OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLASHTIRISH AGENTLIGI
OʻZBEKISTON MATBUOT VA AXBOROT AGENTLIGINING
OʻZBEKISTON MATBUOT VA AXBOROT AGENTLIGINING
QARORI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DAVRIY BOSMA NASHRLARNI TARQATISH QOIDALARINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 18-iyunda 1826-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi, “Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 13-sentabrdagi 418-son “Vaqtli matbuotni tarqatish korxonalarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi hamda 2004-yil 24-noyabrdagi 555-son “Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 13-maydagi 281-mh-son va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2025-yil 6-maydagi 2-q/q-son qarori (roʻyxat raqami 1826-2, 23.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2025-y., 10/25/1826-2/0462-son)
1. Oʻzbekiston Respublikasida davriy bosma nashrlarni tarqatish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olinganidan oʻn kun oʻtgandan keyin amalga kiritilsin.
3. Mazkur qaror amalga kiritilgan kundan boshlab Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi tomonidan 1998-yil 17-iyulda va Oʻzbekiston Respublikasi davlat matbuot qoʻmitasi tomonidan 1998-yil 28-iyulda tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida davriy nashrlarni tarqatish qoidalari” (1998-yil 28-avgust, roʻyxat raqami 488) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2008-yil 19-may,
10-8/1493-son
Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi Bosh direktori B. ALIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 19-may,
04-01-son
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligining 2008-yil 19-maydagi 10-8/1493, 04-01-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Oʻzbekiston Respublikasida davriy bosma nashrlarni tarqatish
QOIDALARI
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar davriy bosma nashrlarni tarqatish qoidalarini belgilaydi.
(muqaddimaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 13-maydagi 281-mh-son va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2025-yil 6-maydagi 2-q/q-son qarori (roʻyxat raqami 1826-2, 23.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2025-y., 10/25/1826-2/0462-son)
Ushbu Qoidalar davriy bosma nashrlarni tarqatish sohasidagi faoliyatini amalga oshirayotgan barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlarga (tahririyatlar, davriy bosma nashrlarni tarqatuvchilar va obunachilarga) shuningdek, ularning tarkibiy boʻlinmalariga taalluqlidir.
Xorijiy davlatlarning davriy bosma nashrlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida tarqatish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
1-§. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Qoidalarda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
bolalar sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborot — Oʻzbekiston Respublikasining “Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq bolalar oʻrtasida tarqatilishi taqiqlangan yoki cheklangan axborot mahsuloti;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining 2018-yil 13-martdagi 166-mh, 22-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1826-1, 29.03.2018-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2018-y., 10/18/1826-1/0955-son)
davriy bosma nashrlarni yetkazib berish — davriy bosma nashrlarni obunachi koʻrsatgan manzil boʻyicha yetkazib berish;
katalog — Oʻzbekiston Respublikasida tarqatiladigan davriy bosma nashrlar nomlarining belgilangan tartibda tuzilgan roʻyxati;
obunachi — davriy bosma nashrga obuna boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
tarqatuvchi — tahririyat, shuningdek, tahririyat bilan shartnomaga koʻra davriy bosma nashrlarni obuna boʻyicha yoki chakana savdo tarmogʻi orqali tarqatish xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
2. Davriy bosma nashrlarni tarqatish ularga obuna boʻlishni tashkil qilish yoʻli bilan, shuningdek, chakana savdo tarmogʻi orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davriy bosma nashrlarning elektron shakli ham tarqatilishi mumkin.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
3. Davriy bosma nashrlarni tarqatish bevosita tahririyat tomonidan, shuningdek, belgilangan tartibda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan shartnoma asosida amalga oshirilishi mumkin.
4. Oʻzbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan axborotlarni oʻz ichiga olgan davriy bosma nashrlar ham tarqatish uchun qabul qilinadi.
2-§. Davriy bosma nashrlarni obuna boʻyicha tarqatish tartibi
5. Obuna boʻyicha davriy bosma nashrlar varaqchali va manzilli tizim boʻyicha tarqatiladi.
6. Varaqchali tizim boʻyicha tarqatishda davriy bosma nashrlar tarqatuvchi tomonidan obunachilarning manzillari boʻyicha keyingi saralash va yetkazib berish uchun ishlov berish oraliq punktlariga yuboriladi.
7. Manzilli tizim boʻyicha tarqatishda davriy bosma nashrlar tarqatuvchi tomonidan bevosita obunachilar manzillari boʻyicha tarqatiladi.
