|
— |
Bosh vazir o‘rinbosari, Kengash raisi | |
|
B.A.Xodjayev |
— |
Moliya vaziri, Kengash raisi o‘rinbosari |
|
J.A.Qo‘chqorov |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari |
|
G.K.Saidova |
— |
Iqtisodiyot vaziri |
|
A.X.Abdullayev |
— |
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi raisi |
|
B.T.Qo‘chqorov |
— |
Davlat ekologiya va tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi |
|
I.B.To‘ramuratov |
— |
Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi |
|
— |
Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri | |
|
A.A.Yuldashev |
— |
Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari |
|
M.M.Mirzayev |
— |
Moliya vazirining o‘rinbosari |
|
Sh.R.Xamrayev |
— |
suv xo‘jaligi vaziri |
|
Sh.R.Xashimov |
— |
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari |
|
A.A.Usmanov |
— |
Adliya vazirining o‘rinbosari |
|
V.E.Chub |
— |
“O‘zgidromet” markazining bosh direktori |
|
M.F.Najimov |
— |
“O‘zsuvloyiha” AJning ijro etuvchi direktori |
|
B.K.Ro‘ziboyev |
— |
“UZGIP” MChJ direktori |
|
I.E.Maxmudov |
— |
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti direktori vazifasini bajaruvchi |
|
Lavozimiga ko‘ra |
— |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasini boshqarish departamenti direktori, Kengash kotibi |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 31.10.2007 yildagi PQ-718-son
Date of entry into force
31.10.2007
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
|
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2019
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi PQ-3043-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 492-modda)
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2019-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 29-oktabrdagi PF-3932-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda melioratsiya ishlarini moliyalashtirishning prinsipial yangi mexanizmini joriy etish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasini boshqarish departamenti tashkil etilsin.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi PQ-3043-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 492-modda)
Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 19-apreldagi PQ-1958-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 17-son, 223-modda)
Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi Kengashining tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi PQ-3043-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 492-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksi rahbariga zarur hollarda xodimlarning tasdiqlangan umumiy soni doirasida Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasini boshqarish departamenti tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritishga ruxsat etilsin.
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5329-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son)
2. Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasini boshqarish departamentiga:
Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga moliyalashtirilayotgan, loyiha-qurilish hujjatlari tegishli ravishda ekspertizadan o‘tkazilmasdan amalga oshirilayotgan yoki Jamg‘arma mablag‘laridan belgilanmagan maqsadda foydalanish hollari aniqlangan taqdirda har qanday ishlarni to‘xtatib qo‘yish;
magistral (viloyatlararo), tumanlararo va xo‘jaliklararo meliorativ obyektlarda amalga oshirilayotgan rekonstruksiya qilish, qurish va ta’mirlash-tiklash ishlari ustidan texnik nazorat olib borish;
Oldingi tahrirga qarang.
bajarilgan ishlarning nazorat o‘lchovlarini olib borishni tizimli asosda amalga oshirish.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi PQ-3043-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 492-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasini boshqarish departamenti Toshkent shahar, Istiqlol ko‘chasi, 29-uyga joylashtirilsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi PQ-3043-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 492-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasini boshqarish departamentini hukumat aloqasi va shahar aloqasi vositalari bilan ta’minlasin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi PQ-3043-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 492-modda)
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 31-oktabr,
PQ-718-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 19-apreldagi PQ-1958-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 17-son, 223-modda)
Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi Kengashi
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Izoh: Kengash a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda Kengash tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki mazkur vazifalarni bajarilishi yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi to‘g‘risida
nizom
(3-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi PQ-3043-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 492-modda)
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 29-oktabrdagi PF-3932-son Farmoni bilan tashkil etilgan hamda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga va meliorativ texnikani sotib olishga ajratiladigan maqsadli moliyaviy resurslarni jamlovchi davlat organi hisoblanadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi PQ-3043-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 492-modda)
2. Jamg‘arma o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga hamda ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
3. Sug‘oriladigan yerlarni meliorativ jihatdan yaxshilash dasturlari (loyihalari)ni hamda meliorativ obyektlarning zarur darajadagi texnik holatini ta’minlashga yo‘naltirilgan tadbirlarni, moliyalashtirish, shuningdek meliorativ texnikani sotib olish uchun mablag‘larni jamlash va ulardan samarali foydalanish jamg‘arma faoliyatining maqsadi hisoblanadi.
