Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.02.2025 26.05.2008 yildagi 110-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 26.05.2008 yildagi 110-son
Date of entry into force
26.05.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.02.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiylik va homiylik organiga ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish shakllari bo‘yicha ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2025-yil 1-fevraldan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarning manfaatlarini har tomonlama ta’minlash, voyaga yetmagan bolalarning huquqlarini himoya qilishga doir qonun hujjatlarini takomillashtirish maqsadida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 16-apreldagi “Voyaga yetmagan shaxslarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-153-sonli Qonunining 5-moddasini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vasiylik va homiylik organiga ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish tartibi haqidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Respublika “Mahalla” xayriya jamg‘armasi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi hamda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda aholi o‘rtasida vasiylik va homiylik organiga ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish tartibining ushbu qaror bilan tasdiqlangan talablari haqida tushuntirish ishlari o‘tkazilishini tashkil etsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 26-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
110-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 26-maydagi 110-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiylik va homiylik organiga ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish tartibi haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom vasiylik va homiylik organiga ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bolalar amalda yashayotgan joydagi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hududiy bo‘limlari huzuridagi vasiylik va homiylik organiga (keyingi o‘rinlarda vasiylik va homiylik organi deb ataladi) taqdim etish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomga muvofiq ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar vasiylik va homiylik organlariga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ota-onasi vafot etganda yoki sud tomonidan vafot etgan deb e’lon qilinganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ota-onasi ota-onalik huquqlaridan mahrum bo‘lganda yoki ularning ota-onalik huquqlari cheklanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ota-onasi sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb e’tirof etilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ota-onasi ikki oydan ortiq kasal bo‘lib, oqibatda ota-onalik huquqini bajara olmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ota-onasi olti oydan ortiq bo‘lmaganda, bola ular tomonidan olti oydan ortiq muddatga qarindoshlarining yoki boshqa yaqin kishilarining vasiyligida yoki homiyligida va nazoratida qoldirilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ota-ona yashash joyida olti oydan kam muddatga vaqtincha bo‘lmaganda, basharti bola ular tomonidan qarindoshlarining yoki boshqa yaqin kishilarining vasiyligida yoki homiyligida va nazoratida qoldirilgan bo‘lib, agar bu bolaning manfaatlari uchun zarur bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ota-onasi bolalarni tarbiyalashdan yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan bosh tortganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ota-onasi bolalarini tarbiya muassasalaridan, davolash muassasalaridan, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalaridan va shunga o‘xshash muassasalardan olishni rad etganda taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ma’lumotlar, shuningdek ota-onasi noma’lum bo‘lgan yoxud ular sud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb e’tirof etilgan, ota-ona tarbiyasida bo‘lishi bolaning manfaatlariga zid bo‘lgan, ularning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirilgan, bolalar odam savdosi qurboni bo‘lgan hollarda, shuningdek ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan boshqa hollarda ham taqdim etiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 39-son, 490-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni aniqlash va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vasiylik va homiylik organi ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni aniqlaydi va ularning hisobini yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar vasiylik va homiylik organiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolaning qarindoshlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari raislari;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) organlarining mansabdor shaxslari (fuqarolarning o‘limini ro‘yxatdan o‘tkazishda ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar mavjudligi ma’lum bo‘lganda, shuningdek boshqa hollarda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudlar (fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb e’tirof etish to‘g‘risida, uni vafot etgan deb e’lon qilish to‘g‘risida qarorlar chiqarilganda, qaramog‘ida voyaga yetmagan bolalar mavjud bo‘lgan shaxslarni qamoqqa olishda yoki ozodlikdan mahrum etishda, shuningdek bolalar ota-onasining qarovisiz qolgan boshqa hollarda);
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muassasalar (maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim muassasalari, davolash muassasalari, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalari va boshqa muassasalar), jamoat birlashmalarining mansabdor shaxslari;
