18.06.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1826
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining qarori, 18.06.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1826
Date of entry into force
28.06.2008
Hujjat 28.06.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLASHTIRISH AGENTLIGI
OʻZBEKISTON MATBUOT VA AXBOROT AGENTLIGINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QARORI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DAVRIY BOSMA NASHRLARNI TARQATISH QOIDALARINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 18-iyunda 1826-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”, “Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida”, “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 13-sentabrdagi “Vaqtli matbuotni tarqatish korxonalarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 418-son, 2004-yil 7-maydagi “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 215-son, 2004-yil 24-noyabrdagi “Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 555-son hamda 2006-yil 11-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 214-son qarorlariga muvofiq qaror qilamiz:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasida davriy bosma nashrlarni tarqatish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olinganidan oʻn kun oʻtgandan keyin amalga kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qaror amalga kiritilgan kundan boshlab Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi tomonidan 1998-yil 17-iyulda va Oʻzbekiston Respublikasi davlat matbuot qoʻmitasi tomonidan 1998-yil 28-iyulda tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida davriy nashrlarni tarqatish qoidalari” (1998-yil 28-avgust, roʻyxat raqami 488) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2008-yil 19-may,

10-8/1493-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi Bosh direktori B. ALIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 19-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
04-01-son

Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligining 2008-yil 19-maydagi 10-8/1493, 04-01-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida davriy bosma nashrlarni tarqatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QOIDALARI

Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”, “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq davriy bosma nashrlarni tarqatish qoidalarini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qoidalar davriy bosma nashrlarni tarqatish sohasidagi faoliyatini amalga oshirayotgan barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlarga (tahririyatlar, davriy bosma nashrlarni tarqatuvchilar va obunachilarga) shuningdek, ularning tarkibiy boʻlinmalariga taalluqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy davlatlarning davriy bosma nashrlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida tarqatish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Qoidalarda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davriy bosma nashrlarni yetkazib berish — davriy bosma nashrlarni obunachi koʻrsatgan manzil boʻyicha yetkazib berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
katalog — Oʻzbekiston Respublikasida tarqatiladigan davriy bosma nashrlar nomlarining belgilangan tartibda tuzilgan roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obunachi — davriy bosma nashrga obuna boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarqatuvchi — tahririyat, shuningdek, tahririyat bilan shartnomaga koʻra davriy bosma nashrlarni obuna boʻyicha yoki chakana savdo tarmogʻi orqali tarqatish xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Davriy bosma nashrlarni tarqatish ularga obuna boʻlishni tashkil qilish yoʻli bilan, shuningdek, chakana savdo tarmogʻi orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davriy bosma nashrlarning elektron shakli ham tarqatilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Davriy bosma nashrlarni tarqatish bevosita tahririyat tomonidan, shuningdek, belgilangan tartibda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan shartnoma asosida amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan axborotlarni oʻz ichiga olgan davriy bosma nashrlar ham tarqatish uchun qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Davriy bosma nashrlarni obuna boʻyicha tarqatish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Obuna boʻyicha davriy bosma nashrlar varaqchali va manzilli tizim boʻyicha tarqatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Varaqchali tizim boʻyicha tarqatishda davriy bosma nashrlar tarqatuvchi tomonidan obunachilarning manzillari boʻyicha keyingi saralash va yetkazib berish uchun ishlov berish oraliq punktlariga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Manzilli tizim boʻyicha tarqatishda davriy bosma nashrlar tarqatuvchi tomonidan bevosita obunachilar manzillari boʻyicha tarqatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tahririyatlar tarqatuvchilar bilan ular tomonidan bosib chiqariladigan davriy bosma nashrlarni tarqatish boʻyicha shartnoma tuzadilar. Shartnomada davriy bosma nashrlarni tarqatish tartibi va shartlari, bosmadan