Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.09.2017 31.10.2008 yildagi PQ-991-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 31.10.2008 yildagi PQ-991-son
Date of entry into force
31.10.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.09.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

AHOLINING OMONATLARINI JALB QILISh BO‘YIChA RESPUBLIKA TIJORAT BANKLARI O‘RTASIDA TANLOV O‘TKAZISh TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12 sentiyabrdagi PQ-3270-sonli “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholining bo‘sh pul mablag‘larini banklardagi omonatlarga jalb qilish bo‘yicha tijorat banklarini qo‘shimcha rag‘batlantirish va ularning faoliyatini kuchaytirish, banklarning investitsiyaviy imkoniyatlarini yanada kengaytirish uchun ularning resurs bazalarini mustahkamlash, shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan bank-moliya xizmatlari sifatini oshirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zbekiston Banklari uyushmasi va tijorat banklarining har yili yanvar oyida tugagan yil yakunlari bo‘yicha aholining omonatlarini jalb qilish yuzasidan respublika tijorat banklari va ularning filiallari o‘rtasida tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlovda respublikaning barcha tijorat banklari va ularning bo‘linmalari (filiallari, mini-banklar, jamg‘arma va maxsus kassalar) ishtirok etishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
reyting bahoga ko‘ra yil yakunlari bo‘yicha eng yuqori ballarni to‘plagan tijorat banklari, filiallar, mini-banklar, jamg‘arma yoki maxsus kassalar tanlov g‘oliblari sifatida tan olinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov sovrin jamg‘armasi tanlovda ishtirok etayotgan tijorat banklari hamda O‘zbekiston Banklari uyushmasi mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Aholining omonatlarini jalb qilish yuzasidan respublika tijorat banklari o‘rtasida har yili tanlovlar o‘tkazishni tashkil etish, yakunlarini chiqarish va g‘oliblarni aniqlash uchun 1-ilovaga* muvofiq tarkibda tashkiliy qo‘mita tuzilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Aholining omonatlarini jalb qilish yuzasidan respublika tijorat banklari o‘rtasida tanlov o‘tkazish hamda uning ishtirokchilarini rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tashkiliy qo‘mita (F.M. Mullajonov):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki hafta muddatda tanlovni o‘tkazish tartibi va shartlarini tijorat banklariga yetkazishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur miqdorda sovrin jamg‘armasini shakllantirishni va tanlov g‘oliblarining xolisona aniqlanishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, ommaviy axborot vositalari tashkiliy qo‘mita bilan birgalikda tanlov o‘tkazilishi va uning natijalari keng yoritilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmalariga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 31-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-991-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 44-45-son, 441-modda)