Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.03.2016 03.09.2008 yildagi 199-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 03.09.2008 yildagi 199-son
Date of entry into force
03.09.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.03.2016
Hujjat 06.04.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING AXBOROT-TAHLIL DEPARTAMENTLARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 23-martdagi 81-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi apparatining axborot-tahlil departamentlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga hamda Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga qisman oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2008-yil 8-avgustdagi 174-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mashinasozlikni, elektrotexnika va aviatsiya sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2007-yil 22-martdagi 56-son qarori 1-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshi hamda qarorga 1 va 2-ilovalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2008-yil 9-apreldagi PQ-834-son qarori)” 2008-yil 20-maydagi 100-son qaroriga ilova 9-bandining 2 va 3-kichik bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 5-son, 19-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosarlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqaruvchisi S.X.Bekenov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 3-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
199-son

Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 3-sentabrdagi 199-son qaroriga
1-ILOVA

Mashinasozlikni, elektrotexnika va aviatsiya sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

I. Umumiy qoidalar

1. Mashinasozlikni, elektrotexnika va aviatsiya sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb yuritiladi) Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 8-avgustdagi 174-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Ijro etuvchi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Departamentning faoliyati Vazirlar Mahkamasini, uning Prezidiumini, shuningdek Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatini mashinasozlikni, elektrotexnika va aviatsiya sanoatini rivojlantirish; safarbarlik va davlat zaxiralari; standartlashtirish va metrologiya masalalari boʻyicha axborot-tahliliy materiallar bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.

4. Departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.

Departament oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosariga boʻysunadi va ayni bir paytda uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.

5. Departament oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.

II. Departamentning vazifalari va funksiyalari

6. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:

