Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 10.11.2008 yildagi 241-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 10.11.2008 yildagi 241-son
Date of entry into force
10.11.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ILMIY, ILMIY-TADQIQOT MUASSASALARI VA TAShKILOTLARINING MODDIY-TEXNIKA BAZASINI MUSTAHKAMLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2008-yil 15-iyuldagi PQ-916-son qarorini bajarish yuzasidan hamda ilmiy, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlarini ilmiy, texnologik va laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlash (qoʻshimcha jihozlash) maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan ilmiy, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlarining mavjud moddiy-texnika bazasi kompleks xatlovdan oʻtkazilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 2009—2012-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining ilmiy, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlarini ilmiy, texnologik va laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlash (qoʻshimcha jihozlash) dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 15-iyuldagi PQ-916-son qarorining 9-bandiga muvofiq Dastur doirasida Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelinadigan asbob-uskunalar bojxona toʻlovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy, texnologik va laboratoriya asbob-uskunalari xarid qilish uchun qonun hujjatlariga muvofiq tender komissiyalari tashkil etsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asbob-uskunalar xarid qilish uchun ajratilgan mablagʻlarning oʻz vaqtida oʻzlashtirilishini taʼminlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xarid qilinadigan asbob-uskunalarning olib kelinishi va ulardan samarali foydalanilishi ustidan amaliy nazorat oʻrnatsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dasturning bajarilishi toʻgʻrisida har yili keyingi yilning 15-yanvarigacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bersinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Dastur parametrlariga muvofiq har yili ilmiy, texnologik va laboratoriya asbob-uskunalari xarid qilish uchun mablagʻlarni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Qosimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 10-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
241-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 46-son, 454-modda)