Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.08.2017 11.06.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1688
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining qarori, 11.06.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1688
Date of entry into force
21.06.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.08.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirish, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 26-yanvardagi 8, 93, 2010-2, 01-02/8-1-sonli (roʻyxat raqami 1688-2-son, 15.02.2010-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 6-7-son, 56-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 11-iyunda 1688-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2017-yil 17-iyuldagi 110, 140, 2017-37 va 01-02/8-29-sonli “Mablagʻlarni investitsiyaga yoʻnaltiruvchi yuridik shaxslar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2918, 25.08.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisi”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-martdagi “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF-3860-son Farmoniga muvofiq qaror qilamiz:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirish, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 26-yanvardagi 8, 93, 2010-2, 01-02/8-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1688-2-son, 15.02.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 6-7-son, 56-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri R. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 27-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot vaziri B. XOʻJAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 27-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 27-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-29-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 27-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
01-02/8-11-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2007-yil 27-apreldagi 47, 21,2007-29,01-02/8-11-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirish, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida
(nizom nomi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 26-yanvardagi 8, 93, 2010-2, 01-02/8-1-sonli (roʻyxat raqami 1688-2-son, 15.02.2010-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 6-7-son, 56-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-martdagi PF-3860-sonli “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirish, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibini belgilaydi”;
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 26-yanvardagi 8, 93, 2010-2, 01-02/8-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1688-2-son, 15.02.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 6-7-son, 56-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi texnologik jihoz – chiqarilgan sanadan boshlab uch yildan oshmagan texnologik jihoz;
(1-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2009-yil 1-apreldagi 39, 66, 2009-3 va 01-02/8-1-sonli qarori(roʻyxat raqami 1688-1-son, 20.04.2009-y.) tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 218-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
modernizatsiyalash — asosiy vositalar obyektini texnologik yoki xizmat maqsadini oʻzgartirish, ularning unumdorligini oshirish yoki boshqa sifat koʻrsatkichlarini yaxshilashga yoʻnaltirilgan ishlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik va texnologik qayta jihozlash — ilgʻor texnika va texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, maʼnan va jismonan eskirgan uskunalarni unumdorligi yanada yuqori boʻlganlari bilan yangilash asosida asosiy vositalar yoki ularning ayrim qismlarining texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar majmui. Texnik va texnologik qayta jihozlash yangi ishlab chiqarishni tashkil etish hamda ishlab turgan ishlab chiqarishlarni kengaytirishni ham oʻz ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish — ishlab chiqarishni takomillashtirish va uning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini oshirish bilan bogʻliq boʻlgan hamda ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, mahsulot (ishlar, xizmatlar) sifatini yaxshilash va nomenklaturasini oʻzgartirish maqsadlarida rekonstruksiya qilish loyihasi boʻyicha amalga oshiriladigan tovarlarni ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlarni koʻrsatish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan mavjud binolar va inshootlarni qayta qurish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirish — mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat koʻrsatish jarayonida foydalanish maqsadida yangi bino va inshootlarning qurilishi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 26-yanvardagi 8, 93, 2010-2, 01-02/8-1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1688-2-son, 15.02.2010-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 6-7-son, 56-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Yangi texnologik jihozni sotib oluvchi, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirish, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi, yagona soliq toʻlovi va mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar ushbu Nizomda belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan texnologik jihozlarga bojxona toʻlovlari boʻyicha (qoʻshilgan qiymat soligʻi, import boj toʻlovlari) imtiyozlar Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 211-moddasi va “Boj tarifi toʻgʻrisida”gi Qonunining 33-moddasiga muvofiq taqdim etiladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 26-yanvardagi 8, 93, 2010-2, 01-02/8-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1688-2-son, 15.02.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 6-7-son, 56-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Lizing obyektini qoʻshimcha lizingga berishda, ushbu Nizomda belgilangan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi, yagona soliq toʻlovi va mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar qoʻshimcha lizingni oluvchiga taalluqli boʻladi. Bu holda lizing obyektini qoʻshimcha lizingga beruvchi lizing oluvchiga yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi, yagona soliq toʻlovi va mol-mulk soligʻi boʻyicha nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 26-yanvardagi 8, 93, 2010-2, 01-02/8-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1688-2-son, 15.02.