a) mashinasozlikni rivojlantirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mashinasozlik korxonalarini rivojlantirishning tarmoqni modernizatsiya qilish va texnik jihatdan jihozlashga, butun dunyoga mashhur savdo markalariga ega boʻlgan xalqaro transmilliy kompaniyalarni jalb etgan holda mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy, raqobatbardoshli ishlab chiqarishlar tashkil etishga qaratilgan strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish potensialidan yanada toʻliq foydalanish, yangi ishlab chiqarishlar va ish oʻrinlari tashkil etish maqsadida avtomobilsozlik, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi va boshqa aralash tarmoqlar korxonalarini tarmoqlararo kooperatsiyalash samaradorligini oshirishga, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan tarmoqlarda ishlab chiqarish jarayonlarini diversifikatsiyalashga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mashinasozlik korxonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini ishlab chiqishni tashkil etish, asbob-uskunalar, transport vositalari, xomashyo va materiallar importini maqbullashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
potensial investorlarni avtomobilsozlik, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalarini xususiylashtirish jarayonlariga jalb etish boʻyicha ekspert baholashlarni chuqur oʻrganish va oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy investitsiyalar va kreditlarni avtomobilsozlikka, qishloq xoʻjaligi mashinasozligiga jalb etish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlarning har tomonlama tahlil qilinishini va kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash, koʻrsatib oʻtilgan loyihalar va dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirib borish, ularning bajarilishi monitoringini yuritish, shuningdek tasdiqlangan parametrlarga soʻzsiz erishish boʻyicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mashinasozlikda islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
marketing tadqiqotlarini oʻtkazish, ichki va tashqi bozorlarda mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning raqobatbardoshli yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish ishlarini muvofiqlashtirish, ularni jahon bozorlariga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) elektrotexnika va aviatsiya sanoatini rivojlantirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektrotexnika va aviatsiya sanoatini rivojlantirishning tarmoqni modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlashga, butun dunyoda mashhur boʻlgan tovar markalariga ega boʻlgan xalqaro transmilliy kompaniyalarni jalb etgan holda mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy, raqobatbardoshli ishlab chiqarishlarni tashkil etishga qaratilgan strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish potensialidan yanada toʻliq foydalanish, yangi ishlab chiqarishlar va ish oʻrinlari tashkil etish maqsadida elektrotexnika, aviatsiya sanoati va boshqa aralash tarmoqlar korxonalarini tarmoqlararo kooperatsiyalash samaradorligini oshirishga, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan tarmoqlarda ishlab chiqarish jarayonlarini diversifikatsiyalashga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektrotexnika, aviatsiya sanoati korxonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini ishlab chiqishni tashkil etish, asbob-uskunalar, transport vositalari, xomashyo va materiallar importini maqbullashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
potensial investorlarni elektrotexnika, aviatsiya sanoati korxonalarini xususiylashtirish jarayonlariga jalb etish boʻyicha ekspert baholashlarni chuqur oʻrganish va oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy investitsiyalar va kreditlarni elektrotexnika, aviatsiya sanoatiga jalb etish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlarning har tomonlama tahlil qilinishini va kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash, koʻrsatib oʻtilgan loyihalar va dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirib borish, ularning bajarilishi monitoringini yuritish, shuningdek tasdiqlangan parametrlarga soʻzsiz erishish boʻyicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimizda raqobatbardoshli aviatsiya texnikasi ishlab chiqarishini rivojlantirishga koʻmaklashish, zamonaviy samolyotlar ishlab chiqarishning uzoq muddatli istiqbollarini taʼminlash, aviasozlikda eksport potensialini koʻpaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) safarbarlik va davlat zaxiralari sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, iqtisodiyot tarmoqlarining safarbarlik va davlat zaxiralarini jalb etish masalalariga tayyorligi holatini tizimli oʻrganish va tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat strategik va safarbarlik zaxiralarining qarzga olingan tovarlar va mahsulotlarining sifati va miqdori boʻyicha saqlanishini va oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlash ishlari holatining monitoringini va tahlilini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
safarbarlik va davlat zaxiralari masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan bajarilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat strategik va safarbarlik zaxiralarini shakllantirishni, shu jumladan ularni jamlashni, saqlash va yangilab borishni, shuningdek safarbarlik va davlat zaxiralaridan belgilangan tartibda tezkorlik bilan foydalanishga doimiy tayyorlikni taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) standartlashtirish va metrologiya sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, xalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi boʻyicha xalqaro standartlarni qoʻllanish asosida mahsulotlarning sifatini va raqobatbardoshligini oshirish sohasidagi yagona davlat siyosati oʻtkazilishini tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish tizimlarining faoliyat koʻrsatishini va rivojlantirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish, xalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish boʻyicha xalqaro standartlarni qoʻllanish asosida mahsulotlar sifatini va raqobatbardoshligini oshirish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish boʻyicha takliflarni tahlil qilish va tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Standartlashtirish toʻgʻrisida”, “Metrologiya toʻgʻrisida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining hamda standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning amalda bajarilishini taʼminlash boʻyicha ishlarning monitoringini olib borish va ularni muvofiqlashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Departament oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

oʻzi yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha axborotlarni toʻplaydi va umumlashtiradi;

iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida va hududlarda ishlarning ahvolini oʻrganadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning oʻrinbosari uchun tegishli materiallarni tayyorlaydi;

tegishli tarmoqlarni rivojlantirish, shuningdek tegishli tarmoqlarda islohotlarni chuqurlashtirish dasturlarini, xodimlarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish va yanada takomillashtirish dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish monitoringini olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi topshiriqlarining ijrosini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli tarmoqlar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda yangilanishini taʼminlaydi;

Vazirlar Mahkamasining koʻrib chiqishi uchun tahliliy, maʼlumotnoma materiallar va boshqa materiallarni, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;

Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va maʼlumotnoma materiallar tayyorlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;

materiallarning kompleksliligi hamda ularni ishlab chiqish va tayyorlashning sifati, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining topshiriqlari loyihalarining davlat va xoʻjalik boshqaruvining manfaatdor organlari, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishi uchun javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvining mutasaddilik qilinadigan organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha hukumatlararo bitimlarni tayyorlashda qatnashadi;

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar ishi samaradorligini taʼminlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, koʻrib chiqish va chora-tadbirlar koʻrish uchun ushbu murojaatlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qilishni amalga oshiradi;
(7-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-martdagi 74-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 13-son, 155-modda)

oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.

