Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 03.07.2008 yildagi 149-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 03.07.2008 yildagi 149-son
Date of entry into force
03.07.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 03.07.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QARORI

Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga tuzatish kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2008—2010-yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi toʻgʻrisida” 2008-yil 28-maydagi PQ-879-son qarorini bajarish yuzasidan hamda Mahalliylashtirish dasturi imkoniyatlaridan yanada toʻliq va samarali foydalanish, loyihalarni kiritish va chiqarib tashlash mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek baholashning aniq va ravshan mezonlari asosida loyihalarning ayrim parametrlariga tuzatishlar kiritish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga tuzatish kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha Maxsus komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliylashtiradigan ishlab chiqarishlarni va sanoat korxonalari oʻrtasidagi kooperatsiyani rivojlantirish yuzasidan respublikada olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishini, asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarning oʻzlashtirilishini hamda importni maqbullashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni muntazam ravishda nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliylashtirish dasturining belgilangan prognoz koʻrsatkichlariga erishishga toʻsqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kichik va xususiy tadbirkorlik korxonalari bilan yirik sanoat korxonalari oʻrtasidagi kooperatsiyani rivojlantirish masalalari tezkorlik bilan hal qilinishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarning ilgari import qilib kelingan turlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish maqsadida mavjud imkoniyatlar va quvvatlarni aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 3-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
149-son

Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 3-iyuldagi 149-son qaroriga
1-ILOVA

Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga tuzatish kiritish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga (keyingi oʻrinlarda Mahalliylashtirish dasturi deb ataladi) tuzatish kiritish tartibini belgilab beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mahalliylashtirish dasturiga tuzatish kiritish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalarning ayrim parametrlarini oʻzgartirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalarni chiqarib tashlash yoki shu yoʻnalishdagi muqobil loyihalar bilan almashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika korxonalarida ishlab chiqarish-texnik va isteʼmol maqsadidagi materiallar va buyumlarni ishlab chiqarishni oʻzlashtirish boʻyicha yangi loyihalarni kiritish boʻyicha asoslangan takliflar asosida amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mahalliylashtirish dasturiga tuzatishlar kiritish (Dasturga loyihalarni kiritish yoki chiqarib tashlash, mahalliylashtirish loyihalarini almashtirish ayrim loyihalarning mahalliylashtirish darajasini pasaytirish) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliylashtirish dasturi loyihalari parametrlariga tuzatish kiritish (prognoz koʻrsatkichlarni, mahalliylashtiriladigan mahsulot nomenklaturasini, loyihaning yoki mulkchilik shakli yoxud tashkiliy-huquqiy shakli oʻzgarishi munosabati bilan korxonaning nomini oʻzgartirish va boshqalar, ayrim loyihalarning mahalliylashtirish darajasini pasaytirish bundan mustasno) Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha Maxsus komissiyaning (keyingi oʻrinlarda Maxsus komissiya deb ataladi) protokoli asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Mahalliylashtirish dasturiga tuzatish kiritish uchun loyiha tashabbuskorlari tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Takliflar vakolatli organlar tomonidan ariza beruvchi (loyiha tashabbuskori) quyidagi hujjatlarni rasman taqdim etgandan keyin baholanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Mahalliylashtirish dasturiga kiritish taklif etilayotgan loyihalar uchun — loyihaning ushbu Nizomga ilovaga muvofiq shakl boʻyicha tuzilgan pasporti hamda oxirgi ikki yil uchun yillik balans;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalarning ayrim parametrlariga tuzatish kiritish uchun — loyihaning aniqlashtirilgan pasporti (faqat ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish hollari bundan mustasno), ayrim parametrlarga tuzatish kiritish zarurligini asoslaydigan qaydnoma, tahliliy va jadval materiallari bilan birgalikda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Mahalliylashtirish dasturidan chiqarib tashlash taklif etilayotgan loyihalar uchun — loyihani Mahalliylashtirish dasturidan chiqarib tashlash zarurligi asoslangan qaydnoma, tahliliy va jadval materiallari bilan birgalikda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Loyiha tashabbuskorlari taqdim etilayotgan axborotlarning, shu jumladan loyihaning pasportida koʻrsatilgan axborotlarning ishonchliligi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Loyihalar tashabbuskoridan loyiha pasportida nazarda tutilmagan qoʻshimcha axborot taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Takliflar kiritish va ularni koʻrib chiqish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Davlat va xoʻjalik organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, mahalliylashtirish loyihalari tashabbuskori boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar Mahalliylashtirish dasturiga tuzatish kiritish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentiga (keyingi oʻrinlarda Yigʻma departament deb ataladi) kiritadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Yigʻma departament loyiha maqsadidan, uni moliyalashtirish manbalaridan va taklif etilayotgan tuzatishning mohiyatidan kelib chiqqan holda kelib tushgan materiallarni bir hafta muddatda koʻrib chiqish uchun quyidagi tegishli vakolatli organlarga yuboradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihaning Mahalliylashtirish dasturi maqsadlari va vazifalariga muvofiqligini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihani amalga oshirish imkoniyatlarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliylashtirishning taklif etilayotgan darajasiga erishish imkoniyatlarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalarni chiqarib tashlash yoki loyihalarning parametrlarini oʻzgartirishning maqsadga muvofiqligini aniqlash yuzasidan loyihani amalga oshirishning umumiy iqtisodiy maqsadga muvofiqligini baholash uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taklif etilayotgan marketing konsepsiyasi, shu jumladan mahalliylashtiriladigan mahsulotni sotish istiqbollari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
