Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.02.2019 25.06.2008 yildagi 142-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 25.06.2008 yildagi 142-son
Date of entry into force
25.06.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.02.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
GEOLOGIYA-QIDIRUV IShLARI OLIB BORIShGA VA QATTIQ FOYDALI QAZILMA KONLARINI IShLATIShGA INVESTITSIYaLARNI YANADA JALB ETISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Ko‘chirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 28-avgustdagi PF-5527-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekistonda qattiq foydali qazilmalar 43 turining 700 dan ortiq konlari, shu jumladan mis, rux, molibden, volfram, litiy, stronsiy, tomirsimon joylashgan kvars hamda texnik kremniy ishlab chiqarish uchun kvarsitlar, mineral tuzlar, fosforitlar, toshko‘mir va qo‘ng‘ir ko‘mir, o‘tga chidamli va keramik xomashyo, qurilish materiallari va boshqa materiallar singari jahon bozorida talab yuqori bo‘lgan foydali qazilmalar qidirib topilganligi qayd etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydali qazilmalarning ayrim turlari bo‘yicha prognoz resurslar qidirib topilgan resurslardan ancha ortiqdir, shu jumladan polimetallar va sement xomashyosi bo‘yicha — 2 baravar, volfram bo‘yicha — 6 baravar, fosforit ruda va bazalt bo‘yicha — 10 baravar, tomirsimon joylashgan kvars va kvarsitlar bo‘yicha — 50 baravar ortiqdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga hozirgi vaqtda foydali qazilma boyliklar mavjud konlarining qariyb 80 foizi hali sanoat jihatidan o‘zlashtirishga jalb etilmagan. Qattiq foydali qazilmalarning prognoz resurslarini sanoat zaxiralari toifasiga o‘tkazish uchun birinchi navbatda xorijiy va mamlakatimiz investorlarini jalb etish hisobiga geologiya-qidiruv ishlari hajmini ancha oshirish talab etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydali qazilma konlarini izlash va qidirishning zamonaviy usullari va texnologiyalarini qo‘llash hisobiga qattiq foydali qazilmalar bo‘yicha geologiya-qidiruv ishlari samaradorligini oshirish, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish asosida qattiq foydali qazilmalar konlarini sanoat jihatidan o‘zlashtirishga jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-2009-yillarda O‘zbekiston Respublikasi hududida qattiq foydali qazilmalar konlarini (oltin va uran konlaridan tashqari) xatlovdan o‘tkazish, yer osti boyliklaridan foydalanuvchilarni va foydali qazilmalarni kavlab olish uchun foydalanishga berilgan yer osti boyliklarining tegishli uchastkalaridan foydalanishning aniq shartlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoat yo‘sinida ishlatilmayotgan konlar, shuningdek foydalanish paytida O‘zbekiston Respublikasining yer osti boyliklari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari muntazam buzilishiga, shu jumladan foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarda belgilangan yer osti boyliklaridan foydalanish shartlari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan konlar bo‘yicha zaxiralarni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi balansiga berish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qattiq foydali qazilmalar konlarini xatlovdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qattiq foydali qazilmalar konlarini xatlovdan o‘tkazishni muvofiqlashtirish uchun 2-ilovaga muvofiq tarkibda Komissiya tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasida va viloyatlar bo‘yicha qattiq foydali qazilmalar konlarini (oltin va uran konlaridan tashqari) xatlovdan o‘tkazish jadvalini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududlar bo‘yicha qattiq foydali qazilmalar konlari dala tadqiqotlari bo‘yicha ishchi guruhlarning shaxsiy tarkibini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qattiq foydali qazilmalar konlarini xatlovdan o‘tkazishning borishini nazorat qilish va uning natijalarini tizimli asosda ko‘rib chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya bir oy muddatda o‘z ishi reglamentini tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Komissiyaga quyidagi huquqlar berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zaruriyat bo‘lganda qattiq foydali qazilmalar konlarini xatlovdan o‘tkazishga vazirliklar va idoralarning yuqori malakali mutaxassislarini, mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillarini jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zaxiralari yer osti boyliklari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi balansiga berilayotgan