Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.07.2018 25.08.2006 yildagi PQ-451-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 25.08.2006 yildagi PQ-451-son
Date of entry into force
25.08.2006
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.07.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MILLIY GʻOYa TARGʻIBOTI VA MAʼNAVIY-MAʼRIFIY IShLAR SAMARADORLIGINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyuldagi PQ-3160-sonli “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga koʻtarish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vatanimiz mustaqilligining maʼnaviy asoslarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimiz, anʼana va urf-odatlarimizni asrab-avaylash xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga ona yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat tuygʻularini chuqur singdirish masalasi bugungi kunda tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bu borada tegishli idora va tashkilotlar, jumladan, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi hamda uning joylardagi boʻlimlari tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilayotganini qayd etish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, xalqaro maydonda mafkuraviy, gʻoyaviy va informatsion kurashlar kuchayib borayotgan hozirgi murakkab va tahlikali davrda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish, yoshlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, yurtdoshlarimizning hayotga ongli munosabatini shakllantirish, yon-atrofda yuz berayotgan voqealarga daxldorlik hissini oshirish, mamlakatimiz mustaqilligi, tinch-osoyishta hayotimizga xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan tajovuzlarga qarshi izchil kurash olib borish vazifasi ushbu sohadagi ishlarni, jumladan, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining faoliyati va tarkibiy tuzilishini qayta koʻrib chiqishni taqozo etmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatimizda milliy gʻoya targʻiboti va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning samaradorligini, ularning hayotiyligi va taʼsirchanligini yanada oshirish maqsadida hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining navbatdagi yigʻilishida bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashiga raislik qilish, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimlariga esa hududiy kengashlarga rahbarlik qilish vazifasi yuklatilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-maydagi PQ-2981-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 21-son, 385-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining tarkibiy tuzilishi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi huzuridagi Milliy mafkura ilmiy targʻibot markazi oʻrniga Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining ilmiy-amaliy yoʻnalishida faoliyat olib boradigan, davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazining asosiy vazifasi etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy gʻoya va mafkura masalasi bilan bogʻliq dolzarb masalalarni, bugungi murakkab mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash, ustuvor yoʻnalishlarni aniqlash, ularning aholi turlari qatlamlariga taʼsirini oʻrganish, milliy manfaatlarimizga, hayot tarzimizga zid boʻlgan zararli gʻoyalar va mafkuraviy xurujlarning mohiyatini ochib berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqimizning koʻp asrlik maʼnaviyati va milliy qadriyatlari, diniy qarashlari va hayotiy udumlariga, yoshlarimizning ongini zaharlab, maʼnaviy jihatdan qaram etishga qaratilgan mafkuraviy harakatlarga qarshi samarali kurash olib borish boʻyicha ilmiy-amaliy dasturlarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarimiz qalbida milliy tafakkur va sogʻlom dunyoqarash asoslarini mustahkamlash, ularning ongli yashashga, oʻz fikriga ega boʻlishga, turli maʼnaviy tajovuzlarga qarshi sobit tura olishga qodir boʻlgan, irodali, fidoyi va vatanparvar insonlar etib tarbiyalashga yoʻnaltirilgan amaliy tavsiyalar tayyorlash. Bu borada maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot ishlarining taʼsirchanligini taʼminlaydigan zamonaviy axborot texnologiyalari va mexanizmlarini, jamiyatimizning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishga qaratilgan samarali usul-uslublarni ishlab chiqish, davlat va jamoat tashkilotlari uchun tegishli tavsiya va takliflar tayyorlash masalasiga alohida eʼtibor qaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz faoliyati doirasida amalga oshirilgan ilmiy izlanishlar natijalarini, tahliliy materiallarning xulosalarini ommaviy axborot vositalari, jumladan, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining nashr organlari — “Tafakkur” va “Jahon adabiyoti” jurnallari, “Maʼnaviyat” nashriyoti orqali muntazam ravishda chop etib, keng jamoatchilikka yetkazish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining amaliy targʻibot yoʻnalishida faoliyat olib boriladigan Respublika Maʼnaviyat targʻibot markaziga aylantirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼnaviyatning maʼno-mohiyati, milliy maʼnaviyatimizning qadimiy ildizlari noyob va betakror namunalari, bugungi kundagi rivojlanish tamoyillari haqida aniq maqsadga qaratilgan targʻibot ishlarini muntazam ravishda olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining keng qatlamlari, avvalambor, yoshlar oʻrtasida Vatanga muhabbat va sadoqat, insonparvarlik fazilatlarini tarbiyalash milliy urf-odat, anʼana va qadriyatlarning hayotimizdagi oʻrni va ahamiyatini har tomonlama olib borishga yoʻnaltirilgan suhbat va uchrashuvlar, maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bugungi kunda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari, keng koʻlamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining ahamiyatini atroflicha sharhlash va tushuntirish, yurtimizga qarshi qaratilgan gʻoyaviy va informatsion xurujlar, ularning ortida turgan kuchlarning gʻarazli maqsadlarini fosh qilish, odamlarni hushyorlik va ogohlikka daʼvat etish, olimlar siyosatini va mutaxassislar, ijodkorlar, ziyolilar ishtirokida joylarda samarali targʻibot tizimini yoʻlga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ota-ona, oila, mahalla, tarixiy xotira, milliy gʻurur, komil inson tarbiyasi bilan bogʻliq tuygʻu va tushunchalarni yosh avlod qalbi va ongiga taʼsirchan usul va uslublar orqali singdirish, ajdodlarimizning bu boradagi merosini bugungi taraqqiyot talablari bilan uzviy holda rivojlantirish, targʻibot ishlarini milliy va umumbashariy qadriyatlar uygʻunligi asosida tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yurtdoshlarimizni muqaddas islom dini va falsafasi, aziz-avliyolarimizning ibratli hayoti, qutlugʻ qadamjolariga boshqa diniy konfesiyalariga nisbatan hurmat-ehtirom va bagʻrikenglik ruhida tarbiyalash, jamiyatimizda sogʻlom turmush tarzi, millatlararo totuvlik, oʻzaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash boʻyicha maʼnaviy-maʼrifiy dasturlarni amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi 15 kun muddatda Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi hamda Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazining dastur va nizomlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Toshkent shahar hokimligi Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi, Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi hamda “Tafakkur” jurnali tahririyatini Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5-uyga joylashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazini xizmat telefonlari, jumladan, hukumat telefoni, internet, boshqa aloqa va axborot vositalari bilan belgilangan tartibda taʼminlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Moliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi faoliyatini moliyalashtirish, uni zarur idoraviy jihozlar, kompyuter texnikasi va boshqa asbob-uskunalar bilan taʼminlash, markazning ilmiy-tadqiqot natijalari, dolzarb ijtimoiy-siyosiy mavzulardagi kitob, risola, dastur, qoʻllanma va boshqa matbaa mahsulotlarini nashr etish bilan bogʻliq xarajatlar uchun 2007-yildan boshlab davlat budjetidan mablagʻ ajratilishini koʻzda tutsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi uchun bitta yengil avtomobilga limit ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi Adliya vazirligiga hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yil 25-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-451-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 25-avgustdagi PQ-451-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining tarkibiy tuzilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-maydagi PQ-2981-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 21-son, 385-modda)