III. Departamentning huquqlari va javobgarligi

8. Departament oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va soʻrash;

davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;

mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlarining kollegial organlari majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir oʻrinbosarining topshirigʻiga binoan esa —davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yigʻilishlarida qatnashish;

zarurat boʻlganda Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;

zarurat boʻlganda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari buzilgan holda tushadigan hujjatlarni qaytarib yuborish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departamentning zarur materiallar, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Departament belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak.

9. Departament:

oʻziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun;

Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va masalalarni ekspert jihatidan sifatli ishlab chiqishning tashkil etilishi uchun;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlari, farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining mutasaddilik qilinadigan idoralar tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi taʼminlanishi uchun;

Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi mustahkamlanishi uchun javob beradi.

IV. Departamentning tuzilmasi

10. Departamentning tuzilmasiga Departament mudiri, mashinasozlik shuʼbasi mudiri, bosh va yetakchi mutaxassislari; elektrotexnika va aviatsiya sanoati shuʼbasi mudiri, bosh va yetakchi mutaxassislari; safarbarlik va davlat zaxiralari masalalari boʻyicha bosh va yetakchi mutaxassis, standartlashtirish va metrologiya masalalari boʻyicha bosh va yetakchi mutaxassislar, shuningdek inspektor kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

11. Departament ishlariga mudir rahbarlik qiladi.

12. Departament mudiri, shuʼba mudirlari va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Departament faoliyatini tashkil etish

13. Departament ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha Yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Departamentning ish rejalari, mudir va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departamentning ish rejalari, mudirning shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi.

14. Departament mudiri:

Departamentga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, shuʼba mudirlari va mutaxassislar ishini tashkil qiladi, Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflar va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat tamoyillariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi, ularning ekspert jihatdan puxta ishlab chiqilishini tashkil etadi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga rozilik beradi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning amalga oshirilishi tizimli nazorat qilinishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli tarmoqlar, sohalar va respublika hududlarida iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi tizimli monitoring qilinishi va maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni hal etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini, respublika tarmoqlari va hududlarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalari amalga oshirilishini taʼminlaydi;

Departamentning tasdiqlangan tuzilmasi va shtat jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etiladigan nomzodlar, mutaxassislarning kasb darajasi va ishchanlik malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish va ularni jazolash chora-tadbirlari boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqadi va Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi bilan kelishgan holda kompleks rahbarining koʻrib chiqishi uchun kiritadi;

shuʼba mudirlari va mutaxassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlashni, shuningdek yarim yillikka kompleks ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun kompleks rahbariga kiritadi, Departamentning tarkibiy boʻlinmalari va mutaxassislari ish rejasini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasiga tushgan, respublika Hukumatining qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi;

Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va uning Prezidiumining majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqaruvchisi tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;

Departament kadrlar zaxirasi shakllantirilishi va yangilanishini, kadrlar zaxirasiga kiritilgan shaxslar bilan tizimli ish olib borish tashkil etilishini taʼminlaydi;

Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ishlarning yuritilishini taʼminlaydi;

chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.

15. Departament mudiri vaqtinchalik boʻlmagan taqdirda uning vazifasini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosari tomonidan belgilanadigan Departamentning shuʼba mudirlaridan biri bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Shuʼba mudiri:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shuʼba mutaxassislari ishlarini muvofiqlashtiradi hamda shuʼbaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassislar tomonidan maʼlumotnoma, tahliliy va statistik materiallar va boshqa materiallar, shuningdek shoʻbaga birkitilgan masalalar, respublikaning tegishli vazirliklari, idoralari, xoʻjalik birlashmalari va hududlari boʻyicha qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini;

qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Hukumat qarorlarini amalga oshirish boʻyicha mutaxassislar tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini, ularning Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri yoki uning oʻrinbosarlari tomonidan imzolanishini muvofiqlashtiradi, doimiy asosda erishilgan natijalar monitoringi olib borilishini taʼminlaydi;

tegishli davr uchun mutaxassislar, Departament va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tasdiqlangan ish rejalaridagi masalalarni oʻrganishni muvofiqlashtirishni va chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlaydi, tanqidiy tahlil qilish asosida Departament mudiri va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari koʻrib chiqishi uchun tegishli takliflar kiritadi;

iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari, sohalari va sektorlari, shuningdek respublika hududlari boʻyicha maʼlumotlarning tizimlashtirilgan bazasi yaratilishi va yuritilishini nazorat qiladi;

maʼlumotnoma materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, uning oʻrinbosarlariga, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga axborot beradi;

shuʼba yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament mudirining topshirigʻiga koʻra chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek tayyorlanayotgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar hamda tashkilotlar rahbarlari va vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;

vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.