chiqarish jadvali belgilanadi, tomonlar majburiyatlari va nizoli masalalarni hal qilish tartibi kelishib olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Obuna shartlari (hajmi, davriy bosma nashrning formati, bosib chiqarish davriyligi, obuna davri) tahririyat tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Obunani oʻtkazish tartibi (obunani qabul qilish va davriy bosma nashrlarga buyurtmalarni taqdim etish muddatlari, obunani qabul qilish joylari, tarqatish hududi, obunani hujjatlashtirish) tarqatuvchilar tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Davriy bosma nashrlarga obuna oʻtkazish shartlari va tartibi aholiga maʼlumot uchun tahririyatlar va tarqatuvchilar tomonidan ommaviy axborot vositalari orqali, reklama va boshqa usullar yordamida yetkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Obunachi naqd pul toʻlash yoki pul oʻtkazish yoʻli bilan davriy bosma nashrlarga obuna boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Tarqatuvchi kataloglarni nashr qiladi va ularga kiritilgan davriy bosma nashrlarga obuna qabul qilinishini amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Katalogda davriy bosma nashrning nomi va indeksi, telefon raqami, davriy bosma nashrning narxi, bosmadan chiqish davriyligi, obuna davri va boshqa axborotlar koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Katalog qogʻoz va elektron koʻrinishda nashr qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Obunachi uchun qulay boʻlgan obunani qabul qilish joylarida quyidagi maʼlumotlar boʻlishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tarqatuvchining nomi, uning joylashgan joyi (yuridik manzili, telefon raqami va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) davriy bosma nashrlar kataloglari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) obunani qabul qilish punktlarining ish vaqti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) obuna boʻlish davri;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) obunani amalga oshirish tartibi, shartlari va narxlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) qoʻshimcha koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxati va ularning tariflari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) obuna hujjatlarini toʻldirish namunalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) boshqa zarur maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Barcha axborot obunachilarga maʼlumot uchun aniq va qulay shaklda yetkazilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Obunani rasmiylashtirishda belgilangan namunadagi obuna hujjati obuna shartlariga muvofiq tushunarli va qisqartirishlarsiz toʻldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Obunachi tomonidan davriy bosma nashrlarni yetkazib berish manzili notoʻgʻri koʻrsatilgan boʻlsa, tarqatuvchi javobgar hisoblanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Obuna rasmiylashtirilganligining tasdigʻi sifatida obunachiga davriy bosma nashrning nomi, obuna davri va narxi, davriy bosma nashr yetkazib berilishi kerak boʻlgan manzil, obunachining familiyasi, ismi, otasining ismi, shuningdek tarqatuvchining rekvizitlaridan iborat boʻlgan obuna hujjati beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Obuna navbatdagi obuna davridan boshlab katalogda koʻrsatilgan obuna muddatiga yoki uning bir qismiga rasmiylashtirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Davriy bosma nashrlar obunachi tomonidan boshqa manzilga qayta manzillanishi mumkin. Qayta manzillash uchun obunachi tomonidan tarqatuvchiga obuna rasmiylashtirilganligini tasdiqlovchi obuna hujjati taqdim etiladi. Bunday hujjat yoʻqolgan boʻlsa obunachining shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rasmiylashtirish tartibi va qayta manzillash muddatlari tarqatuvchi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Davriy bosma nashrlarni nashrdan chiqarish toʻxtatilganda yoki obunachining arizasi boʻyicha obuna bekor qilinishi mumkin. Bunda obunachiga obuna narxi va qabul qilingan davriy bosma nashrlar oʻrtasidagi farqi tarqatuvchi tomonidan bajarilgan xizmatlarni qoplash xarajatlari hisobga olingan holda toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Obuna bekor qilinganda obuna uchun toʻlangan toʻlov obunachiga tarqatuvchi tomonidan quyidagi hollarda qaytariladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) obunachining obunani bekor qilish toʻgʻrisidagi arizasi boʻyicha — ariza berilgan kundan boshlab besh kun mobaynida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) davriy bosma nashrni bosmadan chiqarish toʻxtatilganda — tahririyatdan axborot olingan kundan boshlab bir oy mobaynida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Obunachiga davriy bosma nashrlar yetkazib berilmagan boʻlsa, u holda obunachi tomonidan tarqatuvchiga ariza beriladi va obuna qabul qilinganligi yoki qayta manzillanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi. Bunda obunachining arizasi ushbu Qoidaning 34 va 35-bandlarida belgilangan muddatlarda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Davriy bosma nashrlarni chakana savdo orqali tarqatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Roʻyxatdan