharoitlarni oʻrganish, meliorativ obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash, meliorativ texnika xarid qilish va boshqa meliorativ chora-tadbirlar boʻyicha loyihalarning aniq dasturlarini shakllantirish boʻyicha takliflarni tayyorlash uchun har yili Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining qarorlari bilan maxsus ishchi guruhlar tashkil etiladi. Ishchi guruhlar alohida meliorativ tizimlar boʻyicha tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishchi guruhlar tarkibiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda havza boshqarmalari deb ataladi);
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
havza boshqarmalari huzuridagi meliorativ ekspeditsiyalar (keyingi oʻrinlarda meliorativ ekspeditsiyalar deb ataladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
havza boshqarmalari huzuridagi nasos stansiyalari, energetika va aloqa boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda nasos stansiyalari, energetika va aloqa boshqarmalari deb ataladi);
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining hududiy organlari va boshqa manfaatdor tashkilotlar, korxonalar rahbarlari va mutaxassislari kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Meliorativ ekspeditsiyalar tomonidan manfaatdor tashkilotlar, korxonalar bilan birgalikda quyidagilarni nazarda tutadigan materiallar tayyorlanadi va ishchi guruhlarga koʻrib chiqish uchun taqdim etiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meliorativ tizimga kiradigan meliorativ obyektlarning roʻyxati va parametrlari koʻrsatilgan sxematik xaritalar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meliorativ tizimning xizmat koʻrsatish zonasi (viloyat, tumanlar, suv isteʼmolchilari uyushmalari, fermer xoʻjaliklari va boshqa suv isteʼmolchilari) va uning tarkibiga kiruvchi alohida meliorativ obyektlar;
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meliorativ kadastr, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holati, meliorativ obyektlarning texnik holati, meliorativ chora-tadbirlarning bajarilishi, suv resurslaridan foydalanish va ularning sifati, kollektor-drenaj suv oqimlari, meliorativ nasos stansiyalar va vertikal drenaj quduqlarining ish rejimlari toʻgʻrisidagi oxirgi uch yillik axborotlar, shu jumladan yer resurslaridan foydalanish boʻyicha statistik materiallar hamda meliorativ obyektlar toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Taqdim etilgan materiallar asosida har bir ishchi guruh:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻoriladigan yerlarning meliorativ jihatdan nobopligi va past samaradorligining asosiy sabablarini, hudud tuprogʻi shoʻrlanishiga olib keladigan omillarni aniqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meliorativ obyektlar va irrigatsiya tizimlarining foydalanuvchi xodimlari, suv isteʼmolchilari uyushmalari va fermer xoʻjaliklari rahbarlari bilan birgalikda meliorativ obyektlarning hamda yerlarning shoʻrlangan uchastkalari holatini oʻrganadi va xatlovdan oʻtkazadi;
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meliorativ obyektlarning qoniqarsiz uchastkalarini aniqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meliorativ obyektlarning texnik holatini va sugʻoriladigan yerlarning melioratsiyasini yaxshilash boʻyicha asoslangan takliflarni ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kollektor-drenaj tizimlarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash boʻyicha loyihalar roʻyxatini, quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan, taʼmirlanadigan va tiklanishi kerak boʻlgan meliorativ nasos stansiyalari (agregatlar), vertikal drenaj quduqlari, kuzatish tarmoqlari roʻyxatini ishlab chiqadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meliorativ va boshqa suv xoʻjaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlari hamda korxonalarning, suv xoʻjaligi foydalanish tashkilotlarining, suv isteʼmolchilari uyushmalari va fermer xoʻjaliklarining moddiy-texnika bazasini oʻrganadi, shuningdek meliorativ texnika xarid qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
(14-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalga oshirilayotgan loyihalarga oʻzgartirish va tuzatishlar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishchi guruhlar meliorativ obyektlar holatini har yili kuzgi-qishki tadbirlardan keyin 1-apreldan 1-maygacha boʻlgan davrda oʻrganib chiqadilar. Bundan tashqari, meliorativ ekspeditsiyalar, nasos stansiyalari, energetika va aloqa boshqarmalarining foydalanuvchi xodimlari, suv isteʼmolchilari uyushmalari mutaxassislari tomonidan fermerlar, shuningdek boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari bilan birgalikda har yili sugʻorish mavsumidan keyin, 1-sentabrdan 20-sentabrgacha boʻlgan davrda meliorativ obyektlar belgilangan tartibda qoʻshimcha ravishda oʻrganib chiqiladi.
