26.05.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1682
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 26.05.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1682
Date of entry into force
05.06.2007
Hujjat 09.01.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH VA NAZORAT QILISH MARKAZI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
INVESTITSIYA VOSITACHILARINING EMITENTLARGA RASMIY DILER (MARKET-MEYKER)LIK XIZMATLARINI AMALGA OSHIRISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 26-mayda 1682-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-475-son qarorini (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil 39-son, 387-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi, Moliya vazirligi va Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
(qarorning muqaddimasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi, Moliya vazirligi va Markaziy bank Boshqaruvining 2009-yil 3-fevraldagi 2009-08, 13 va 289-V-1-sonli (roʻyxat raqami 1682-1, 14.02.2009-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 8-son, 80-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Investitsiya vositachilarining emitentlarga rasmiy diler (market-meyker)lik xizmatlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktori K. TOLIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 9-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-03-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri R. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 9-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 9-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
289-V-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi, Moliya vazirligi va Markaziy bank Boshqaruvining
2007-yil 9-martdagi 2007-03, 33, 289-V-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiya vositachilarining emitentlarga rasmiy diler (market-meyker)lik xizmatlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi, “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-475-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2006-yil 39-son, 387-modda) muvofiq investitsiya vositachilarining, shu jumladan tijorat banklarining va sugʻurtalovchilarning emitentlarga rasmiy diler (market-meyker)lik xizmatlarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizomning talablari davlat qimmatli qogʻozlari emitentlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 22-noyabrdagi 2014-30, 78, 289-V-2-sonli (roʻyxat raqami 1682-2, 10.12.2014-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 50-son, 600-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdolar tashkilotchisi — birja va birjadan tashqari qimmatli qogʻozlar savdosini tashkil qilish faoliyatini belgilangan tartibda amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
market-meyker — qimmatli qogʻozlarga doir narxlar, talab va taklif darajasini saqlab turish uchun birja bitimlarini tuzish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan investitsiya vositachisi;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 12-dekabrdagi 2018-15, 151, 289-V-3-sonli qarori (roʻyxat raqami 1682-3, 09.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 10/19/1682-3/2448-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdolar tashkilotchisining qoidalari — qimmatli qogʻozlarni muomalaga kiritish va muomaladan chiqarish, qimmatli qogʻozlar narxlari kotirovkasini aniqlash jarayonlariga doir tartiblarni oʻz ichiga oluvchi qimmatli qogʻozlar savdosi qoidalari, qimmatli qogʻozlarning savdosi tashkilotchisi tomonidan qatnashchilarga savdolarda ishtirok etishlariga ruxsat berish tartibi, maʼlumotlarni oshkor etish tartibi va qonun hujjatlarida koʻrsatilgan boshqa hujjatlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
market-meykerlik xizmatlarini amalga oshirish haqidagi shartnoma (keyingi oʻrinlarda — Shartnoma) — investitsiya vositachisi va savdolar tashkilotchisining huquq va majburiyatlari va market-meykerlik xizmatlarini amalga oshirishning boshqa muhim shartlarini nazarda tutuvchi savdolar tashkilotchisi va investitsiya vositachisi oʻrtasidagi yozma kelishuv;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
market-meykerlarning rasmiy roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — Roʻyxat) — Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari talablariga muvofiq market-meykerlik xizmatlarini amalga oshiruvchi investitsiya vositachilarining hamma tanishib chiqishi uchun ochiq boʻlgan va savdolar tashkilotchisi tomonidan shakllantiriladigan rasmiy roʻyxati;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkiyoqlama kotirovka — oʻzi eʼlon qilgan yoki qabul qilgan shartlar asosida bitimlarni tuzish majburiyatini olgan holda, market-meyker tomonidan bir vaqtning oʻzida eʼlon qilingan qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotish narxlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ochilish narxi — market-meyker tomonidan savdo sessiyasining ochilishi vaqtida eʼlon qilingan qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotish narxi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yopilish narxi — market-meyker tomonidan savdo sessiyasining yopilishi vaqtida eʼlon qilingan qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotish narxi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi.