8. Tahririyatlar tarqatuvchilar bilan ular tomonidan bosib chiqariladigan davriy bosma nashrlarni tarqatish boʻyicha shartnoma tuzadilar. Shartnomada davriy bosma nashrlarni tarqatish tartibi va shartlari, bosmadan chiqarish jadvali belgilanadi, tomonlar majburiyatlari va nizoli masalalarni hal qilish tartibi kelishib olinadi.
9. Obuna shartlari (hajmi, davriy bosma nashrning formati, bosib chiqarish davriyligi, obuna davri) tahririyat tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
91. Davriy bosma nashrlarning yoshga oid tasnifini, shuningdek jamoat joylarida yopiq oʻrovlarda tarqatilishi kerak boʻlgan davriy bosma nashrlarni aniqlash oʻrnatilgan tartibda tahririyatlar tomonidan amalga oshiriladi.
(91-band Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining 2018-yil 13-martdagi 166-mh, 22-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1826-1, 29.03.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2018-y., 10/18/1826-1/0955-son)
10. Obunani oʻtkazish tartibi (obunani qabul qilish va davriy bosma nashrlarga buyurtmalarni taqdim etish muddatlari, obunani qabul qilish joylari, tarqatish hududi, obunani hujjatlashtirish) tarqatuvchilar tomonidan belgilanadi.
11. Davriy bosma nashrlarga obuna oʻtkazish shartlari va tartibi aholiga maʼlumot uchun tahririyatlar va tarqatuvchilar tomonidan ommaviy axborot vositalari orqali, reklama va boshqa usullar yordamida yetkaziladi.
12. Obunachi naqd pul toʻlash yoki pul oʻtkazish yoʻli bilan davriy bosma nashrlarga obuna boʻlishi mumkin.
13. Tarqatuvchi kataloglarni nashr qiladi va ularga kiritilgan davriy bosma nashrlarga obuna qabul qilinishini amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Katalogda davriy bosma nashrning nomi va indeksi, katalogni nashr qilgan tarqatuvchining telefon raqami, davriy bosma nashrning obuna narxi, bosmadan chiqish davriyligi, obuna davri, davriy bosma nashrlarning yoshga oid tasnifi va boshqa axborotlar koʻrsatiladi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining 2018-yil 13-martdagi 166-mh, 22-sonli qarori (roʻyxat raqami 1826-1, 29.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2018-y., 10/18/1826-1/0955-son)
Katalog qogʻoz va elektron koʻrinishda nashr qilinishi mumkin.
14. Obunachi uchun qulay boʻlgan obunani qabul qilish joylarida quyidagi maʼlumotlar boʻlishi lozim:
a) tarqatuvchining nomi, uning joylashgan joyi (yuridik manzili, telefon raqami va boshqalar);
b) ish tartibi;
v) davriy bosma nashrlar kataloglari;
g) obunani qabul qilish punktlarining ish vaqti;
d) obuna boʻlish davri;
e) obunani amalga oshirish tartibi, shartlari va narxlari;
j) qoʻshimcha koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxati va ularning tariflari;
z) obuna hujjatlarini toʻldirish namunalari;
i) boshqa zarur maʼlumotlar.
15. Barcha axborot obunachilarga maʼlumot uchun aniq va qulay shaklda yetkazilishi lozim.
16. Obunani rasmiylashtirishda belgilangan namunadagi obuna hujjati obuna shartlariga muvofiq tushunarli va qisqartirishlarsiz toʻldiriladi.
17. Obunachi tomonidan davriy bosma nashrlarni yetkazib berish manzili notoʻgʻri koʻrsatilgan boʻlsa, tarqatuvchi javobgar hisoblanmaydi.
18. Obuna rasmiylashtirilganligining tasdigʻi sifatida obunachiga davriy bosma nashrning nomi, obuna davri va narxi, davriy bosma nashr yetkazib berilishi kerak boʻlgan manzil, obunachining familiyasi, ismi, otasining ismi, shuningdek tarqatuvchining rekvizitlaridan iborat boʻlgan obuna hujjati beriladi.
19. Obuna navbatdagi obuna davridan boshlab katalogda koʻrsatilgan obuna muddatiga yoki uning bir qismiga rasmiylashtirilishi mumkin.
20. Davriy bosma nashrlar obunachi tomonidan boshqa manzilga qayta manzillanishi mumkin. Qayta manzillash uchun obunachi tomonidan tarqatuvchiga obuna rasmiylashtirilganligini tasdiqlovchi obuna hujjati taqdim etiladi. Bunday hujjat yoʻqolgan boʻlsa obunachining shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi.
Rasmiylashtirish tartibi va qayta manzillash muddatlari tarqatuvchi tomonidan belgilanadi.