qattiq foydali qazilmalar konlari ro‘yxatini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydali qazilmalarni noqonuniy qazib olish holatlari aniqlangan taqdirda sanoat jihatidan o‘zlashtirishga jalb etilmagan konlarda kavlab olingan foydali qazilmalar hajmi O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan instrumental o‘lchanishi to‘g‘risida qaror chiqarish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi 2008-yil 10-iyulgacha bo‘lgan muddatda Komissiyaga o‘zlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida 2007-yilda va 2008-yilning birinchi yarim yilligida yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar tomonidan yer osti boyliklari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga rioya qilinishi yuzasidan o‘tkazilgan tekshirishlar natijalari to‘g‘risida axborot taqdim etsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasining so‘rovi bo‘yicha foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yuridik yoki jismoniy shaxslarga berilgan yer uchastkalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etilishini ta’minlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2009-yilda Davlat geologiya qo‘mitasi tizimi bo‘yicha geologiya-qidiruv ishlari dasturini shakllantirishda qattiq foydali qazilmalar konlarini xatlovdan o‘tkazish xarajatlarini moliyalashtirishga mablag‘larni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi uch oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda — potensial xorijiy investorlarga obyekt va investitsiyalar qo‘yish samaradorligi to‘g‘risida dastlabki xulosa qilish uchun yetarli bo‘lgan hajmda ixtisoslashtirilgan axborot tizimlari orqali sanoat yo‘sinida ishlatilmayotgan konlar va qattiq foydali qazilmalarning istiqbolli maydonlari to‘g‘risida geologik axborotni taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi va “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi bilan birgalikda — O‘zbekiston Respublikasi foydali qazilmalarining strategik muhim turlari ro‘yxatini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan konlar va istiqbolli maydonlar to‘g‘risidagi axborot investitsiya loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy asoslashini tuzish uchun yetarli bo‘lgan hajmda Vazirlar Mahkamasining qarori bo‘yicha potensial investorlarga taqdim etilishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda — geologiya-qidiruv ishlari faqat davlatning buyurtmasi bo‘yicha ular doirasida olib boriladigan asl, rangli, nodir metallar va “qumtosh” tipdagi uran konlarini aniqlash uchun istiqbolli bo‘lgan maydonlar ro‘yxatini, shuningdek mahsulot taqsimotiga oid bitimlar, qo‘shma korxonalar tashkil etish to‘g‘risidagi bitimlar shartlarida yoki boshqa shartlarda, foydali qazilmalarni keyinchalik chuqur qayta ishlashni nazarda tutgan holda, xorijiy va mamlakatimiz investorlari mablag‘lari hisobiga izlash va qidirish ishlari olib borish uchun maydonlar ro‘yxatini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gelogiya-qidiruv ishlarini olib borishga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, shuningdek qattiq foydali qazilmalar konlarini ularni chuqur qayta ishlashni nazarda tutadigan loyihalar doirasida ustun darajada sanoat yo‘sinida ishlatish ishlarini faollashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yillik asosida “O‘zbekistonning qattiq foydali qazilmalar investitsiya salohiyati” xalqaro konferensiyalar tashkil etilishi va o‘tkazilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi gelogiya-qidiruv ishlari yillik dasturlarini va ularni moliyalashtirish manbalarini shakllantirishda 2009-yildan boshlab ko‘rsatib o‘tilgan xalqaro konferensiyani o‘tkazish xarajatlarini budjet mablag‘lari hisobiga qoplashga mablag‘larni nazarda tutsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi markaziy apparat xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida 4 shtat birligidan iborat xorijiy investitsiyalarni jalb etish va investorlar bilan ish olib borish bo‘linmasi tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 25-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
