O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh, ShUNINGDEK BA’ZILARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “RESPUBLIKA PILLAChILIK TARMOG‘INI YANADA ISLOH QILISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 2006 YIL 15 NOYABRDAGI PQ-512-SON QARORI)” 2007-YIL 4-YANVARDAGI 7-SON QARORIGA QO‘ShIMChA KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi huzurida To‘qimachilik mahsulotlari reklamasi va marketingi agentligini tashkil etish to‘g‘risida” 2007-yil 13-avgustdagi 171-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika pillachilik tarmog‘ini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 15-noyabrdagi PQ-512-son qarori)” 2007-yil 4-yanvardagi 7-son qaroriga 3-ilovaning “Infratuzilma korxonalari” blokiga “To‘qimachilik mahsulotlari reklamasi va marketingi agentligi” ustuni qo‘shilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 19-sentabr,
199-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 37-38-son, 390-modda)