Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.05.2002 22.12.1995 yildagi 174-I-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 22.12.1995 yildagi 174-I-son
Date of entry into force
06.01.1996
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.05.2002
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ARXITEKTURA VA ShAHARSOZLIK TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 4-apreldagi 354-II-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini amalga kiritish toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandiga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I BOB. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining arxitektura va shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arxitektura va shaharsozlik sohasidagi munosabatlar ushbu Qonun va boshqa qonunlar bilan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasida arxitektura va shaharsozlik sohasidagi munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Arxitektura va shaharsozlik sohasidagi huquqiy munosabatlarning mavzui
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arxitektura va shaharsozlik sohasidagi huquqiy munosabatlarning mavzui:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholini joylashtirishni hududiy tashkil etish, ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish, shaharlar, aholi yashaydigan boshqa manzilgohlarni hamda ularning ijtimoiy, muhandislik va transport infrastrukturalarini atrof muhitning holatini hisobga olgan holda barqaror rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi punktlarini, ularning tizimlari, funksional zonalari va hududlarini rejalash, qurish hamda qayta qurish, tarixiy-madaniy merosni, qoʻriqlanadigan zonalarni, shaharsozlik, arxitektura, monumental sanʼat yodgorliklarini, tabiiy-landshaft majmuilari va shaharsozlik jihatidan ahamiyatli boshqa hududlarni saqlash, qayta tiklash va muhofaza qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish obyekti binolari, uy-joylar va fuqarolik hamda qishloq xoʻjalik ahamiyatidagi binolar qurilishini loyihalash va muhandislik-texnik izlanishlarini olib borish uchun litsenziyalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalash-qidiruv, qurilish ishlarining sifati, binokorlik materiallarining ishlab chiqarilishi, arxitektura-shaharsozlik yechimlarining roʻyobga chiqarilishi ustidan arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normalar, qoidalar, standartlarni ishlab chiqish va ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududlarni xavfli tabiiy va texnogen jarayonlardan himoyalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxitektura va shaharsozlik vositalari asosida yashash muhitini yaratish hamda uni oʻzgartirish bilan bogʻliq boshqa faoliyatdan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Arxitektura-shaharsozlik faoliyatining asosiy tamoyillari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arxitektura-shaharsozlik faoliyati quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
insonning yashash muhitini mintaqaviy, milliy, tabiiy-iqlimiy va boshqa xususiyatlarni, ekologik, texnik, sanitariya-gigiyenik va estetik talablarni hisobga olgan holda oʻzgartirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning va arxitektura-shaharsozlik faoliyati boshqa subyektlarining manfaatlarini hisobga olish hamda huquqlariga rioya etish, qarorlar qabul qilishda oshkoralik va jamoatchilik fikrini hisobga olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi punktini, hududni ijtimoiy va makon jihatidan yaxlit holda rivojlantirish manfaatlarining ustuvorligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy va boshqa arxitektura-shaharsozlik resurslaridan oqilona foydalanish, aholini xavfli texnogen va geologik jarayonlar, boshqa tabiiy ofatlar ehtimol tutilgan yuz berishidan himoya qilish va bunday falokatlar keltiradigan zararni kamaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxitektura-shaharsozlikka oid qimmatli merosni asrash, arxitektura va shaharsozlikda milliy hamda madaniy anʼanalarni rivojlantirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Arxitektura-shaharsozlik faoliyatining obyektlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasining, viloyatlarning, aholi punktlarining hududi, ularning tizimlari va qismlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumrespublika va mintaqaviy aholi joylashuvi tizimlari, yer uchastkalari, binolar va inshootlar, hududiy-ishlab chiqarish, shaharsozlik va landshaft majmuilari, tabiatni muhofaza qilish va sanoat rekreatsiya zonalari, arxitektura-shaharsozlik, arxeologiya yodgorliklari va ularning qoʻriqlanadigan zonalari, muhandislik-transport kommunikatsiyalarining suvdagi va quruqlikdagi hududlari arxitektura-shaharsozlik faoliyatining obyektlaridir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Arxitektura-shaharsozlik faoliyatining subyektlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar arxitektura-shaharsozlik faoliyatining subyektlaridir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arxitektura-shaharsozlik faoliyatining subyektlari:

