Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 09.10.2008 yildagi 223-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 09.10.2008 yildagi 223-son
Date of entry into force
09.10.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“GURLAN” AKSIYADORLIK JAMIYATI BAZASIDAGI “MURUVVAT-TEKS” XORIJIY ShuʼBA KORXONASINING OʻZ EHTIYOJLARI UChUN ChETDAN KELTIRILGAN VA BOJXONA TOʻLOVLARI TOʻLAShDAN OZOD QILINADIGAN TEXNOLOGIK VA YORDAMChI ASBOB-USKUNALAR, EHTIYOT QISMLAR HAMDA TEXNOLOGIK JIHOZLAR ROʻYXATINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2006 — 2008-yillarda toʻqimachilik sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish va texnikaviy qayta jihozlash Dasturi toʻgʻrisida” 2006-yil 13-noyabrdagi PQ-510-son qarorining bajarilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Gurlan” aksiyadorlik jamiyati bazasidagi “MURUVVAT-TEKS” xorijiy shuʼba korxonasi toʻqimachilik kompleksini tashkil etish” loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2006 — 2008-yillarda toʻqimachilik sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish va texnikaviy qayta jihozlash Dasturi toʻgʻrisida” 2006-yil 13-noyabrdagi PQ-510-son qarori 1-ilovasiga kiritilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu loyiha doirasida “MURUVVAT-TEKS” xorijiy shuʼba korxonasi bilan “Zeromax GmbH” (Shveysariya) kompaniyasi oʻrtasida umumiy summasi 12526846 AQSh dollari boʻlgan texnologik va yordamchi asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar hamda texnologik jihozlar yetkazib berish yuzasidan 2006-yil 17-noyabrdagi № ZM/MT-001 raqamli import kontrakti tuzilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yengil sanoat korxonalarini qurish, qayta ixtisoslashtirish va modernizatsiya qilishga doir takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha idoralararo ekspert kengashi tomonidan ushbu kontrakt doirasida chetdan keltirilgan va bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod qilinadigan texnologik va yordamchi asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar hamda texnologik jihozlar roʻyxati yuzasidan ijobiy xulosa berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur kontrakt doirasida olib kirish vaqtida “Gurlan” aksiyadorlik jamiyati bazasidagi “MURUVVAT-TEKS” xorijiy shuʼba korxonasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2006 — 2008-yillarda toʻqimachilik sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish va texnikaviy qayta jihozlash Dasturi toʻgʻrisida” 2006-yil 13-noyabrdagi PQ-510-son qarorining 5-bandiga muvofiq bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod qilinadigan texnologik va yordamchi asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar hamda texnologik jihozlar roʻyxati ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi boʻshab qoladigan mablagʻlardan “Gurlan” aksiyadorlik jamiyati bazasidagi “MURUVVAT-TEKS” xorijiy shuʼba korxonasi tomonidan ishlab chiqarishni texnikaviy qayta jihozlash va modernizatsiya qilish, tayyor mahsulotlarning yangi turlarini oʻzlashtirish, oʻz aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun maqsadli foydalanilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsinlar. Ushbu mablagʻlardan belgilangan maqsadda foydalanilmagan taqdirda ular korxonaga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jarima sanksiyalari qoʻllagan holda toʻliq hajmda davlat budjetiga undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 9-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
223-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 40-41-son, 413-modda)