05.12.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1745
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining buyrugʻi, 05.12.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1745
Date of entry into force
15.12.2007
Hujjat 05.05.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH VA NAZORAT QILISH MARKAZI BOSH DIREKTORINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BUYRUGʻI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 5-dekabrda 1745-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-475-sonli “Qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 39-son, 387-modda, 51-52-son, 507-modda), shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi toʻgʻrisida”gi Nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 3-son, 11-modda) muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2014-yil 25-apreldagi 2014-19-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1745-3, 30.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 18-son, 207-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan oʻn kun oʻtgach amalga kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktori K. TOLIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 30-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-10-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining
2007-yil 30-oktabrdagi 2007-10-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-475-sonli “Qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash tizimiga boʻlgan majburiy talablarni oʻrnatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizom qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlashda qoʻllaniladigan oʻquv rejalari, dasturlari va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish uchun asos boʻlib hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish — mutaxassisning professional darajasining doimiy oʻsishini taʼminlovchi, qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining malaka guvohnomasiga ega boʻlgan mutaxassislar tomonidan qimmatli qogʻozlar bozori sohasida professional bilimlar, koʻnikmalar va tajribalarni tizimli toʻldirish va chuqurlashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarini qayta tayyorlash — qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi maqomiga ega boʻlgan tashkilotda ishlashi uchun zarur va yetarlicha boʻlgan hajmdagi yangi professional bilimlar, koʻnikmalar va tajribalarni oʻzlashtirish;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining 2009-yil 9-fevraldagi 2009-11-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1745-1, 14.02.2009-y.) tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 8-son, 81-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisi — qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining malaka guvohnomasiga ega boʻlgan jismoniy shaxs;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka oshirish va qayta tayyorlash taʼlim muassasalari (bundan keyingi oʻrinlarda — taʼlim muassasasi deb yuritiladi) — qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni amalga oshiruvchi tashkilot;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi.
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2014-yil 25-apreldagi 2014-19-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1745-3, 30.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 18-son, 207-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish qimmatli qogʻozlar bozorining barcha mutaxassislari uchun majburiydir va uch yilda kamida bir marta amalga oshiriladi. Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisining professional bilimi yetarli darajada emasligi aniqlangan taqdirda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi ushbu mutaxassis koʻrsatilgan muddat oʻtgungacha malakasini oshirish kurslarini oʻtish majburiyatini yuklovchi qaror qabul qilishga haqli.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2014-yil 25-apreldagi 2014-19-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1745-3, 30.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 18-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malaka oshirish kurslaridan oʻtishini taʼminlashi shart.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2010-yil 22-yanvardagi 2010-01-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1745-2, 03.03.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 9-son, 73-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malaka oshirganligini va ular qayta tayyorlanganligini tasdiqlovchi hujjat boʻlib taʼlim muassasasi tomonidan berilgan belgilangan shakldagi guvohnoma hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashning shakllari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Malaka oshirish quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim dasturlari boʻyicha tahsil olish — malaka oshirish boʻyicha ixtisoslashgan taʼlim muassasasida (akademiya, institut, markaz, kurslar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda stajirovka oʻtash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-tekshirish muassasasida stajirovka oʻtash.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Malaka oshirish, iqtisodiy yoʻnalishdagi taʼlim muassasasida malaka oshirish kurslarida tahsil olish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2010-yil 22-yanvardagi 2010-01-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1745-2, 03.03.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 9-son, 73-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarini qayta tayyorlash oliy taʼlim muassasalarida va oʻquv markazlarida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash taʼlim muassasasi va qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisi yoki ish beruvchisi oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Taʼlim muassasalariga qoʻyiladigan talablar
(III bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2010-yil 22-yanvardagi 2010-01-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1745-2, 03.03.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 9-son, 73-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Taʼlim muassasalari quyidagi talablarga javob berishi lozim;
