Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BAʼZI HUJJATLARIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh, ShUNINGDEK AYRIMLARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2008-yil 9-apreldagi PQ-834-sonli qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 22-may,
PF-3996-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 22-maydagi PF-3996-son Farmoniga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 5-oktabrdagi PF-3665-sonli Farmonining ilovasidagi “R.V. Abduqodirov — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati rahbari” soʻzlari “S.X. Bekenov — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-yanvardagi PF-5306-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 22-maydagi PF-3996-son Farmoniga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan ayrim hujjatlari roʻyxati
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2007-yil 21-sentabrdagi R-2836-sonli farmoyishi 2-ilovasining 2-bandi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2008-yil 9-yanvardagi PQ-770-sonli qarori 1-bandining ikkinchi xatboshisi va uning 1-ilovasi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 20-21-son, 170-modda)