O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BA’ZI FARMONLARIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh, ShUNINGDEK AYRIMLARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-dekabrdagi PF-5286-sonli “Tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlar raqobatdoshligini ta’minlash va eksportini rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatida yangi unifikatsiyalangan Tovar nomenklaturasi (2007-yil versiyasi) qabul qilinganiga muvofiq:
Belgilansinki, ushbu o‘zgartishlar 2008-yilning 1-aprelidan kuchga kiradi.
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi farmonlari va ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 28-mart,
PF-3982-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-martdagi PF-3982-son Farmoniga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan farmonlari va ayrim qarorlari ro‘yxati
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pilla mahsuloti eksportini tartibga solish to‘g‘risida” 2000-yil 28-fevraldagi PF-2553-son Farmoni.
2. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi farmonlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 20-maydagi PF-3077-son Farmoni.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Teri, mo‘yna xomashyosi va qorako‘l eksportini tartibga solish to‘g‘risida” 1998-yil 25-avgustdagi PF-2068-son Farmonining 2-bandi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Rangli metallar parchalari va chiqindilari eksportini tartibga solish to‘g‘risida” 1999-yil 5-fevraldagi PF-2212-son Farmonining 1-bandidagi ikkinchi xatboshi va ilovasi.
5. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi farmonlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 2-avgustdagi PF-2677-son Farmonining 2-bandidagi uchinchi xatboshi va ilovasi.
6. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi farmonlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 18-iyuldagi PF-3625-son Farmoni ilovasining 2-bandi.
7. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi farmonlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-sentabrdagi PF-3661-son Farmoni ilovasining 4-bandi.
8. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim Farmon va qarorlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 14-sentabrdagi PF-3800-son Farmoni ilovasining 1-bandi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 14-15-son, 95-modda)