Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.06.2014 20.10.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1731
ONLINE TRANSLATE
Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi, 20.10.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1731
Date of entry into force
30.10.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.06.2014
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ELEKTR ENERGETIKADA NAZORAT BOʻYIChA DAVLAT INSPEKSIYASI BOShLIGʻINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BUYRUGʻI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmolchi obyektlarini elektr taʼminoti loyihalarining kelishuvini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 20-oktabrda 1731-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 3-iyundagi 5-sonli “Isteʼmolchi obyektlarini elektr taʼminoti loyihalarining kelishuvini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1731-2, 05.06.2014-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi (“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi) toʻgʻrisidagi nizom”ga asosan buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ilova qilinayotgan “Isteʼmolchi obyektlarini elektr taʼminoti loyihalarining kelishuvini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi B. GʻULOMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2007-yil 17-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
144-son

“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻining
2007-yil 17-sentabrdagi 144-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmolchi obyektlarini elektr taʼminoti loyihalarining kelishuvini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi (“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi) toʻgʻrisidagi nizom”ga muvofiq, elektr energiyasi isteʼmolchilarining yangidan ishga tushirilgan va rekonstruksiya qilingan obyektlarini ishlashining ishonchliligini, xavfsizligini va texnikaviy shartlarga muvofiqligini taʼminlash maqsadida elektr taʼminoti loyiha hujjatlari (keyingi oʻrinlarda elektr taʼminoti loyihalari deb yuritiladi) kelishuvini oʻtkazishning tartibi va muddatlarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
§ 1. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Elektr taʼminoti loyihalarining elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va isteʼmol qilish xavfsizligini taʼminlash borasidagi kelishuvini oʻtkazish isteʼmolchilarning yangidan ishga tushirayotgan va rekonstruksiya qilinib, elektr taʼminoti tashkilotining tarmoqlariga ulanayotgan obyektlari, texnologiyalari va uskunalarini (keyingi oʻrinlarda obyektlar deb yuritiladi) uchun majburiydir va “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda Oʻzdavenergonazorat deb yuritiladi) hamda uning hududiy boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Faoliyati elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va isteʼmol qilish bilan bogʻliq boʻlgan isteʼmolchilarning yangidan ishga tushirilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan obyektlari ixtisoslashtirilgan loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyiha hujjatlari boʻyicha barpo etilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Obyektlarning elektr taʼminoti loyihalarini ishlab chiqish Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 35-son, 382-modda) bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari”, “Elektr uskunalarining tuzilishi qoidalari”, qurilish meʼyorlari va qoidalarining (keyingi oʻrinlarda QMQ deb yuritiladi) elektr taʼminotiga taalluqli qismini va boshqa normativ hujjatlarning talablarini eʼtiborga olgan holda bajarilishi lozim.
(3-band Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 24-noyabrdagi 24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1731-1, 21.12.2011y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 51-son, 547-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Elektr taʼminoti loyihalarining kelishuvini oʻtkazish energetika sohasidagi qonun hujjatlari hamda mazkur Nizom talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Oʻzdavenergonazorat” yoki uning hududiy boʻlimlari tomonidan isteʼmolchi obyektlarining elektr taʼminoti loyihalari kelishuvi oʻtkazilganidan soʻng ularga xulosa beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ulangan quvvati 750 kVA gacha boʻlgan elektr taʼminoti obyektlarining loyihalari boʻyicha xulosalar Oʻzdavenergonazoratning hududiy boʻlimlari (Toshkent viloyati va Toshkent shahar hududiy boʻlimlari bundan mustasno), 750 kVA va undan yuqorilari Oʻzdavenergonazorat tomonidan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent viloyati va Toshkent shahrida joylashgan elektr taʼminoti obyektlarning loyihalari boʻyicha xulosalar berish Oʻzdavenergonazorat tomonidan amalga oshiriladi.