buyurtmachilar (investorlar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxitektura-shaharsozlik, qurilish loyihalarini ishlab chiquvchilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektlarni qurish (qayta qurish, taʼmirlash va obodonlashtirish) boʻyicha pudratchilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxitektura-shaharsozlik faoliyati obyektlaridan foydalanuvchilar sifatida ish koʻrishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II BOB. DAVLAT HOKIMIYATI VA BOShQARUV ORGANLARINING ARXITEKTURA VA ShAHARSOZLIK SOHASIDAGI VAKOLATLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Arxitektura va shaharsozlik boʻyicha davlat boshqaruv organlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi (bundan buyon matnda “Oʻzdavarxitektqurilish” deb yuritiladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viloyatlar hamda Toshkent shahar arxitektura va shaharsozlik bosh boshqarmalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tumanlar (shaharlar) arxitektura va shaharsozlik boʻlimlari (boshqarmalari) arxitektura va shaharsozlik boʻyicha davlat boshqaruv organlaridir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viloyatlar hamda Toshkent shahar arxitektura va shaharsozlik bosh boshqarmalariga, tumanlar (shaharlar) arxitektura va shaharsozlik boʻlimlariga (boshqarmalariga) bosh arxitektorlar rahbarlik qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arxitektura va shaharsozlik boʻyicha davlat boshqaruv organlari oʻz vakolatlarini ushbu Qonunning 3-moddasida bayon etilgan arxitektura-shaharsozlik faoliyatining asosiy tamoyillariga asoslangan holda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viloyatlar va Toshkent shahrining, tumanlarning (shaharlarning) arxitektura va shaharsozlik boʻyicha davlat boshqaruv organlari oʻz vakolatlariga kiradigan masalalarda tegishli hokimlarga va yuqori turuvchi organlarga boʻysunadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Vazirlar Mahkamasining arxitektura va shaharsozlik sohasidagi vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arxitektura va shaharsozlik sohasida Vazirlar Mahkamasi tasarrufiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kompleks davlat dasturlarini tasdiqlash va ularning roʻyobga chiqarilishiga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumdavlat yoki mintaqalararo ahamiyatga molik arxitektura-shaharsozlik va loyiha hujjatlarining asosiy qoidalarini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlatlararo dasturlar roʻyobga chiqarilishida qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxitektura va shaharsozlik boʻyicha hukumatlararo shartnomalar hamda bitimlar tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha-tadqiqot hujjatlarining davlat ekspertizasini tashkil etish va oʻtkazish hamda litsenziya berish tartibini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat shaharsozlik kadastrini yuritish tartibini, arxitektura va shaharsozlik boʻyicha davlat boshqaruv organlarining tashkiliy tuzilishini, vakolatlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa masalalarni hal etish kiradi.

8-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining arxitektura va shaharsozlik sohasidagi vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga qarashli hududlarda arxitektura-shaharsozlik faoliyatiga daxldor masalalarni hal etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chegaradosh aholi punktlari hamda hududlarning manfaatlarini hisobga olgan holda dasturlar, rejalar, loyihalar va ilmiy tadqiqotlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va roʻyobga chiqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga qarashli hududda joylashgan shahar va qishloq aholi punktlarini loyiha-rejalash hujjatlari bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholini oqilona joylashtirish, hududni tashkil etish, transport tizimlari, ijtimoiy va muhandislik infrastrukturalarini rivojlantirish masalalarini hal etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxitektura-shaharsozlik hujjatlarining loyihalarini ishlab chiqish va muhokama qilishda fuqarolarning ishtirokini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy davlat hokimiyati organlari obyektlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda bunday obyektlarni qurish boʻyicha buyurtmachi vazifasini bajarish, ularni mablagʻ bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar ushbu Qonun talablariga, tasdiqlangan arxitektura-shaharsozlik hujjatlari va aholi punktini qurish qoidalariga muvofiq boʻlmasa, qurilishning barcha turlarini man etish, toʻxtatib turish yoki cheklab qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa masalalarni hal etish kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining vakolati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdavarxitektqurilish” arxitektura