02.10.2007 yildagi PQ-700-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 02.10.2007 yildagi PQ-700-son
Date of entry into force
02.10.2007
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-sonli Farmoniga muvofiq hamda tibbiyot muassasalari faoliyatini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-iyundagi PQ-3052-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-iyundagi PQ-3052-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshida sog‘liqni saqlash tizimi rahbar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazuvchi doimiy faoliyatdagi komissiya 8-ilovaga muvofiq tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar attestatsiya komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sog‘liqni saqlash tizimining rahbar xodimlarini har yili attestatsiyadan o‘tkazib turish, jumladan, ularning kasbiy tayyorgarlik va malaka darajasi bo‘yicha egallab turgan lavozimiga munosibligini baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sog‘liqni saqlash vazirligi va uning hududiy organlaridagi kadrlar tarkibini yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlash chora-tadbirlarini ko‘rish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘ini va boshqaruv organlari rahbarlarining malakasi hamda kasbiy tayyorgarligi darajasini doimiy ravishda oshirib borish tizimini yaratish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda attestatsiya komissiyasi to‘g‘risidagi nizomni, attestatsiyadan o‘tkazish tartibini, shuningdek attestatsiyadan o‘tkaziladigan sog‘liqni saqlash tizimi rahbar xodimlarining lavozimlari ro‘yxatini tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda yangi tashkil etilayotgan Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, viloyat diagnostika markazi, tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi, shuningdek qishloq vrachlik punkti to‘g‘risidagi nizomlar loyihalarini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5 va 6-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5298-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiyot muassasalarida qon, uning komponentlari va preparatlarini tayyorlash, saqlash va xavfsizlik standartlariga hamda aholiga gematologik yordam ko‘rsatish standartlariga rioya qilish ustidan nazoratni kuchaytirish to‘g‘risidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yilning 1-yanvaridan boshlab qon ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha tibbiy muolajalarni ko‘p marotaba qo‘llanilishi taqiqlangan buyum hamda asboblar ro‘yxatini tasdiqlagan holda bir marotabalik tibbiy buyum va asboblardan foydalanishga o‘tkazish to‘g‘risidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008—2010-yillarda gematologiya va qon quyish institutini, qon quyish stansiyalarini, OITS markazlarini zamonaviy laboratoriya va boshqa jihozlar bilan budjet mablag‘lari hamda xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari grantlarini jalb etish hisobidan mukammal ta’mirlash to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Belgilansinki, xususiy tibbiyot muassasalari quyidagi majburiy talablar va shartlarni bajargan taqdirda aholiga xizmat ko‘rsatish huquqiga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiyot muassasasi davolash faoliyatini faqat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga binoan muayyan turdagi ixtisos yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diagnostika va davolash asbob-uskunalaridan iborat zamonaviy moddiy-texnik bazaning mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muassasa shtatida turgan, tegishli ixtisos yo‘nalishi bo‘yicha malaka toifasiga ega bo‘lgan yuqori malakali vrach mutaxassislar diagnostika va davolash faoliyatini mustaqil ravishda olib borishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiyot muassasasi faoliyatini faqatgina davolash jarayoni standartlariga javob beradigan bino va xonalarda tashkil etishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining litsenziya berish va nodavlat muassasalari tomonidan ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlarning sifatini nazorat qilish boshqarmasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomni, shuningdek, tibbiyot faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi yangilangan nizomni tasdiqlasin va bunda Sog‘liqni saqlash vazirligining xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshirishning alohida reglamenti nazarda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uch oy muddatda yangi tashkil etilayotgan tuman tibbiyot birlashmalari, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari, jumladan, viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazlari, shuningdek, tibbiy diagnostika markazlarida kompleks inventarizatsiya o‘tkazsin va ularning moddiy-texnik bazasi holatini baholasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘tkazilgan inventarizatsiya natijalari bo‘yicha 2008—2012-yillarda viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot va diagnostika markazlari, tuman tibbiyot birlashmalari hamda sanitariya-epidemiologiya xizmatlarini bosqichma-bosqich mukammal ta’mirlash va zamonaviy diagnostika hamda davolash asbob-uskunalari bilan jihozlash (qo‘shimcha jihozlash) Dasturi loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, bunda ushbu maqsadlar uchun xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari hamda qarzlarini jalb etish nazarda tutilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkil etilayotgan respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, viloyat tibbiyot diagnostika markazlari, ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari, bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari binolarini rekonstruksiya qilish, ularning bo‘linmalarini bemorlarga tashxis qo‘yish va ularni davolash texnologiyalariga muvofiq maqbul tarzda joylashtirgan holda, O‘zbekiston Respublikasining 2008 — 2012-yillardagi Investitsiya dasturlariga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi qoshida, mavjud maydonlardan, Markazning ishlab chiqarish-texnika va kadrlar salohiyatidan foydalangan holda, kardioxirurgiya bo‘limini tashkil etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda tibbiyot muassasalariga zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalarini uzoq muddat ijaraga beradigan, ustav kapitalini shakllantirish manbalari belgilangan ixtisoslashtirilgan lizing kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risidagi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 22-yanvardagi F-2658-sonli farmoyishi bilan tuzilgan Ishchi guruhning sog‘liqni saqlash tarmog‘ini va shifoxonalardagi o‘rinlar sonini, shu jumladan kam quvvatli tibbiyot muassasalarini tugatish yoki tegishli shifoxonalarning bo‘limlariga aylantirish hisobiga maqbullashtirish to‘g‘risidagi taklifi 9-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
klinik ordinatura orqali shifokor xodimlar malakasini oshirish va kasb mahoratini takomillashtirishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiyot muassasalarining bosh shifokorlari va ularning o‘rinbosarlarini tibbiyot muassasalari menejmenti bo‘yicha qisqa muddatli maxsus kurslarda o‘qitishni nazarda tutuvchi tibbiyot kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimida boshqarishni takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 14-yanvardagi 18-sonli qarorining 1-bandi, 1 va 7-ilovalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-sonli qarorining 2-ilovasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Qosimov va R.S. Azimov zimmalariga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 2-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-700-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 2-oktabrdagi PQ-700-son qaroriga
8-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshida attestatsiyadan o‘tkazuvchi doimiy faoliyatdagi komissiya
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI

F.G. Nazirov

sog‘liqni saqlash vaziri, Komissiya raisi

N.U. Sharapov

sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, Komissiya raisining o‘rinbosari

A.I. Kamilov

sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari

B.B. Alimuxamedov

mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri o‘rinbosari

J.A. Qo‘chqorov

moliya vaziri o‘rinbosari

R.M. Shoabdurahmonov

iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari

R.D. Qurbonov

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya tibbiyot markazi direktori

O.M. Islamova

Sog‘liqni saqlash vazirligi nazorat inspeksiyaning boshlig‘i

Sh.X. Xashimov

Sog‘liqni saqlash vazirligining davolash-profilaktika yordamini tashkil etish Bosh boshqarmasi boshlig‘i

K.T. Yadgarova

Sog‘liqni saqlash vazirligining onalik va bolalikni muhofaza qilish Bosh boshqarmasi boshlig‘i

N.V. Sharipova

Sog‘liqni saqlash vazirligining Sanitariya-epidemiologiya nazorati bosh boshqarmasining sanitariya-gigiyena bo‘limi boshlig‘i

M.N. Akbarov

professor, Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya tibbiyot markazi bo‘linmasi mudiri, Sog‘liqni saqlash vazirligining bosh jarrohi

S.P. Abdullayev

professor, Toshkent tibbiyot akademiyasi bo‘linmasi mudiri, Sog‘liqni saqlash vazirligining bosh terapevti

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 2-oktabrdagi PQ-700-son qaroriga
9-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatilayotgan yoki tuman markaziy ko‘p tarmoqli shifoxonalari bo‘linmalariga aylantirilayotgan kam quvvatli tibbiyot muassasalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RO‘YXATI

T/r

Muassasalarning nomlanishi

Joylashgan joyi

Izoh

1.

Chimboy tumani silga qarshi dispanseri

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Chimboy shahri

tuman markaziy ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘linmasiga aylantiriladi

2.

Chimboy tumani teri-tanosil kasalliklari dispanseri

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Chimboy shahri

tuman markaziy ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘linmasiga aylantiriladi

3.

“Qilichboy” qishloq kasalxonasi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumani

tuman markaziy ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘linmasiga aylantiriladi

4.

“O‘zbekiston” qishloq kasalxonasi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumani

tuman markaziy ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘linmasiga aylantiriladi

5.

“Qipchoq” qishloq kasalxonasi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumani

tuman markaziy ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘linmasiga aylantiriladi

6.

“Shege” qishloq kasalxonasi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Mo‘ynoq tumani

tuman markaziy ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘linmasiga aylantiriladi

7.

Qo‘ng‘irot tumani teri-tanosil kasalliklari dispanseri

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qo‘ng‘irot tumani

tuman markaziy ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘linmasiga aylantiriladi

8.

“Jalpok yab” qishloq kasalxonasi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Kegeyli tumani

tuman markaziy ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘linmasiga aylantiriladi

9.

“Vodnik” shahar kasalxonasi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xo‘jayli tumani

ambulatoriya — QVP ga, kasalxona — tuman markaziy ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘linmasiga aylantiriladi

10.

Xo‘jayli tumani teri-tanosil kasalliklari dispanseri

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xo‘jayli tumani

tuman markaziy ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘linmasiga aylantiriladi

11.