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2010-yil 22-yanvardagi 2010-01-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1745-2, 03.03.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 9-son, 73-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) qonun hujjatlarida belgilangan hollarda akkreditatsiyadan oʻtgan boʻlishi;
(8-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2014-yil 25-apreldagi 2014-19-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1745-3, 30.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 18-son, 207-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat test markazi tomonidan belgilangan tartibda taʼlim faoliyatiga berilgan litsenziyaga ega boʻlishi (nodavlat taʼlim muassasalari uchun);
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan investitsiya maslahatchisi sifatidagi faoliyatga berilgan litsenziyaga ega boʻlishi (nodavlat taʼlim muassasalari uchun);
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2010-yil 22-yanvardagi 2010-01-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1745-2, 03.03.2010-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 9-son, 73-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining I toifali malaka guvohnomasiga ega boʻlgan mutaxassis oʻqituvchilarga toʻgʻri keladigan dars soatlari soni — oʻtkaziladigan kursda yuklatilgan darslar umumiy hajmining 30 foizidan kam boʻlmasligi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha faoliyatni amalga oshirishda taʼlim muassasasi uch yildan kam boʻlmagan muddat davomida quyidagi hujjatlarni saqlashi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan, taʼlim muassasasi tomonidan tasdiqlangan imtihon biletlari savolnomalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) baholar, biletlar raqamlari, imtihon komissiyasi aʼzolarining familiyalari va ularning imzolari qoʻyilgan, imtihon komissiyalarining vedomostlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) oʻqish jarayonidagi tinglovchilarning darslarga qatnashish davomatlari, mashgʻulotlar oʻtkazilgan sanalar, mashgʻulotlar mavzulari, dars soatlari soni, oʻqituvchilarning familiya va imzolari koʻrsatib oʻtilgan jurnallar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) guvohnomalarning raqamlari, berilgan sanalari, oʻqish davri, oʻquv kursining nomi, tinglovchilarning ismi, familiyasi, otasining ismi, ularning pasport maʼlumotlari, guvohnomalarni olganliklari toʻgʻrisidagi imzolar koʻrsatib oʻtilgan hisob jurnallari.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashning oʻquv dasturlariga belgilanadigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼlim dasturlari mazmuniga asosiy talablar quyidagilar hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sohalarga boʻlgan professional malaka talablariga muvofiqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy oʻrta, maxsus, professional va oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlariga qoʻyilgan davlat talablariga nisbatan izchilligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlimning zamonaviy texnologiya va vositalariga yoʻnaltirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dastur mazmunlarining qimmatli qogʻozlar bozorida amalga oshiriladigan professional faoliyat turlariga muvofiqligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv rejalari va dasturlari taʼlim muassasalari tomonidan tasdiqlanadi va qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi bilan kelishiladi.
(10-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2010-yil 22-yanvardagi 2010-01-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1745-2, 03.03.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 9-son, 73-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malaka oshirish va ularni qayta tayyorlash oʻquv dasturlari quyidagi nazorat chora-tadbirlarini nazarda tutishi lozim. Xususan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tinglovchilarni test sinovlaridan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hajmi 25 sahifadan kam boʻlmagan (shrifti — 14, interval — 1,5 boʻlgan) malaka ishini (referatni) tayyorlash va himoya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
imtihonni topshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi vakili imtihon komissiyasi tarkibiga kiritilishi mumkin.
(11-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2014-yil 25-apreldagi 2014-19-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1745-3, 30.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 18-son, 207-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish davriyligi va davomiyligi uning tashkil etish shakllari hamda qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisining malaka darajasi va individual kasbiy ehtiyojiga boʻlgan talablarga bogʻliq.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirishning umumiy davom etish davri, asosiy ish joyidan ajralgan holda kamida 72 dars soatlari etib belgilanadi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2014-yil 25-apreldagi 2014-19-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1745-3, 30.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 18-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarini qayta tayyorlash boʻyicha dars yuklamasini rejalashtirishda asosiy eʼtibor qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining bajargan mustaqil ishlariga qaratiladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2010-yil 22-yanvardagi 2010-01-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1745-2, 03.03.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 9-son, 73-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta tayyorlashning davomiyligi oldingi taʼlim darajasi, qayta tayyorlashning shakli va mehnat unumdorligiga bogʻliq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash ikkinchi oliy yoki oʻrta maxsus, professional maʼlumotni olish deb qaralmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari A. PARPIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 28-oktabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 48-49-son, 494-modda; 2009-y., 8-son, 81-modda; 2010-y., 9-son, 73-modda; 2014-y., 18-son, 207-modda; 2017-y., 34-son, 908-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 10/19/1745-5/2750-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 29.08.2022-y., 10/22/1745-6/0777-son; 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)