4. Quyidagilar Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasini shakllantirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan to‘lanadigan yagona yer solig‘i bo‘yicha tushgan mablag‘larga teng miqdorda Davlat budjetidan ajratmalar;
(4-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
maqsadli budjet mablag‘lari;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklarning imtiyozli kreditlari;
mahalliy va xorijiy grantlar;
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘ manbalari va daromadlar.
5. Jamg‘arma mablag‘laridan faqat quyidagi maqsadlarga:
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturlari doirasida magistral (viloyatlararo), tumanlararo, xo‘jaliklararo ochiq kollektorlar va ulardagi inshootlarni, yopiq gorizontal drenaj shoxobchalarini, vertikal drenaj quduqlarini, meliorativ nasos stansiyalari hamda kuzatish tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tozalash ishlarini o‘tkazishga;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 19-apreldagi PQ-1958-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 17-son, 223-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
ixtisoslashtirilgan loyiha tashkilotlari tomonidan sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturlariga kiritiladigan loyihalarning amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan loyiha-qidiruv hujjatlarini ishlab chiqishga ixtisoslashtirilgan qurilish va ekspluatatsiya tashkilotlari, suv iste’molchilari uyushmalarini melioratsiya texnikasi saroyini yaxshilashga mablag‘ni qaytarib berish asosida, shu jumladan uzoq muddatli imtiyozli lizing shartlarida moliyalashtirish tadbirlariga;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 19-apreldagi PQ-1958-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 17-son, 223-modda)
sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturlarida nazarda tutilgan boshqa ishlarga yo‘naltirilgan holda foydalaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Jamg‘armaning yuridik manzili: Toshkent shahar, Istiqlol ko‘chasi, 29.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 19-apreldagi PQ-1958-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 17-son, 223-modda)
II. Jamg‘armaning asosiy vazifalari va funksiyalari
7. Quyidagilar mazkur Jamg‘armaning asosiy vazifalari deb hisoblansin:
budjet va budjetdan tashqari manbalar hisobidan melioratsiya ishlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan mablag‘larni to‘la hajmda Jamg‘arma hisobvarag‘ida jamlash;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari hamda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar bilan birgalikda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashning uzoq muddatli va o‘rta muddatli Davlat dasturlarini ishlab chiqish;
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
tasdiqlangan dasturlarga muvofiq, melioratsiya ishlarini, magistral (viloyatlararo), tumanlararo va xo‘jaliklararo kollektor-drenaj tarmoqlarini mukammal ta’mirlash va tiklash maqsadida joriy ta’mirlash ishlarini tashkil qilish hamda tizimli asosda aniq, maqsadli moliyalashtirish;
yerlarning meliorativ holatini yaxshilash hisobiga ularning unumdorligini oshirish borasidagi ishlarni moliyalashtirish yo‘li bilan qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga davlat madadini ko‘rsatish;
melioratsiya texnikasini, jumladan, lizing shartlari asosida sotib olish uchun qaytarib berish asosida mablag‘lar ajratish yo‘li bilan suv xo‘jaligi tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Jamg‘armaning ajratib berilgan moliyaviy mablag‘laridan maqsadli, manzilli va samarali foydalanilishi ustidan doimiy asosda monitoringni amalga oshirish.
(7-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi PQ-3043-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 492-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Jamg‘arma o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda quyidagi funksiyalarni bajaradi:
konsolidatsiya qilingan Davlat budjeti loyihasiga kiritish uchun daromadlar va xarajatlarning har yilgi balanslari loyihalarini ishlab chiqib, belgilangan tartibda va muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Jamg‘arma bo‘yicha kelgusi yilning har bir choraklariga taqsimlangan xarajatlarining tasdiqlangan parametrini O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va viloyat hokimliklariga yetkazadi;
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari hisobini yuritadi;
meliorativ obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun loyihalash hujjatlarini ishlab chiqish, investitsiya loyihalarini, jumladan, xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda amalga oshirish yuzasidan texnik topshiriqlarni beradi va tasdiqlaydi;
meliorativ obyektlarni loyihalash, qurilish, rekonstruksiya qilish, shuningdek magistral kollektorlarni ta’mirlash va tiklash bo‘yicha loyihalash va tender hujjatlarini belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazishni tashkil etadi;