import qilinadigan texnologik asbob-uskunalarning texnologiya darajasi hamda xomashyo, materiallar va xizmatlar narxlarining cheklangan parametrlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalarni chiqarib tashlash yoki loyihalarning parametrlarini oʻzgartirishning maqsadga muvofiqligi asosida loyihani amalga oshirishning samaradorligi va imkoniyatlarini baholash uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasiga — raqobat muhitini, ishlab chiqariladigan mahsulotga talabning mavjudligini, bozorning yetarlicha taʼminlanganligini va narxlar shakllanishini baholash uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga (loyiha moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari yoki Hukumat kafolati ostidagi kredit mablagʻlari hisobiga amalga oshirilgan hollarda) — iqtisodiy samaradorlikni kelishish uchun.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Takliflarni baholash va Yigʻma departamentga asoslangan xulosani taqdim etish yuqorida koʻrsatib oʻtilgan vakolatli organlar tomonidan ikki hafta muddatda amalga oshiriladi. Vakolatli organ aynan ana shu muddatda loyiha tashabbuskoriga oʻz xulosasining nusxasini yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatib oʻtilgan muddat mobaynida vakolatli ekspertiza organlari loyihalarning tashabbuskorlari bilan birgalikda taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadilar, iqtisodiy maqsadga muvofiq boʻlmagan loyihalarning hujjatlarida noaniqliklar aniqlangan taqdirda ularni puxta ishlashda ariza beruvchiga yordam beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Loyihaning qayta ishlangan pasportini koʻrib chiqishda vakolatli organlar tomonidan ilgari yuborilgan xulosada koʻrsatilmagan yangi mulohazalar bildirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Loyihaning qayta ishlangan pasporti mulohazalar va takliflar hisobga olingan holda ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda qayta ishlangan loyiha pasporti varianti tashabbuskor tomonidan taqdim etilgandan keyin bir hafta muddatda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Yigʻma departament bir hafta muddatda vakolatli organlardan tushgan ijobiy xulosalarni umumlashtiradi va ularni koʻrib chiqish uchun Maxsus komissiyaga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir yoki undan ortiq vakolatli ekspertiza organlarining salbiy xulosasi mavjud boʻlganda Yigʻma departament tegishli xulosani koʻrib chiqish uchun Maxsus komissiyaga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Maxsus komissiya Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari ishtirokida zaruriyatga koʻra, biroq yil choragida kamida bir marta oʻtkaziladigan oʻz majlislarida tushgan takliflar (xulosalar)ni koʻrib chiqadi hamda Mahalliylashtirish dasturiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida protokol qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Maxsus komissiya majlisi komissiya aʼzolarining kamida toʻrtdan uch qismi hozir boʻlganda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus komissiya qarorlari majlisda hozir boʻlgan Maxsus komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda Maxsus komissiya raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus komissiyaning qarorlari Maxsus komissiya raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadigan protokol bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mahalliylashtirish dasturiga tuzatish kiritish zarur boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bir hafta muddatda belgilangan tartibda Maxsus komissiyaning protokoli asosida Mahalliylashtirish dasturiga tuzatish kiritish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorining loyihasini kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Mahalliylashtirish dasturiga tuzatish kiritish boʻyicha takliflar kiritishning maqsadga muvofiqligini baholashga qoʻyiladigan yagona mezonlar va talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Loyiha parametrlarining quyidagi majburiy mezonlar asosida Mahalliylashtirish dasturi maqsadlari va vazifalariga muvofiqligi loyihani Mahalliylashtirish dasturiga kiritish imkoniyati toʻgʻrisida taklif kiritish uchun asos hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Iqtisodiyot vazirligining xulosasiga koʻra mamlakat sanoatini rivojlantirishning asosiy ustuvorliklariga muvofiqlik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) mahalliylashtiriladigan mahsulotni ishlab chiqarishni tashkil etish uchun quvvatlar va xomashyo resurslari mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) mahalliylashtirish darajasi bosqichma-bosqich oshirib borilgan holda ishlab chiqarish boshlangan paytdan boshlab 12 oy mobaynida ishlab chiqarilayotgan mahsulot boʻyicha mahalliylashtirish darajasining kamida 30 foizga yetishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) TIF