va shaharsozlik sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi maxsus vakolat berilgan davlat boshqaruv organidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdavarxitektqurilish”ning vakolati uning Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan Nizomida belgilab qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdavarxitektqurilish”ning oʻz vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari barcha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, jamoat birlashmalari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) arxitektura va shaharsozlik bosh boshqarmalarining, boʻlimlarining (boshqarmalarining) vakolati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viloyatlar hamda Toshkent shahar arxitektura va shaharsozlik bosh boshqarmalarining vakolati, Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan namunaviy nizomga muvofiq, “Oʻzdavarxitektqurilish” mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishgan holda tasdiqlaydigan nizomlar bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tumanlar (shaharlar) arxitektura va shaharsozlik boʻlimlarining (boshqarmalarining) vakolati, Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan namunaviy nizomga muvofiq, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va shaharsozlik bosh boshqarmalari mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishgan holda tasdiqlaydigan nizomlar bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arxitektura va shaharsozlik bosh boshqarmalarining, boʻlimlarining (boshqarmalarining) oʻzlariga berilgan vakolat doirasida qabul qilgan qarorlari ularga qarashli hududda korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III BOB. ARXITEKTURA-ShAHARSOZLIK FAOLIYATI SUBYEKTLARINING HUQUQLARI VA BURChLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Arxitektura-shaharsozlik faoliyati subyektlarining huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arxitektura-shaharsozlik faoliyatining subyektlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxitektura-shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish vaqtida aholi punktlarini, ularning tizimlari va hududlarini oʻz faoliyatlariga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan tarzda rejalash, qurish hamda qayta qurishga doir qarorlar tayyorlanishi va qabul qilinishi haqida, shuningdek yashash muhitining ekologik va sanitariya-gigiyena holati toʻgʻrisida hokimiyatning mahalliy vakillik hamda ijroiya organlaridan axborot olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mansabdor, yuridik va jismoniy shaxslarning arxitektura-shaharsozlik faoliyati sohasidagi oʻz huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini cheklab qoʻyadigan xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqiga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Arxitektura-shaharsozlik faoliyati subyektlarining burchlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arxitektura-shaharsozlik faoliyatining subyektlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonun va arxitektura-shaharsozlik faoliyati sohasidagi boshqa normativ hujjatlarning talablariga rioya etishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarixiy va madaniy boyliklarga, arxitektura yodgorliklariga, tabiiy va sunʼiy landshaftlarga zarar yetkazmasliklari, aholining yashash muhiti sifatini yomonlashtiradigan, arxitektura-shaharsozlik faoliyati boshqa subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini cheklab qoʻyadigan xatti-harakatlarga yoʻl qoʻymasliklari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzlariga mulk qilib berilgan, egalik qilish yoki foydalanish uchun berilgan yer uchastkalaridan belgilangan maqsadda arxitektura-shaharsozlik faoliyati sohasidagi normativ hujjatlarga, mazkur hududni rejalash va qurish shart-sharoitlariga zid boʻlmagan doirada foydalanishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxitektura-shaharsozlik faoliyati boʻyicha davlat boshqaruv organlarining koʻrsatmalari va buyruq-farmoyishlarini bajarishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Buyurtmachilarning arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish hamda roʻyobga chiqarish borasidagi huquqlari va burchlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish hamda roʻyobga chiqarish boʻyicha buyurtmachilar boʻlishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmachilar:

arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchini, obyektlar va imoratlar majmuilarini qurish uchun pudratchini erkin tanlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiquvchi loyiha hujjatlarini tayyorlashi uchun bevosita yoki vositachi orqali buyurtma berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha hujjatlarini tayyorlash uchun va qurilishni olib borish uchun shartnomalar tuzish hamda oldindan kelishilgan shartlarga muvofiq ularni bekor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish huquqiga egadir.

