24.04.2008 yildagi PQ-843-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 24.04.2008 yildagi PQ-843-son
Date of entry into force
24.04.2008
Hujjat 23.02.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

BAHOLOVCHI TASHKILOTLAR FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH VA KOʻRSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATI UCHUN ULARNING MASʼULIYATINI OSHIRISH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayd etib oʻtilsinki, respublikada baholash faoliyatini amalga oshirish uchun zarur qonuniy-huquqiy baza shakllantirilgan, uni faol rivojlantirish uchun iqtisodiy ragʻbatlantirish vositalari yaratilgan, litsenziyalar berish tartibi sezilarli darajada soddalashtirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayni vaqtda baholovchi tashkilotlarning amaliy faoliyati oʻsib borayotgan zamonaviy talablarni qoniqtirmayapti. Baholash ishlari bir qator hollarda yuzaki va past professional darajada oʻtkazilmoqda, xususiylashtiriladigan obyektlarning haqiqiy qiymati va koʻrsatiladigan xizmatlarning sifati xolisona baholanishi uchun baholovchi tashkilotlarning zarur darajadagi masʼuliyati taʼminlab berilmayapti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Baholash faoliyati toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq va mustaqil baholash tizimini yanada rivojlantirish, baholash xizmatlarining professional saviyasi hamda sifatini oshirish, baholovchi tashkilotlar faoliyatini tartibga solishning samarali usullarini tatbiq etish, baholash ishlarining natijalari va xolisligi boʻyicha ularning masʼuliyatini kuchaytirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan baholovchi tashkilotlar faoliyatini taʼminlash sohasida, eng avvalo, baholash ishlarini tartibga soluvchi standartlar va boshqa meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish hamda tatbiq etish, bajarilayotgan baholash ishlarining xolisligi va sifati ustidan nazorat oʻrnatish masalalarida olib borilayotgan ishlar qoniqarsiz deb topilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, 2008-yilning 1-iyulidan baholash faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilarni:

qimmatbaho qogʻozlar, ulushlar, intellektual mulk obyektlari va boshqa nomoddiy aktivlardan tashqari koʻchar mol-mulkni baholovchi tashkilotlar — eng kam oylik ish haqining kamida 1500 barobariga teng miqdorda ustav kapitaliga, shuningdek shtatida kamida ikkita baholovchiga ega boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulkiy kompleks sifatidagi korxonadan tashqari koʻchmas mulkni baholovchi tashkilotlar — eng kam oylik ish haqining kamida 2000 barobariga teng miqdorda ustav kapitaliga, shuningdek shtatida kamida uchta baholovchiga ega boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
biznesni (mulkiy kompleks sifatidagi korxonani, barcha turdagi moddiy va nomoddiy aktivlarni) baholovchi tashkilotlar — eng kam oylik ish haqining kamida 2500 barobariga teng miqdorda ustav kapitaliga, shuningdek shtatida kamida toʻrtta baholovchiga ega boʻlishi shartligi belgilab qoʻyilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Baholovchi tashkilotlar va baholovchilar toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amalda faoliyat yurituvchi baholovchi tashkilotlar 2008-yilning 1-sentabrigacha boʻlgan muddatda Baholovchi tashkilotlar va baholovchilar toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan ustav kapitali miqdorlari toʻldirilishi hamda faoliyatni tashkil etish va litsenziya shartlari boʻyicha majburiy talablar bajarilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yilning 1-sentabrigacha Baholovchi tashkilotlar va baholovchilar toʻgʻrisidagi Nizomning talab va shartlariga toʻliq javob beruvchi amaldagi baholovchi tashkilotlarni belgilangan tartibda qaytadan roʻyxatga olsin va baholash faoliyatini amalga oshirish uchun ularga yangi nusxadagi litsenziyalar bersin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda 2008-yilning 1-sentabridan boshlab Baholovchi tashkilotlar va baholovchilar toʻgʻrisidagi nizomning talab va shartlariga javob bermaydigan baholovchi tashkilotlar faoliyatini belgilangan tartibda toʻxtatish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda sud organlari soʻrovnomalariga koʻra bahsli vaziyatlarda baholanuvchi obyektlarni baholash materiallarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasi tashkil etilishini nazarda tutgan holda, baholash toʻgʻrisidagi hisobotlar haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholovchining malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini oʻtkazishda ochiqlik va xolislikni taʼminlovchi tartib-qoidalarni takomillashtirish