meliorativ obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek magistral kollektorlarni ta’mirlash va tiklash bo‘yicha aniq manzilli ro‘yxatlarni tuzadi va belgilangan tartibda tegishli idoralarga tasdiqlash uchun kiritadi;
meliorativ obyektlarni rekonstruksiya qilish va qurish bo‘yicha loyiha-qidiruv ishlari, shuningdek tegishli ilmiy-tadqiqot ishlarining aniq manzilli ro‘yxatlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining Qurilayotgan korxonalar birlashgan direksiyalari (keyingi o‘rinlarda — QKBD) taqdimnomasi bo‘yicha meliorativ obyektlarda ta’mirlash-tiklash ishlarining xarajatlar smetasi va manzilli dasturlarini kelishib oladi;
(8-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
QKBD taqdimnomasi bo‘yicha avariya-tiklash ishlari uchun, shuningdek meliorativ obyektlarni ko‘zda tutilmagan holda ta’mirlash va tiklash ishlari uchun zaxira xarajatlari smetalarini tasdiqlaydi;
meliorativ obyektlarni rekonstruksiya qilish va qurish, magistral (viloyatlararo) kollektorlarni ta’mirlash-tiklash bo‘yicha buyurtmachi vazifasini bajaradi;
QKBD buyurtmachi bo‘lgan meliorativ obyektlarning ta’mirlash-tiklash ishlarini moliyalashtiradi, shuningdek qaytarib berish sharti bilan melioratsiya texnikasi, mashina va mexanizmlarni sotib oladi;
tumanlararo va xo‘jaliklararo meliorativ obyektlarda ta’mirlash-tiklash, loyiha-qidiruv ishlarini o‘tkazish bo‘yicha QKBD buyurtmachi vazifasini bajarishi ustidan nazorat olib boradi;
meliorativ obyektlarni rekonstruksiya qilish va qurish, shuningdek magistral kollektorlarda ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tender (tanlov) savdolarini belgilangan tartibda o‘tkazadi, tanlov savdolari g‘oliblari bilan belgilangan tartibda shartnomalar tuzadi;
tumanlararo va xo‘jaliklararo meliorativ obyektlarda ta’mirlash-tiklash ishlari bo‘yicha QKBD tomonidan tashkil etiladigan tender (tanlov) savdolarida belgilangan tartibda qatnashadi;
meliorativ obyektlarni rekonstruksiya qilish va qurish, ta’mirlash va tiklash, melioratsiya texnikasini sotib olish ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshiradi;
magistral (viloyatlararo) meliorativ obyektlarni rekonstruksiya qilish, qurish va ta’mirlash-tiklash ishlari ustidan texnik nazoratni amalga oshiradi, shuningdek ularning belgilangan tartibda qabul qilib olishlarini ta’minlaydi;
tumanlararo va xo‘jaliklararo meliorativ obyektlarni ta’mirlash va tiklash, shuningdek ularni qabul qilib olish ishlari ustidan texnik nazoratni amalga oshirishda qatnashadi;
Jamg‘arma mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi masalalari bo‘yicha muntazam ravishda nazorat o‘lchovlarini amalga oshiradi;
(8-bandning yigirmanchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi PQ-3043-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 492-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha aniqlangan qonun buzilishlari va kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tegishli sanksiyalarni o‘rnatilgan tartibda belgilash bo‘yicha takliflar kiritadi;
(8-bandning yigirma birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi PQ-3043-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 492-modda)
Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va tegishli organlarga tasdiqlash uchun kiritadi;
aniq manzilli ro‘yxatlarga kiritilgan meliorativ obyektlarda bajarilgan ishlarni belgilangan tartibda moliyalashtiradi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 19-apreldagi PQ-1958-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 17-son, 223-modda)
III. Jamg‘armani huquq va majburiyatlari
9. Jamg‘arma quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
bajarilgan meliorativ ishlar va boshqa holatlarni nazorat tartibida o‘lchashda vazirlik va idoralarning mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi PQ-3043-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 492-modda)
quyidagilardan:
Davlat soliq qo‘mitasidan — hisoblangan ajratmalar va ularning tushishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
xizmat ko‘rsatuvchi banklardan — Jamg‘arma mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va uning bo‘linmalaridan — Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi bo‘yicha yillik buxgalteriya va statistik hisobotni so‘rash va olish;
(9-bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zmeliomashlizing” Davlat lizing kompaniyasidan — melioratsiya texnikasi, mashina va mexanizmlarni xarid qilishga ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish bo‘yicha ma’lumotlarni;
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 19-apreldagi PQ-1958-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 17-son, 223-modda)
loyiha-qurilish hujjatlarini tegishli ekspertizadan o‘tkazmasdan Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga amalga oshirilayotgan har qanday ishlarni yoki Jamg‘arma mablag‘laridan belgilanmagan maqsadda foydalanilganligi aniqlangan taqdirda to‘xtatib qo‘yish.
Jamg‘arma qonun hujjatlariga muvofiq zimmasiga yuklangan funksiyalarni amalga oshirish doirasida boshqa huquqlardan ham foydalanadi.