(14-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Meliorativ obyektlar va sugʻoriladigan hududni koʻzdan kechirish va oʻrganib chiqish tugallangandan keyin ishchi guruhlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha materiallarni birgalikda tahlil qiladi, sugʻoriladigan yerlarning shoʻrlanganligi va meliorativ jihatdan nobopligi, meliorativ obyektlarning qoniqarsiz ishlashi sabablarini aniqlashtiradi, shuningdek ularni yaxshilash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelgusi yil uchun sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha takliflar kiritgan holda har bir loyihaning ustuvorligini asoslaydi va belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir tizimli loyiha uchun annotatsiya va pasport (asosiy koʻrsatkichlarni) tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir tuman va viloyat boʻyicha tizimli loyihalarni, ularni amalga oshirish bosqichlarini, bajariladigan asosiy meliorativ chora-tadbirlarni, shuningdek ularning xizmat koʻrsatish chegaralarini koʻrsatgan holda irrigatsiya-melioratsiya tizimi xaritasini tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishchi guruhlar meliorativ obyektlar, hududning meliorativ, ekologik va boshqa tabiiy-xoʻjalik shart-sharoitlari holatini yillik xatlovdan oʻtkazish natijalarini hisobga olgan holda, tasdiqlangan Davlat dasturining prognoz parametrlari doirasida kelgusi yil uchun aniq takliflar kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Navbatdagi yil uchun aniq takliflar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meliorativ obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish loyihalari roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meliorativ obyektlarni, shu jumladan nasos stansiyalari (agregatlar), vertikal drenaj quduqlari hamda kuzatish tarmoqlarini taʼmirlash va tiklash loyihalari roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlari roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgari tasdiqlangan ustuvor loyihalar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meliorativ texnika, mashina va mexanizmlar hamda hokazolarni lizingga oluvchilar (meliorativ va boshqa suv xoʻjaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va korxonalar, suv xoʻjaligi foydalanish tashkilotlari, suv isteʼmolchilari uyushmalari, shuningdek fermer xoʻjaliklari) roʻyxati boʻyicha kiritiladi.
(16-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bundan tashqari, aniq takliflar tayyorlash doirasida ishchi guruh meliorativ obyektlarda avariya-tiklash ishlari sarf-xarajatlarining asoslangan hisob-kitob smetasini taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ishchi guruhlar tomonidan tayyorlangan kelgusi yil uchun sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha takliflar har yili 15-maygacha suv isteʼmolchilari uyushmalari, fermer xoʻjaliklari, barcha manfaatdor tashkilotlar va korxonalar ishtirokida muhokama qilinadi.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelgusi yil uchun tumandagi sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha ishchi guruh takliflari tuman hokimi bilan kelishiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Meliorativ ekspeditsiya tumanlar hokimlari bilan kelishilgan takliflar asosida kelgusi yil uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatning sugʻoriladigan yerlari meliorativ holatini yaxshilashning hududiy aniq dasturini ishlab chiqadi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi va tegishli viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi bilan kelishib oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meliorativ ekspeditsiya sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashning hududiy aniq dasturi loyihasi taqdimotini kengaytirilgan majlisda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli viloyatlar, tumanlar hokimliklari rahbarlari, havza boshqarmasi suv xoʻjaligi kengashi aʼzolari, shuningdek manfaatdor tashkilotlar va korxonalar rahbarlari ishtirokida oʻtkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli viloyatlar, tumanlar hokimliklari rahbarlari, havza boshqarmalari va meliorativ ekspeditsiyalari, nasos stansiyalari, energetika va aloqa boshqarmalari boshliqlari, shuningdek ishchi guruhlar aʼzolari joriy meliorativ holatga xolisona baho berishlari va taklif etilayotgan kompleks chora-tadbirlarning puxta ishlab chiqilishini taʼminlashi zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash chora-tadbirlari muhokamasi boʻyicha barcha majlislar yakunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining hamda viloyatlar va tumanlar hokimliklarining tegishli bayonnomalari bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelgusi yil uchun sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha hududiy aniq dasturlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi va tegishli viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Kelgusi yil uchun hududiy aniq dasturlarni koʻrib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Kelgusi yil uchun sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashning hududiy aniq dasturi har yili 25-maygacha boʻlgan muddatda havza boshqarmasi tomonidan rasmiy ravishda belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxati:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelgusi yil uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi va tegishli viloyat sugʻoriladigan yerlarining meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha hududiy aniq dastur, shu jumladan tumanlarning takliflari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash dasturlarini muhokama qilish boʻyicha majlislarning tasdiqlangan bayonnomalarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir tumanning asosiy meliorativ tizimlari, meliorativ obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash boʻyicha tizimli loyihalarga kiradigan meliorativ nasos stansiyalar (agregatlar), vertikal drenaj quduqlar, kuzatish tarmoqlari koʻrsatilgan sxematik xaritasini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududdagi sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holati toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotnoma, har bir loyihaning ustuvorligini asoslash, ularning dastlabki texnik koʻrsatkichlari hamda amalga oshirishdan kutilayotgan natijalarni oʻz ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Kelgusi yil uchun sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashning hududiy aniq dasturlari har yili 30-maygacha boʻlgan muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining tegishli boshqarmalarida koʻrib chiqilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Ilmiy-texnik kengashi va Yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish, irrigatsiyani rivojlantirish va yerlar unumdorligini oshirish Kengashining qoʻshma majlisida muhokama qilinishi kerak;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majlis yakunlari boʻyicha tegishli bayonnomalar rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi har yili:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-iyungacha boʻlgan muddatda — Ilmiy-texnik