21. Davriy bosma nashrlarni nashrdan chiqarish toʻxtatilganda yoki obunachining arizasi boʻyicha obuna bekor qilinishi mumkin. Bunda obunachiga obuna narxi va qabul qilingan davriy bosma nashrlar oʻrtasidagi farqi tarqatuvchi tomonidan bajarilgan xizmatlarni qoplash xarajatlari hisobga olingan holda toʻlanadi.
22. Obuna bekor qilinganda obuna uchun toʻlangan toʻlov obunachiga tarqatuvchi tomonidan quyidagi hollarda qaytariladi:
a) obunachining obunani bekor qilish toʻgʻrisidagi arizasi boʻyicha — ariza berilgan kundan boshlab besh kun mobaynida;
b) davriy bosma nashrni bosmadan chiqarish toʻxtatilganda — tahririyatdan axborot olingan kundan boshlab bir oy mobaynida.
23. Obunachiga davriy bosma nashrlar yetkazib berilmagan boʻlsa, u holda obunachi tomonidan tarqatuvchiga ariza beriladi va obuna qabul qilinganligi yoki qayta manzillanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi. Bunda obunachining arizasi ushbu Qoidaning 34 va 35-bandlarida belgilangan muddatlarda koʻrib chiqiladi.
3-§. Davriy bosma nashrlarni chakana savdo orqali tarqatish
24. Roʻyxatdan oʻtkazilgan davriy bosma nashrlarni chakana savdo orqali, shu jumladan qoʻlda sotish nashrlar tahririyatlarining shtatdagi tarqatuvchilari tomonidan yoki savdo tarmogʻiga ega boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Davriy bosma nashrlarning navbatdagi sonlari sotuvga kelib tushganligi toʻgʻrisida xaridorlarni xabardor qilish uchun davriy bosma nashrlarning yangi sonlari koʻrinadigan joyda hamma koʻrishi uchun chiqarib qoʻyiladi, bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotni oʻz ichiga olgan davriy bosma nashrlar bundan mustasno.
Jamoat joylarida bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotni oʻz ichiga olgan davriy bosma nashrlarni faqat yopiq oʻrovlarda tarqatishga yoʻl qoʻyiladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining 2018-yil 13-martdagi 166-mh, 22-sonli qarori (roʻyxat raqami 1826-1, 29.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2018-y., 10/18/1826-1/0955-son)
26. Chakana savdo tarmogʻidan yashirin poligrafik nuqsonlari boʻlgan davriy bosma nashrlar sotib olinganda, bunday davriy bosma nashrlar joyida almashtirilishi lozim.
Davriy bosma nashrlarni almashtirib berish imkoni boʻlmaganda xaridorga davriy bosma nashr uchun toʻlangan toʻlov qaytarib beriladi.
27. Davriy bosma nashrlarning chakana savdosini amalga oshiradigan tarqatuvchilar davriy bosma nashrlarning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlishlari shart.
4-§. Tahririyatning huquq va majburiyatlari
28. Tahririyat quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
a) qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda obunani bekor qilish;
(28-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
b) davriy bosma nashrlarni tayyorlash va chiqarishga buyurtma qabul qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
v) qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega.
(28-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
29. Tahririyat quyidagilarga majbur:
a) obuna boshlangunga qadar tarqatuvchi va obunachiga davriy bosma nashr toʻgʻrisida aniq axborotni taqdim etish;
b) davriy bosma nashrning navbatdagi sonini chiqarish kechikkanligi yoki uning hajmi oʻzgarganligi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida xabar qilish, shuningdek bu haqda tarqatuvchini ham xabardor qilish;
v) poligrafik nuqsonga ega boʻlgan davriy bosma nashrlar nusxalarini almashtirish shartlari va tartibini oʻzi yoki tarqatuvchi orqali oʻz hisobidan obunachiga maʼlum qilishi, shuningdek standart toʻplamlardagi yetishmayotgan nusxalar oʻrnining toʻldirilishini taʼminlashi;
g) davriy bosma nashrlarning barcha sonlarini obunaning butun davri uchun katalogda koʻrsatilgan davriylikka muvofiq bosib chiqarishni taʼminlash;
d) davriy bosma nashrlarni bosmadan chiqarishni toʻxtatish boʻyicha qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oy ichida tarqatuvchiga toʻlangan toʻlovlarni qaytarish;
Oldingi tahrirga qarang.
d1) davriy bosma nashrlarning tegishli yoshga oid toifasini hamda jamoat joylarda yopiq oʻrovlarda tarqatiladigan bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotni oʻz ichiga olgan davriy bosma nashrlarni aniqlash va tarqatuvchiga yopiq oʻrovlarda (har bir nusxasini) taqdim etish;
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining 2018-yil 13-martdagi 166-mh, 22-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1826-1, 29.03.2018-y.) asosan “d1” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2018-y., 10/18/1826-1/0955-son)
e) qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar.