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 6-7-son, 56-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Soliq imtiyozlari (mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar bundan mustasno) yangi jihoz ishlab chiqarishga joriy etilgan yoki oʻz ishlab chiqarishini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirish, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish amalga oshirilgan navbatdagi soliq davridan boshlab qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi va yagona soliq toʻlovi boʻyicha imtiyozlar foyda (tushum) qaysi faoliyat turidan olingan boʻlishidan qatʼi nazar, soliq solinadigan foydaning (soliq solinadigan bazaning) barcha summasiga nisbatan tatbiq etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar mazkur Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan tartibda taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi kiritilayotgan texnologik jihoz boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash uchun yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi, yagona soliq toʻlovi va mol-mulk soligʻi boʻyicha hisob-kitoblarga qayta kiritilayotgan yangi texnologik jihozni foydalanishga topshirish sanasi koʻrsatilgan, korxona rahbari yoki u tomonidan vakil qilingan shaxs tomonidan tasdiqlangan ixtiyoriy shakldagi Maʼlumotnoma ilova qilinadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 26-yanvardagi 8, 93, 2010-2, 01-02/8-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1688-2-son, 15.02.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 6-7-son, 56-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 26-yanvardagi 8, 93, 2010-2, 01-02/8-1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1688-2-son, 15.02.2010-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 6-7-son, 56-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Soliq va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar va ularni qoʻllash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
§1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar
(paragraf nomi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 26-yanvardagi 8, 93, 2010-2, 01-02/8-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1688-2-son, 15.02.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 6-7-son, 56-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Yuridik shaxslarning soliq solinadigan foydasi ishlab chiqarishni modernizatsiyalashga, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga, yangi texnologik jihoz xarid qilishga, ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirishga, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishga, ushbu maqsadlar uchun berilgan kreditlarni qaytarishga, lizing obyekti qiymatining oʻrnini qoplashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summasiga, tegishli soliq davrida hisoblangan amortizatsiyani chegirib tashlagan holda, biroq soliq solinadigan foydaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda kamaytiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 26-yanvardagi 8, 93, 2010-2, 01-02/8-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1688-2-son, 15.02.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 6-7-son, 56-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi soliq toʻlovchilar tomonidan qoʻllaniladi.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 26-yanvardagi 8, 93, 2010-2, 01-02/8-1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1688-2-son, 15.02.2010-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2010-y., 6-7-son, 56-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Kreditni (lizingni) toʻlashda soliq solish foydasidan asosiy qarz summasini (lizing obyekti qiymatini) toʻlashga sarflangan summa chiqarib tashlanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 26-yanvardagi 8, 93, 2010-2, 01-02/8-1-sonli qarori(roʻyxat raqami 1688-2-son, 15.02.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 6-7-son, 56-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Soliq solish bazasini hisoblashda jihozlarni sotib olish uchun foydalanilgan mablagʻlar faqat bir marta chegirib tashlanadi. Masalan, agarda soliq solish bazasi kredit (lizing) hisobiga olingan jihoz qiymatiga kamaytirilgan boʻlsa, u holda ushbu kreditni (lizing obyekti qiymatini) toʻlashga sarflangan mablagʻlar soliq solish bazasidan chegirib tashlanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Soliq solinadigan foydani ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan maqsadlarga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summasiga kamaytirish xarajatlar amalga oshirilgan soliq davridan eʼtiboran, yangi texnologik jihoz boʻyicha esa u foydalanishga topshirilgan paytdan eʼtiboran besh yil ichida amalga oshiriladi. Agar joriy soliq davrida yuqorida taʼkidlab oʻtilgan maqsadlar uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summasi soliq solinadigan foydaning 30 foizidan oshsa, qolgan summa kelgusi soliq davrlarida oʻrnatilgan muddatda chegirilib borishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, soliq solish foydasining kamaytirilishi har hisobot (soliq) davrida oʻsib boruvchi yakun bilan amalga oshiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 26-yanvardagi 8, 93, 2010-2, 01-02/8-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1688-2-son, 15.02.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 6-7-son, 56-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Agar hisobot (soliq) davrida hisoblangan amortizatsiya summasi ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashga, ushbu maqsadlar uchun berilgan kreditlarni qaytarishga va lizing obyekti qiymatining oʻrnini qoplashga yoʻnaltirilgan mablagʻlar summasidan oshsa, ushbu hisobot (soliq) davrida yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha soliq solish foydasining kamaytirilishi amalga oshirilmaydi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 26-yanvardagi 8, 93, 2010-2, 01-02/8-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1688-2-son, 15.02.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 6-7-son, 56-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2009-yil 1-apreldagi 39, 66, 2009-3 va 01-02/8-1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1688-1-son, 20.04.2009-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 218-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
§ 2. Yagona soliq toʻlovi boʻyicha imtiyoz
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Yagona soliq toʻlovi boʻyicha soliq solinadigan baza yangi texnologik asbob-uskunalar olishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar summasiga, lekin soliq solinadigan bazaning koʻpi bilan 25 foiziga kamaytiriladi. Soliq solinadigan bazani kamaytirish texnologik asbob-uskunalarni foydalanishga joriy etilgan soliq davridan boshlab besh yil mobaynida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yagona soliq toʻlovi boʻyicha imtiyoz texnologik jihozga uning xarid qilish manbaidan (oʻz mablagʻlari, yoki qarzga olingan mablagʻlar, shu jumladan lizing) qatʼi nazar, beriladi.
