Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 03.07.2007 yildagi 136-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 03.07.2007 yildagi 136-son
Date of entry into force
03.07.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“V.P. ChKALOV NOMIDAGI TOShKENT AVIATSIYA IShLAB ChIQARISh BIRLAShMASI” DAVLAT-AKSIYADORLIK JAMIYATI FAOLIYATINI MAQBULLAShTIRISh VA UNI MOLIYAVIY SOGʻLOMLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyati tuzilmasini yanada takomillashtirish va faoliyatini maqbullashtirish, birlashmaning moliyaviy holatini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyati, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyatining Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan “V” hududini mulkiy komplekslar shaklida va Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi “Guliston” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohini, shuningdek aviatsiya birlashmasining ixtisosli boʻlmagan 1-ilovaga* muvofiq ijtimoiy obyektlarini ochiq savdoda sotish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahridagi “B” hududidagi 110 kV quvvatli yordamchi stansiya joylashgan 1 ga maydonli yer uchastkasini va Fargʻona shahridagi “A” hududidagi 110 kV quvvatli yordamchi stansiyani joylashgan yer uchastkasi bilan birgalikda “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyati balansidan “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi balansiga berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fargʻona shahridagi “V” hududidagi 10,0 ga maydonli yer uchastkasini “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyati balansidan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi balansiga berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birlashmaning umumiy maydoni 113,2 ga boʻlgan 2-ilovaga* muvofiq boshqa hududlarini, ularda joylashgan inshootlar bilan birgalikda Toshkent shahar, Toshkent va Fargʻona viloyatlari hokimliklari balansiga berish va keyinchalik ularni belgilangan tartibda ochiq savdoga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Andijon va Fargʻona mexanika zavodlarini 2009-yil 1-yanvardan boshlab “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyatining tugallangan balansga ega boʻlgan shuʼba korxonalariga aylantirish haqidagi takliflariga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatib oʻtilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun 3-ilovaga* muvofiq tarkibda ishchi guruh tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1, 2 va 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Birlashma xodimlarining umumiy sonini 2,2 ming nafarga, shu jumladan boshqaruv xodimlarini — 365 nafarga qisqartirishni nazarda tutadigan “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyatining yangilangan tashkiliy tuzilmasi, uning ijro etuvchi apparati va ishlab chiqarish tuzilmasi 4, 5 va 6-ilovalarga* muvofiq maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyati bosh direktoriga Kuzatuvchi kengashning roziligi bilan xodimlarning shtatdagi belgilangan soni doirasida birlashmaning ijro etuvchi apparati tashkiliy tuzilmasiga va uning ishlab chiqarish tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 4, 5 va 6-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur qarorga muvofiq “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi balansiga berilayotgan aktivlar qiymati topshirayotgan va qabul qilayotgan tomonlar uchun daromad (foyda) soligʻini hisoblab chiqishda soliq solish obyekti hisoblanmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahridagi “V” hududni, “Guliston” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohini va 1-ilovaga muvofiq obyektlarni sotishdan tushgan tushum “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyatining “Oʻzsanoatqurilishbank”dagi maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-ilovaga muvofiq obyektlarni sotishdan tushgan tushum, Davlat mulki qoʻmitasi tasarrufida qoladigan 3 foizdan va Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-avgustdagi 362-son qaroriga muvofiq hokimliklarning tasarrufiga tushadigan 25 foizdan tashqari, “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyatining koʻrsatib oʻtilgan maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrsatib oʻtilgan maxsus hisob raqamining mablagʻlaridan faqat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ishlab chiqarish quvvatlarini qayta joylashtirish va “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyati va Fargʻona mexanika zavodining tashqi toʻsiqlari yangi uchastkalarini qurish xarajatlarini qoplashga, shuningdek “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyatini zamonaviy kompyuter texnikasi va texnologiyalari, foydalanishni nazorat qilish tizimlari bilan jihozlash chora-tadbirlarini moliyalashtirishga sarflanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyatining bankdagi hisob raqamiga