kengash va Yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish, irrigatsiyani rivojlantirish va yerlar unumdorligini oshirish Kengashining mulohazalari va tavsiyalari hisobga olingan holda qayta ishlangan kelgusi yil uchun sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashning hududiy aniq dasturlarini umumlashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-iyungacha boʻlgan muddatda — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasiga kelgusi yil uchun respublikaning sugʻoriladigan yerlari meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha takliflar kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan kiritilgan kelgusi yil uchun respublikaning sugʻoriladigan yerlari meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha takliflar:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meliorativ obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha loyihalarning aniq dasturini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meliorativ obyektlarni taʼmirlash va tiklash loyihalarining aniq dasturini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meliorativ nasos stansiyalari (agregatlar), vertikal drenaj quduqlari va kuzatish tarmoqlarida taʼmirlash-tiklash ishlarining aniq dasturini;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarining aniq dasturini;

istisno tariqasida, avval qabul qilingan davlat dasturiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha asoslangan takliflarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meliorativ obyektlarda avariya-tiklash ishlari xarajatlari smetalari boʻyicha takliflarni;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meliorativ texnika, mashina va mexanizmlarni va hokazolarni lizinga oluvchilarning aniq dasturini oʻz ichiga oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi kelgusi yil uchun sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash yuzasidan Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining takliflari boʻyicha oʻz xulosalarini har yili 15-iyungacha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuboradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi meliorativ texnika, mashinalar hamda mexanizmlarni va hokazolarni lizingga oluvchilarning aniq dasturi boʻyicha Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining takliflari asosida har bir korxonaning buyurtmanomasini va moliyaviy ahvolini, lizing mablagʻlari boʻyicha ularni qaytarish qobiliyatini oʻrganadi va ularga meliorativ texnikani lizing asosida yetkazib berishning maqsadga muvofiqligini aniqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish Departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi) 20-iyungacha boʻlgan muddatda kelgusi yil uchun sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining takliflarini, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Oʻzmeliomashlizing” kompaniyasining xulosalarini oʻrganadi, umumlashtirilgan takliflar tayyorlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Departament Moliya vazirligi bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot vazirligiga — kelgusi yil va keyingi yillar uchun Investitsiya dasturini shakllantirish maqsadida meliorativ obyektlarni rekonstruksiya qilish va qurish loyihalarining aniq dasturi boʻyicha takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma Kengashiga — 1-iyulgacha boʻlgan muddatda kelgusi yil uchun umumlashtirilgan takliflar kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Muhokama natijalari Jamgʻarma Kengashining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Navbatdagi besh yillik muddat uchun Davlat dasturi ushbu Nizomda belgilangan har yilgi hududiy aniq dasturlarni shakllantirish tartibiga muvofiq shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish sxemasi ushbu Nizomga ilovada keltirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Loyihaoldi ishlarini tashkil etish va loyiha-qidiruv hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish masalalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va meliorativ texnikani lizingga oluvchilar boʻyicha loyihalarning Jamgʻarma Kengashi tomonidan tasdiqlangan aniq dasturlari, shuningdek Hukumat yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori ushbu loyihalarni belgilangan tartibda Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga amalga oshirish va moliyalashtirish uchun asos hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistral, tumanlararo kollektorlarni va xoʻjaliklararo kollektor-drenaj tarmoqlarini, vertikal drenaj quduqlarni, nasos stansiyalarini, kuzatish tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek magistral kollektorlarni taʼmirlash va tiklash loyihalari boʻyicha — Departament;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tumanlararo va xoʻjaliklararo kollektorlarni, meliorativ quduqlar, nasos stansiyalari, kuzatish tarmoqlari, yopiq gorizontal drenaj tarmoqlarini taʼmirlash va tiklash, shuningdek meliorativ obyektlardagi avariya-tiklash ishlari loyihalari boʻyicha — meliorativ ekspeditsiyalar loyiha-qidiruv hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha buyurtmachi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Meliorativ obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash boʻyicha loyiha-qidiruv hujjatlarini ishlab chiqish yuzasidan topshiriqlarni meliorativ ekspeditsiyalar tayyorlaydilar hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklarining mutasaddi rahbarlari, havza boshqarmalari, nasos stansiyalari, energetika va aloqa boshqarmalari, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining va zarurat boʻlganda — Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining hududiy organlari bilan kelishadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Loyiha-qidiruv hujjatlarini ishlab chiqish yuzasidan topshiriq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meliorativ obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek magistral kollektorlarni taʼmirlash va tiklash boʻyicha — Departament;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meliorativ obyektlarni taʼmirlash va tiklash boʻyicha (magistral kollektorlar bundan mustasno) — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Loyiha-qidiruv hujjatlarini ishlab chiqish yuzasidan topshiriq tasdiqlangandan keyin tegishli buyurtmachilar tomonidan loyiha korxonalarini tanlash boʻyicha tanlov oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat dasturidagi obyektlar boʻyicha tanlov hujjatlarini ishlab chiqish, ularni ekspertizadan oʻtkazish, tanlov savdolarini tashkil etish va oʻtkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Meliorativ obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilishning yangidan boshlangan loyihalari boʻyicha loyiha qiymati ekvivalentda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1 mln. AQSH dollarigacha boʻlganda — buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadigan ishchi loyiha ishlab chiqiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1 mln. AQSH dollaridan 10 mln. AQSH dollarigacha boʻlganda — Jamgʻarma Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan