Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.08.2017 31.07.2008 yildagi 163-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 31.07.2008 yildagi 163-son
Date of entry into force
31.07.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.08.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUChLARINING HARBIY XIZMATChILARIGA UZOQ MUDDATLI IPOTEKA KREDITLARIDAN FOYDALANGAN HOLDA KVARTIRALAR SOTIB OLISh VA YAKKA TARTIBDAGI UY-JOYLAR QURISh UChUN YER UChASTKALARI AJRATISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi 619-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari hamda yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2007-yil 14-sentabrdagi PQ-694-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga uzoq muddatli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartiralar sotib olish va yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun yer uchastkalari ajratish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatiga kamida 10 kalendar yil xizmat qilgan va yangi kontrakt tuzgan harbiy xizmatchi uchun sotib olinadigan kvartira yoki qurilayotgan yakka tartibdagi uy qiymatining 25 foizi miqdoridagi dastlabki badalni davlat budjeti parametrlarida harbiy xizmatchilarni uy-joy bilan taʼminlash uchun nazarda tutilgan mablagʻlar va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga toʻlashga ruxsat berilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 31-maydagi 153-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 22-son, 248-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, kvartira sotib olish yoki yakka tartibda uy-joy qurishga ular uchun tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan dastlabki badal toʻlanayotgan harbiy xizmatchilar uy-joyga hujjat (order) olganlaridan yoki tuman hokimi tomonidan yakka tartibdagi uy-joy quruvchiga yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin davlat hisobiga uy-joy bilan taʼminlanmaganlar roʻyxatlaridan chiqariladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 31-maydagi 153-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 22-son, 248-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 31-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
163-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 31-iyuldagi 163-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga uzoq muddatli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartiralar sotib olish va yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun yer uchastkalari ajratish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga uzoq muddatli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartiralar sotib olish va yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun yer uchastkalari ajratish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizom kamida 10 kalendar yil xizmat qilgan va yangi kontrakt tuzgan uy-joy bilan taʼminlanmagan yoki uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarga (keyingi oʻrinlarda “harbiy xizmatchilar” deb ataladi) tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Harbiy xizmatchilar tomonidan uzoq muddatli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartiralar sotib olish va yakka tartibda uy-joylar qurish uchun ipoteka krediti olishda uy-joy maydonining belgilangan ijtimoiy normasi doirasida sotib olinadigan yoki quriladigan uy-joy qiymatining 25 foizi miqdoridagi dastlabki badal Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati (keyingi oʻrinlarda “tegishli vazirliklar” deb ataladi) tomonidan davlat budjeti parametrlarida harbiy xizmatchilarni uy-joy bilan taʼminlash uchun nazarda tutilgan mablagʻlar va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga toʻlanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 31-maydagi 153-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 22-son, 248-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ipoteka krediti harbiy xizmatchilarga xizmat joyi yoki harbiy xizmat belgilangan joy (chaqiriq) boʻyicha beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Harbiy xizmatchilarga tijorat banklari tomonidan ipoteka krediti berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 151-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 20-21-son, 209-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Dastlabki badalni toʻlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Harbiy xizmatchi kvartira sotib olish yoki yakka tartibda uy-joy qurish uchun tegishli vazirlikdan dastlabki badalni olish uchun harbiy qismning turar joy komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dastlabki badalni olish uchun harbiy qism komandiri nomiga raport;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilaning tarkibi toʻgʻrisida turar joydan maʼlumotnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy xizmatchining uy-joy bilan taʼminlanish huquqini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadigan uy-joy attestati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nikoh tuzilganligi va bolalar tugʻilganligi toʻgʻrisidagi (bolalar boʻlsa) guvohnomalarining notarial tasdiqlangan nusxalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy xizmatchining pul taʼminoti va u bilan birga yashaydigan oila aʼzolarining ish haqi, doimiy ish joyi boʻyicha (doimiy ish joyi boʻlgan taqdirda) keyingi 12 oy uchun amalga oshirilgan chegirmalar miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma yoki yashash joyi boʻyicha davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlangan oʻsha davr uchun oila aʼzolarining daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarning nusxalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kalendar boʻyicha hisoblab chiqilgan uzoq muddatli xizmat toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy qism komandirining kontrakt tuzilganligi toʻgʻrisidagi buyrugʻidan koʻchirma.