tushadigan 10 mln soʻmdan ortiq milliy va xorijiy valyutadagi (ekvivalentda) boshqa pul mablagʻlarini sarflash faqat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi, mehnatga haq toʻlash fondidan yagona ijtimoiy toʻlovlar bilan birgalikda ish haqi toʻlash, budjetga, davlat maqsadli jamgʻarmalariga, shuningdek yoqilgʻi-energetika resurslari uchun toʻlovlar bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mablagʻlarni sarflash boʻyicha belgilangan talablarga rioya qilinishi uchun shaxsiy javobgarlik “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyatining bosh direktoriga, bosh direktorning iqtisodiyot boʻyicha oʻrinbosariga va bosh buxgalterga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyati (Sultonov):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 1-iyuldan boshlab samolyot mahsulotlari ishlab chiqarishga xarajatlarning buxgalteriya hisobini har bir mahsulot boʻyicha alohida subhisob raqamlarida amalga oshirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi bilan birgalikda belgilangan tartibda “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyatining hududlari va obyektlarining, birinchi navbatda mazkur qarorga muvofiq oʻzgaga berilayotgan hududlar va obyektlarning, ularga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirgan holda, kadastr suratga olinishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 1-avgustgacha “Xobas-TAPO” qoʻshma korxonasining boshqa muassislari bilan “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyatining qoʻshma korxona sarmoyasidagi ulushini Davlat mulki qoʻmitasiga berish yuzasidan muzokaralar olib borsin va koʻrsatib oʻtilgan ulushni belgilangan tartibda bersin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 1-sentabrgacha ushbu qarorda koʻrsatilgan hududlar va obyektlarni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Toshkent shahar va Fargʻona viloyati hokimliklari balansiga bersin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil oxirigacha birlashma boʻlinmalarini 5 va 6-ilovalarga muvofiq qayta tashkil etsin va xodimlar sonini belgilangan parametrlarga muvofiq qisqartirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil oxirigacha manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, Andijon va Fargʻona mexanika zavodlari yuridik shaxs etib qayta tashkil qilingandan keyin ular tomonidan aviatsiya mahsulotlari ishlab chiqarishni davom ettirish hamda ushbu sohada xizmatlar koʻrsatish uchun zarur boʻlgan sertifikatlar va ruxsat beruvchi hujjatlar olinishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Toshkent shahar (Toʻxtayev) Toshkent viloyati (Niyozov) va Fargʻona viloyati (Abdullayev) hokimliklari “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyatining 2-ilovaga muvofiq hududlarini ularda joylashgan inshootlar bilan birgalikda qabul qilib olgandan keyin ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrsatib oʻtilgan hududlar ochiq savdoga qoʻyiladigan yer uchastkalari boʻyicha planga tushirilishini hamda tegishli yer uchastkalari va inshootlar baholanishini taʼminlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli yer uchastkalarini ularda joylashgan inshootlar bilan birgalikda, shuningdek imoratlar qurilmagan yer uchastkalarini belgilangan tartibda ochiq savdoga qoʻysinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi 2007-yil oxirigacha “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitaliga, unda davlatning ulushi kamida 51 foiz boʻlishini saqlab qolgan holda, ushbu qarorga muvofiq birlashma aktivlarining bir qismi oʻzgaga berilishi bilan bogʻliq boʻlgan davlatga tegishli aksiyalar ulushi yuzasidan tuzatish kiritilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyati ushbu qarorga muvofiq uning ustav kapitaliga tuzatish kiritishda aksiyalar emissiyasi prospekti qayta roʻyxatdan oʻtkazilganligi uchun istisno tariqasida yigʻimlardan ozod qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Toshkent shahar hokimligi (Toʻxtayev) “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyatining Toshkent shahridagi obyektlari va hududlari kadastr suratga olingandan keyin bir oy muddatda jamiyatining ishlab chiqarish boʻlinmalari egallab turgan yer uchastkalarini (mazkur qarorga muvofiq oʻzgaga berilayotgan yer uchastkalaridan tashqari) shahar hududiga, ikkinchi zonaga kiritish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent viloyati hokimligi (Niyozov) bir oy muddatda “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyatining uchish sinov-transport kompleksi hududini (ushbu qarorga muvofiq oʻzgaga berilayotgan uchastkalar bundan mustasno) lalmi yerlarga kiritish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va Q.S. Sanaqulov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 3-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
136-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 27-28-son, 285-modda)