texnik-iqtisodiy hisob-kitob va ishchi hujjatlar ishlab chiqiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10 mln. AQSH dollaridan ortiq boʻlganida — texnik-iqtisodiy hisob-kitob va ishchi hujjatlar ishlab chiqiladi. Bunda texnik-iqtisodiy hisob-kitob Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyiha xalqaro moliya institutlarining mablagʻlari hisobiga birgalikda moliyalashtirilgan taqdirda texnik-iqtisodiy hisob-kitob belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meliorativ obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek magistral kollektorlarni taʼmirlash va tiklash boʻyicha texnik-iqtisodiy hisob-kitob, ishchi loyihalar va ish hujjatlari belgilangan tartibda tarmoq ekspertizasidan va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasida ekspertizadan oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Meliorativ obyektlarni taʼmirlash va tiklash loyihalari boʻyicha faqat ishchi loyihalar ishlab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meliorativ obyektlarni taʼmirlash va tiklash boʻyicha tizimli loyihaning cheklangan qiymatining ekvivalentda 1 mln. AQSH dollarigacha, magistral kollektorlarni taʼmirlash va tiklash boʻyicha esa — ekvivalentda 10 mln. AQSH dollarigacha boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kollektorlarning barcha turlarini va boshqa meliorativ obyektlarni taʼmirlash va tiklashning ishchi loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining hududiy ekspertiza boshqarmalarida ekspertizadan oʻtkaziladi va buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Ishchi loyihalar zaruriyat boʻlganda ixtisoslashtirilgan mustaqil kompaniyaga (yoki ekspertga) qoʻshimcha ekspertizaga berilishi mumkin, uning xulosasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan kelishilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Meliorativ nasos stansiyalar, vertikal drenaj quduqlar va kuzatish tarmoqlarini taʼmirlash va tiklash ishlari nuqsonlar dalolatnomasi asosida tuzilgan alohida lokal smetalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nuqsonlar dalolatnomalari ishchi komissiyalar tomonidan tuziladi. Komissiyalarning tarkibi meliorativ ekspeditsiyalar tomonidan tasdiqlanadi. Ishchi komissiya tarkibiga nasos stansiyalari, energetika va aloqa boshqarmasi, Departament, tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi, tegishli suv isteʼmolchilari uyushmalari, fermer xoʻjaliklari va boshqa manfaatdor tashkilotlarning vakillari kiritiladi.
(37-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lokal smetalar loyiha tashkilotlari tomonidan tuziladi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining hududiy ekspertiza boshqarmalarida ekspertizadan oʻtkaziladi va meliorativ ekspeditsiyalar tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vertikal drenaj quduqlari guruhi boʻyicha lokal smetalar asosida ishchi loyiha ishlab chiqilishiga yoʻl qoʻyiladi. Ishchi loyihani ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash, pudrat loyiha va qurilish tashkilotlarini tanlash ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash ishlarini moliyalashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Departament Jamgʻarma kengashi tomonidan tasdiqlangan sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash loyihalarining aniq dasturlariga kiritilgan loyihalarni moliyalashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyihalarning belgilangan tartibda tasdiqlangan aniq roʻyxati, buyurtmachi bilan pudrat tashkilotlari oʻrtasida tuzilgan kontrakt, yangi meliorativ obyektlar qurilgan taqdirda — shuningdek buyurtmachi bilan qurilish-montaj ishlari sifatini nazorat qiladigan organlar oʻrtasida tuzilgan kontraktlar moliyalashtirish uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Loyihalarni Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish belgilangan tartibda, qatʼiy ravishda kapital qoʻyilmalarning ajratilgan limitlari doirasida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Davlat dasturida nazarda tutilgan mablagʻlardan boshqa maqsadlarda, shu jumladan obyektlarni ishlatish bilan bogʻliq boʻlgan ishlarda foydalanish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha loyihalarning aniq roʻyxatlari Departament tomonidan tayyorlanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan kelishilgan holda Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Magistral kollektorlarni taʼmirlash va tiklash loyihalarining aniq roʻyxatlari Departament tomonidan tayyorlanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan kelishilgan holda Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meliorativ obyektlarni taʼmirlash va tiklash ishlari loyihalarining aniq roʻyxatlari, magistral kollektorlar bundan mustasno, tegishli meliorativ ekspeditsiya tomonidan tayyorlanadi hamda Departament bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Meliorativ nasos stansiyalar (agregatlar), vertikal drenaj quduqlari va kuzatish tarmoqlarini taʼmirlash-tiklash ishlarini moliyalashtirish tasdiqlangan lokal smetalar boʻyicha, vertikal drenaj quduqlari guruhlari boʻyicha esa ishchi loyihalar asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Moliyalashtirishni boshlash uchun buyurtmachi tomonidan xizmat koʻrsatuvchi bankka:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalarning aniq roʻyxati (loyiha-qidiruv hujjatlari va ilmiy-tadqiqot ishlarining aniq roʻyxati);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihaning titul roʻyxati (qurish va rekonstruksiya qilish obyektlari boʻyicha);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachi bilan pudrat tashkiloti oʻrtasida tuzilgan shartnomaning nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pudrat tashkilotining qurilish tavakkalchiliklari sugʻurtasi yuzasidan tuzgan shartnomasining va tanlov savdolari natijalari toʻgʻrisida buyurtmachining hisoboti nusxalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish-montaj ishlarini bajarish yuzasidan “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining inspeksiyasi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan shartnomaning nusxasi (qurish va rekonstruksiya qilish obyektlari boʻyicha);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ekologik ekspertizasi xulosasining nusxasi (zarurat boʻlganda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha ochilgan moliyalashtirish hisob raqamlarining har biri boʻyicha bank rekvizitlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Moliyalashtiruvchi organ buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida loyihani moliyalashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Hisob-kitoblar buyurtmachilar tomonidan belgilangan tartibda har bir obyekt boʻyicha alohida ochilgan “talab qilib olinadigan” ikkilamchi depozit hisob raqamlari (moliyalashtirish hisob raqamlari) orqali amalga oshiriladi. Bunda moliyalashtirish hisob raqamlaridan buyurtmachi taʼminoti sarf-xarajatlari uchun mablagʻ toʻlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meliorativ chora-tadbirlarni amalga oshirishda qatnashayotgan bosh pudrat qurilish tashkilotlariga bosh pudrat