TN kodi boʻyicha pirovard mahsulot tovar pozitsiyasi boshlangʻich xomashyoga taqqoslaganda kamida birinchi 4 belgilardan biri darajasiga oʻzgarishi taʼminlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) mahalliylashtiriladigan mahsulotning sotish narxi ana shunday import qilinadigan mahsulot narxidan yuqori boʻlmaganda loyihaning iqtisodiy oʻzini qoplashi (Oʻzbekistongacha boʻlgan transport sarf-xarajatlari, bojxona va soliq toʻlovlari hisobga olingan holda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) Iqtisodiyot vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining xulosasiga koʻra mahalliylashtiriladigan mahsulotga ichki va tashqi bozorlarda barqaror talabning mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) mahalliylashtiriladigan mahsulotga nisbatan xalqaro standartlar boʻyicha ishlab chiqarish boshlangan paytdan boshlab 18 oy mobaynida sifatni boshqarish tizimi joriy etilishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan mezonlarga toʻliq muvofiq boʻlmagan istiqbolli loyihalar mavjud boʻlganda bunday loyihalarni kiritishning maqsadga muvofiqligi masalasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining xulosalariga koʻra koʻrib chiqish uchun Maxsus komissiyaga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Mahalliylashtirish dasturiga mamlakatimiz bozori yetarlicha taʼminlangan (Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining xulosasi), sogʻlom raqobat muhiti yaratilgan yoki ishlab chiqarish hajmi ichki bozor ehtiyojlarini qoplaydigan shunday mahsulotlarni (texnik tavsiflari va isteʼmol xususiyatlariga koʻra) ishlab chiqaradigan boshqa mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilar mavjud boʻlgan mahsulotlarni ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish boʻyicha loyihalar kiritilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Quyidagilar loyihalarni Mahalliylashtirish dasturidan chiqarib tashlash, shu jumladan loyiha tashabbuskorlari takliflariga koʻra chiqarib tashlash toʻgʻrisida vakolatli organlar tomonidan xulosa chiqarish uchun asos hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonaning tugatilishi yoki fors-major vaziyatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulotning sifati va narxiga koʻra raqobatbardoshli emasligi tufayli mahsulotning ushbu turiga ichki bozorda talabning yoʻqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliylashtirish dasturi prognoz parametrlarining bajarilmasligi (yil yakunlariga koʻra 30 foizdan kam);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq va bojxona imtiyozlari berilishi natijasida boʻshaydigan mablagʻlarning tegishli maqsadda ishlatilmasligi, shuningdek texnologik asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va materiallarning asossiz ravishda import qilinishi aniqlangan hollar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Loyiha Mahalliylashtirish dasturidan chiqarilganda loyihani amalga oshirayotgan korxona loyiha Mahalliylashtirish dasturidan chiqarilgan kundan boshlab qonun hujjatlarida belgilangan tegishli soliq va bojxona imtiyozlaridan mahrum boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga tuzatish kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliylashtirish loyihasining
PASPORTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Korxona boʻyicha asosiy maʼlumotlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonaning nomi‎
Mulkchilik shakli‎
Yirik/kichik korxona‎
Yuqori tashkilotning nomi‎
Korxonaning manzili, telefoni, faksi, e-mail‎
Rahbariyat: F.I.O.‎
Bosh buxgalter: F.I.O.‎
Korxona tashkil etilgan yil‎
Korxonaning hozirgi vaqtdagi faoliyati yoʻnalishi‎
Umumiy maydoni, ga‎
Shu jumladan binolar va inshootlar maydoni, ga‎
Ishlab chiqarish infratuzilmasi*
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Mavjud ishlab chiqarish infratuzilmasini, asosiy ishlab chiqarish maydoni, uning asbob-uskunalarni joylashtirishga tayyorligini tavsiflash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KTUT STIR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Ustav kapitalini shakllantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eʼlon qilingani ming soʻm
Shakllantirilgani ming soʻm
T/r‎ Muassislar va aksiyadorlar roʻyxati Ulush summasi, (ming soʻm) UFdagi hissa (%) Ulush xarakteri
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Mahalliylashtirilayotgan mahsulot toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahsulotning nomi‎
TIF TN kodi, 10 belgi darajasida‎
DS, TSh, OʼzDst va boshqalar‎
Texnik parametrlar, DSga muvofiq, TSh va boshqalar‎
Ishlab chiqarishning yillik oʻrtacha quvvati (fizik hajmlarda)‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish tavsifi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnologik jarayon‎