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalarning ota-onasining qarovisiz qolganligi to‘g‘risida ularga ma’lum bo‘lgan fuqarolar tomonidan taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Bolalar ota-onasining qarovisiz qolganligining sabablari har bir ota-onaga nisbatan yakka tartibda aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vasiylik va homiylik organiga ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar, shuningdek ota-onasi olti oydan ortiq bo‘lmagan hamda ularning tarbiyasi va ta’minotida qatnashmayotgan, ota-onaning e’tibori va g‘amxo‘rligi namoyon bo‘lmayotgan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Bolalarning ota-onasining qarovisiz qolishi holati fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan “Mahalla posboni” jamoat tuzilmasi a’zolarining, shuningdek yaqin atrofdagi uylarda yashaydigan fuqarolarning xabariga ko‘ra aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar aniqlangan taqdirda har bir bolaga nisbatan alohida dalolatnoma tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dalolatnoma ikki qo‘shni ishtirokida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi vakili tomonidan tuziladi. Dalolatnoma fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisi tomonidan imzolanadi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida tuziladigan dalolatnoma namunasi belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisi ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar aniqlangan kundan boshlab yetti kun mobaynida vasiylik va homiylik organiga ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar aniqlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni dalolatnomani ilova qilgan holda ma’lum qiladi.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisi ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar aniqlangandan keyin tegishli qaror qabul qilingunga qadar, bolalarning ota-onalarini yoki bolaning oilasi bilan do‘stona aloqalarda bo‘lgan shaxslarni, bolalarni ushbu oilalarga vaqtincha joylashtirish uchun bolalarni zarur tarzda parvarish qilish to‘g‘risida ulardan tilxat olgan holda, aniqlash chora-tadbirlarini ko‘radi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ichki ishlar organlarining mansabdor shaxslari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — profilaktika inspektorlari, Toshkent shahrida esa — voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlikning profilaktikasi inspektorlari) ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni aniqlashda va ularni voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam berish markazlariga vaqtincha joylashtirishda, joylashtirish shakli aniqlanganda esa — bolalarga ular boradigan punktgacha hamrohlik qilishda vasiylik va homiylik organlariga yordam beradilar.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1008-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1008/0454-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar aniqlanganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma tuman (hududida ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar aniqlangan shahar) ichki ishlar organining mansabdor shaxsi tomonidan tuziladi va uning boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar organlari tomonidan tuziladigan dalolatnoma namunasi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar ularning shaxsi aniqlangunga va zarur hujjatlar rasmiylashtirilgunga qadar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vaqtincha voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga qabul qilinadi hamda yetti kun mobaynida tegishli ma’lumotlar ichki ishlar organlari tomonidan bolalar yashaydigan hududdagi tuman (shahar) vasiylik va homiylik organiga taqdim etiladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 490-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.08.2021-y., 09/21/490/0753-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Qaramog‘ida voyaga yetmagan bolalar bo‘lgan shaxslarga nisbatan sudlar tomonidan ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risida, fuqaroni huquqiy muomalaga layoqatsiz deb e’tirof etish, qamoqqa olish shaklida oldini olish chorasini qo‘llash, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda hamda ko‘rib chiqiladigan boshqa holatlarda ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yetti kun mobaynida sudning qarori yuborilgan holda vasiylik va homiylik organlariga ma’lum qilinadi. Sudning qaroriga sudning qarori qonuniy kuchga kirganligi to‘g‘risidagi imzo va sudning muhri bilan tasdiqlangan ma’lumotnoma ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, umumta’lim muassasalarida ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar aniqlangan taqdirda ushbu muassasalar rahbarlari dalolatnoma tuzishlari shart. Dalolatnomaga bolaga tegishli ushbu muassasadagi mavjud hujjatlar ilova qilinadi va yetti kun mobaynida bolaning yashash joyidagi tuman (shahar) vasiylik va homiylik organiga taqdim etiladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Bolaning sog‘liqni saqlash muassasalarida (kasalxonalar va tug‘ruqxonalarda) qoldirilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma, agar ona bolani qoldirib ketgan va ona to‘g‘risida zarur ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan taqdirda (pasport, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma va hokazolar taqdim etilmaganda) tuziladi. Dalolatnoma sog‘liqni saqlash muassasasining mansabdor shaxslari tomonidan tuziladi va ushbu muassasa rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sog‘liqni saqlash muassasalarida tuziladigan dalolatnoma namunasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Sog‘liqni saqlash muassasalarida bola qoldirib ketilganligi to‘g‘risida tuzilgan dalolatnoma yetti kun mobaynida sog‘liqni saqlash muassasasi joylashgan joydagi vasiylik va homiylik organiga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Agar o‘limni ro‘yxatdan o‘tkazishda yoki vafot etgan deb e’lon qilishda ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar mavjudligi ma’lum bo‘lib qolsa, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) organlari mudirlari yetti kun mobaynida ushbu ma’lumotlarni vasiylik va homiylik hududiy organiga taqdim etadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Tegishli ma’lumotlarni olgandan keyin vasiylik va homiylik organlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq ish ko‘radi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 39-son, 490-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etmaganlik yoki qasddan yolg‘on ma’lumotlar taqdim etganlik uchun mansabdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 22-23-son, 200-modda; 2010-y., 48-son, 446-modda; 2014-y., 39-son, 490-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1008/0454-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son, 04.08.2021-y., 09/21/490/0753-son; 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)