shartnomalari sonidan qatʼi nazar, ikkitadan ortiq boʻlmagan alohida ikkilamchi depozit hisob raqamlari (moliyalashtirish hisob raqamlari) ochiladi. Bunda bitta hisob raqami — rekonstruksiya qilish va qurish obyektlari uchun, ikkinchisi — taʼmirlash va tiklash obyektlari uchun ochiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Buyurtmachi (Departament)ni saqlash xarajatlari alohida depozit hisob raqamidan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq xar oyda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Moliyalashtirish hisob raqamidan pul mablagʻlarini oʻtkazish xizmat koʻrsatuvchi banklar tomonidan buyurtmachi toʻlov topshiriqnomasini taqdim etgandan soʻng, keyingi kundan kechikmay amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Xizmat koʻrsatuvchi banklar qonun hujjatlariga muvofiq mablagʻlarning oʻz vaqtida oʻtkazilishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Buyurtmachi toʻlov topshiriqnomalarining qurilishlarning aniq yoki titul roʻyxatiga qatʼiy muvofiq boʻlishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Toʻlov topshiriqnomasiga bajarilgan ishlar qiymati toʻgʻrisidagi “maʼlumotnoma-schyot-faktura” ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Avans toʻlovi xizmat koʻrsatuvchi bankdagi pudrat tashkilotining moliyalashtirish hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Moliyalashtirish hisob raqamidan qurilishlarning aniq yoki titul roʻyxatiga va ularda koʻrsatilgan kapital mablagʻlarni ishlatish yoʻnalishlariga muvofiq boʻlmagan toʻlovlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Joriy moliyalashtirish moliyalashtiruvchi organ tomonidan amalda bajarilgan qurilish ishlari hajmi hisobga olingan holda har oyning 20-kunidan kechikmay amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Loyihani amalga oshirish qatnashchilari oʻrtasidagi hisob-kitoblar ular oʻrtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Tugallangan meliorativ ishlarni qabul qilib olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Meliorativ obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash boʻyicha tugallangan loyihalarni foydalanishga qabul qilib olish belgilangan tartibda komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Meliorativ obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek magistral kollektorlarni taʼmirlash va tiklash boʻyicha tugallangan loyihalarni qabul qilib olish komissiyalarining tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Meliorativ obyektlarni, magistral kollektorlar bundan mustasno, taʼmirlash va tiklash boʻyicha tugallangan loyihalarni qabul qilish komissiyalarining tarkibi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiyalar manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning, shuningdek yerdan foydalanuvchilarning va suv isteʼmolchilari uyushmalarining vakillaridan tashkil etiladi.
(56-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha loyihalarni shakllantirish, ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish, tasdiqlash va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashning har yilgi aniq dasturlarini shakllantirish, kelishib olish va tasdiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

(sxema Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 1-maygacha meliorativ obyektlarining texnikaviy holatini va sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini oʻrganish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha takliflarni tahlil qilish, umumlashtirish va ishlab chiqish, muhokama qilish, shuningdek tumanlar hokimlari bilan kelishish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha takliflarni umumlashtirish va 15-maygacha boʻlgan muddatda meliorativ ekspeditsiyaga taqdim etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ishchi guruhlarning takliflarini tahlil qilish va umumlashtirish, kelgusi yil uchun hududiy aniq dasturni shakllantirish va havza boshqarmasi suv xoʻjaligi kengashi aʼzolari va boshqa manfaatdor tashkilotlar ishtirokida (viloyat) tumanlar hokimlari huzurida taqdimot oʻtkazish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 25-maygacha boʻlgan muddatda hududiy aniq dasturlarni koʻrib chiqish uchun Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga taqdim etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 1-iyungacha boʻlgan muddatda hududiy aniq dasturlarni tahlil qilish, ekspertizadan oʻtkazish va umumlashtirish, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining ITK va Yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish, irrigatsiyani rivojlantirish va yerlar unumdorligini oshirish kengashi majlisida muhokama qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. 5-iyungacha boʻlgan muddatda kelgusi yil uchun sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun kiritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Koʻrib chiqish va 15-iyungacha boʻlgan muddatda xulosalar berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha takliflar va mulohazalarni oʻrganib chiqish hamda 1-iyulgacha boʻlgan muddatda Jamgʻarma Kengashiga taqdim qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Kelgusi yil uchun aniq dasturni hamda amalga oshirish yoʻnalishini muhokama qilish va tasdiqlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Loyihani amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-noyabrdagi 261-son qaroriga
2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi daromadlarini shakllantirish va mablagʻlarini sarflash tartibi toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash Jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlarining tushishi va ularning sarflanishi tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi) Jamgʻarma mablagʻlarining tasarrufchisi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari, mablagʻlarni shakllantirish va sarflashning maqsadli yoʻnaltirilganligini saqlab qolgan holda, Oʻzbekiston Respublikasining yigʻma budjeti tarkibiga kiritiladi hamda Jamgʻarmaning maxsus yigʻma balansida aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Jamgʻarma mablagʻlari Markaziy bankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi hisob-kitob-kassa markazidagi Jamgʻarmaning maxsus maqsadli hisob raqamida jamlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Jamgʻarma daromadlarini shakllantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirishning asosiy manbalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi tovar yetishtiruvchilari tomonidan toʻlanadigan yagona yer soligʻi boʻyicha tushumlarga muvofiq boʻlgan Davlat budjetidan ajratmalar;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maqsadli budjet ajratmalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklarning imtiyozli kreditlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimiz va chet el grantlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mablagʻlar va daromadlarning Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qishloq xoʻjaligi tovar yetishtiruvchilari tomonidan toʻlanadigan yagona yer soligʻi boʻyicha mablagʻlarning Davlat budjetiga oʻz vaqtida tushmaganligi