Texnologik parametrlar, asbob-uskunalarni yetkazib beruvchilar va ishlab chiqaruvchilar ‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Loyihaning marketing strategiyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahsulotni sotish boʻyicha aniq marketing strategiyasini, mahsulotning potensial isteʼmolchilari bilan oldindan ahdlashuvlarning mavjudligini, shunga oʻxshash buyumlarni ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilardan raqobatli ustunliklar mavjudligini, ichki va tashqi bozorlar (eksport mavjud boʻlgan taqdirda) ehtiyoji hajmini tavsiflash. Marketing ishlanmalari yakunlari boʻyicha “Raqobatchilar va ularning bozordagi ulushi jadvalini toʻldirish ‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi
(mahsulotning shartli birligi hisobiga ishlab chiqarish xarajatlari, foizlarda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahsulot turi (TIF TN kodi) ‎ Birinchi yil ‎ Ikkinchi yil* Uchinchi yil* Toʻrtinchi yil*
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi quyidagi formula boʻyicha hisoblab chiqariladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
‎‏Ul = ﴾1 – _I_‎ ﴿* 100%, shu bilan birga 0 ≤ I < S, bunda:
S‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ul — mahsulotni mahalliylashtirish darajasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I — import qilinayotgan xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlarning soʻmlarda ifodalangan valyuta qiymati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
S — mahsulot birligining ishlab chiqarish tannarxi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(Mahalliy yetkazib beruvchilardan sotib olinadigan import xomashyo mahalliy xomashyo boʻlmasligi kerak)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Mahalliylashtirish darajasi bosqichma-bosqich oshirilgan taqdirda mahalliylashtirish darajasi oshishini asoslovchi butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarning aniq nomi koʻrsatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Mahsulotlarning turlari va yillik ishlab chiqarish hajmi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliylashtirilayotgan mahsulotning nomi Oʻlchov birligi Mahsulot birligini sotish narxi Yillik ishlab chiqarish hajmi, 100% quvvatda Ishlab chiqarishning birinchi yilidagi ishlab chiqarish hajmi Ishlab chiqarishning ikkinchi yilidagi ishlab chiqarish hajmi Ishlab chiqarishning uchinchi yilidagi ishlab chiqarish hajmi
miqdori summasi (mln. soʻm) miqdori summasi (mln. soʻm) miqdori summasi (mln. soʻm) miqdori summasi (mln. soʻm)
shu jumladan: eksport uchun‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Qoʻshimcha maʼlumotlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Valyutaning pasport toʻldirilgan sanadagi kursi‎
Potensial isteʼmolchilar va mahalliylashtirilayotgan mahsulotning qoʻllanish sohalari‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IX. Raqobatchilar va ularning bozordagi ulushi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r Raqobatchilar nomi Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning nomi Oʻlchov birligi‎‏ Mahsulot birligi narxi (ming soʻm) Sotishning yillik hajmi
miqdori summasi (mln. soʻm)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
X. Loyihaning moliyaviy prognozi
Loyiha boʻyicha xarajatlar
(ishlab chiqarishning loyihadagi quvvati boʻyicha)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartli-oʻzgaruvchan xarajatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r Nomi Oʻlchov birligi Narxi (ming soʻm) Bojxona toʻlovlari (QQS stavkalari (%), bojlar (%), aksiz (%)) hisobga olingan narxi (ming soʻm) Yillik ehtiyoj Bojxona toʻlovlari hisobga olingan yillik xarajatlar (ming soʻm)
Materiallar va xomashyo, shu jumladan:
1.‎ Import materiallar va xomashyo
1.1.‎
2.‎ Mahalliy materiallar va xomashyo
2.1.‎
Butlovchi buyumlar (mavjud boʻlganda), shu jumladan:
3.‎ Import butlovchi buyumlar
3.1.‎
4.‎ Mahalliy butlovchi buyumlar
4.1.‎
5.‎ Kommunal xizmatlar xarajatlari
5.1.‎
6.‎ Boshqa xarajatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartli-doimiy xarajatlar (MHTFdan tashqari)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r Nomi Oʻlchov birligi Narxi (ming soʻm) Yillik ehtiyoj Yillik xarajatlar
1.‎ Boshqaruv xarajatlari
1.1.‎
1.2.‎
2.‎ Ishlab chiqarish xarajatlari
2.1.‎
2.2.‎
3.‎ Marketing xarajatlari
4.‎ Boshqa xarajatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XI. Mahsulotning aylanishi hisobi
(kunlar hisobida)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ombordagi xomashyo zaxiralari‎
Tayyor mahsulot zaxiralari‎
Xom ashyo va butlovchi buyumlar uchun toʻlov‎