chora-tadbirlarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirlik va idoralarning meʼyoriy hujjatlari mazkur qaror talablariga mos ravishda muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 24-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-843-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-apreldagi PQ-843-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Baholovchi tashkilotlar va baholovchilar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”, “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda baholash faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning (keyingi oʻrinlarda baholovchi tashkilotlar deb ataladi) maqomi, vazifalari, huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Baholash faoliyati deyilganda baholovchi tashkilotning baholash obyekti qiymatini belgilashga yoʻnaltirilgan faoliyati tushuniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Baholovchi tashkilot baholash faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga ega boʻlgan yuridik shaxs hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Baholovchi tashkilot oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻlishga haqli.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-fevraldagi PF-5668-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Baholovchining malaka sertifikatiga ega boʻlgan jismoniy shaxs baholovchi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar baholovchi baholovchi tashkilotning shtatida tursa yoki baholovchi tashkilot u bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzgan boʻlsa, u baholovchi tashkilot tomonidan baholashni oʻtkazishga jalb etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Baholovchi tashkilot oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ hujjatlarga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etilgan davlat unitar korxonalari va muassasalari baholash faoliyatini, agar baholash faoliyatini amalga oshirish ularni tashkil etish toʻgʻrisidagi hujjatlarda nazarda tutilgan boʻlsa, tegishli litsenziya olmasdan amalga oshirishga haqlidir. Ushbu qoida koʻrsatib oʻtilgan korxonalar va muassasalarni litsenziya talablari va shartlarini, shuningdek faoliyatning litsenziyalanayotgan turlarini litsenziyalash bilan bogʻliq boʻlgan, qonun hujjatlariga muvofiq qoʻyiladigan boshqa talablarni bajarishdan ozod qilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Baholovchi tashkilotlarning asosiy vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar baholovchi tashkilotlarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholash obyekti qiymatini qonun hujjatlariga muvofiq belgilash;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholovchilar tomonidan baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish va ularning kasbiy saviyasini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Baholovchi tashkilotlarning huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Baholovchi tashkilotlar quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholash metodlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil qoʻllash;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektni baholashni amalga oshirishda buyurtmachidan hujjatlardan foydalanishning taʼminlanishini talab qilish, ushbu baholash uchun zarur boʻlgan tushuntirishlar va qoʻshimcha maʼlumotlar olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi shaxslardan obyektni baholash uchun zarur boʻlgan axborotni soʻrab olish. Koʻrsatib oʻtilgan axborotni berishning rad etilishi baholashning haqqoniyligiga jiddiy taʼsir qilgan taqdirda baholovchi buni baholash toʻgʻrisidagi hisobotda koʻrsatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholashni amalga oshirishda qatnashish uchun baholovchilarni va boshqa mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachi tomonidan shartnoma shartlari buzilgan, baholash obyekti toʻgʻrisidagi zarur axborotning taqdim etilishi yoxud shartnomaga muvofiq ish sharoitlari taʼminlanmagan hollarda baholashni amalga oshirishni rad etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholovchilarning professional birlashmalariga aʼzo boʻlish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholash faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan professional xizmatlarning quyidagi turlarini koʻrsatish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholash toʻgʻrisidagi hisobotning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va tahlil qilish, biznes-rejalar tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholash jarayonini avtomatlashtirish va axborot texnologiyalarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholash faoliyati sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish va ularning natijalarini ommalashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Baholovchi tashkilotlar tomonidan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan xizmatlar koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Baholovchi tashkilotlar qonun hujjatlariga va baholash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Baholovchi tashkilotlar quyidagilarga majbur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholash faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablariga va qonun hujjatlarida belgilangan shartlarga rioya qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholash ishlarini amalga oshirish uchun shartnoma tuzishdan oldin buyurtmachi talabiga koʻra baholash faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyani, baholovchi (baholovchilar)ning malaka sertifikatini koʻrsatish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan xolisona baholashga toʻsqinlik qiladigan vaziyatlar vujudga kelganligi oqibatida oʻzining baholashni amalga oshirishda qatnasha olmasligi toʻgʻrisida buyurtmachiga xabar qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachining soʻroviga koʻra baholash faoliyatini reglamentlovchi qonun hujjatlari talablari toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholash davomida olinadigan hujjatlarning saqlanishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mol-mulkni baholash jarayonida aniqlangan uning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari tomonidan zarar yetkazilishi, shuningdek qonunchilikning buzilishi holatlari toʻgʻrisida mulkdorga va (yoki) buyurtmachiga xabar qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalga oshirilgan baholash ishlarining natijalari boʻyicha baholash toʻgʻrisidagi hisobotlar nusxalarining baholash tashkilotida uch yil mobaynida saqlanishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholash davomida buyurtmachidan olingan axborotning oshkor qilinmasligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholovchilarning har yili malaka oshirish kursidan oʻtishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholovchilarning professional birlashmalari soʻroviga koʻra baholovchi tashkilotlar reytingini baholash uchun axborot taqdim etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Baholovchi tashkilotlar qonun hujjatlariga va baholash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Baholovchilar nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻtkaziladigan tekshirishlarda va boshqa tadbirlarda faqat baholovchi tashkilotlar bilan nazorat organlari yoki huquqni muhofaza qilish organlari oʻrtasida tuzilgan shartnomalar asosidagina mutaxassislar sifatida qatnashishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Baholovchiga nisbatan qoʻyiladigan malaka talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Baholovchining malaka sertifikati jismoniy shaxsga, agar u baholovchi tashkilot shtatida tursa yoki agar baholovchi tashkilot tomonidan u bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzilgan boʻlsa, baholashni amalga oshirish huquqini beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Baholovchining malaka sertifikati talabgor tomonidan malaka imtihoni muvaffaqiyatli topshirilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan beriladi. Malaka imtihonini tashkil etish, oʻtkazish va uning natijalarini rasmiylashtirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Baholovchining malaka sertifikatini olishga talabgor quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) oliy iqtisodiy, yuridik yoki texnik maʼlumotga, baholovchi yoki baholovchining yordamchisi lavozimida soʻnggi besh yilda kamida bir yil ish stajiga ega boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoxud oliy maʼlumotga, soʻnggi besh yilda mol-mulkni baholashda baholovchi yoki baholovchining yordamchisi lavozimida kamida ikki yil ish stajiga ega boʻlishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda xorijiy davlatlarda olingan oliy maʼlumot yoki ilmiy daraja belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasidagi maʼlumotga ekvivalent deb eʼtirof etilgan taqdirda eʼtiborga olinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) baholovchilarning professional birlashmalari takliflari hisobga olingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan dastur boʻyicha baholovchilar tayyorlash markazlarida maxsus oʻquvdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi sertifikatning mavjudligi, oʻquv tugagan paytdan boshlab hujjatlar topshirilgungacha oʻtgan vaqt bir yildan oshmagan taqdirda.