oʻtkazilgan davriy bosma nashrlarni chakana savdo orqali, shu jumladan qoʻlda sotish nashrlar tahririyatlarining shtatdagi tarqatuvchilari tomonidan yoki savdo tarmogʻiga ega boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Davriy bosma nashrlarning navbatdagi sonlari sotuvga kelib tushganligi toʻgʻrisida xaridorlarni xabardor qilish uchun davriy bosma nashrlarning yangi sonlari koʻrinadigan joyda hamma koʻrishi uchun chiqarib qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Chakana savdo tarmogʻidan yashirin poligrafik nuqsonlari boʻlgan davriy bosma nashrlar sotib olinganda, bunday davriy bosma nashrlar joyida almashtirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davriy bosma nashrlarni almashtirib berish imkoni boʻlmaganda xaridorga davriy bosma nashr uchun toʻlangan toʻlov qaytarib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Davriy bosma nashrlarning chakana savdosini amalga oshiradigan tarqatuvchilar davriy bosma nashrlarning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Tahririyatning huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Tahririyat quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) qonun hujjatlarida belgilangan hollarda obunani bekor qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) davriy bosma nashrlarni tayyorlash va chiqarishga buyurtma qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Tahririyat quyidagilarga majbur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) obuna boshlangunga qadar tarqatuvchi va obunachiga davriy bosma nashr toʻgʻrisida aniq axborotni taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) davriy bosma nashrning navbatdagi sonini chiqarish kechikkanligi yoki uning hajmi oʻzgarganligi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida xabar qilish, shuningdek bu haqda tarqatuvchini ham xabardor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) poligrafik nuqsonga ega boʻlgan davriy bosma nashrlar nusxalarini almashtirish shartlari va tartibini oʻzi yoki tarqatuvchi orqali oʻz hisobidan obunachiga maʼlum qilishi, shuningdek standart toʻplamlardagi yetishmayotgan nusxalar oʻrnining toʻldirilishini taʼminlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) davriy bosma nashrlarning barcha sonlarini obunaning butun davri uchun katalogda koʻrsatilgan davriylikka muvofiq bosib chiqarishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) davriy bosma nashrlarni bosmadan chiqarishni toʻxtatish boʻyicha qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oy ichida tarqatuvchiga toʻlangan toʻlovlarni qaytarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Tarqatuvchining huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Tarqatuvchi quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tahririyat bilan davriy bosma nashrlarni obuna boʻyicha yoki chakana savdo orqali tarqatish uchun shartnoma tuzayotganda tarqatuvchining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasini talab qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) obunani qabul qilish va davriy bosma nashrlarning chakana savdosini amalga oshirish joylarining ish tartibini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) obunachining roziligi bilan alohida toʻlov evaziga qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish (davriy bosma nashrlarni saqlash, obuna boʻyicha davriy bosma nashrlarni qayta manzillash va boshqalar).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Tarqatuvchi quyidagilarga majbur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) aholini tarqatuvchilarning savdo nuqtalari va obunani qabul qilish joylarining ish tartibi, obuna tartibi va shartlari, obuna boʻyicha tarqatiladigan davriy bosma nashrlarning narxlari toʻgʻrisida xabardor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) davriy bosma nashrni belgilangan muddatda obunachiga yetkazib berishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda obunachiga yetkazib berilmagan nusxalarning obuna narxini qaytarib berish yoki xuddi shunday yoxud boshqa davriy bosma nashr nusxasiga almashtirib berish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) obunachiga obunaning rasmiylashtirilganligini tasdiqlovchi obuna hujjatini berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-§. Obunachining huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Obunachi quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tarqatuvchidan ushbu Qoidalarning 14-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlarning taqdim etilishini talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) navbatdagi obuna oyidan boshlab butun obuna davriga yoki uning bir qismiga, shuningdek muddatini uzgan holda davriy bosma nashrlarga obunani rasmiylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) obunachi tomonidan imzolangan davriy bosma nashrni boshqa manzilga qayta manzillash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) davriy bosma nashrlarga obunani bekor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) poligrafik nuqsoni boʻlgan davriy bosma nashrlarni olganda, davriy bosma nashrning tegishli sonini olmaganda, shuningdek, tahririyat yoki tarqatuvchining aybi