(6-band Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 24-noyabrdagi 24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1731-1, 21.12.2011y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 51-son, 547-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quvvati 10 kilovattgacha boʻlgan obyektlarning elektr taʼminoti loyihalari “Oʻzdavenergonazorat” bilan kelishuvdan oʻtkazilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Oʻzbekenergo” DAK obyektlarining elektr taʼminoti loyihalari kelishuvi elektr taʼminoti tashkilotining vakili (eksperti) bilan birgalikda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Isteʼmolchida elektr taʼminoti loyihasini kelishuvi toʻgʻrisida “Oʻzdavenergonazorat” yoki uning hududiy boʻlimlari tomonidan berilgan xulosa boʻlmagan taqdirda, obyektni elektr tarmoqlariga ulash man etiladi.
(9-band Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 24-noyabrdagi 24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1731-1, 21.12.2011y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 51-son, 547-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
§ 2. Loyihalarni kelishuvga taqdim etish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Elektr taʼminoti loyihalari boʻyicha xulosani olish uchun “Oʻzdavenergonazorat”ga yoki uning hududiy boʻlimlariga isteʼmolchi yoki loyihani ishlab chiqqan loyiha tashkiloti tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr taʼminoti loyihasini kelishish toʻgʻrisidagi ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr taʼminoti loyihasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektni elektr tarmoqlariga ulash uchun elektr taʼminoti tashkiloti tomonidan berilgan texnik shartlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr taʼminoti tashkilotining tashqi elektr taʼminoti loyihasini kelishilganligi toʻgʻrisidagi xulosasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatib oʻtilgan roʻyxatdan ortiqcha qoʻshimcha materiallar soʻrab olish qatʼiyan taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Elektr taʼminoti loyihalari kelishuvini oʻtkazish muddati loyiha hujjatlarining hajmiga qarab belgilanadi va 30 kundan oshmasligi kerak. Juda katta va murakkab obyektlarning loyihalari kelishuvini oʻtkazishda, ushbu muddat istisno tariqasida, “Oʻzdavenergonazorat” boshligʻi tomonidan bir oyga, lekin undan ortiq boʻlmagan muddatga arizachini xabardor qilgan holda uzaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda tadbirkorlik faoliyati subyektlarining quvvati 50 kVt gacha boʻlgan elektr taʼminoti obyektlarining loyihalari kelishuvini oʻtkazish muddati 3 ish kunidan oshmasligi kerak.
(11-band Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 24-noyabrdagi 24-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1731-1, 21.12.2011y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 51-son, 547-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
§ 3. Obyektlarning elektr taʼminoti loyihalari boʻyicha xulosalar berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Obyektlarning elektr taʼminoti loyihalari boʻyicha xulosa Oʻzdavenergonazorat va uning hududiy boʻlimlarining qarorlari koʻrinishida rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Obyektlarning elektr taʼminoti loyihalari, ularning kelishuvni oʻtkazish davomida quyidagi hollarda qayta ishlab chiqilishi uchun qaytariladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelishuvni oʻtkazish uchun kerakli hujjatlar toʻla hajmda taqdim etilmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr taʼminoti tashkiloti tomonidan berilgan texnik shartlarning talablari bajarilmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va isteʼmol qilish sohasida Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 35-son, 382-modda) bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari” hamda “Elektr uskunalarining tuzilishi qoidalari”, QMQ hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga nomuvofiqliklar aniqlanganda.
(13-bandning toʻrtinchi xatboshisi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 24-noyabrdagi 24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1731-1, 21.12.2011y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 51-son, 547-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. “Oʻzdavenergonazorat” yoki uning hududiy boʻlimlari tomonidan birlamchi koʻrib chiqishda berilgan eʼtirozlar bartaraf etilib, loyiha qayta ishlab chiqilganidan soʻng, obyektlarning elektr taʼminoti loyihasi takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Qayta ishlab chiqilgan obyektning elektr taʼminoti loyihasining takroriy kelishuvini oʻtkazish muddati ularning murakkabligidan qatʼi nazar, 15 kundan oshmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda ilgari arizachiga yozma ravishda bayon qilinmagan yangi kamchiliklar bildirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Isteʼmolchi obyektlarining elektr taʼminoti loyihalarining kelishuvini oʻtkazishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
§ 4. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Mazkur Nizom “Oʻzbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi Boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari B. ABDURAXMANOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 5-sentabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULASHOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 29-avgust
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi A. TOʻXTAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 14-sentabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 43-son, 436-modda; 2011-y., 51-son, 547-modda)