ushbu Qonun hamda arxitektura va shaharsozlikka oid boshqa qonunlarning talablariga rioya etishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalashtirishning borishi ustidan nazoratni amalga oshirishlari va loyiha hujjatlari belgilangan tartibda ekspertiza qilinishini taʼminlashlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish sifati ustidan nazoratni amalga oshirishlari va arxitektura-shaharsozlik hujjatlari roʻyobga chiqarilishi yuzasidan mualliflik nazorati olib borilishini taʼminlashlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilarning huquqlari va burchlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika hududida arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish huquqini beruvchi tegishli litsenziyaga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar boʻlishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachilar hamda arxitektura va shaharsozlik boʻyicha davlat boshqaruv organlari bilan kelishilgan holda, belgilangan tartib doirasida ishlab chiqiladigan hujjatlarning tarkibi va hajmini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtma olish uchun tanlovlarda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qilingan loyiha yechimlarining bajarilishi ustidan mualliflik nazoratini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish, montaj qilish ishlari va maxsus ishlar tasdiqlangan loyiha hujjatlarini, normativ talablarni buzgan holda va odamlar hayoti hamda sogʻligʻiga, tarixiy va madaniy boyliklarga, shu jumladan arxitektura va shaharsozlik yodgorliklariga, tabiiy landshaftlarga zarar yetkazishga va ularning yoʻqolib ketishiga xavf tugʻdiradigan, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning mulkiga, huquqlari hamda manfaatlariga, davlat manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda bajarilgani taqdirda, bunday ishlarni toʻxtatib qoʻyish yoki toʻxtatib turish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarurat boʻlgan taqdirda arxitektura-shaharsozlik hujjatlariga belgilangan tartibda oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar ushbu Qonun hamda arxitektura va shaharsozlik sohasidagi boshqa qonunlarning talablariga rioya etishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Pudratchilarning arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini roʻyobga chiqarishdagi huquqlari va burchlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish uchun loyihalash va muhandislik-texnik izlanish ishlarini olib borish, qurilish, montaj qilish ishlari va boshqa maxsus ishlar bajarish huquqini beruvchi tegishli litsenziyalari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar pudratchi boʻlishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudratchilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachilar, loyihalash va ilmiy-tadqiqot institutlari, loyiha muallifi bilan birgalikda binolar va inshootlarning yangi konstruktiv yechimlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha muallifi, arxitektura va shaharsozlik boʻyicha davlat boshqaruv organlari hamda buyurtmachi bilan kelishuvga binoan loyiha hujjatlariga ularning arxitekturaviy-badiiy qiyofasi va konstruktiv yechimiga putur yetkazmagan holda, texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini yaxshilaydigan oʻzgartishlar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha muallifidan zarur texnikaviy maslahatlar olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudratchilar turar joy, jamoat, ishlab chiqarish binolari va inshootlari qurishni, muhandislik kommunikatsiyalari va inshootlari qurilishini, obodonlashtirishni tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiq, imoratlarning zilzilabardoshligi, uzoqqa chidamliligi va sifatliligini taʼminlagan, amaldagi respublika qurilish normalari va qoidalari talablariga rioya etgan holda bajarishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Arxitektura-shaharsozlik loyihalari va asarlariga mualliflik huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arxitektura-shaharsozlik loyihalari va asarlariga mualliflik huquqi fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV BOB. ShAHAR VA QIShLOQ AHOLI PUNKTLARI. ARXITEKTURA-ShAHARSOZLIK HUJJATLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Shahar va qishloq aholi punktlarini joylashtirish va rivojlantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi aholi punktlarini joylashtirish va mavjudlarini rivojlantirish aholi punktlarining (shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar, ovullar va boshqa yashash joylarining) normativ jihatdan farqlanishiga, reja-iqtisodiy va shaharsozlik istiqbollariga, Oʻzbekiston Respublikasining hududiy tashkil etilishi chizmasiga, hududiy rejalashtirish chizmalari va loyihalari, bosh rejalarga, shuningdek shahar va qishloq aholi punktlarini rejalash va qurish loyihalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shahar va qishloq aholi punktlarini tashkil etish hamda qayta tashkil etish, ularning maqomi va chegaralarini oʻzgartirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hamda tasdiqlangan shaharsozlik loyiha hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholi punktlari chegaralari doirasidagi barcha yerlar, ularning funksional maqsadi va idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar, ulardan foydalanishni tasdiqlangan bosh rejaga muvofiq tartibga solib turadigan mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaharlarning (posyolkalarning) hududiy rejalashtirish loyihalari va bosh rejalariga muvofiq, hududiy rivojlantirish hisobga olingan holda aholi punktlarining chegaralari aniqlab qoʻyilgan shahar (posyolka) doirasi belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Davlat shaharsozlik kadastri