5-§. Tarqatuvchining huquq va majburiyatlari
30. Tarqatuvchi quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
a) tahririyat bilan davriy bosma nashrlarni obuna boʻyicha yoki chakana savdo orqali tarqatish uchun shartnoma tuzayotganda nashrlarning roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasini talab qilish;
(30-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining 2018-yil 13-martdagi 166-mh, 22-sonli qarori (roʻyxat raqami 1826-1, 29.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2018-y., 10/18/1826-1/0955-son)
b) obunani qabul qilish va davriy bosma nashrlarning chakana savdosini amalga oshirish joylarining ish tartibini belgilash;
v) obunachining roziligi bilan alohida toʻlov evaziga qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish (davriy bosma nashrlarni saqlash, obuna boʻyicha davriy bosma nashrlarni qayta manzillash va boshqalar).
Oldingi tahrirga qarang.
g) bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotni oʻz ichiga olgan davriy bosma nashrlarni jamoat joylarida tarqatish uchun oʻrovsiz yoki oʻrovi shikastlangan holatda taqdim etilganda tahririyatga qaytarish.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining 2018-yil 13-martdagi 166-mh, 22-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1826-1, 29.03.2018-y.) asosan “g” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2018-y., 10/18/1826-1/0955-son)
31. Tarqatuvchi quyidagilarga majbur:
a) aholini tarqatuvchilarning savdo nuqtalari va obunani qabul qilish joylarining ish tartibi, obuna tartibi va shartlari, obuna boʻyicha tarqatiladigan davriy bosma nashrlarning narxlari toʻgʻrisida xabardor qilish;
b) davriy bosma nashrni belgilangan muddatda obunachiga yetkazib berishni taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
v) qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda obunachiga yetkazib berilmagan nusxalarning obuna narxini qaytarib berish yoki xuddi shunday yoxud boshqa davriy bosma nashr nusxasiga almashtirib berish;
(31-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
g) obunachiga obunaning rasmiylashtirilganligini tasdiqlovchi obuna hujjatini berish.
6-§. Obunachining huquq va majburiyatlari
32. Obunachi quyidagi huquqlarga ega:
a) tarqatuvchidan ushbu Qoidalarning 14-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlarning taqdim etilishini talab qilish;
b) navbatdagi obuna oyidan boshlab butun obuna davriga yoki uning bir qismiga, shuningdek muddatini uzgan holda davriy bosma nashrlarga obunani rasmiylashtirish;
v) obunachi tomonidan imzolangan davriy bosma nashrni boshqa manzilga qayta manzillash;
g) davriy bosma nashrlarga obunani bekor qilish;
d) poligrafik nuqsoni boʻlgan davriy bosma nashrlarni olganda, davriy bosma nashrning tegishli sonini olmaganda, shuningdek, tahririyat yoki tarqatuvchining aybi bilan davriy bosma nashrlarni yetkazib berishning muddatlariga rioya qilinmaganda, tahririyat yoki tarqatuvchiga murojaat qilish hamda oʻz xohishiga binoan nuqsonsiz davriy bosma nashrning tegishli nusxasiga yoxud boshqa davriy bosma nashrning nusxasiga almashtirish, shuningdek, davriy bosma nashr ushbu nusxasining obuna haqini qaytarishni talab qilish;
e) qoʻshimcha xizmatlar uchun toʻlov toʻlashni rad etish, agar ular toʻlangan boʻlsa, uning roziligisiz koʻrsatilgan qoʻshimcha xizmatlar uchun toʻlangan toʻlovlarning qaytarilishini tarqatuvchidan talab qilish;
j) daʼvo bilan vakolatli organlarga yoki sudga murojaat qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Obunachi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega.
(32-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
33. Obunachi obuna hujjatlarini toʻldirish boʻyicha tarqatuvchi tomonidan belgilangan talablarga amal qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
34. Davriy bosma nashrlarning yetkazib berilmaganligi sababi obunachi ariza bergan kundan boshlab 20 kun davomida (agar shartnomada bundan kamroq muddat belgilanmagan boʻlsa) tarqatuvchi tomonidan aniqlanishi va bartaraf etilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Aniqlangan kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan hollarda tarqatuvchi obunachiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq neustoyka (penya) toʻlovini toʻlaydi.
