“OʻZBEKKINO” MILLIY AGENTLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
QARORI
YILLIK ISHLAB CHIQARISH HAJMLARINI SHAKLLANTIRISH, MOLIYALASHTIRISH HAMDA AJRATILGAN MABLAGʻLAR MAQSADLI VA SAMARALI SARFLANISHINI NAZORAT QILISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 19-fevralda 1385-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 26-dekabrdagi 33-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3594, 27.12.2024-y.) asosan 2025-yil 1-apreldan davlat reyestridan chiqariladi.
Film ishlab chiqarishda qoʻllanilayotgan kinotexnologik jarayonlarning zamonaviy taraqqiyot darajasi, elektron axborot manbalarini saqlash vositalarining yangi turlari yuzaga kelganligini hisobga olgan holda, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekkino” Milliy agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2004-yil 16-iyundagi 18 va 85-son (2004-yil 16-iyul, roʻyxat raqami 1385 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 28-son, 327-modda), qarori bilan tasdiqlangan Yillik ishlab chiqarish hajmlarini shakllantirish, moliyalashtirish hamda ajratilgan mablagʻlar maqsadli va samarali sarflanishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
“Oʻzbekkino” MA Bosh direktori v.b. A. ISHOQOV
Toshkent sh.,
2008-yil 4-fevral,
1-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 4-fevral,
9-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 8-9-son, 47-modda)