natijasida Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari oʻrtasida kassa boʻyicha vaqtinchalik uzilish paydo boʻlgan taqdirda Moliya vazirligi tomonidan Davlat budjetidan joriy moliya yili mobaynida qaytarish asosida ssuda ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Davlat budjetidan maqsadli budjet ajratmalari har oyning 10-kunigacha Departamentning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etilgan buyurtmanomalari asosida ajratiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Jamgʻarma mablagʻlarini sarflash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Jamgʻarma mablagʻlari faqat quyidagi maqsadlarga yoʻnaltiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash Davlat dasturi (keyingi oʻrinlarda Davlat dasturi deb ataladi) doirasida meliorativ obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtisoslashtirilgan loyihalash tashkilotlari tomonidan loyiha-qidiruv hujjatlarini ishlab chiqish, Davlat dasturiga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish bilan bogʻliq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meliorativ va boshqa suv xoʻjaligi tadbirlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlari, suv xoʻjaligi foydalanish tashkilotlari, suv isteʼmolchilari uyushmalari, shuningdek alohida fermer xoʻjaliklarining meliorativ texnika parkini mustahkamlash maqsadida qaytarish asosida, shu jumladan uzoq muddatli imtiyozli lizing shartlarida, moliyalashtirish tadbirlari;
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat dasturida nazarda tutilgan boshqa ishlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Departament Jamgʻarma mablagʻlarining bosh tasarrufchisi hisoblanadi hamda meliorativ obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish, magistral kollektorlarni taʼmirlash va tiklash obyektlari boʻyicha, shuningdek meliorativ texnika, mashinalar va mexanizmlarni sotib olish boʻyicha buyurtmachi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament tumanlararo kollektorlarni, xoʻjaliklararo kollektor-drenaj tarmoqlarini, meliorativ nasos stansiyalari (agregatlari)ni, vertikal drenaj quduqlarini va kuzatish tarmoqlarini taʼmirlash va tiklash obyektlari boʻyicha investor hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi meliorativ ekspeditsiyalar (keyingi oʻrinlarda meliorativ ekspeditsiyalar deb ataladi) esa — buyurtmachilar va Jamgʻarma mablagʻlarining quyi tasarrufchilari hisoblanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Jamgʻarma mablagʻlarini meliorativ obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklashga, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga, meliorativ texnika sotib olishga sarflash belgilangan tartibda tasdiqlanadigan xarajatlar smetalari va aniq roʻyxatlar asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaning maxsus maqsadli hisob raqamidan tushadigan pul mablagʻlarini meliorativ obyektlarni loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash, shuningdek meliorativ texnika sotib olish xarajatlarini moliyalashtirishga oʻtkazish uchun buyurtmachilar tomonidan ularning xizmat koʻrsatuvchi banklarida har bir obyekt boʻyicha talab qilib olinadigan alohida ikkilamchi depozit hisob raqamlari ochiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Moliyalashtirish buyurtmachi va uning pudratchilari oʻrtasida tuzilgan shartnomalar asosida, har bir obyekt boʻyicha quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pudrat shartnomasi qiymatining 30 foizi miqdorida avans ajratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ajratilgan avansning ushlab qolinishini hisobga olgan holda, bajarilgan ishlar qiymatining 95 foizi miqdorida joriy moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan kafolat muddati oʻtgach obyekt qiymatining 5 foizi miqdorida moliyalashtirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Loyihani bajarish qatnashchilari oʻrtasida hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay, buyurtmachilar tomonidan moliya organiga markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalardan foydalanish toʻgʻrisida belgilangan shakl boʻyicha hisobotlar taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat koʻrsatuvchi banklar Jamgʻarma mablagʻlarini Buyurtmachining talab qilib olinadigan alohida ikkilamchi depozit hisob raqamlariga oʻtkazadilar, bunda ularning toʻlov hujjatlarida koʻrsatilgan maqsadlar uchun pudratchilarning talab qilib olinadigan alohida ikkilamchi depozit hisob raqamlariga yoʻnaltirilishini taʼminlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga ixtisoslashtirilgan pudrat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan meliorativ obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlaridan har yili belgilangan tartibda tasdiqlanadigan loyihalarning aniq roʻyxatlari asosida, qatʼiy ravishda, ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan kapital qoʻyilmalarning limitlari doirasida foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Meliorativ obyektlarni taʼmirlash va tiklash ixtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlari tomonidan, meliorativ obyektlarning ahamiyati va holatini hisobga olgan holda shakllantiriladigan loyihalarning belgilangan tartibda tasdiqlangan aniq roʻyxatlari asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Jamgʻarmaning meliorativ obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlaridan qatʼiy ravishda, belgilangan tartibda tasdiqlanadigan xarajatlar smetalari asosida foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Avariya-tiklash ishlarini moliyalashtirish Departament tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan kelishgan holda, asoslangan haqiqiy xarajatlar boʻyicha tegishli mutaxassislar ishtirokida meliorativ ekspeditsiyalar tomonidan tuzilgan lokal smetalar asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda avariya-tiklash ishlari uchun avans meliorativ ekspeditsiya tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan nuqsonlar dalolatnomalariga binoan xarajatlar qiymatining 50 foizigacha miqdorda beriladi, uzil-kesil moliyalashtirish esa tasdiqlangan lokal smetalar doirasida amalda bajarilgan ishlar belgilangan tartibda qabul qilib olingandan keyin amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Jamgʻarma “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasiga (keyingi oʻrinlarda “Oʻzmeliomashlizing” kompaniyasi deb ataladi), qaytarish va toʻlash shartlari asosida, meliorativ va boshqa suv xoʻjaligi tadbirlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlari, suv xoʻjaligi foydalanuvchi tashkilotlari, suv isteʼmolchilari uyushmalari, alohida fermer xoʻjaliklarining meliorativ texnika parkini mustahkamlash maqsadida meliorativ texnika sotib olish uchun qarz mablagʻlari ajratadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meliorativ texnika sotib olish uchun mablagʻlar Jamgʻarma Kengashi tomonidan tasdiqlangan har yilgi hisob-kitoblar asosida ajratiladi.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Jamgʻarma mablagʻlari olib qoʻyilmaydi yoki tasdiqlangan Davlat dasturini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan ehtiyojlar uchun sarflanmaydi.