142-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 25-iyundagi 142-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qattiq foydali qazilmalar konlarini xatlovdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom qattiq foydali qazilmalar konlarini xatlovdan o‘tkazishning asosiy maqsadlari va vazifalarini, sanoat jihatidan o‘zlashtirishga jalb etilgan qattiq foydali qazilmalar konlarini ishlatish samaradorligini baholash uchun zarur va yetarli bo‘lgan ma’lumotlar tarkibini, foydalanilmayotgan konlar joylashgan maydonlarning holatini, O‘zbekiston Respublikasi hududida qattiq foydali qazilmalar konlarini xatlovdan o‘tkazish mexanizmini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Xatlovni o‘tkazish ishlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni Qattiq foydali qazilmalar konlarini xatlovdan o‘tkazishni muvofiqlashtirish komissiyasi (keyingi o‘rinlarda “Komissiya” deb yuritiladi) amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasida va viloyatlar bo‘yicha qattiq foydali qazilmalar konlarini (oltin va uran konlaridan tashqari) xatlovdan o‘tkazish jadvalini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududlar bo‘yicha qattiq foydali qazilmalar konlari dala tadqiqotlari bo‘yicha ishchi guruhlarning shaxsiy tarkibini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qattiq foydali qazilmalar konlarini xatlovdan o‘tkazishning borishini nazorat qilish va uning natijalarini tizimli asosda ko‘rib chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zaruriyat bo‘lganda qattiq foydali qazilmalar konlarini xatlovdan o‘tkazishga vazirliklar va idoralarning yuqori malakali mutaxassislarini, mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillarini jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zaxiralari yer osti boyliklari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda “Davlat geologiya qo‘mitasi” deb yuritiladi) balansiga berilayotgan qattiq foydali qazilmalar konlari ro‘yxatini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydali qazilmalarni noqonuniy qazib olish holatlari aniqlangan taqdirda sanoat jihatidan o‘zlashtirishga jalb etilmagan konlarda kavlab olingan foydali qazilmalar hajmining O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan instrumental o‘lchanishi to‘g‘risida qaror chiqarish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Xatlovning maqsadlari va asosiy vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar qattiq foydali qazilmalar konlarini xatlovdan o‘tkazishning maqsadlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlariga, shuningdek potensial investorlarga sanoat yo‘sinida ishlatilmayotgan obyektlar bo‘yicha yer osti boyliklari uchastkalari to‘g‘risida geologik axborotni va boshqa axborotni belgilangan tartibda tezkor taqdim etish maqsadida foydalaniladigan GIS-texnologiyalar asosida qattiq foydali qazilmalar konlari bo‘yicha ma’lumotlarning yagona elektron bazasini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qattiq foydali qazilmalar konlari bo‘yicha ma’lumotlarning yagona bazasini hisobga olgan holda Foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansiga va Konlar, foydali qazilmalar va texnogen mineral xosilalar namoyon bo‘lishi davlat kadastriga zarur qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilangan maqsadlardan kelib chiqib quyidagilar xatlovning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoat yo‘sinida ishlatilayotgan qattiq foydali qazilmalar konlari hamda foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer osti boyliklarining tegishli uchastkalaridan foydalanish huquqi berilgan yuridik shaxslar ro‘yxatini aniqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
noruda foydali qazilmalarning amalda kavlab olingan hajmining (marksheyderlik hisobotlari ma’lumotlari bo‘yicha) yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar tomonidan Davlat geologiya qo‘mitasi huzuridagi Davlat geologiya fondiga taqdim etiladigan ma’lumotlarga muvofiqligini aniqlash (“5-GR” shakl);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoat jihatidan o‘zlashtirishga jalb etilmagan konlarning holatini baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoat jihatidan o‘zlashtirishga jalb etilmagan noruda foydali qazilmalar konlarida noqonuniy kavlash holatlarini aniqlash va Komissiyaga kavlab olingan foydali qazilmalar hajmini Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan instrumental o‘lchash o‘tkazilishi to‘g‘risida takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydali qazilmalar zaxiralarini hisobdan chiqarishning maqsadga muvofiqligining yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini ishlab chiqish zarurligi to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun ishlatilmayotgan umumiy tarqalgan foydali qazilmalar konlari bo‘yicha foydali qazilmalar joylashgan maydonlar yer uchastkalarining o‘zlashtirilishi darajasini aniqlash (imorat qurilganligi, qishloq xo‘jaligi ekinlari mavjudligi va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xatlov