Shuʼba mudiri vaqtinchalik boʻlmagan taqdirda uning vazifasini Departament mudiri belgilaydigan shoʻba bosh mutaxassislaridan biri bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Departamentning bosh mutaxassisi:

funksional vazifalarga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlar bajarilishi nazorat qilinishini taʼminlash uchun shaxsan javob beradi;

davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini har tomonlama oʻrganib chiqadi, ular boʻyicha zarur tahliliy materiallar va ekspert takliflari tayyorlaydi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq ularning zarur tarzda kelishilishini taʼminlaydi;

materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga, shoʻba mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga va Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga axborot beradi;

qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari boʻyicha topshiriqlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi ustidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;

tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha maʼlumotlarning tizimlashtirilgan bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil etadi;

davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining markaziy apparatlari tarkibiy boʻlinmalari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlar) ishining holati va natijadorligini doimiy asosda oʻrganadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;

oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek tayyorlanayotgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;

tegishli masalalar boʻyicha yetakchi mutaxassisning faoliyatini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Departamentning yetakchi mutaxassisi:

materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga va bosh mutaxassisga, shoʻba mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga va Ijro etuvchi apparat Boshqaruvchisiga axborot beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari boʻyicha topshiriqlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi ustidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha maʼlumotlarning tizimlashtirilgan bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining markaziy apparatlari tarkibiy boʻlinmalari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlar) ishining holati va natijadorligini doimiy asosda oʻrganadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shuʼba mudiri bilan kelishgan holda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlarining ishlab chiqilayotgan loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Inspektor Departamentda ish yuritishni amalga oshiradi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 3-sentabrdagi 199-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb yuritiladi) Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 8-avgustdagi 174-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Ijro etuvchi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Departamentning faoliyati Vazirlar Mahkamasini, uning Prezidiumini, shuningdek Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatini mineral xomashyo va uglevodorodlarni qidirish va qazib olish; metallurgiya va qimmatbaho metallar; yoqilgʻi-energetika kompleksini; kimyo va neft-kimyo sanoatini rivojlantirish masalalari boʻyicha axborot-tahliliy materiallar bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosariga boʻysunadi va ayni bir paytda uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Departament oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Departamentning vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) mineral xomashyo va uglevodorodlarni qidirish va qazib olish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geologiya-razvedka ishlarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda yer osti boyliklaridan samarali foydalanish va mineral xomashyo qazib olish talablarini hisobga olgan holda eng avvalo uglevodorod xomashyo, asl, rangli, nodir metallar va uran, shuningdek qurilish materiallari, chuchuk va mineral yer osti suvlarini qidirish va razvedka qilish samaradorligini taʼminlaydigan foydali qazilmalar geologik zaxiralarini prognozlashtirishning zamonaviy texnologiyalari va ilgʻor metodlarini joriy etish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
neft, tabiiy gaz va kimyoviy xomashyoni ayniqsa Ustyurt mintaqasida va boshqa istiqbolli maydonlarda, shuningdek mineral resurslarni geologiya-razvedka ishlari va qazib olishning kompleks dasturlari ishlab chiqilishini tashkil etish, ushbu dasturlar amalga oshirilishi monitoringi olib borilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geologiya-razvedka, mineral xomashyoni qazib olish va qayta ishlash sohasida maqsadli dasturlarni, mahsulot taqsimotiga oid bitimlar loyihalarini amalga oshirish yuzasidan qarorlar qabul qilish uchun ekspertiza oʻtkazish va tavsiyalar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer osti boyliklarini geologik oʻrganish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish, mineral-xomashyo bazani tiklash sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geologiya, mineral xomashyo va uglevodorodlarni qazib olish sohasida islohotlar amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada geologiya-razvedka va qazib olish ishlarini jadal olib borish masalalari boʻyicha ishlarning holati monitoringi olib borilishi va tahlil qilinishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yagona texnika siyosatini oʻtkazish, geologiya va neft-gaz tarmogʻining geologiya-razvedka, burgʻulash va qazib olish korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashni tahlil qilish va takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mineral xomashyo va uglevodorodlarni qidirish va qazib olish sohasiga xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlarning har tomonlama tahlil qilinishi va kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash, koʻrsatib oʻtilgan loyihalar va dasturlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, ularning bajarilishi monitoringini olib borish, shuningdek tasdiqlangan parametrlarga soʻzsiz erishish boʻyicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) metallurgiya va qimmatbaho metallar sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