10. Jamg‘arma quyidagilarga majbur:
meliorativ obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturlari (loyihalari)ning oqilona shakllantirilishini ta’minlash;
Jamg‘arma mablag‘laridan qat’iy maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda Jamg‘arma daromadlari prognozi bajarilishining ahvolini tahlil qilish va daromadlarning normal tushishiga salbiy ta’sir qilgan aniqlangan omillar asosida ularni bartaraf etish bo‘yicha birgalikda choralar ko‘rish;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi meliorativ obyektlarning zarur darajadagi texnik holatini ta’minlashda va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashda ko‘maklashish.
(10-bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
IV. Jamg‘armani boshqarish Kengashi
11. Jamg‘arma Kengashi Jamg‘armaning yuqori organi hisoblanadi. Jamg‘arma Kengashining shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi.
12. Jamg‘arma Kengashi:
Jamg‘arma faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Jamg‘armaning ijro etuvchi organi, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining belgilangan tartibda tasdiqlangan sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturlari (loyihalari)dan kelib chiqib, Jamg‘arma mablag‘larini sarflashning asosiy yo‘nalishlar to‘g‘risidagi takliflarini ko‘rib chiqadi, qarorlar qabul qiladi va ularni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
(12-bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Jamg‘armaning ijro etuvchi organi, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitadi;
(12-bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi hamda uning Qurilayotgan korxonalar birlashgan direksiyalari”, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturi amalga oshirilishi uchun ajratilgan Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni eshitadi;
(12-bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
Oldingi tahrirga qarang.
rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan obyektlarning ustuvorligi va loyiha-smeta hujjatlarining tayyorligidan kelib chiqqan holda, tasdiqlangan limitlar doirasida, irrigatsiya-melioratsiya obyektlarining ro‘yxati va prognoz parametrlariga o‘zgartishlar kiritadi;
(12-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PF-5370-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 06/20/5370/0975-son)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlarini shakllantirish tartibini takomillashtirishga doir takliflar kiritadi;
Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari ijrosi, shuningdek Jamg‘arma tomonidan buyurtmachi funksiyalari bajarilishi, meliorativ obyektlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
V. Jamg‘armaning ijro etuvchi organi
13. Jamg‘armani boshqarish departamenti (keyingi o‘rinlarda Departament deb ataladi) Jamg‘armaning ijro etuvchi organi hisoblanadi. Departamentning tashkiliy tuzilmasi va shtatdagi xodimlar soni qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Departamentning ta’minoti Jamg‘arma Kengashi tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasi asosida “O‘zmeliomashlizing” DLK tomonidan berilgan qarz mablag‘lari bo‘yicha marja tarzida olinadigan Jamg‘arma daromadlari hisobidan amalga oshiriladi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 19-apreldagi PQ-1958-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 17-son, 223-modda)
Departament yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, xizmat ko‘rsatuvchi bankda hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhr va blanklarga ega bo‘ladi.
14. Departament Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari ijrosi to‘g‘risidagi buxgalteriya hisobotini tuzadi va Jamg‘arma Kengashi tomonidan tasdiqlangandan keyin belgilangan tartibda va muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Departamentga Vazirlar Mahkamasi qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksi rahbarining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan hamda moddiy ta’minoti, ijtimoiy va transport xizmati ko‘rsatish sharoitlari bo‘yicha vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladigan direktor boshchilik qiladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5329-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son)
16. Departament direktori:
Jamg‘armaga yuklangan vazifalar va funksiyalarga muvofiq Departament faoliyatining zarur darajada tashkil etilishi va amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamg‘armaning mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi masalalari bo‘yicha nazorat tartibidagi o‘lchashlarni o‘tkazish asosida qaror qabul qiladi, ularning natijalarini ko‘rib chiqadi, ular asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq qarorlar qabul qiladi va zarur choralar ko‘radi.
(16-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi PQ-3043-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 492-modda)
belgilangan tartibda tasdiqlangan limitlar doirasida Departamentning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Jamg‘arma mablag‘larini to‘plash va sarflash masalalariga oid tushuntirishlar beradi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
17. Jamg‘armani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 44-son, 444-modda, 52-son, 534-modda; 2011-y., 4-5-son, 32-modda; 2013-y., 17-son, 223-modda; 2017-y., 24-son, 492-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2017-y., 06/17/5250/0284-son; 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son, 06.03.2018-y., 06/20/5370/0975-son, 08.06.2018-y., 06/18/5457/1324-son, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)