05.12.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1745
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining buyrugʻi, 05.12.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1745
Date of entry into force
15.12.2007
Hujjat 15.12.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH VA NAZORAT QILISH MARKAZI BOSH DIREKTORINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BUYRUGʻI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 5-dekabrda 1745-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-475-sonli “Qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 39-son, 387-modda, 51-52-son, 507-modda), shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi toʻgʻrisida”gi Nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 3-son, 11-modda) muvofiq buyuraman:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan oʻn kun oʻtgach amalga kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktori K. TOLIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2007-yil 30-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-10-son

Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining
2007-yil 30-oktabrdagi 2007-10-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-475-sonli “Qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash tizimiga boʻlgan majburiy talablarni oʻrnatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizom qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlashda qoʻllaniladigan oʻquv rejalari, dasturlari va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish uchun asos boʻlib hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish — mutaxassisning professional darajasining doimiy oʻsishini taʼminlovchi, qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining malaka guvohnomasiga ega boʻlgan mutaxassislar tomonidan qimmatli qogʻozlar bozori sohasida professional bilimlar, koʻnikmalar va tajribalarni tizimli toʻldirish va chuqurlashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarini qayta tayyorlash — qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi maqomiga ega boʻlgan yoxud mustaqil ravishda jismoniy shaxs — qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisi sifatida tashkilotda ishlashi uchun zarur va yetarlicha boʻlgan hajmdagi yangi professional bilimlar, koʻnikmalar va tajribalarni oʻzlashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisi — qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining malaka guvohnomasiga ega boʻlgan jismoniy shaxs;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka oshirish va qayta tayyorlash taʼlim muassasalari (bundan keyingi oʻrinlarda — taʼlim muassasasi deb yuritiladi) — qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni amalga oshiruvchi tashkilot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarini qayta tayyorlash quyidagilar uchun majburiydir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) qimmatli qogʻozlar bozorining I toifali mutaxassisi malaka guvohnomasiga ega boʻlgan va investitsiya institutlarining rahbarlik lavozimlarini egallab turgan shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) qimmatli qogʻozlar bozorining II toifali mutaxassisi malaka guvohnomasiga ega boʻlgan va investitsiya institutida qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning ichki hisobini yurituvchi shaxslar;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi qaroriga muvofiq, qayta tayyorgarlik oʻtashi zarurligi koʻrsatilgan shaxslar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mutaxassislarni qayta tayyorlash kamida uch yilda bir marta amalga oshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malaka oshirganligini va ular qayta tayyorlanganligini tasdiqlovchi hujjat boʻlib taʼlim muassasasi tomonidan berilgan belgilangan shakldagi guvohnoma hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashning shakllari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Malaka oshirish quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim dasturlari boʻyicha tahsil olish — malaka oshirish boʻyicha ixtisoslashgan taʼlim muassasasida (akademiya, institut, markaz, kurslar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda stajirovka oʻtash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-tekshirish muassasasida stajirovka oʻtash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Malaka oshirish ixtiyoriylik asosida, iqtisodiy yoʻnalishdagi taʼlim muassasasida malaka oshirish kurslarida tahsil olish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarini qayta tayyorlash oliy taʼlim muassasalarida va oʻquv markazlarida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash taʼlim muassasasi va qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisi yoki ish beruvchisi oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish va qayta tayyorlashni amalga oshiruvchi taʼlim muassasalariga qoʻyiladigan talablar