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat shaharsozlik kadastri — shaharsozlik jihatidan tartibga solinadigan hududlardan foydalanishning tabiiy, xoʻjalik va ijtimoiy-huquqiy tartiboti, hayot va faoliyat muhiti holati toʻgʻrisidagi butun mamlakat uchun yagona axborot tizimidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kadastr aholi punktlarining yerlari va obyektlari roʻyxatini, tasnifini belgilaydi hamda hududni iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatdan kompleks baholash uchun asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Atrof muhitni, arxitektura va shaharsozlik sanʼati yodgorliklarini shaharsozlik jihatidan muhofaza qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir aholi punkti mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan shaharsozlik faoliyati va tabiiy omillarning oʻzaro taʼsirini tartibga soluvchi, xavfli tabiiy jarayonlar va ifloslanishning oldini oluvchi atrof muhit ekologik muvozanatining kompleks dasturi bilan taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tarixan shakllangan aholi punktlarini shaharsozlik jihatidan muhofaza qilish maxsus vakolat berilgan davlat organi zimmasiga yuklatiladi. Shaharsozlik jihatidan muhofaza qilish arxitektura, landshaft sanʼati va arxeologiya yodgorliklarini, aholi punktlarining bosh rejalari tarkibida ishlab chiqiladigan anʼanaviy turar joy muhitidagi arxitektura-etnografiya zonalarini, tarixiy, muhofaza, qoʻriqxona zonalarini tadqiq etib borish hamda kompleks qayta qurish va qayta tiklash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arxitektura va arxeologiya yodgorliklarini taʼmirlash-qayta tiklash ishlarini olib borish, ularning tarixiy-badiiy qimmatiga putur yetkazmagan holda hozirgi zamon maqsadlarida foydalanish hamda ularni muhofaza qilish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻriqxona zonalari (arxeologik, arxitektura-etnografik, landshaft, tarixiy-koʻrgazmali va boshqa zonalar), ularning chegaralari va ularni qoʻriqlash hamda ulardan foydalanishning alohida shartlari mahalliy davlat hokimiyati organlarining taqdimnomasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻriqxona-shaharlarda va arxitektura yodgorliklari mavjud boʻlgan joylarda shaharsozlik ishlari ularning arxitektura-shaharsozlik hujjatlarida belgilab qoʻyiladigan nazorat ostidagi chegaralari doirasida tarixan shakllangan muhandislik-geologik, gidrogeologik va geoekologik sharoitlariga putur yetkazmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻriqlanadigan zonalar, arxitektura yodgorliklari doirasidagi barcha qurilish, obodonlashtirish va qayta qurish ishlari, ularni umumiy tartibda, shuningdek tarix va madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish organlari bilan kelishib olinganidan soʻng belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Arxitektura-shaharsozlik hujjatlari va ularning normativlarga mos boʻlishini taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arxitektura-shaharsozlik dasturlari va loyihalari (muayyan joyni rejalashga doir maʼlumotlar, chizmalar va loyihalar, shahar va qishloq aholi punktlarining bosh rejalari, turar joy obyektlarining, ijtimoiy, madaniy-maishiy, sanoat binolari va inshootlarining texnik-iqtisodiy asoslari, loyiha-smeta hujjatlari) arxitektura va shaharsozlikka oid qonun hujjatlari talablariga muvofiq ishlab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arxitektura-shaharsozlikka doir dasturlar, rejalar va loyihalarning tarkibi hamda ularni ishlab chiqish tartibi “Oʻzdavarxitektqurilish” tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-rejalash hujjatlari tegishli hududda arxitektura-shaharsozlik faoliyatining barcha qatnashchilari tomonidan bajarilishi majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilishni olib borishga doir loyiha-smeta hujjatlari arxitektura va shaharsozlik boʻyicha davlat boshqaruv organlari beradigan arxitektura-rejalash topshirigʻi asosida ishlab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilishni olib borishga doir loyiha-smeta hujjatlari, uni takroran kelishib olmasdan va tasdiqlamasdan turib, buyurtmachilar, loyihani roʻyobga chiqarayotgan organlar yoki loyiha mualliflari tomonidan oʻzgartirilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arxitektura-shaharsozlik normalari, qoidalari hamda standartlari aholi hayot va faoliyat muhiti sifatining asosiy koʻrsatkichlarini, ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy-iqlimiy va boshqa sharoitlarni hisobga olgan holda hududlarni