O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT PATENT IDORASI DIREKTORINING
BUYRUG‘I
SELEKSIYA YUTUG‘IGA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PATENTINING AMAL QILISHINI UZAYTIRISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 16-aprelda 1793-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 26-avgustdagi 24-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3553, 27.08.2024-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. “Seleksiya yutug‘iga O‘zbekiston Respublikasi patentining amal qilishini uzaytirish qoidalari” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Davlat patent idorasi direktori A. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 25-mart,
13-son
Davlat patent idorasi direktorining 2008-yil 25-martdagi 13-son buyrug‘i bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Seleksiya yutug‘iga O‘zbekiston Respublikasi patentining amal qilishini uzaytirish
QOIDALARI
Seleksiya yutug‘iga O‘zbekiston Respublikasi patentining amal qilishini uzaytirish qoidalari (keyingi o‘rinlarda Qoidalar deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining “Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”gi Qonuniga (keyingi o‘rinlarda Qonun deb yuritiladi) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2002-yil, 17-18-son, 127-modda) muvofiq o‘simlik navi va hayvon zotiga O‘zbekiston Respublikasi patentining amal qilishini uzaytirish tartibini belgilaydi.
1 §. Umumiy qoidalar
1. Qonunning 14-moddasiga muvofiq seleksiya yutug‘iga patentning amal qilish muddati seleksiya yutug‘i tegishli davlat reyestrida ro‘yxatga olingan sanadan e’tiboran yigirma yilga teng. Tok, yog‘ochbop, manzarali, mevali daraxtlar va o‘rmon daraxtlarining navlari, shu jumladan ularning payvandtaglari uchun bu muddat yigirma besh yilni tashkil etadi.
Patentning amal qilish muddati patent egasining iltimosnomasiga binoan ko‘pi bilan o‘n yilga uzaytirilishi mumkin.
2. Seleksiya yutug‘iga patentning amal qilishini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) patentning amal qilishi tugagunga qadar so‘nggi uch oy ichida yoki patentning amal qilishi tugagandan keyin olti oy ichida qo‘shimcha patent bojini to‘lash sharti bilan beriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
3. Seleksiya yutug‘iga patentning amal qilishini uzaytirish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorda patent boji to‘lanadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
4. Seleksiya yutug‘iga patentning (keyingi o‘rinlarda patent deb yuritiladi) amal qilishini uzaytirishga doir ishlarni yuritish mustaqil ravishda patent egasi tomonidan, vakolati qonunchilik hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan tasdiqlanadigan vakil yoki patent vakili orqali amalga oshiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
2 §. Iltimosnomani berish va ko‘rib chiqish
5. Patentning amal qilishini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma mazkur Qoidalarga ilovada keltirilgan shakl bo‘yicha taqdim etiladi.
Iltimosnoma patent egasi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Yuridik shaxs nomidan iltimosnoma lavozimi ko‘rsatilgan holda rahbar tomonidan imzolanadi. Imzo muhr bilan tasdiqlanadi.
6. Seleksiya yutug‘iga patentning amal qilishini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomaga patentning amal qilishini uzaytirish uchun belgilangan miqdorda patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Belgilangan miqdorda patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmaganida iltimosnomani ko‘rib chiqishga doir yuridik ahamiyatga ega harakatlar amalga oshirilmaydi.
7. Zaruriyat bo‘lganida iltimosnomaga vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma, shuningdek vorislik huquqi yoki merosga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
8. Iltimosnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlar Vazirlikka bevosita beriladi yoki pochta orqali yuboriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
9. Ishonchnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab o‘n besh kunlik muddat ichida barcha kerakli hujjatlarning mavjudligi va ularning ushbu Qoidalarning 1—8-bandlarida belgilangan talablarga mos kelishi tekshiriladi.
10. Ushbu Qoidalarning 5 — 7-bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan kerakli hujjatlar mavjud bo‘lmagan va/yoki noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan taqdirda, patent egasiga mavjud bo‘lmagan va/yoki tuzatilgan hujjatlarni so‘rovnoma jo‘natilgan sanadan boshlab uch oy ichida taqdim etish zarurligi to‘g‘risida so‘rovnoma yuboriladi. Bunda ishonchnomani ko‘rib chiqishning belgilangan muddatining o‘tishi yetishmayotgan yoki tuzatilgan hujjatlarning oxirgisi kelib tushgunga qadar to‘xtatib turiladi.
11. Taqdim etilgan hujjatlar mazkur Qoidalarning talablariga mos kelganida patentning amal qilishi uzaytiriladi.
Patentning amal qilishini uzaytirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli Davlat reyestriga kiritiladi va Vazirlikning rasmiy byulletenida e’lon qilinadi. Patent egasiga patentning amal qilishi uzaytirilganligi to‘g‘risidagi yozuvli “Patentga ilova” yuboriladi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
12. Taqdim etilgan hujjatlar mazkur Qoidalarning talablariga mos kelmaganida, shuningdek tuzatilgan yoki yetishmayotgan hujjatlar belgilangan muddatda taqdim etilmagan taqdirda Vazirlik patent egasiga iltimosnomani qanoatlantirish rad etilganligi to‘g‘risidagi rad etish asoslari ko‘rsatilgan bildirishnomani yuboradi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Seleksiya yutug‘iga O‘zbekiston Respublikasi patentining amal qilishini uzaytirish qoidalariga
ILOVA
ILOVA
| | | |
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta aloqasi), |
|
| |||
| |
— |
o‘simlik naviga | |
| | | | |
| |
— |
hayvon zotiga | |
| ________ - raqamli patentning amal qilishini uzaytirib berishingizni so‘rayman. | |||
Ilova qilinayotgan hujjatlar (keraklisi [X] bilan qayd etilsin): | |||
| |
— |
patentning amal qilishini uzaytirish uchun patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi | |
| | | hujjat; |
|
| |
— |
merosga bo‘lgan huquqni yoki vorislik huquqini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi; | |
| | | | |
| |
— |
ishlarni yuritish uchun ishonchnoma. | |
| | | | |
| | | Patent egasi |
_________________________________ |
| | | |
(lavozimi, F.I.O., imzo) |
| | | Sana ______________ | (M.O‘.) |
(ilova O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 16-son, 123-modda, 2011-y., 40-son, 421-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)