Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 20.06.2008 yildagi 136-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 20.06.2008 yildagi 136-son
Date of entry into force
20.06.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008—2012 YILLARDA SURXONDARYo VILOYATINI KOMPLEKS IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISh DASTURI TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyotning hududiy tuzilmasini yanada takomillashtirish, mavjud tabiiy resurslardan va iqtisodiy salohiyatdan oqilona foydalanish, zamonaviy bozor va ishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirish, aholining bandligini, turmush darajasini barqaror va izchil oshirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2008—2012-yillarda Surxondaryo viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga* muvofiq ma’qullansin, Dastur quyidagi asosiy yo‘nalishlarni va maqsadli parametrlarni nazarda tutadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mintaqaviy iqtisodiyotni barqaror yuqori sur’atlarda o‘stirish — mavjud tabiiy resurslarni kompleks va samarali o‘zlashtirish, har bir tumanning iqtisodiy salohiyatidan to‘liq foydalanish, shuningdek xorijiy investitsiyalar hajmlarini ko‘paytirish hisobiga yalpi mintaqaviy mahsulotning 1,7 baravar o‘sishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy qayta ishlovchi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan qayta jihozlashni davom ettirish, raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni, birinchi navbatda, ishchi kuchi ko‘p bo‘lgan va dotatsiyada turgan tumanlarda o‘zlashtirish hisobiga sanoatning yalpi mintaqaviy mahsulot tarkibidagi ulushini 12 foizgacha yetkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, ayniqsa qishloq joylarda jadal rivojlantirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kichik biznesning yalpi mintaqaviy mahsulotdagi ulushini 68 foizgacha yetkazish va shu asosda aholi bandligi muammolarini hal etish hamda aholining real daromadlarini 2,7 baravar oshirishni ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasida, ayniqsa qishloq joylarda, tadbirkorlik tashabbuslarini yanada kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, uning yalpi mintaqaviy mahsulot tarkibidagi ulushini 49 foizgacha yetkazish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Dasturning maqsadli parametrlari so‘zsiz bajarilishini ta’minlash maqsadida 2008—2012-yillarda Surxondaryo viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha 2-ilovaga* muvofiq tarkibda Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar Muvofiqlashtiruvchi kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dasturning maqsadli parametrlariga erishish yuzasidan monitoring natijalarini ko‘rib chiqish va shu maqsadda vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari hamda Surxondaryo viloyatining barcha darajalardagi hokimliklari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, shuningdek Surxondaryo viloyatining barcha darajalardagi hokimliklari rahbarlarining, paydo bo‘layotgan muammolarni hal etish uchun ta’sirchan chora-tadbirlar ko‘rgan holda, hisobotlarini muntazam eshitib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlar va loyihalarni, shu jumladan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish hisobiga amalga oshirish uchun moliyalashtirishning aniq manbalarini belgilashga ko‘maklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mavjud resurslardan va moliyaviy manbalardan, shu jumladan xalqaro grantlar va kreditlardan oqilona foydalanishni hisobga olgan holda Dasturning maqsadli parametrlariga tuzatishlar kiritish va ularni aniqlashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Surxondaryo viloyati hokimiga, tumanlar va Termiz shahar hokimlariga — Dasturning belgilangan prognoz parametrlari to‘liq va sifatli bajarilishi uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlariga — tegishli tadbirlarning va dasturga kiritilgan tarmoq loyihalarining o‘z vaqtida amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgarlik yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Surxondaryo viloyati hokimi (T. Jo‘rayev) har bir tuman va Termiz shahri bo‘yicha Dasturning bajarilishini har chorakda tanqidiy ko‘rib chiqsin, maqsadli dasturlarga erishish uchun zarur chora-tadbirlarni ko‘rsin, bunda yangi ish o‘rinlari tashkil etishga va ijtimoiy loyihalarning amalga oshirilishiga alohida e’tibor qaratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dasturning bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring o‘rnatsin, hududlarni ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirishning erishilgan darajasi tanqidiy tahlil qilinishini ta’minlasin, mintaqa iqtisodiyotidagi eng dolzarb va muhim muammolarni hal etish bo‘yicha aniq takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monitoring natijalari bo‘yicha har chorakda Vazirlar Mahkamasiga umumlashtirilgan materiallar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Savdo-sanoat palatasi hamda Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Dasturda nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga faol jalb etish maqsadida xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish bo‘yicha tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi har yilgi Investitsiya dasturini shakllantirishda unga Dasturda nazarda tutilgan eng muhim investitsiya loyihalarini kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 20-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
136-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 26-27-son, 249-modda; 2010-y., 23-son, 182-modda)