O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASINING
QARORI
BOJXONA YuK DEKLARATSIYASINI TO‘LDIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTISh KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 13-sentabrda 834-14-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-08-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2774, 06.04.2016-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 90-moddasi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1998-y., № 2, 36-modda), O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (1999-yil 3-noyabr, ro‘yxat raqami 834 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-yil, 12-son) ilovaga* muvofiq o‘zgartish kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun muddat o‘tgach amalga kiritilsin.
3. Ushbu qaror ijrosi ustidan nazorat Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari D. Rasulov zimmasiga yuklatilsin.
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2007-yil 3-sentabr,
01-02/15-26-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 37-38-son, 394-modda)