metallurgiya sanoati korxonalarini barqaror va muvozanatli rivojlantirish, xomashyoni chuqur qayta ishlash yoʻli bilan raqobatbardoshli va eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarilishini koʻpaytirish maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va korxonalar bilan birgalikda metallurgiya sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish va ulardan foydalanishning eng muhim balanslarini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yagona texnika siyosatini olib borish, metallurgiya ishlab chiqarishlari korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashni tahlil qilish va takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kon-metallurgiya sanoati korxonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalari ishlab chiqilishini tashkil etish, tarmoq korxonalari uchun sotib olinadigan asbob-uskunalar, transport vositalari, xomashyo va materiallar importini maqbullashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikaning kon-metallurgiya sanoati korxonalarini xususiylashtirish jarayonlariga potensial investorlarni jalb etishni chuqur oʻrganish va ekspert baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kon-metallurgiya sanoatiga xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlarning har tomonlama tahlil qilinishi va kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash, koʻrsatib oʻtilgan loyihalar va dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, ularning bajarilishi monitoringini olib borish, shuningdek tasdiqlangan parametrlarga soʻzsiz erishish boʻyicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rangli va qora metallurgiya korxonalarining mahsulotlari ichki va jahon bozorlariga kirib borishi marketing tadqiqotlari va tahlilini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) yoqilgʻi-energetika kompleksini rivojlantirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uglevodorod xomashyoni chuqur qayta ishlash yoʻli bilan yoqilgʻi-energetika kompleksi korxonalarini barqaror va muvozanatli rivojlantirish, raqobatbardoshli va eksportga yoʻnaltirilgan mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytirish maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va korxonalar bilan birgalikda uglevodorod xomashyo va yoqilgʻi-energetika resurslarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanishning eng muhim balanslarini ishlab chiqish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yagona texnika siyosati olib borish, yoqilgʻi-energetika kompleksi korxonalarini, hosil qilinadigan quvvatlar va elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnika va texnologiya bilan qayta jihozlashni tahlil qilish va ular yuzasidan takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
neft-gaz tarmogʻi korxonalarida butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalari ishlab chiqilishini tashkil etish, koʻrsatib oʻtilgan tarmoq korxonalari uchun sotib olinadigan asbob-uskunalar, transport vositalari, xomashyo va materiallar importini maqbullashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoqilgʻi-energetika kompleksini rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monopoliyadan chiqarish jarayonlarini chuqurlashtirish, respublikaning yoqilgʻi-energetika kompleksida raqobat uchun shart—sharoitlar yaratish uchun normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoqilgʻi-energetika kompleksiga xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlarning har tomonlama tahlil qilinishi va kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash, koʻrsatib oʻtilgan loyihalar va dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, ularning bajarilishi monitoringini olib borish, shuningdek tasdiqlangan parametrlarga soʻzsiz erishish boʻyicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
neft mahsulotlari oʻrnini bosish uchun avtogaztoʻldirish kompressor va avtogazquyish stansiyalari shoxobchalarini rivojlantirish hamda avtotransport vositalarini suyultirilgan va siqilgan gaz bilan ishlashga bosqichma-bosqich oʻtkazish dasturlari amalga oshirilishi monitoringini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻmir konlarini qazishning samarali tizimlari va metodlarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) kimyo va neft-kimyo sanoati sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kimyo va neft-kimyo sanoati korxonalarini barqaror va muvozanatli rivojlantirish, uglevodorod va kimyo xomashyosini chuqur qayta ishlash yoʻli bilan raqobatbardoshli va eksportga yoʻnaltirilgan mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytirish maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va korxonalar bilan birgalikda mineral oʻgʻitlar hamda oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalarini, neft-kimyo mahsulotlarining boshqa turlarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanish balanslarini ishlab chiqish, ularning bajarilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yagona texnika siyosati olib borish, kimyo va neft-kimyo ishlab chiqarishlarini modernizatsiya qilish, texnika va texnologiya bilan qayta jihozlashni tahlil qilish va ular yuzasidan takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kimyo va neft-kimyo sanoatiga xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlarning har tomonlama tahlil qilinishi va kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash, koʻrsatib oʻtilgan loyihalar va dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, ularning bajarilishi monitoringini olib borish, shuningdek tasdiqlangan parametrlarga soʻzsiz erishish boʻyicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyot tarmoqlarining kimyo va neft-kimyo mahsulotlariga boʻlgan joriy hamda istiqboldagi ehtiyojini tadqiq qilish va belgilash ishlarini muvofiqlashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Departament oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzi yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha axborotlarni toʻplaydi va umumlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida va hududlarda ishlarning ahvolini oʻrganadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning oʻrinbosari uchun tegishli materiallarni tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli tarmoqlarni rivojlantirish, islohotlarni chuqurlashtirish dasturlarini, shuningdek tegishli tarmoqlarda xodimlarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish va yanada takomillashtirish dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish monitoringini olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqaruvchisi topshiriqlarining ijrosini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli tarmoqlar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda yangilanishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining koʻrib chiqishi uchun tahliliy, maʼlumotnoma materiallar va boshqa materiallarni, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va maʼlumotnoma materiallar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
materiallarning kompleksliligi hamda ularni ishlab chiqish va tayyorlashning sifati, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari loyihalarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi manfaatdor organlari, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishi uchun javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvining mutasaddilik qilinadigan organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha hukumatlararo bitimlarni tayyorlashda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar ishi samaradorligini taʼminlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, koʻrib chiqish va chora-tadbirlar koʻrish uchun ushbu murojaatlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qilishni amalga oshiradi;
(7-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-martdagi 74-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 13-son, 155-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Departamentning huquqlari va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Departament oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va soʻrash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlarining kollegial organlari majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir oʻrinbosarining topshirigʻiga binoan esa —davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yigʻilishlarida qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarurat boʻlganda Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarurat boʻlganda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarib yuborish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departamentning zarur materiallar, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Departament belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Departament:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va masalalarni ekspert jihatidan sifatli ishlab chiqishning tashkil etilishi uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlari, farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining mutasaddilik qilinadigan idoralar tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi taʼminlanishi uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi mustahkamlanishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Departamentning tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Departamentning tuzilmasiga Departament mudiri, mineral xomashyo va uglevodorodlarni qidirish va qazib olish shoʻbasi mudiri, bosh va yetakchi mutaxassislari; metallurgiya va qimmatbaho metallar shoʻbasi mudiri, bosh va yetakchi mutaxassislari; yoqilgʻi-energetika kompleksini rivojlantirish shoʻbasi mudiri, bosh va yetakchi mutaxassislari; kimyo va neft-kimyo sanoati shoʻbasi mudiri, bosh va yetakchi mutaxassislari, shuningdek inspektor kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Departament ishlariga mudir rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Departament mudiri, shoʻba mudirlari va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Departament faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Departament ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha Yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Departamentning ish rejalari, Departament mudiri va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departamentning ish rejalari, mudirning shaxsiy ish rejalari Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Bosh vazirning tegishli oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Departament mudiri:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departamentga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, shoʻba mudirlari va mutaxassislar ishini tashkil qiladi, Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflar va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat tamoyillariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi, ularning ekspert jihatdan puxta ishlab chiqilishini tashkil etadi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga rozilik beradi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning amalga oshirilishi tizimli nazorat qilinishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli tarmoqlar, sohalar va respublika hududlarida iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi tizimli monitoring qilinishi va maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni hal etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini, respublika tarmoqlari va hududlarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalari amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departamentning tasdiqlangan tuzilmasi va shtat jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etiladigan nomzodlar, mutaxassislarning kasb darajasi va ishchanlik malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish va ularni jazolash chora-tadbirlari boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqadi va Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi bilan kelishgan holda kompleks rahbarining koʻrib chiqishi