Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 24.01.2008 yildagi PQ-785-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 24.01.2008 yildagi PQ-785-son
Date of entry into force
24.01.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

2008 YILDA PAXTA YETIShTIRIShNING PROGNOZ HAJMLARI VA GʻOʻZANI NAVLAR BOʻYIChA JOYLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika mintaqalarining tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, paxta tolasining sifati boʻyicha jahon standartlari va talablariga javob beradigan gʻoʻzaning tezpishar va serhosil seleksiya navlarini oqilona joylashtirish, shuningdek, 2008-yil hosili uchun paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarni maromiga yetkazilgan urugʻlik chigit bilan taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi bilan kelishilgan quyidagi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yilda 1-ilovaga* muvofiq paxta yetishtirishning prognoz hajmlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gʻoʻzaning rayonlashtirilgan va istiqbolli navlarini 2-ilovaga* muvofiq joylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil uchun gʻoʻzaning asosiy seleksiya navlarini istiqbolliligi va iqtisodiy ragʻbatlantirilishi boʻyicha 3-ilovaga* muvofiq guruhlarga ajratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chigitni 4-ilovaga* muvofiq plyonka ostiga ekish va xoʻjaliklarni polietilen plyonkalar bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1—4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 2008-yilda davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta tolasi hajmi uning amalda yetishtiriladigan hajmining 50 foizi miqdorida saqlab qolinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta yetishtirishning 1-ilovada koʻrsatilgan hajmlari 2008-yil hosili uchun paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar va tayyorlov tashkilotlari oʻrtasida kontraktatsiya shartnomalari tuzishda nazorat koʻrsatkichlari sifatida qaralsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, qishloq va suv xoʻjaligi vaziri, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va tumanlarning hokimlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tumanda ikkitadan ortiq boʻlmagan, xoʻjaliklarda esa bitta tavsiya etilgan gʻoʻza navi ekilishini hisobga olgan holda gʻoʻza navlarini joylashtirishning tasdiqlangan tartibiga rioya qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyanomalar boʻyicha har bir seleksiya navlari uchun gʻoʻzani parvarish qilish agrotexnikasiga qatʼiy amal qilinishi uchun shaxsan javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 20-fevralgacha urugʻlik paxtani tozalashni, 27-fevralgacha esa — ehtiyot zaxirasini hisobga olgan holda, urugʻlik chigit tayyorlashni tugallasin, shuningdek urugʻchilik korporatsiyalari va kompaniyalarini tuksizlantirilgan chigitlar bilan 5-ilovaga* muvofiq hajmlarda taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjaliklarga yuqori sifatli urugʻlik chigitning faqat dorilangan va sertifikatlar mavjud boʻlgan holda, seleksiya navlarini 50 foizdan kam boʻlmagan miqdordagi haqini oldindan toʻlash sharti bilan joylashtirishning tasdiqlangan tartibiga qatʼiy muvofiq ravishda berilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 5-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
urugʻlik chigit ekish uchun paxta ekadigan xoʻjaliklar roʻyxatini bir oy muddatda tanlov asosida belgilangan tartibda qayta koʻrib chiqsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gʻoʻzaning yangi navlarini sinashni faqat ilmiy-tadqiqot institutlarining eksperimental bazalarida, bazaviy xoʻjaliklarda, yangi navlarni oldindan koʻpaytirish xoʻjaliklari va davlat nav sinash uchastkalarida amalga oshirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar bilan paxtani qayta ishlash korxonalari oʻrtasida kontraktatsiya shartnomalarining oʻz vaqtida tuzilishi ustidan nazoratni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuzilgan shartnomalarga muvofiq mineral oʻgʻitlar, yoqilgʻi-moylash materiallari, polietilen plyonkalar va boshqa moddiy-texnika resurslarini paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarga haqini belgilangan tartibda toʻlash sharti bilan oʻz vaqtida yetkazib berish ishlarining muvofiqlashtirilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gʻoʻzani parvarish qilishda agrotexnika tadbirlarining sifatli oʻtkazilishini, moddiy resurslarni yetkazib berishda shartnoma majburiyatlariga amal qilinishini taʼminlamayotgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga nisbatan qattiq intizomiy javobgarlik choralari koʻrilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar, istisno tariqasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksi 2008-yilda chigit ekish uchun polietilen plyonka ishlab chiqaruvchi zavodlarga xomashyo (granulalar)ning jami hajmini sotishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Jizzax plastmassa” aksiyadorlik jamiyati va “Andijonpolietileni” qoʻshma korxonasi — tayyor polietilen plyonkalarni paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarga sotishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekish uchun moʻljallangan urugʻlik chigiti — tizim ichida harakatlanganda ham, shuningdek 2008-yil hosili uchun “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasining hududiy boʻlinmalari tomonidan sotilganda ham qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 24-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-785-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 1-son, 55-modda)