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Harbiy qismning turar joy komissiyasi 10 kun muddatda taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganadi va ularda koʻrsatilgan maʼlumotlarning haqiqiyligini tekshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harbiy xizmatchi uchun dastlabki badalni toʻlash toʻgʻrisida ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda turar joy komissiyasining qarori zarur hujjatlar ilova qilingan holda ikki kun muddatda tegishli vazirlikning markaziy turar joy komissiyasiga koʻrib chiqish uchun yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dastlabki badalni toʻlashning rad etilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda harbiy qismning turar joy komissiyasi qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kun muddatda sabablarini koʻrsatib, harbiy xizmatchini bu haqda yozma shaklda xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tegishli vazirlikning markaziy turar joy komissiyasi tomonidan bir hafta muddatda harbiy qism turar joy komissiyasining qarori va unga ilova qilingan hujjatlar koʻrib chiqiladi va koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ikki nusxada bayonnoma tuziladi. Bayonnomaning har ikkala nusxasi markaziy turar joy komissiyasining raisi imzosi va gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli vazirlikning markaziy turar joy komissiyasi bayonnomasining bir nusxasi barcha hujjatlar ilova qilingan holda tekshirish, umumlashtirish va dastlabki badalni toʻlash uchun pul mablagʻlari ajratish toʻgʻrisida tegishli vazirlikning rahbari buyrugʻi loyihasini tayyorlash uchun ikki kun muddatda tegishli vazirlikning kvartiralardan foydalanish organiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tegishli vazirlik rahbarining buyrugʻi asosida ushbu vazirlikning kvartiralardan foydalanish organi harbiy xizmatchiga tilxat bilan dastlabki badal toʻlanganligi toʻgʻrisida kafolat xati beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli vazirliklar tomonidan dastlabki badalni toʻlash pul mablagʻlarini harbiy xizmatchining bankda ochilgan maxsus depozit hisob raqamiga oʻtkazish yoʻli bilan, harbiy xizmatchi tomonidan kredit shartnomasi tuzilgandan keyin, amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi ajratish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Harbiy xizmatchilarning arizasi va tegishli vazirliklarning mahalliy davlat hokimiyati organlariga iltimosnomasi boʻyicha harbiy xizmatchilarga ajratiladigan uy-joy oʻrniga ularga yakka tartibda uy-joy qurish uchun bepul asosda yer uchastkasi belgilangan tartibda berilishi mumkin. Yer uchastkasini oʻzlashtirish davrida harbiy xizmatchilar va uning oila aʼzolariga ikki yilgacha boʻlgan muddatda xizmat kvartirasi saqlab qolinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uy-joy sharoitlarini yaxshilash oʻrniga harbiy xizmatchilarga ularning arizasi boʻyicha, belgilangan tartibda yer uchastkasi berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2006-yil 30-dekabrdagi 272-son qarorida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Kvartira sotib olish yoki yakka tartibda uy-joy qurishga oʻzlari uchun tegishli vazirliklar tomonidan dastlabki badal oʻtkazilgan harbiy xizmatchilar uy-joyga hujjat (order) olganlaridan yoki tuman hokimi tomonidan yakka tartibdagi uy-joy quruvchiga yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin davlat hisobiga uy-joy bilan taʼminlanmaganlar roʻyxatlaridan chiqariladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 31-maydagi 153-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 22-son, 248-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ushbu Nizomga muvofiq ipoteka krediti olgan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha harbiy xizmatdan boʻshatilgan harbiy xizmatchilar tegishli vazirliklar tomonidan toʻlangan badalning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda indeksatsiya qilish yoʻli bilan qayta baholangan summasini qaytaradilar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-sentabrdagi PQ-694-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan shaxslar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Harbiy xizmatchi halok boʻlgan yoki xizmat vazifalarini bajarishda ogʻir tan jarohatlari olishi oqibatida mehnat qobiliyatini yoʻqotgan taqdirda qaytarilmagan kredit va u boʻyicha hisoblangan foizlar summasi tegishli vazirlikning rahbari qarori asosida vazirlikning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 31-32-son, 301-modda; 2011-y., 20-21-son, 209-modda; 2012-y., 22-son, 248-modda)