shaharsozlik jihatidan oʻzlashtirish, aholi punktlarini rejalash va qurish borasida qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablarini, texnikaviy talablarni, foydalanishga oid, yongʻindan saqlashga qaratilgan va boshqa talablarni tartibga soladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat arxitektura-shaharsozlik normalari, qoidalari hamda standartlari Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarining ekspertizasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarining ekspertizasi shu hujjatlarni ishlab chiquvchilar qonun hujjatlari talablariga qanchalik rioya etganligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarining ekspertizasi loyihalarni ekspertiza qilish uchun maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, shuningdek Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda berilgan tegishli litsenziyaga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyihalarni ekspertiza qilish davlat organlari oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V BOB. ARXITEKTURA-ShAHARSOZLIK FAOLIYATINI AMALGA OShIRIShNING IQTISODIY ASOSLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Arxitektura-shaharsozlik faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arxitektura-shaharsozlik faoliyatini investitsiyalash va mablagʻ bilan taʼminlash buyurtmachilarning — yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning mablagʻlarini jalb etish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arxitektura-shaharsozlik faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash uchun davlat mablagʻlaridan, shuningdek jamoat fondlarining mablagʻlaridan foydalanish hududni shaharsozlik jihatidan oʻzlashtirish davlat, mintaqalararo manfaatlarga yoxud aholi punktlari tizimi manfaatlariga daxldor boʻlgan hollarda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Arxitektura-shaharsozlik faoliyatini iqtisodiy ragʻbatlantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arxitektura-shaharsozlik faoliyatini rivojlantirish uchun iqtisodiy ragʻbatlantirish va imtiyozlar belgilash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilab qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI BOB. DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISh NAZORATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Davlat arxitektura-qurilish nazoratining maqsadi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat arxitektura-qurilish nazorati vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, jamoat birlashmalari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan arxitektura va shaharsozlik sohasidagi qonun hujjatlari, loyiha yechimlari talablariga, aholi punktlarini rejalash va qurishning, ishlar sifati va foydalanishning belgilangan normalari hamda qoidalariga rioya etilishi maqsadida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Davlat arxitektura-qurilish nazorati organlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat arxitektura-qurilish nazorati “Oʻzdavarxitektqurilish”ning Davlat arxitektura-qurilish nazorati boshqarmasi (“Davarxitektqurilishnazorat”) hamda viloyatlar va Toshkent shahar davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari arxitektura-qurilish nazoratining davlat inspektorlariga ular xizmat burchlarini ijro etish chogʻida amaliy yordam koʻrsatishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arxitektura-qurilish nazorati organlari oʻz faoliyatlarida qonun hujjatlariga hamda Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan Nizomga amal qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII BOB. YAKUNLOVChI QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda. Shaharsozlik sugʻurtasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikada arxitektura-shaharsozlik obyektlari va imoratlar majmuilari tabiiy ofatlar, portlashlar, yongʻinlar hamda falokatlardan ixtiyoriy va majburiy sugʻurtalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arxitektura-shaharsozlik obyektlarini sugʻurtalash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda. Arxitektura-shaharsozlikka oid qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arxitektura-shaharsozlikka oid qonun hujjatlarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-modda. Nizolarni hal etuvchi organlar va nizolarni hal etish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arxitektura-shaharsozlik faoliyati jarayonida kelib chiquvchi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chegaradosh hududlar va aholi punktlarini kompleks tashkil etish bilan bogʻliq nizolar Vazirlar Mahkamasi tomonidan hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlatga chegaradosh hududlari hamda aholi punktlarini kompleks tashkil etish bilan bogʻliq nizolar manfaatdor tomonlarning komissiyasi tomonidan yoki davlatlararo shartnomalar, bitimlarda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari yoki bitimlarida ushbu Qonunda nazarda tutilganidan oʻzgacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1995-yil 22-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
174-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 264-modda)