27.05.2008 yildagi 112-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 27.05.2008 yildagi 112-son
Date of entry into force
27.05.2008
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADVOKATLAR PALATASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida advokatura institutini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 1-maydagi PF-3993-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda Oʻzbekiston Advokatlar assotsiatsiyasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi barcha advokatlarining majburiy aʼzoligiga asoslangan Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi tashkil etilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining ilova qilinayotgan tashkiliy tuzilmasiga muvofiq Konferensiya Palataning yuqori organi, Boshqaruv — ijro etuvchi organi, Taftish komissiyasi esa moliyaviy nazorat organi hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining raisi va uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining taqdimnomasiga koʻra Konferensiya saylagan Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi Boshqaruvi aʼzolari orasidan besh yil muddatga Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi Konferensiyasi tomonidan saylanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar asosida faoliyat koʻrsatadigan Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari tashkil etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalarining rahbarlari (tegishli hududda faoliyat koʻrsatayotgan advokatlar orasidan) Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Advokatlar assotsiatsiyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining taʼsis Konferensiyasini oʻtkazsin, unda ustav tasdiqlanishini, Boshqaruv va Taftish komissiyasi shakllantirilishini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining raisi va uning oʻrinbosarlari saylanishini nazarda tutsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokatlarning Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi Konferensiyasi tomonidan belgilanadigan miqdordagi kirish va aʼzolik badallari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlardan faqat Palataning ustavdagi faoliyatini amalga oshirish uchun foydalaniladi hamda ular Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi aʼzolari oʻrtasida taqsimlanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining joylashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalarining joylashtirilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasini zarur aloqa vositalari, shu jumladan Hukumat aloqasi vositalari bilan taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 27-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
112-son

Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 27-maydagi 112-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining tashkiliy tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 22-23-son, 201-modda)