(13-bandning “b” kichik bandi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Baholovchining xalqaro sertifikatiga ega boʻlgan talabgorlar baholovchilar tayyorlash markazlarida maxsus oʻquvdan oʻtmasdan malaka imtihoni topshirishga qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Baholovchining malaka sertifikati 5 yil muddatga beriladi va uning amal qilish muddati besh yillik muddatlarga uzaytirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Malaka sertifikatiga ega boʻlgan har bir baholovchi malaka sertifikati olingan yildan keyingi yildan boshlab har yili baholovchilarning professional birlashmalari takliflari hisobga olingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan malaka oshirish dasturlari boʻyicha kamida 40 soatlik malaka oshirish kurslaridan oʻtishi shart.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Malaka sertifikati berilganligi (malaka imtihonidan oʻtganlik) va malaka sertifikatining amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun talabgor (baholovchi) eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yigʻim toʻlaydi. Dublikatni qayta rasmiylashtirganlik va berganlik uchun eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida yigʻim toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga oʻtkaziladi va ulardan malaka imtihonlarini oʻtkazish hamda baholovchining malaka sertifikatlarini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Baholovchining malaka sertifikatiga ega boʻlmagan va baholovchining baholashni amalga oshirish bilan bogʻliq topshiriqlarini bajaradigan jismoniy shaxs, baholash hisobotini hamda baholashni amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa rasmiy hujjatlarni imzolash huquqisiz, baholovchining yordamchisi boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Baholovchi yordamchisining mehnat shartlari baholovchi tashkilot bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilgan mehnat shartnomasida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Baholovchining yordamchisi baholash vaqtida oʻzi olgan maxfiy maʼlumotlarning oshkor qilinmasligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Baholovchining yordamchisi sifatida ishlangan vaqt baholovchining malaka sertifikatini olish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Baholovchi tashkilotlar faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Baholovchi tashkilotlar oʻz faoliyatida mustaqildir va har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi va oʻz faoliyatini amalga oshirishi mumkin, ochiq aksiyadorlik tashkiloti bundan mustasno. Baholovchi (baholovchilar) faqat bitta baholovchi tashkilotning muassisi boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan baholash faoliyatini amalga oshirish, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Baholovchi tashkilotlar vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar hamda boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan tashkil etilishi mumkin emas, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Baholovchi tashkilotni baholovchining malaka sertifikatiga ega boʻlgan rahbar boshqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Quyidagilarni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatbaho qogʻozlar, ulushlar, intellektual mulk obyektlari va boshqa nomoddiy aktivlardan tashqari, koʻchar mulkni baholovchi tashkilotlar — eng kam oylik ish haqining kamida 1500 baravari miqdoridagi ustav kapitaliga va shtatida kamida ikki nafar baholovchiga ega boʻlishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulkiy kompleks sifatidagi korxonadan tashqari, koʻchmas mulkni baholovchi tashkilotlar — eng kam oylik ish haqining kamida 2000 baravari miqdoridagi ustav kapitaliga va shtatida kamida uch nafar baholovchiga ega boʻlishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
biznesni (mulkiy kompleks sifatidagi korxonani, barcha turdagi moddiy va nomoddiy aktivlarni) baholovchi tashkilotlar — eng kam oylik ish haqining kamida 2500 baravari miqdoridagi ustav kapitaliga va shtatida kamida toʻrt nafar baholovchiga ega boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, ustav kapitalining kamida 30 foizi pul mablagʻlari tarzida kiritilgan boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Baholovchi tashkilotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tadbirkorlik subyektlariga Davlat xizmatlari markazlari, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-yanvardagi PF-5302-sonli Farmoni tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Baholovchi tashkilotlar baholash faoliyatini oʻzining fuqarolik javobgarligining sugʻurta polisi majburiy ravishda mavjud boʻlgan taqdirda baholash xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Baholashni oʻtkazish natijalari baholash toʻgʻrisidagi hisobot bilan rasmiylashtiriladi. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotning har bir beti baholashni oʻtkazgan baholovchi (baholovchilar) tomonidan imzolanadi, baholovchi tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-fevraldagi PF-5668-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Baholash bir necha baholovchilar tomonidan oʻtkazilgan taqdirda baholash toʻgʻrisidagi hisobotda baholash haqida hisobot tayyorlash jarayonida ular bajargan ishlar koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Baholovchi tashkilotlar baholash ishlarini oʻtkazishga shtatdagi baholovchilarni mehnat shartnomasi (kontrakti) asosida jalb etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Baholovchi tashkilotlar baholash ishlarini oʻtkazishga baholovchi tashkilot tomonidan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzilgan boshqa baholovchi tashkilotlar, baholovchilar va mutaxassislarni ham jalb etishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Baholovchi tashkilotga nisbatan qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Quyidagilar baholash faoliyatini amalga oshirishdagi litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasining Mol-mulkni baholash milliy standartlari talablariga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya olishda ushbu Nizomda nazarda tutilgan miqdorda toʻliq shakllantirilgan ustav kapitalining mavjud boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik javobgarligi sugʻurta polisining mavjud boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faqat ushbu Nizomda belgilangan faoliyatning amalga oshirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholovchi tomonidan faqat bitta baholovchi tashkilotda faoliyatning amalga oshirilishi. Bunda baholovchi tomonidan boshqa baholovchi tashkilotdagi baholash faoliyati faqat u baholash faoliyatini amalga oshirgan baholovchi tashkilot bilan tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakti) yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma bekor qilingandan, tugallangandan yoki ularning muddati tugagandan keyin amalga oshirilishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholovchi tashkilotning shtatida ushbu Nizomda nazarda tutilgan baholovchilar sonining mavjud boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholashda olingan axborotlar maxfiyligining taʼminlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholashni oʻtkazish boʻyicha shartnomaviy majburiyatlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholovchi tashkilot rahbari lavozimiga faqat baholovchining tayinlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholash faoliyatini amalga oshirishda baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqillikni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholovchining malaka sertifikatiga ega boʻlgan shaxs (shaxslar) tomonidan baholash toʻgʻrisida haqqoniy hisobot tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholovchi tashkilotda oʻz baholovchilar ishi sifatini nazorat qilishning tasdiqlangan ichki qoidalari mavjud boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyalovchi organni baholovchining nomi va joylashgan joyi (pochta manzili)dagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab 10 kun muddatda xabardor qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir yilda bir marotaba Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasiga baholash faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi talabiga koʻra baholashni oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa axborotlarni belgilangan shakl boʻyicha taqdim etish.
(25-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Baholovchi tashkilot litsenziyasining amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va uni bekor qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Baholovchi tashkilot litsenziyasining amal qilishini belgilangan tartibda toʻxtatish uchun asos beradigan litsenziya talablari va shartlarini bir marta qoʻpol ravishda buzishga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholash toʻgʻrisida mulkdorga va (yoki) buyurtmachiga moddiy zarar yetkazilishiga sabab boʻlgan notoʻgʻri hisobot tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notoʻgʻri ekspert xulosasi tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholash ishlarini oʻtkazishda olingan maxfiy axborotni mulkdor yoki baholash buyurtmachisining ruxsatisiz oshkor qilish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;

baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda baholash faoliyatini amalga oshirishda mustaqillikni taʼminlamaslik;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan oʻtkaziladigan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini tekshirishlardan bosh tortish;
(27-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholash faoliyatini amalga oshirishda fuqarolik javobgarligi sugʻurta polisining mavjud emasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyatning ushbu Nizomda nazarda tutilmagan turlarini amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Baholovchilar malaka sertifikatlarining amal qilishini toʻxtatish va ularni bekor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Quyidagilar baholovchi malaka sertifikatining amal qilishini toʻxtatish uchun asos hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholovchining arizasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholash faoliyatini amalga oshirishda qonun hujjatlari talablarini muntazam yoki bir marta qoʻpol ravishda buzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholash davomida olingan maʼlumotlarni mulkdor yoki baholash buyurtmachisining ruxsatisiz baholovchi tomonidan uchinchi shaxslarga berish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliya-xoʻjalik munosabatlari sohasida muayyan lavozimni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilish tarzidagi jazoni nazarda tutuvchi qonuniy kuchga kirgan sud hukmi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga layoqati cheklangan deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi sud qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Baholovchi malaka sertifikatining amal qilishi uni toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sanadan boshlab toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Baholovchi tashkilot litsenziyasining amal qilishi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishlari uchun toʻxtatilgan taqdirda litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan boshlab baholovchi tashkilot litsenziyasining amal qilishi toʻxtatilishiga sababchi boʻlgan qonun buzilishlariga yoʻl qoʻygan rahbar va baholovchi malaka