IV. Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari prognozini koʻrib chiqish va tasdiqlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining manbalar va kelgusi yilda foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha prognozi Jamgʻarma mablagʻlari va xarajatlarining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan tasnifi asosida ishlab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari prognozining kelgusi yil uchun balansi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi har yili 5-iyundan kech boʻlmagan muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departamentga — meliorativ obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash, loyiha-qidiruv hamda ilmiy-tadqiqot ishlari hamda meliorativ texnika sotib olish boʻyicha xarajatlarning joriy yilda kutilayotgan ijrosi va kelgusi yil uchun prognozini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga — kelgusi yilda meliorativ obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish prognozini taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Kelgusi yil uchun tushumlar manbalari boʻyicha daromadlar prognozi Oʻzbekiston Respublikasining makroiqtisodiy koʻrsatkichlari asosida, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishib, quyidagilarni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻtgan yilda Jamgʻarmaga mablagʻlarning amaldagi tushumini hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha daromadlar manbalariga koʻra joriy yilda kutilayotgan tushumni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha yagona yer soligʻi boʻyicha moliyaviy hisobot yili oxiridagi yuridik shaxslarning kreditorlik qarzini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha kelgusi yil uchun Jamgʻarma mablagʻlari xarajatlari prognozi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan, oʻtgan yili amalda foydalanilgan hamda joriy yilning birinchi yarim yilligida kutilayotgan koʻrsatkichlarni hisobga olgan holda tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda meliorativ obyektlardagi avariya-tiklash ishlarini moliyalashtirish uchun zaxira (xarajatlar hajmining 5 foizigacha miqdorda) hosil qilinishi nazarda tutilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Departament Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda, lekin 1-iyuldan kechikmay, daromadlar va xarajatlarning ishlab chiqilgan prognozini taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining aniqlashtirilgan prognozi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan kelgusi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining asosiy parametrlari prognozi bilan bir vaqtda Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Kelgusi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari tasdiqlangandan keyin Departament besh kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga kelgusi yil uchun Jamgʻarma xarajatlarining choraklar boʻyicha taqsimlangan, tasdiqlangan asosiy parametrlarini yetkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Jamgʻarma Kengashi Departament tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan holda ishlab chiqilgan meliorativ obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha amalga oshiriladigan loyihalarning aniq dasturini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan kelishilgan holda ishlab chiqilgan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meliorativ obyektlarni taʼmirlash va tiklash boʻyicha loyihalarning aniq dasturini, taʼmirlanishi va tiklanishi nazarda tutilgan meliorativ nasos stansiyalari, vertikal drenaj quduqlari, kuzatuv tarmoqlari hamda boshqa meliorativ obyektlar roʻyxatini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarining aniq dasturini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meliorativ texnika sotib olish tadbirlarini moliyalashtirish uchun mablagʻlar hajmini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meliorativ obyektlardagi avariya-tiklash ishlari uchun zaxira xarajatlar miqdorini Jamgʻarma xarajatlarining kelgusi yil uchun prognozi olingan kundan boshlab ikki hafta muddatda tasdiqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Departament bir hafta muddatda meliorativ ekspeditsiyalarga tegishli hududda amalga oshiriladigan meliorativ obyektlarni taʼmirlash va tiklash boʻyicha loyihalarning belgilangan tartibda tasdiqlangan aniq dasturlarini joʻnatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Jamgʻarma mablagʻlarining tushishi va sarflanishi yuzasidan javobgarlik hamda uni nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, qishloq xoʻjaligi tovar yetishtiruvchilarining yagona yer soligʻidan mablagʻlarning oʻz vaqtida va toʻliq tushishi taʼminlanishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va uning mahalliy organlari masʼuldirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Departament umuman Jamgʻarma mablagʻlarining maqsadli va samarali sarflanishi yuzasidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meliorativ ekspeditsiyalar — meliorativ obyektlarni taʼmirlash va tiklash boʻyicha loyihalarning aniq dasturlarida;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzmeliomashlizing” kompaniyasi — meliorativ texnika va boshqa asbob-uskunalar sotib olishning aniq dasturlarida nazarda tutilgan mablagʻlar yuzasidan javobgardirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Jamgʻarma mablagʻlarining toʻla shakllanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Jamgʻarma Kengashi tomonidan, uning ijro etuvchi organi — Departament orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Meliorativ ekspeditsiyalar Departamentga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar boʻyicha va muddatlarda Jamgʻarma xarajatlari prognozining ijrosi boʻyicha oylik, choraklik va yillik hisobotlar taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Departament