natijalari bo‘yicha sanoat yo‘sinida ishlatilmayotgan konlar, shuningdek foydalanish paytida kon munosabatlari sohasida maxsus vakolatli davlat organlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan aniqlangan yer osti boyliklari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan, shu jumladan foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarda belgilangan yer osti boyliklaridan foydalanish shartlari buzilgan konlar bo‘yicha zaxiralarni Davlat geologiya qo‘mitasi balansiga berish haqidagi takliflarni tayyorlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Xatlovni o‘tkazish mexanizmi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qattiq foydali qazilmalar konlarini xatlovdan o‘tkazish ikki davrda amalga oshiriladi: tayyorgarlik (kameral) va dala sharoitida o‘tkazish davrlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tayyorgarlik (kameral) davrida Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida va viloyatlar bo‘yicha qattiq foydali qazilmalarning barcha konlari bo‘yicha zarur ma’lumotlarni to‘plash, tizimlashtirish va umumlashtirish amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Xatlovni dala sharoitida o‘tkazish davrida barcha noruda foydali qazilmalar konlari maydonlarini, shuningdek sanoat yo‘sinida ishlatilmayotgan qattiq foydali qazilmalar konlari maydonlarini (oltin va uran konlaridan tashqari) tekshirish amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tayyorgarlik (kameral) davrida qattiq foydali qazilmalarning har bir koni bo‘yicha pasport tuziladi, u quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konning nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ma’muriy joylashuvi (viloyat, tuman);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jug‘rofiy joylashuvi (tog‘ tizimining, tog‘larning va shu kabilarning nomi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kon maydonining burchakli nuqtalari koordinatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maydoni konning 1:50000 yoki undan yirik masshtabda ko‘rsatilgan holdagi topografik asosi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydali qazilmaning turi, konni kavlab olish usuli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kon razvedka qilingan davr;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
razvedkani amalga oshirgan, zaxiralarni hisoblab chiqqan va ularni tasdiqlashga taqdim etgan tashkilot to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydali qazilmalar zaxiralarining davlat balansi ma’lumotlariga muvofiq kon (sanoat yo‘sinida ishlatilayotgan, zaxira tarzida qidirib topilgan, sanoat yo‘sinida ishlatilmayotgan) mansub bo‘lgan razryad;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tasdiqlangan zaxiralar miqdori (rudali foydali qazilmalar konlari bo‘yicha, shuningdek qo‘shimcha foydali qazilmalar va foydali komponentlar zaxiralari), zaxirani tasdiqlagan organ protokolining sanasi va tartib raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konning tajriba-sanoat yo‘sinida ishlatilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, uni amalga oshirish jarayonida kavlab olingan zaxiralar hajmi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer osti uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya olgan yuridik shaxsning nomi va uning rekvizitlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer osti uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyaning tartib raqami, seriyasi, uning berilgan sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer osti uchastkasidan foydalanish shartlari nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zaxiralarning xatlov o‘tkazilayotgan yilning 1-yanvaridagi holati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Noruda konlar maydonlarini, shuningdek sanoat yo‘sinida ishlatilmayotgan rudali foydali qazilmalar konlarini tekshirish maqsadida Komissiya qarori bilan “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat geologiya qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari vakillaridan hududlar bo‘yicha qattiq foydali qazilmalar konlarini dala sharoitida tekshirish bo‘yicha ishchi guruhlar (keyingi o‘rinlarda “ishchi guruh” deb ataladi) tuziladi.