sertifikatlarining amal qilishi toʻxtatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Baholash faoliyatini amalga oshirishda baholovchi malaka sertifikatining amal qilishini belgilangan tartibda toʻxtatish uchun asos beradigan qonun hujjatlari talablarining bir marta qoʻpol ravishda buzilishiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda baholashni amalga oshirishda mustaqillikni taʼminlamaslik;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholash toʻgʻrisidagi hisobotni va ekspert xulosasini notoʻgʻri tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholash ishlarini oʻtkazishda olingan maxfiy axborotni mulkdor yoki baholash buyurtmachisining ruxsatisiz oshkor qilish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholovchining nazorat yoki huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan oʻtkaziladigan tekshirishlarda va boshqa tadbirlarda oʻzi shtatida turadigan yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzgan baholovchi tashkilotning tegishli ruxsatnomasisiz (buyrugʻisiz) mutaxassis sifatida qatnashishi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Baholovchining malaka sertifikati quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus vakolatli davlat organining malaka sertifikati berish toʻgʻrisidagi qarorining noqonuniyligi sud tomonidan eʼtirof etilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sertifikat qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Malaka sertifikatini bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror baholovchining malaka sertifikati berilgan sanadan boshlab amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Qonun hujjatlarini buzganlik uchun malaka sertifikatlari bekor qilingan yoki ularning amal qilishi toʻxtatilgan baholovchilar malaka sertifikatining amal qilishi toʻxtatilgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida malaka sertifikatini takroran olish uchun imtihonga qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Baholovchining malaka sertifikatini bekor qilish yoki uning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror asoslangan boʻlishi va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Maxsus vakolatli davlat organining baholovchi malaka sertifikatining amal qilishini toʻxtatish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Baholovchi tashkilotlar va baholovchilarning javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Baholovchi tashkilotlar baholash toʻgʻrisida notoʻgʻri hisobot tuzish oqibatida buyurtmachiga zarar yetkazganligi uchun uning oldida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Baholashni sifatli yoki zarur darajada oʻtkazmaganlik natijasida baholash ishlari buyurtmachisiga yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda baholovchi tashkilotdan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirib olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Baholovchi baholashni sifatsiz oʻtkazganlik, tijorat sirini oshkor qilganlik va baholovchi tashkilot uchun zarar keltirgan boshqa xatti-harakatlari natijasida yetkazilgan zarar uchun baholovchi tashkilot oldida qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IX. Baholash toʻgʻrisidagi hisobot maʼlumotlarining baholiligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Zarurat boʻlganda, baholovchi tashkilotning baholash toʻgʻrisidagi hisoboti haqqoniyligini tekshirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda baholash toʻgʻrisidagi mazkur hisobot shartnoma asosida boshqa baholovchi tashkilot tomonidan ekspertizadan oʻtkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspertizani oʻtkazgan baholovchi tashkilot baholash obyektining mavjud qiymatini baholash toʻgʻrisidagi mazkur hisobotning haqqoniyligi yuzasidan takroriy baholashni (oʻz baholashini) amalga oshirmasdan va oʻz xulosasini chiqarmasdan oʻzining xolisona mulohazasini bildiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu baholashni oʻtkazgan baholovchi tashkilotning mazkur baholovchi tashkilot tomonidan bajarilgan baholash toʻgʻrisidagi hisobotni ekspertizadan oʻtkazishga jalb etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotni ekspertizadan oʻtkazishning buyurtmachisi olingan xulosaga rozi boʻlmagan taqdirda ushbu bahs sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Baholash obyektlarini baholash boʻyicha materiallarni ekspertizadan oʻtkazish uchun bahsli vaziyatlarda sud organlarining soʻrovnomalariga koʻra, belgilangan tartibda ekspert komissiyasi tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Baholash toʻgʻrisidagi hisobotning va baholash toʻgʻrisidagi mazkur hisobot yuzasidan baholovchi tashkilot ekspertizasi xulosasining ishonchliligini aniqlash uchun baholash materiallarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasi xulosasi faqat sud soʻrovnomasiga koʻra, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qabul qilinadi. Baholash toʻgʻrisidagi hisobot sud tomonidan haqqoniy emas deb eʼtirof etilgan taqdirda sud baholash materiallarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasidan baholash obyekti qiymati toʻgʻrisidagi xulosani talab qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
X. Baholovchi tashkilotlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Baholovchi tashkilotlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har uch yilda koʻpi bilan bir marta oʻtkaziladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Baholovchi tashkilotlarni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 18-son, 145-modda; 2012-y., 40-son, 466-modda; 2013-y., 36-son, 477-modda; 2017-y., 22-son, 411-modda; 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 06/21/6261/0667-son, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)