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish va qayta tayyorlashni amalga oshiruvchi taʼlim muassasalari yuridik shaxs maqomiga ega boʻlishlari va quyidagi talablarga javob berishlari shart:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan boʻlishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat test markazi tomonidan belgilangan tartibda taʼlim faoliyatiga berilgan litsenziyaga ega boʻlishi (nodavlat taʼlim muassasalari uchun);
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan investitsiya maslahatchisi sifatidagi faoliyatga berilgan litsenziyaga ega boʻlishi (nodavlat taʼlim muassasalari uchun);
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) qimmatli qogʻozlar bozorining investitsiya maslahatchisi faoliyatiga qonun hujjatlarida belgilangan talablarga amal qilinishi (davlat taʼlim muassasalari uchun);
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining I toifali malaka guvohnomasiga ega boʻlgan mutaxassis oʻqituvchilarga toʻgʻri keladigan dars soatlari soni — oʻtkaziladigan kursda yuklatilgan darslar umumiy hajmining 30 foizidan kam boʻlmasligi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha faoliyatni amalga oshirishda taʼlim muassasasi uch yildan kam boʻlmagan muddat davomida quyidagi hujjatlarni saqlashi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan, taʼlim muassasasi tomonidan tasdiqlangan imtihon biletlari savolnomalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) baholar, biletlar raqamlari, imtihon komissiyasi aʼzolarining familiyalari va ularning imzolari qoʻyilgan, imtihon komissiyalarining vedomostlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) oʻqish jarayonidagi tinglovchilarning darslarga qatnashish davomatlari, mashgʻulotlar oʻtkazilgan sanalar, mashgʻulotlar mavzulari, dars soatlari soni, oʻqituvchilarning familiya va imzolari koʻrsatib oʻtilgan jurnallar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) guvohnomalarning raqamlari, berilgan sanalari, oʻqish davri, oʻquv kursining nomi, tinglovchilarning ismi, familiyasi, otasining ismi, ularning pasport maʼlumotlari, guvohnomalarni olganliklari toʻgʻrisidagi imzolar koʻrsatib oʻtilgan hisob jurnallari.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashning oʻquv dasturlariga belgilanadigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼlim dasturlari mazmuniga asosiy talablar quyidagilar hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sohalarga boʻlgan professional malaka talablariga muvofiqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy oʻrta, maxsus, professional va oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlariga qoʻyilgan davlat talablariga nisbatan izchilligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlimning zamonaviy texnologiya va vositalariga yoʻnaltirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dastur mazmunlarining qimmatli qogʻozlar bozorida amalga oshiriladigan professional faoliyat turlariga muvofiqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv dasturlarini iqtisodiy yoʻnalishdagi oliy taʼlim muassasalari rahbariyati bilan kelishilishi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malaka oshirish va ularni qayta tayyorlash oʻquv dasturlari quyidagi nazorat chora-tadbirlarini nazarda tutishi lozim, xususan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tinglovchilarni test sinovlaridan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hajmi 25 sahifadan kam boʻlmagan (shrifti — 14, interval — 2 boʻlgan) mustaqil ish (referat)larni tayyorlash va himoya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
imtihonni topshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish davriyligi va davomiyligi uning tashkil etish shakllari hamda qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisining malaka darajasi va individual kasbiy ehtiyojiga boʻlgan talablarga bogʻliq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirishning umumiy davom etish davri, asosiy ish joyidan ajralgan holda kamida 2 hafta (72 soat) etib belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarini qayta tayyorlash tegishli taʼlim turini boshqaruvchi vakolatli davlat organi bilan kelishiladigan maqsadli taʼlim dasturlarining oʻquv rejalari boʻyicha amalga oshiriladi. Dars yuklamasini rejalashtirishda asosiy eʼtibor qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining bajargan mustaqil ishlariga qaratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta tayyorlashning davomiyligi oldingi taʼlim darajasi, qayta tayyorlashning shakli va mehnat unumdorligiga bogʻliq.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash ikkinchi oliy yoki oʻrta maxsus, professional maʼlumotni olish deb qaralmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari A. PARPIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 28-oktabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 48-49-son, 494-modda; 2009-y., 8-son, 81-modda; 2010-y., 9-son, 73-modda; 2014-y., 18-son, 207-modda; 2017-y., 34-son, 908-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 10/19/1745-5/2750-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 29.08.2022-y., 10/22/1745-6/0777-son; 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)