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarorda tekshirishni o‘tkazish davrida ishchi guruh hal etishi zarur bo‘lgan vazifalar, ishlarning hududlari, guruhning rahbari, xulosalarni taqdim etish muddatlari ko‘rsatiladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ishchi guruh dala sharoitida tekshirish jarayonida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) xatlovdan o‘tkazilayotgan barcha noruda foydali qazilmalar konlari va sanoat yo‘sinida ishlatilmayotgan rudali foydali qazilmalar konlari (oltin va uran konlaridan tashqari) bo‘yicha GPS global pozitsiyalash tizimlari asbob-uskunalari yordamida obyektning ikki-uchta koordinatlarini aniqlashi, shuningdek keyinchalik pozitsiyalarning joylariga (nomi ko‘rsatilgan holda tur yoki qoziqlarni) biriktirgan holda privyazka qilishni amalga oshirishi, ulardan raqamli fotokamera bilan (kamida 5 ta megapikselni hal etgan holda) kon maydonining eng xarakterli xususiyatlarining (relyefning alohida shakllari, mavjud imoratlar, karyerda yer osti suvlarining mavjudligi, chiqindilarning tarqoq holda saqlanishi va shu kabilar) kamida uchta suratini olishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) sanoat yo‘sinida ishlatilayotgan noruda foydali qazilmalar bo‘yicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer osti boyliklari uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyada belgilangan yer osti boyliklari uchastkasidan foydalanish shartlarining yer osti boyliklari uchastkasidan foydalanuvchi tomonidan bajarilishining to‘liqligini baholashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer osti boyliklaridan foydalanuvchida konni ochish va tayyorlash loyihasining belgilangan tartibda mavjudligini aniqlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer osti boyliklaridan foydalanuvchi tomonidan kavlab olingan foydali qazilmalar hajmlarining marksheyder o‘lchovlarini amalga oshirishning davriyligini aniqlashi, marksheyder o‘lchovlari ma’lumotlarini o‘rganishi va ularning Foydali qazilmalar zaxiralarining davlat balansi ma’lumotlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa chiqarishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
karyerni uning tubida yer osti suvlari mavjudligini aniqlash maqsadida tekshirishi, sabablarini aniqlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv obyektlarining qo‘riqlanadigan zonasi doirasida qum-shag‘alli materiallar kavlab olingan taqdirda qo‘riqlanadigan tabiiy hudud doirasida foydali qazilmalarni kavlab olishga ruxsatnomalar mavjudligini tekshirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
karyer xo‘jaligini va xodimlarni suv bilan ta’minlash uchun foydalaniladigan suv quduqlarining mavjudligini aniqlashi, suv olishning belgilangan limitiga yer osti boyliklaridan foydalanuvchi tomonidan rioya qilinishini, yer osti suvlari sathini o‘lchashlarning muntazamligini kimyoviy va bakterialogik tekshirishlarning o‘tkazilishini tekshirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnomalar mavjudligini, uning amal qilish muddatini aniqlashi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) sanoat yo‘sinida ishlatilmayotgan qattiq foydali qazilmalar konlari bo‘yicha (oltin va uran konlaridan tashqari):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektda foydali qazilmalarning noqonuniy kavlab olish amalga oshirilganligi yoki amalga oshirilmaganligini aniqlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar kon kavlangan qilingan bo‘lsa, kavlab olingan kon massasi, shu jumladan foydali qazilmalar hajmini baholashi hamda axborotni Davlat geologiya qo‘mitasiga tezkorlik bilan jo‘natishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydali qazilmalar zaxiralarining davlat balansida “Sanoat yo‘sinida ishlatilmagan konlar” yoki “Zaxira tarzida qidirib topilgan konlar” razryadiga kiritilgan konlarda foydali qazilmalarni noqonuniy kavlab olgan yuridik yoki jismoniy shaxsni imkoni boricha aniqlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydali qazilmalar joylashgan maydonda yer uchastkasining o‘zlashtirilganligi darajasini (uy-joylar, turli imoratlar, qishloq xo‘jaligi yerlari va shu kabilar mavjudligini) baholashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Dala sharoitida tekshirish natijalariga ko‘ra har bir kon bo‘yicha qisqacha ma’lumotnoma tuziladi, u ishchi guruhning barcha a’zolari tomonidan imzolanadi. Ma’lumotnomaga konning privyazkasi va kon maydonining eng xarakterli xususiyatlari fotosurati bo‘yicha ma’lumotlar qog‘oz va elektron manbalarda ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Xatlov materiallarini tayyorlash va Komissiyaga taqdim etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Qoraqalpog‘iston Respublikasida yoki viloyatlarda joylashgan konlarni dala sharoitida tekshirish tugallangach ishchi guruh tomonidan xulosa tuziladi, unda tekshirilgan har bir obyekt bo‘yicha yer osti boyliklari, tabiatni muhofaza qilish, suv