(34-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
35. Obunachining poligrafik nuqsonga ega boʻlgan yoki tovar koʻrinishini yoʻqotgan davriy bosma nashrlarning tarqatilishi boʻyicha murojaati yetti kun muddatda, agar murojaat boʻyicha qoʻshimcha tekshirish lozim boʻlsa, murojaat berilgan vaqtdan boshlab 20 kun muddatda qanoatlantirilishi kerak.
Agar davriy bosma nashr obunachining aybi bilan tovar koʻrinishini yoʻqotganligi isbot qilinsa, obunachining talablari qanoatlantirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
36. Obunachining barcha murojaatlari obunachi tomonidan obuna qabul qilinganligi faktini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganda koʻrib chiqiladi. Obunachining ishonchli vakili murojaat qilganda esa, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnoma taqdim etilishi lozim.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
7-§. Tahririyat va tarqatuvchining javobgarligi
37. Tahririyat va tarqatuvchining javobgarligi ular oʻrtasida tuziladigan shartnomalarda belgilanadi.
38. Tahririyat quyidagilar uchun javobgar:
Oldingi tahrirga qarang.
a) davriy bosma nashrning navbatdagi soni chiqishining kechikkanligi yoki chiqmaganligi;
(38-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining 2018-yil 13-martdagi 166-mh, 22-sonli qarori (roʻyxat raqami 1826-1, 29.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2018-y., 10/18/1826-1/0955-son)
b) davriy bosma nashr toʻgʻrisidagi axborotning oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi;
v) davriy bosma nashrlarga eʼlon qilingan obunaning tugatilganligi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tahririyatlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa javobgarlikka ham egadirlar.
(38-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
g) bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotni oʻz ichiga olgan davriy bosma nashrlarni tarqatuvchiga oʻrovsiz yoki oʻrovi shikastlangan holatda taqdim etganligi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining 2018-yil 13-martdagi 166-mh, 22-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1826-1, 29.03.2018-y.) asosan “g” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2018-y., 10/18/1826-1/0955-son)
39. Tarqatuvchi quyidagilar uchun javobgar:
a) obunani qabul qilish qoidalarini buzganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
b) tovar koʻrinishini yoʻqotgan davriy bosma nashrlarni sotganligi (agar obunachining davriy bosma nashrni olguniga qadar bunday kamchiliklar paydo boʻlganligi isbotlansa), shuningdek jamoat joylarida bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotni oʻz ichiga olgan davriy bosma nashrlarni ochiq holatda tarqatganligi;
(39-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining 2018-yil 13-martdagi 166-mh, 22-sonli qarori (roʻyxat raqami 1826-1, 29.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2018-y., 10/18/1826-1/0955-son)
v) poligrafik nuqsonga ega davriy bosma nashrlarni tarqatganligi;
g) obuna hujjatlaridagi obunachilar toʻgʻrisidagi shaxsiy maʼlumotlarni uchinchi shaxsga oshkor qilganligi;
d) davriy bosma nashrni yetkazib berish muddatlarini buzganligi;
e) murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlarini buzganligi.
Oldingi tahrirga qarang.
40. Davriy bosma nashrlarni obuna boʻyicha va chakana savdo orqali tarqatish bilan bogʻliq nizolarni hal qilish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
41. Davriy bosma nashr navbatdagi sonining nashrdan chiqishi kechikkanligi yoki nashrdan chiqmasligi fors-major holatlarining yuzaga kelishi oqibatida sodir boʻlganligi isbotlansa, tahririyat javobgarlikdan ozod qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
42. Agar davriy bosma nashrning nusxasi (nusxalari)ni yetkazib berish fors-major holatlarining yuzaga kelishi oqibatida yoki obunachining aybi bilan buzilganligi isbot qilinsa, shuningdek davriy bosma nashrning chiqishini kechiktirish yoki navbatdagi sonining chiqmaganligi tahririyatning va nashriyotning aybi bilan yuzaga kelgan hollarda tarqatuvchilar javobgarlikdan ozod qilinadilar.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining 2018-yil 13-martdagi 166-mh, 22-sonli qarori (roʻyxat raqami 1826-1, 29.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2018-y., 10/18/1826-1/0955-son)
8-§. Yakuniy qoida
43. Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi va “Matbuot tarqatuvchi” AK bilan kelishilgan.
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULASHOV
Toshkent sh.,
2008-yil 12-may
“Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi Bosh direktori S. NAJBIDDINOV
Toshkent sh.,
2008-yil 12-may
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 24-25-son, 240-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2018-y., 10/18/1826-1/0955-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 23.05.2025-y., 10/25/1826-2/0462-son)