O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASINING
QARORI
BOJXONA YuK DEKLARATSIYASINI TO‘LDIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 7-iyulda 834-18-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-08-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2774, 06.04.2016-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 90-moddasi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 2-son, 36-modda), “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
1. “Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ga (1999-yil 3-noyabr, ro‘yxat raqami 834 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-y., 12-son) o‘zgartirish va qo‘shimchalar ilovaga* muvofiq kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiritilsin.
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 6-iyun,
01-02/12-45-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 28-son, 272-modda)