“A. Durdiyev” qishloq kasalxonasi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, To‘rtko‘l tumani

tuman markaziy ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘linmasiga aylantiriladi

12.

“Miskin” qishloq kasalxonasi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, To‘rtko‘l tumani

tuman markaziy ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘linmasiga aylantiriladi

13.

“Tazo bog‘” qishloq kasalxonasi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Ellikqal’a tumani

tuman markaziy ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘linmasiga aylantiriladi

14.

Baliqchi tumani silga qarshi dispanseri

Andijon viloyati, Baliqchi tumani

tuman markaziy ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘linmasiga aylantiriladi

15.

Baliqchi tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasi

Andijon viloyati, Baliqchi tumani

tuman markaziy ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘linmasiga aylantiriladi

16.

G‘ijduvon tumani teri-tanosil kasalliklari dispanseri

Buxoro viloyati, G‘ijduvon shahri

tuman markaziy ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘linmasiga aylantiriladi

17.

Shofirkon tumani teri-tanosil kasalliklari dispanseri

Buxoro viloyati, Shofirkon shahri

tuman markaziy ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘linmasiga aylantiriladi

18.

“Qizilravat” qishloq kasalxonasi

Buxoro viloyati, Romitan tumani

tugatiladi

19.

“Kovchin” reabilitatsiya shifoxonasi

Qashqadaryo viloyati, G‘uzor shahri

tugatiladi

20.

Uchquduq tumani silga qarshi dispanseri

Navoiy viloyati, Uchquduq tumani

tuman markaziy ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘linmasiga aylantiriladi

21.

Xatirchi tumani Bolalar yuqumli kasalliklari shifoxonasi

Navoiy viloyati, Xatirchi tumani

tuman markaziy ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘linmasiga aylantiriladi

22.

Tug‘ruq kompleksi, Guliston shahri

Sirdaryo viloyati, Guliston shahri

tuman markaziy ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘linmasiga aylantiriladi

23.

Viloyat kirxonasi

Sirdaryo viloyati, Guliston shahri

tugatiladi

24.

Boyovut tumani silga qarshi dispanseri

Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani

tuman markaziy ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘linmasiga aylantiriladi

25.

Oltinsoy tumani 1-son shifoxonasi

Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumani

tuman markaziy ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘linmasiga aylantiriladi

26.

Oltinsoy tumani “Vaxshivor” qishloq kasalxonasi

Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumani

tuman markaziy ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘linmasiga aylantiriladi

27.

Jarqo‘rg‘on tumani teri-tanosil kasalliklari dispanseri

Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumani

tuman markaziy ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘linmasiga aylantiriladi

28.

Uzun tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasi

Surxondaryo viloyati, Uzun tumani

tuman markaziy ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘linmasiga aylantiriladi

29.

Sho‘rchi tumani “Tolli” 1-son shifoxonasi

Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumani

tuman markaziy ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘linmasiga aylantiriladi

30.

Olmaliq shahar teri-tanosil kasalliklari dispanseri

Toshkent viloyati, Olmaliq shahri

tuman markaziy ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘linmasiga aylantiriladi

31.

Angren shahar psixonevrologiya dispanseri

Toshkent viloyati, Angren shahri

tuman markaziy ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘linmasiga aylantiriladi

32.

Chirchiq shahar teri-tanosil kasalliklari dispanseri

Toshkent viloyati, Chirchiq shahri

tuman markaziy ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘linmasiga aylantiriladi

33.

Piskent tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasi

Toshkent viloyati, Piskent tumani

tuman markaziy ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘linmasiga aylantiriladi

34.

Marg‘ilon shahar teri-tanosil kasalliklari dispanseri

Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahri

tuman markaziy ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘linmasiga aylantiriladi

35.

Oltiariq tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasi

Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumani

tuman markaziy ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘linmasiga aylantiriladi

36.

Bog‘dod tumani silga qarshi dispanseri

Farg‘ona viloyati, Bog‘dod tumani

tuman markaziy ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘linmasiga aylantiriladi

37.

Dang‘ara tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasi

Farg‘ona viloyati, Dang‘ara tumani

tuman markaziy ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘linmasiga aylantiriladi

38.

So‘x tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasi

Farg‘ona viloyati, So‘x tumani

tuman markaziy ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘linmasiga aylantiriladi

39.

Furqat tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasi

Farg‘ona viloyati, Furqat tumani

tuman markaziy ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘linmasiga aylantiriladi

40.

Farg‘ona tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasi

Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani

tuman markaziy ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘linmasiga aylantiriladi

41.

XOSPIS kasalxonasi

Xorazm viloyati, Urganch tumani

tuman markaziy ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘linmasiga aylantiriladi

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 40-son, 413-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-y., 6-son, 223-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 29-son, 356-modda; 2016-y., 9-son, 86-modda)