va suvdan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishlari, shuningdek ushbu Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan barcha masalalar aks ettiriladi. Zaruriyat bo‘lganda, xulosaga konlarni dala sharoitida tekshirish natijalarini tavsiflovchi jadval ma’lumotlari ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Xulosada quyidagilar ham aks ettirilgan bo‘lishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoat yo‘sinida nooqilona ishlatilayotgan, ulardan foydalanish huquqi, tegishli asoslar ko‘rsatilgan holda, muddatidan oldin to‘xtatilishi mumkin bo‘lgan noruda foydali qazilmalar konlarining ro‘yxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zaruriyat bo‘lganda, sanoat yo‘sinida ishlatilmayotgan konlarda noqonuniy kavlab olingan foydali qazilmalar hajmlarini instrumental o‘lchashlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zaxiralarini Davlat geologiya qo‘mitasi balansiga berish tavsiya etilayotgan konlar ro‘yxati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Xulosa ishchi guruhning barcha a’zolari tomonidan imzolanadi. Ishchi guruhning xulosada bayon qilingan xulosalarga norozi bo‘lgan a’zolari o‘z fikrini yozma tarzda guruh raisiga taqdim etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Xulosa Qoraqalpog‘iston Respublikasida yoki tegishli viloyatlarda o‘tkazilgan qattiq foydali qazilmalar konlarini xatlovdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha yig‘ma xulosa tuzish uchun Davlat geologiya qo‘mitasiga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Davlat geologiya qo‘mitasi tekshirilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasida yoki viloyatlar bo‘yicha qattiq foydali qazilmalar konlarini xatlovdan o‘tkazish materiallarining umumlashtirilishiga qarab ularni Komissiyaga taqdim etadi, unda quyidagilar to‘g‘risidagi takliflar mavjud bo‘ladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar tomonidan foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer osti uchastkalaridan foydalanish huquqiga berilgan litsenziyalarda belgilangan shartlarga rioya qilinmagan taqdirda yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqini muddatidan oldin to‘xtatish hamda zaxiralarni belgilangan tartibda Davlat geologiya qo‘mitasi balansiga o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qattiq foydali qazilmalarning sanoat yo‘sinida ishlatilmayotgan konlari zaxiralarini belgilangan tartibda Davlat geologiya qo‘mitasi balansiga o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniq konlarda kavlab olingan foydali qazilmalar hajmlarini, shu jumladan kavlangan sanoat yo‘sinida ishlatilmayotgan obyektlarni instrumental o‘lchashlarning maqsadga muvofiqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kon joylashgan maydonda qurilmalar, qishloq xo‘jaligi yerlari mavjud bo‘lgan yoxud bu maydonlardan boshqa maqsadlarda foydalanilayotgan konlar bo‘yicha keng tarqalgan foydali qazilmalar zaxiralarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobdan chiqarish maqsadga muvofiqligining yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini ishlab chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Taqdim etilgan materiallar asosida Komissiya o‘z vakolatlari doirasida tegishli qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 25-iyundagi 142-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qattiq foydali qazilmalar konlarini xatlovdan o‘tkazishni muvofiqlashtirish komissiyasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI

Azimov R.S.‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, Komissiya raisi ‎
Xo‘jayev B.A.‎ —‎ Iqtisodiyot vaziri, Komissiya raisining o‘rinbosari ‎
Mavlyanov N.G.‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi, Komissiya raisining o‘rinbosari ‎
Roziqov O.T.‎ —‎ Vazirlar Mahkamasining Mashinasozlik, metallurgiya, geologiya, mineral xomashyo qazib olish va qayta ishlashni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti shu’ba mudiri ‎

‎‎Komissiya a’zolari:

Abduazizov A.A.‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mi�asi raisi ‎
Guskova T.N.‎ —‎ Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari ‎
Alixanov B.B.‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi‎
Kanyazov E.S.‎ —‎ Adliya vazirining o‘rinbosari‎
To‘laganov Sh.A.‎ —‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining o‘rinbosari ‎
G‘ulomov B.V. —‎ “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 26-27-son, 252-modda; 2010-y., 51-son, 486-modda; 2016-y., 52-son, 602-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)