(12-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2009-yil 1-apreldagi 39, 66, 2009-3 va 01-02/8-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1688-1-son, 20.04.2009-y.) tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 218-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Soliq solish bazasining kamaytirilishi texnologik jihoz ishlab chiqarishga kiritilgan hisobot soliq davridan boshlab amalga oshiriladi. Bunda, har bir hisobot soliq davrida soliq solish bazasidan chegirilishi lozim boʻlgan mablagʻ summasi soliq solish bazasining 25 foizidan oshmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qayta kiritilayotgan jihozning qiymati joriy soliq davrda soliq solish bazasining 25 foizidan oshib ketsa, u holda ortgan summa kelgusi soliq davrlarida oʻrnatilgan muddat doirasida, belgilangan cheklashlarni hisobga olib chegirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2009-yil 1-apreldagi 39, 66, 2009-3 va 01-02/8-1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1688-1-son, 20.04.2009-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 218-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
§ 3. Mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyoz
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyoz qayta kiritilayotgan yangi texnologik jihoz ishlab chiqarishga kiritilgan paytdan boshlab besh yil muddatga ozod etish koʻrinishida beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Mol-mulk soligʻi hisob-kitobiga ilova qilinadigan soliq solinmaydigan mol-mulk roʻyxatida alohida satrda ishlab chiqarishga qayta kiritilayotgan yangi texnologik jihozning qoldiq qiymati belgilangan imtiyoz davri davomida koʻrsatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
§ 4. Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyoz
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyoz texnologik jihoz va unga tegishli butlovchi va ehtiyot qismlarning qoʻshilgan qiymat soligʻi va import bojxona bojlaridan ozod qilish koʻrinishida beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Texnologik jihozni qoʻshilgan qiymat soligʻi va import bojxona bojlaridan ozod etish Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan texnologik jihozlar roʻyxatiga muvofiq qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Olib kirilayotgan texnologik jihozga tegishli boʻlgan butlovchi va ehtiyot qismlar qoʻshilgan qiymat soligʻi va import bojxona bojlaridan texnologik jihozlarni yetkazib berish boʻyicha shartnoma shartlarida butlovchi va ehtiyot qismlar texnologik jihoz bilan bir toʻplamda yetkazib berish koʻzda tutilgan hollarda ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar tatbiq etiladigan texnologik jihoz olib kirilayotganda, bojxona yuk deklaratsiyasining (BYuD) “Preferensiylar” nomli 36-ustunida bojxona toʻlovlaridan ozod qilinishining tegishli kodlari koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Texnologik jihozlar xarid (import) qilingan paytdan boshlab uch yil ichida sotib yuborilgan yoki tekinga berilgan boʻlsa, yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi, yagona soliq toʻlovi va mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar bekor qilinadi va qonunchilikda belgilangan tartibda ularni toʻlash boʻyicha majburiyatlar tiklanadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 26-yanvardagi 8, 93, 2010-2, 01-02/8-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1688-2-son, 15.02.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 6-7-son, 56-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar faqatgina import qilingan texnologik jihoz olib kirilgan paytdan eʼtiboran uch yil ichida eksportga realizatsiya qilingan yoki bepul berilgan taqdirda bekor qilinadi. Bunda toʻlanishi lozim boʻlgan toʻlovlarni toʻlash boʻyicha majburiyat texnologik jihozni eksport qiluvchiga yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Import qilingan texnologik jihoz eksport qilinganda eksportyor bojxona organlariga texnologik jihozni import qilishda bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilgan BYuDning nusxasini taqdim etishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Import qilingan texnologik jihoz Oʻzbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilingan yoki bepul berilgan taqdirda bojxona toʻlovlarni toʻlash boʻyicha majburiyatlar yuzaga kelmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda import qilingan texnologik jihozni berayotgan tomon (importyor, sotuvchi, egasi) xaridorga texnologik jihozni import qilishda bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilgan BYuDning nusxasini taqdim etishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Mazkur Nizomda belgilangan imtiyozlarning toʻgʻri qoʻllanishi ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(III-bob Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2009-yil 1-apreldagi 39, 66, 2009-3 va 01-02/8-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1688-1-son, 20.04.2009-y.) tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 218-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2009-yil 1-apreldagi 39, 66, 2009-3 va 01-02/8-1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1688-1-son, 20.04.2009-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 218-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2009-yil 1-apreldagi 39, 66, 2009-3 va 01-02/8-1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1688-1-son, 20.04.2009-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 218-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2009-yil 1-apreldagi 39, 66, 2009-3 va 01-02/8-1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1688-1-son, 20.04.2009-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 218-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2009-yil 1-apreldagi 39, 66, 2009-3 va 01-02/8-1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1688-1-son, 20.04.2009-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 218-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2009-yil 1-apreldagi 39, 66, 2009-3 va 01-02/8-1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1688-1-son, 20.04.2009-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 218-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 24-son, 254-modda; 2009-y., 17-son, 218-modda, 2010-y., 6-7-son, 56-modda)