Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.10.2019 24.11.2008 yildagi PQ-1005-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 24.11.2008 yildagi PQ-1005-son
Date of entry into force
24.11.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.10.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING INSONPARVARLIK YORDAMI HAMDA TEXNIK KOʻMAKLAShISh VOSITALARIDAN MAQSADLI FOYDALANIShNI MUVOFIQLAShTIRISh, HISOBGA OLISh VA NAZORAT QILISh DEPARTAMENTINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-oktabrdagi PF-5848-sonli “Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlashni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasiga insonparvarlik yordami hamda texnik koʻmaklashish vositalarini jalb etish faoliyati muvofiqlashtirilishini yanada takomillashtirish, ularni hisobga olish hamda maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatishning yagona tizimini taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga insonparvarlik yordami hamda texnik koʻmaklashish vositalarini respublikaga jalb etishni muvofiqlashtirish va oʻz vaqtida rasmiylashtirish, shuningdek, ularni hisobga olish va maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat oʻrnatishni tashkil etish vazifalari yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida Insonparvarlik yordami hamda texnik koʻmaklashish vositalaridan maqsadli foydalanishni muvofiqlashtirish, hisobga olish va nazorat qilish departamenti tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikaga insonparvarlik yordami hamda texnik koʻmaklashish vositalarini jalb etish masalalari boʻyicha donorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish takliflarini tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
insonparvarlik yordami hamda texnik koʻmaklashish vositalariga oid loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonlarini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
insonparvarlik yordami hamda texnik koʻmaklashish vositalarini oluvchilarga ularni rasmiylashtirish va yetkazib berish muddatlarini qisqartirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etilayotgan insonparvarlik yordami hamda texnik koʻmaklashish vositalari toʻliq va tizimli hisobga olinishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika vazirliklari, idoralari, xoʻjalik birlashmalari, tashkilot va muassasalari oladigan insonparvarlik yordami hamda texnik koʻmaklashish vositalarini oʻzlashtirish, maqsadli va samarali foydalanishning doimiy monitoringini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
insonparvarlik yordami hamda texnik koʻmaklashish vositalarining kelib tushishi va oʻzlashtirilishi toʻgʻrisidagi hisobotlar hamda tahliliy materiallarni tayyorlash va ularni tizimli asosda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etib turish.
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparati boshqaruv xodimlarining tasdiqlangan cheklangan soni doirasida umumiy soni 5 nafar xodimdan iborat boʻlgan Departament tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Insonparvarlik yordami hamda texnik koʻmaklashish vositalaridan maqsadli foydalanishni muvofiqlashtirish, hisobga olish va nazorat qilish departamenti toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziriga zarur hollarda Departamentning tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritishga ruxsat etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining gʻaznachiligi zimmasiga Oʻzbekiston Respublikasiga kelayotgan barcha turdagi, shu jumladan nomoddiy shakldagi insonparvarlik yordami hamda texnik koʻmaklashish vositalarini toʻliq va tizimli hisobga olish vazifasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Bosh nazorat-taftish boshqarmasi zimmasiga mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi, insonparvarlik yordami hamda texnik koʻmaklashish vositalarini jalb etish va oʻzlashtirishda moliyaviy qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻyilmasligini taftish hamda nazorat qilish vazifalari yuklatilsin. Mazkur vazifalarni bajarish uchun Moliya vazirligining Bosh nazorat-taftish boshqarmasi tuzilmasida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparati xodimlarining cheklangan soniga qoʻshimcha kiritiladigan 3 nafar xodimdan iborat shoʻba tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq insonparvarlik yordami hamda texnik koʻmaklashish vositalarini oluvchilar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining gʻaznachiligiga oʻzlarining shaxsiy bank hisobvaraqlaridan koʻchirmalar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakl va muddatlarda, jumladan, nomoddiy shakldagi insonparvarlik yordami hamda texnik koʻmaklashish vositalari toʻgʻrisida axborot berib boradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Davlat statistika qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda insonparvarlik yordami hamda texnik koʻmaklashish vositalarini oluvchilar Moliya vazirligining gʻaznachiligiga taqdim etadigan hisobot shakllarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 24-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-1005-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 48-son, 472-modda)