Kommunal xizmatlar uchun toʻlov‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XII. Xom ashyo va butlovchi buyumlarni yetkazib beruvchilar toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumotlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r Xom ashyo va butlovchi buyumlar nomi, TIF TN kodi, 9 belgi darajasida Texnik parametrlar DS, TSh va shu kabilarga muvofiq Xom ashyo va butlovchi buyumlarni yetkazib beruvchilar Etkazib berish hajmlari Etkazib berish muddatlari Kontraktatsiyaning mavjudligi
1.‎
2.‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XIII. Mahsulot tannarxi kalkulatsiyasi*
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Mahsulot tannarxi kalkulatsiyasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qaroriga muvofiq taqdim etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nomi Oʻlchov birligi Miqdori Narxi (ming soʻm) Summasi Tannarxdagi ulushi
Materiallar, shu jumladan:
Import materiallar
Mahalliy materiallar
Butlovchi buyumlar, shu jumladan:
Import butlovchi buyumlar
Mahalliy butlovchi buyumlar
Boshqa xarajatlar
Ishlab chiqarish tannarxi‎
Mahsulot birligi hisobiga jami‎
Mahsulot birligini sotish narxi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XIV. Mehnatga haq toʻlash xarajatlari**
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** Daromad soligʻi, Pensiya jamgʻarmasiga ajratmalar, ijtimoiy sugʻurtalar va kasaba uyushmasi badallari qoʻshilgan holda toʻliq hisoblab yozilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r Xodimlar nomi Xodimlar soni Oʻrtacha oylik ish haqi (ming soʻm) Jami bir oyda (ming soʻm) Jami bir yilda (ming soʻm)
Maʼmuriyat
Ishlab chiqarish xodimlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XV. Loyihaning qiymati va moliyalashtirish manbalari***
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*** Qarz mablagʻlari jalb etilgan taqdirda banklarning moliyalashtirish shartlarini (kredit muddati va uni qaytarish jadvali, asosiy qarz boʻyicha toʻlovlar uchun imtiyozli davr, kredit boʻyicha foiz stavkasi, moliyalashtirishni boshlash uchun bankning vositachilik haqi, sugʻurta va garovni notarial rasmiylashtirish xarajatlari, bojxona xarajatlari va boshqalar) taqdim etish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r Loyihaning qiymati, shu jumladan: Oʻlchov birligi Qiymati Moliyalashtirish manbalari
oʻz mablagʻlari budjet mablagʻlari qarz mablagʻlari
1.‎ Qatʼiy belgilangan aktivlar
1.1.‎ Mahalliylashtirilayotgan mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish uchun qurilish-montaj ishlari (mavjud boʻlganda)
1.2.‎ Mahalliylashtirilayotgan mahsulotni ishlab chiqarishda foydalaniladigan bino va inshootlar
1.3.‎ Mahalliylashtirilayotgan mahsulotni ishlab chiqarishda foydalaniladigan asbob-uskunalar, shu jumladan:
1.3.1.‎ Mavjud boʻlgani
1.3.2.‎ Sotib olinadigani
2.‎ Aylanma kapital
3.‎ Moliyaviy xarajatlar
4.‎ Boshqa xarajatlar
Jami
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XVI. Loyiha va investitsiyalarni (kapital xarajatlarni) amalga oshirishning kalendar jadvali****
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
**** Ishlab chiqarish ilgaridan faoliyat koʻrsatayotgan boʻlsa, uning ishga tushirilgan yili koʻrsatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r Loyihani amalga oshirish bosqichlari Oylar boʻyicha (yil)
01‎ 02‎ 03‎ 04‎ 05‎ 06‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XVII. Soliq solish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r‎ Soliqlarning nomi Soliq stavkasi Hisoblash bazasi Davriyligi
Umumdavlat soliqlari
Mahalliy soliqlar

Korxona rahbari

‎_____________‎

‎___________‎

‎_____________‎

(F.I.O.)‎

(imzo) ‎

(sana)‎

M.Oʻ.
Korxonaning bosh buxgalteri
‎_____________‎

‎___________‎

‎‎_____________‎‎

(F.I.O.)‎ ‎

(imzo)

(sana)‎ ‎

Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 3-iyuldagi 149-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga tuzatishlar kiritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2004-yil 13-avgustdagi 391-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 8-son, 82-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga tuzatishlar kiritish toʻgʻrisida” 2004-yil 30-dekabrdagi 620-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 12-son, 112-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2005-yil 10-avgustdagi 192-son qaroriga 1-ilovaning 5-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 41-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish kiritish va baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qaroriga 1-ilovaning 63-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 9-10-son, 48-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “2006—2008-yillarda mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturiga tuzatishlar kiritish toʻgʻrisida” 2007-yil 8-maydagi 93-son qarori.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 28-son, 269-modda; 2009-y., 14-son, 163-modda, 52-son, 572-modda)