Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.03.2018 13.08.2007 yildagi 171-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 13.08.2007 yildagi 171-son
Date of entry into force
13.08.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.03.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

“OʻZBEKENGILSANOAT” DAVLAT-AKSIYADORLIK KOMPANIYASI HUZURIDA TOʻQIMAChILIK MAHSULOTLARI REKLAMASI VA MARKETINGI AGENTLIGINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-martdagi 164-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5285-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Engil sanoatning eksport salohiyatini oshirish, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj tarmoqlari ishlab chiqaruvchilarini marketing olib borish borasida qoʻllab-quvvatlash, mamlakatimiz toʻqimachilik mahsulotlarining tashqi bozorlarga kirib borishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. "Oʻzbekyengilsanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasining "Oʻzbekyengilsanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi huzurida Toʻqimachilik mahsulotlari reklamasi va marketingi agentligini (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yengil sanoat mahsulotlari jahon bozorlari konyunkturasini, mahsulot eksporti yoʻnalishlari boʻyicha tarmoq korxonalarining takliflari va salohiyatini chuqur oʻrganishga yoʻnaltirilgan marketing faoliyatini olib borish, yengil sanoat korxonalariga ularning marketing xizmatlari faoliyatini takomillashtirishda koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy isteʼmolchilar bilan aloqalar oʻrnatishda, oʻzaro foydali kontraktlar tuzishda, respublika korxonalarining manfaatlarini chet elda himoya qilishda mamlakatimiz yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlarga eksport qilinadigan mahsulotga narx belgilashga oid axborotlar taqdim etish, tarmoq korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotning eksport narxlarini oshirish maqsadida tarmoq korxonalari tomonidan kelishilgan narx siyosati oʻtkazilishi boʻyicha tavsiyalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalar tomonidan tayyor mahsulotni eksport qilish yuzasidan uzoq muddatli (3—5 yil) buyurtmalar portfeli shakllantirilishini taʼminlashga, qoʻshilgan qiymati yuqori boʻlgan, jahon bozorida raqobatbardoshli tayyor mahsulot sotilishini ragʻbatlantirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yengil sanoat korxonalari va tashkilotlariga, shu jumladan ixtisoslikka doir adabiyotlar, bukletlar nashr etishda va Internet tarmogʻida ixtisoslashtirilgan veb-saytlar yaratilishi va yuritilishida axborot xizmatlari koʻrsatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. "Oʻzbekyengilsanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi huzuridagi Toʻqimachilik mahsulotlari reklamasi va marketingi agentligining xodimlarning cheklangan umumiy soni 11 nafar boʻlgan boshqaruv tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi va oʻz faoliyati toʻgʻrisida "Oʻzbekyengilsanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga hisobot beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda "Oʻzbekyengilsanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor boshchilik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
marketing, maslahat, reklama xizmatlari va boshqa xizmatlar koʻrsatish yuzasidan "Oʻzbekyengilsanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha Agentlik hisob raqamlariga tushadigan ajratmalar va pul mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jalb qilinadigan grant mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar (foyda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amaldagi qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa tushumlar Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Agentlik "Oʻzbekyengilsanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasining Toshkent shahar, Bobur koʻchasi, 45-uydagi binosiga joylashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. "Oʻzbekyengilsanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bir oy muddatda Agentlikning ustavi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini, shuningdek Agentlikning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. "Oʻzbekyengilsanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 13-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
171-son

Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 13-avgustdagi 171-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
"Oʻzbekyengilsanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi huzuridagi Toʻqimachilik mahsulotlari reklamasi va marketingi agentligining boshqaruv tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 33-34-son, 342-modda)