bilan davriy bosma nashrlarni yetkazib berishning muddatlariga rioya qilinmaganda, tahririyat yoki tarqatuvchiga murojaat qilish hamda oʻz xohishiga binoan nuqsonsiz davriy bosma nashrning tegishli nusxasiga yoxud boshqa davriy bosma nashrning nusxasiga almashtirish, shuningdek, davriy bosma nashr ushbu nusxasining obuna haqini qaytarishni talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) qoʻshimcha xizmatlar uchun toʻlov toʻlashni rad etish, agar ular toʻlangan boʻlsa, uning roziligisiz koʻrsatilgan qoʻshimcha xizmatlar uchun toʻlangan toʻlovlarning qaytarilishini tarqatuvchidan talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) daʼvo bilan vakolatli organlarga yoki sudga murojaat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Obunachi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Obunachi obuna hujjatlarini toʻldirish boʻyicha tarqatuvchi tomonidan belgilangan talablarga amal qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Davriy bosma nashrlarni yetkazib berish muddatlariga nisbatan kamchiliklar obunachi talab qilgan kundan boshlab 20 kun davomida (agar shartnomada bundan kamroq muddat belgilanmagan boʻlsa) tarqatuvchi tomonidan bartaraf etilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan hollarda tarqatuvchi obunachiga qonun hujjatlariga muvofiq neustoyka (penya) toʻlovini toʻlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Obunachining poligrafik nuqsonga ega boʻlgan yoki tovar koʻrinishini yoʻqotgan davriy bosma nashrlarning tarqatilishi boʻyicha murojaati yetti kun muddatda, agar murojaat boʻyicha qoʻshimcha tekshirish lozim boʻlsa, murojaat berilgan vaqtdan boshlab 20 kun muddatda qanoatlantirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar davriy bosma nashr obunachining aybi bilan tovar koʻrinishini yoʻqotganligi isbot qilinsa, obunachining talablari qanoatlantirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Obunachining barcha murojaatlari obunachi tomonidan obuna qabul qilinganligi faktini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganda koʻrib chiqiladi. Obunachining ishonchli vakili murojaat qilganda esa, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnoma taqdim etilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-§. Tahririyat va tarqatuvchining javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Tahririyat va tarqatuvchining javobgarligi ular oʻrtasida tuziladigan shartnomalarda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Tahririyat quyidagilar uchun javobgar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) davriy bosma nashrning navbatdagi soni chiqishining kechikkanligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) davriy bosma nashr toʻgʻrisidagi axborotning oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) davriy bosma nashrlarga eʼlon qilingan obunaning tugatilganligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tahririyatlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa javobgarlikka ham egadirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Tarqatuvchi quyidagilar uchun javobgar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) obunani qabul qilish qoidalarini buzganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) tovar koʻrinishini yoʻqotgan davriy bosma nashrlarni sotganligi (agar obunachining davriy bosma nashrni olguniga qadar bunday kamchiliklar paydo boʻlganligi isbotlansa);
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) poligrafik nuqsonga ega davriy bosma nashrlarni tarqatganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) obuna hujjatlaridagi obunachilar toʻgʻrisidagi shaxsiy maʼlumotlarni uchinchi shaxsga oshkor qilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) davriy bosma nashrni yetkazib berish muddatlarini buzganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlarini buzganligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Davriy bosma nashrlarni obuna boʻyicha va chakana savdo orqali tarqatish bilan bogʻliq nizolarni hal qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Davriy bosma nashr navbatdagi sonining nashrdan chiqishi kechikkanligi yoki nashrdan chiqmasligi fors-major holatlarining yuzaga kelishi oqibatida sodir boʻlganligi isbotlansa, tahririyat javobgarlikdan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Agar davriy bosma nashrning nusxasi (nusxalari)ni yetkazib berish fors-major holatlarining yuzaga kelishi oqibatida yoki obunachining aybi bilan buzilganligi isbot qilinsa, tarqatuvchilar javobgarlikdan ozod qilinadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-§. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi va “Matbuot tarqatuvchi” AK bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULASHOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 12-may

“Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi Bosh direktori S. NAJBIDDINOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 12-may
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 24-25-son, 240-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2018-y., 10/18/1826-1/0955-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 23.05.2025-y., 10/25/1826-2/0462-son)