Moliya vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan shakllar boʻyicha va muddatlarda choraklik va yillik hisobot taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi monitoringi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanish boʻyicha monitoring Departament tomonidan, doimiy asosda, ajratilgan moliyaviy mablagʻlardan maqsadli, aniq manzilli va samarali foydalanilishini nazorat qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Mablagʻlardan maqsadli foydalanish boʻyicha monitoring quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalarning oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari (TIH, ishchi loyihalar, ishchi hujjatlar, lokal-resurs smetalar) parametrlariga hamda tanlov savdolari (tenderlar) oʻtkazish qoidalariga rioya qilinishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalga oshirilayotgan loyihalar boʻyicha axborotlar bazasini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalarni amalga oshirishda paydo boʻladigan muammolarni oʻrganish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha loyihalarni amalga oshirishni yanada yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanish boʻyicha monitoring Departament tomonidan tizimli ravishda, statistik hisobotlardan foydalanilgan holda, hujjatli tekshirishlar va taftishlar yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Mablagʻlardan maqsadli foydalanish boʻyicha monitoring natijalaridan Davlat dasturini amalaga oshirish boʻyicha choraklik axborotlar tayyorlashda foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanish boʻyicha monitoringni amalga oshirishda Departament quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga moliyalashtirilayotgan va loyiha-smeta hujjatlaridan chetga chiqqan holda yoki mablagʻlardan maqsadsiz foydalanilayotgani aniqlangan har qanday ishlarni toʻxtatib qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meliorativ obyektlarda qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash boʻyicha bajarilgan ishlarni, shuningdek loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarini texnik nazorat qilish va nazorat oʻlchovidan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buxgalteriya balansi va hisobotlarni, meliorativ obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash xarajatlarini, shu jumladan tik drenaj quduqlari, meliorativ nasos stansiyalari va kuzatish tarmoqlari, avariya-tiklash ishlari xarajatlarini moliyalashtirish boʻyicha materiallar va hisobotlarni olish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit muassasalaridan pudrat qurilish tashkilotlari boʻyicha materiallarni hamda maxsus va hisob-kitob raqamlaridagi mablagʻlar harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meliorativ ekspeditsiyalar va pudrat tashkilotlariga meliorativ ishlarni amalga oshirish uchun ajratilgan Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini, Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashining ruxsatini olmasdan, hujjatli tekshirish va taftishlarni muntazam ravishda amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bajarilgan ishlarni nazorat oʻlchovidan oʻtkazish, shuningdek meliorativ ishlarni amalga oshirish uchun ajratilgan Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini hujjatli tekshirish va taftish qilish uchun mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy buzilishlar aniqlangan taqdirda zarur hujjatlarni olib qoʻyish. Bu holda yigʻma ishlar jildidan hujjat olib qoʻyilgani toʻgʻrisida dalolatnoma va olib qoʻyilgan hujjatlar reyestri tuziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meliorativ ekspeditsiyalardan, pudrat qurilish tashkilotlaridan tekshirish obyektlari bilan bogʻliq hujjatlar va maʼlumotlar nusxalarini olish, shuningdek rahbarlarga nisbatan aniqlangan moliyaviy buzilishlarni bartaraf etish boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tugallangan taftishlar va tekshirishlar natijalari boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur koʻrsatmalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilmaganligi va boshqa moliyaviy buzilishlar aniqlangan taqdirda taftishlar va tekshirishlar materiallarini huquqni muhofaza qilish organlariga topshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mablagʻlarning noqonuniy sarflanganligi yoki ilgari berilgan mablagʻlarning sarflanishi boʻyicha hisobotlar va boshqa hisobotlar taqdim etilmaganligi uchun pudrat qurilish tashkilotlarini moliyalashtirishni toʻxtatib qoʻyish va boshqa jazo choralarini qoʻllash.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Departament tomonidan tekshirishlar natijalari boʻyicha aniqlangan moliyaviy buzilishlar summasining 10 foizi miqdoridagi mablagʻlar uning Ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-noyabrdagi 261-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 3-iyuldagi 302-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari toʻgʻrisidagi Nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 27-bandning birinchi xatboshidagi “25” raqami “50” raqami bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 35-bandning ikkinchi xatboshidagi “boʻsh” soʻzi chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“chop etilgan” soʻzlari “berilgan” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Melioratsiya obyektlarida taʼmirlash-tiklash ishlari obyektlari uchun ofertalarni taqdim etishning eng qisqa muddati ommaviy axborot vositalarida eʼlon berilgan kundan boshlab 15 kunni yoki taklifnomalar joʻnatilgan kundan boshlab 20 kunni tashkil etadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 49-son, 480-modda; 2011-y., 7-8-son, 62-modda; 2013-y., 26-son, 338-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2017-y., 09/17/969/0405-son; 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son; 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)