uchun kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shoʻba mudirlari va mutaxassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlashni, shuningdek yarim yillikka kompleks ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun kompleks rahbariga kiritadi, Departamentning tarkibiy boʻlinmalari va mutaxassislari ish rejasini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasiga tushgan, respublika Hukumatining qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va uning Prezidiumining majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqaruvchisi tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament kadrlar zaxirasi shakllantirilishi va yangilanishini, kadrlar zaxirasiga kiritilgan shaxslar bilan tizimli ish olib borish tashkil etilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ishlarning yuritilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Departament mudiri vaqtinchalik boʻlmagan taqdirda uning vazifasini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosari tomonidan belgilanadigan Departamentning shoʻba mudirlaridan biri bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Shoʻba mudiri:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shoʻba mutaxassislari ishlarini muvofiqlashtiradi hamda shoʻbaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassislar tomonidan maʼlumotnoma, tahliliy va statistik materiallar va boshqa materiallar, shuningdek shoʻbaga birkitilgan masalalar, respublikaning tegishli vazirliklari, idoralari, xoʻjalik birlashmalari va hududlari boʻyicha qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Hukumat qarorlarini amalga oshirish boʻyicha mutaxassislar tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini, ularning Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri yoki uning oʻrinbosarlari tomonidan imzolanishini muvofiqlashtiradi, doimiy asosda erishilgan natijalar monitoringi olib borilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli davr uchun mutaxassislar, Departament va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tasdiqlangan ish rejalaridagi masalalarni oʻrganishni muvofiqlashtirishni va chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlaydi, tanqidiy tahlil qilish asosida Departament mudiri va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari koʻrib chiqishi uchun tegishli takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari, sohalari va sektorlari, shuningdek respublika hududlari boʻyicha maʼlumotlarning tizimlashtirilgan bazasi yaratilishi va yuritilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼlumotnoma materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, uning oʻrinbosarlariga, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga axborot beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shoʻba yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament mudirining topshirigʻiga koʻra chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek tayyorlanayotgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar hamda tashkilotlar rahbarlari va vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shoʻba mudiri vaqtinchalik boʻlmagan taqdirda uning vazifasini Departament mudiri belgilaydigan shoʻba bosh mutaxassislaridan biri bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Departamentning bosh mutaxassisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
funksional vazifalarga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlar bajarilishi nazorat qilinishini taʼminlash uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini har tomonlama oʻrganib chiqadi, ular boʻyicha zarur tahliliy materiallar va ekspert takliflari tayyorlaydi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq ularning zarur tarzda kelishilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga, shoʻba mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga va Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga axborot beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari boʻyicha topshiriqlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi ustidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha maʼlumotlarning tizimlashtirilgan bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining markaziy apparatlari tarkibiy boʻlinmalari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlar) ishining holati va natijadorligini doimiy asosda oʻrganadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek tayyorlanayotgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli masalalar boʻyicha yetakchi mutaxassisning faoliyatini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Departamentning yetakchi mutaxassisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
funksional vazifalarga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlar bajarilishi nazorat qilinishini taʼminlash uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini har tomonlama oʻrganib chiqadi, ular boʻyicha zarur tahliliy materiallar va ekspert takliflari tayyorlaydi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq ularning zarur tarzda kelishilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga, shoʻba mudiriga va bosh mutaxassisga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga va Ijro etuvchi apparat Boshqaruvchisiga axborot beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari boʻyicha topshiriqlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi ustidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha maʼlumotlarning tizimlashtirilgan bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining markaziy apparatlari tarkibiy boʻlinmalari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlar) ishining holati va natijadorligini doimiy asosda oʻrganadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shoʻba mudiri bilan kelishgan holda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlarining ishlab chiqilayotgan loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Inspektor Departamentda ish yuritishni amalga oshiradi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 35-36-son, 348-modda; 2015-y., 13-son, 155-modda)