13.10.2008 yildagi 225-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 13.10.2008 yildagi 225-son
Date of entry into force
13.10.2008
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

BOLALARNING SANʼAT VA MADANIYAT SOHASIDAGI QOBILIYAT HAMDA IQTIDORINI BARVAQT ANIQLASH, RIVOJLANTIRISH BILAN SHUGʻULLANADIGAN NODAVLAT TASHKILOTLARNI RAGʻBATLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-fevraldagi PQ-805-son qarori bilan tasdiqlangan “Yoshlar yili” Davlat dasturi ijrosini taʼminlash, bolalarning sanʼat va madaniyat sohasidagi qobiliyat hamda iqtidorini barvaqt aniqlash, rivojlantirish borasida respublikamizda faoliyat yuritayotgan nodavlat tashkilotlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning mazkur yoʻnalishda amalga oshirgan ishlarini targʻib etish hamda ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, ijodiy uyushmalar va jamoatchilikning bolalarning sanʼat va madaniyat sohasidagi qobiliyat hamda iqtidorini barvaqt aniqlash, rivojlantirish bilan shugʻullanadigan nodavlat tashkilotlarni ragʻbatlantirish haqidagi takliflari maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalarning sanʼat va madaniyat sohasidagi qobiliyat hamda iqtidorini barvaqt aniqlash, rivojlantirish bilan shugʻullanadigan nodavlat tashkilotlarni ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalarning sanʼat va madaniyat sohasidagi qobiliyat hamda iqtidorini barvaqt aniqlash, rivojlantirish bilan shugʻullanadigan nodavlat tashkilotlarning yil davomidagi faoliyatini oʻrganish boʻyicha Kengash tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.

3. Bolalarning sanʼat va madaniyat sohasidagi qobiliyat hamda iqtidorini barvaqt aniqlash, rivojlantirish bilan shugʻullanadigan nodavlat tashkilotlarning yil davomidagi faoliyatini oʻrganish boʻyicha Kengash qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan har yili nodavlat tashkilotlarni ragʻbatlantirish marosimi tashkil etilsin.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur marosimni tashkil etish va oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamda homiy tashkilotlar qatnashishi belgilab qoʻyilsin.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 712-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 996-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 13-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
225-son

Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 225-son qaroriga
1-ILOVA

Bolalarning sanʼat va madaniyat sohasidagi qobiliyat hamda iqtidorini barvaqt aniqlash, rivojlantirish bilan shugʻullanadigan nodavlat tashkilotlarni ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom bolalarning sanʼat va madaniyat sohasidagi qobiliyat hamda iqtidorini barvaqt aniqlash, rivojlantirish bilan shugʻullanadigan nodavlat tashkilotlarni (keyingi oʻrinlarda “nodavlat tashkilotlar” deb ataladi) ragʻbatlantirishga qaratilgan tanlovni oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur tanlov Oʻzbekistonda bolalarning sanʼat va madaniyat sohasidagi qobiliyat hamda iqtidorini barvaqt aniqlash, rivojlantirish bilan shugʻullanadigan nodavlat tashkilotlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning mazkur yoʻnalishda amalga oshirgan ishlarini targʻib etish hamda ragʻbatlantirish va shu orqali iqtidorli bolalarning namunali taʼlim olishi, oʻz ustida ishlashi uchun zarur sharoitlar yaratilishi jarayoniga nodavlat tashkilotlarni yanada kengroq jalb etishga erishish maqsadida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Tanlovni oʻtkazish va gʻoliblarni aniqlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tanlov har yil yakunida Bolalarning sanʼat va madaniyat sohasidagi qobiliyat hamda iqtidorini barvaqt aniqlash, rivojlantirish bilan shugʻullanadigan nodavlat tashkilotlarning yil davomidagi faoliyatini oʻrganish boʻyicha Kengash (keyingi oʻrinlarda “Kengash” deb ataladi) tomonidan belgilangan muddatda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur tanlovda Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatayotgan nodavlat tashkilotlar ishtirok etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tanlov nodavlat tashkilotlar oʻrtasida gʻoliblikka nomzodlarni aniqlashdan boshlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nomzodlar quyidagi nominatsiyalar boʻyicha aniqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yilning eng faol nodavlat tashkiloti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston yoshlari isteʼdodining kashfiyotchisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yilning eng yaxshi madaniyat va sanʼat targʻibotchisi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Kengash nomzodlar orasidan gʻoliblarni aniqlab, bu haqda qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Tanlov gʻoliblarini taqdirlash marosimi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Kengash qarori asosida aniqlangan gʻoliblarni taqdirlash marosimi Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining katta zalida oʻtkaziladi. Konservatoriya katta zalining foyesida tasviriy sanʼat va xalq amaliy sanʼati sohasidagi eng iqtidorli bolalarning ijodiy ishlari koʻrgazmasi tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Katta zal sahnasida iqtidorli bolalar va jamoalarning cholgʻu ijrochiligi, xonandalik, raqs va boshqa yoʻnalishdagi ijrolaridan iborat maxsus konsert dasturi namoyish etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tanlovda gʻolib chiqqan nodavlat tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi va Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan sertifikat hamda har bir nominatsiya boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdoridagi maxsus sovgʻalar bilan taqdirlanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur tanlovda respublikada faoliyat koʻrsatayotgan davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar homiylik qilishlari, yangi nominatsiyalar boʻyicha oʻz sovgʻalarini taqdim etishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Taqdirlash marosimi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasida, “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida va boshqa ommaviy axborot vositalarida keng yoritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Moliyalashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Tanlovni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi va Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan teng ulushlarda qoplanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 712-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 996-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 225-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalarning sanʼat va madaniyat sohasidagi qobiliyat hamda iqtidorini barvaqt aniqlash, rivojlantirish bilan shugʻullanadigan nodavlat tashkilotlarning yil davomidagi faoliyatini oʻrganish boʻyicha Kengash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI

M. Muratov —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri, Kengash raisi‎
Lavozimi boʻyicha —‎ Vazirlar Mahkamasining Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati mudiri
T. Qoʻziyev ‎ —‎ Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi‎
M. Xodjimatov —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari‎
Z. Sattorov ‎ —‎ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori‎
R. Axliddinov ‎ —‎ Xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari‎
S. Xolbayev ‎ —‎ Adliya vazirining oʻrinbosari‎
Q. Quranbayev —‎ Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi
J. Uzakov —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining ijodkor yoshlar bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: kengash aʼzosi boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning lavozimiga yangidan tayinlangan kishi Kengash tarkibiga kiritiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 42-son, 421-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda, 37-son, 996-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi,17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)