(1-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 22-noyabrdagi 2014-30, 78, 289-V-2-sonli (roʻyxat raqami 1682-2, 10.12.2014-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 50-son, 600-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Market-meykerlik xizmatlarini amalga oshirish shartlari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Market-meykerlik xizmatlari investitsiya vositachisi tomonidan u Roʻyxatga kiritilganidan keyin amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 22-noyabrdagi 2014-30, 78, 289-V-2-sonli (roʻyxat raqami 1682-2, 10.12.2014-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 50-son, 600-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Investitsiya vositachisi bir nechta emitentlarning qimmatli qogʻozlari boʻyicha market-meykerlik xizmatlarini koʻrsatish huquqiga ega. Bir emitentning qimmatli qogʻozlari ikki yoki undan ortiq market-meykerlar tomonidan, savdolar tashkilotchisining Qoidalarida belgilangan tartibda, kotirovka qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Investitsiya vositachisining Roʻyxatga kiritilishi uchun zarur sharti boʻlib quyidagilarning mavjudligi hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdolar tashkilotchisi tomonidan belgilangan miqdordan kam boʻlmagan xususiy kapital;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar emitenti bilan kelishuv (emitentning maxsus dileri xizmati koʻrsatilgan hollarda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Investitsiya vositachisi Roʻyxatga kiritilishi uchun savdolar tashkilotchisiga savdolar tashkilotchisi tomonidan belgilangan shakldagi arizani taqdim etadi. Arizaga ushbu investitsiya vositachisi tomonidan tasdiqlangan, mazkur Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Market-meykerlik xizmatlarini koʻrsatish maqsadi boʻlgan investitsiya vositachisi savdolar tashkilotchisidan market-meykerlik xizmatlarini amalga oshirish shartlari va talablariga taalluqli boʻlgan maʼlumotlarni olish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savdolar tashkilotchisi oʻzining Internetdagi saytida oʻzi tomonidan tasdiqlangan market-meykerlik xizmatlarini amalga oshirishga qoʻyilgan talablar, ushbu talablarga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarni muntazam ravishda eʼlon qilib borishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Har bir arizani koʻrib chiqish natijasiga koʻra, savdolar tashkilotchisi besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda investitsiya vositachisini Roʻyxatga kiritish yoki Roʻyxatga kiritishni rad etish haqida asoslangan qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Investitsiya vositachisini Roʻyxatga kiritishni asossiz rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Roʻyxatga kiritilishi rad etilgan taqdirda, investitsiya vositachisi savdolar tashkilotchisi tomonidan koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etganidan keyin, Roʻyxatga kiritilishi uchun umumiy asoslarga tayangan holda takroran ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Investitsiya vositachisini qimmatli qogʻozlarning aniq bir turi boʻyicha market-meykerlik xizmatlarini amalga oshirish uchun Roʻyxatga kiritilishi, ushbu investitsiya vositachisiga qimmatli qogʻozlarning boshqa turlari boʻyicha hech qanday qoʻshimcha huquqni bermaydi va/yoki hech qanday qoʻshimcha cheklashlarni yaratmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Investitsiya vositachisini Roʻyxatga kiritish haqida qaror qabul qilingan taqdirda, savdolar tashkilotchisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qaror qabul qilingan kunning ertasidan kech boʻlmagan muddatda investitsiya vositachisi bilan Shartnoma tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya vositachisi bilan shartnoma tuzilgan kuni investitsiya vositachisining nomi, emitentning nomi va kotirovkalanadigan qimmatli qogʻozlarning turini koʻrsatgan holda, investitsiya vositachisini Roʻyxatga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Shartnomaning shakli va mazmuni shartnomada koʻrsatilgan taraflar tomonidan qonun hujjatlari talablari va savdolar tashkilotchisi Qoidalariga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Shartnoma imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va investitsiya vositachisining Roʻyxatda boʻlishi davri mobaynida amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Shartnomaning bekor qilinishi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, mazkur Nizom talablarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Market-meyker tomonidan pul mablagʻlari va qimmatli qogʻozlar limitlarini taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Market-meyker savdolar tashkilotchisining pul mablagʻlari va qimmatli qogʻozlar limitlarini taʼminlash boʻyicha talablariga amal qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Qimmatli qogʻozlar va pul mablagʻlarining limitining minimal miqdori savdolar tashkilotchisi tomonidan qimmatli qogʻozlari market-meyker tomonidan kotirovka qilinayotgan emitentning ustav fondi miqdoridan kelib chiqqan holda, quyidagi tartibda belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul mablagʻlari uchun — emitentning ushbu turdagi qimmatli qogʻozlarining umumiy nominal bahosiga nisbatan foiz hisobida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar uchun — emitentning ushbu turdagi qimmatli qogʻozlari umumiy soniga nisbatan foiz hisobida.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Savdolar tashkilotchisi har bir savdo sessiyasi boshlanishidan avval pul mablagʻlari va qimmatli qogʻozlar limitining muvofiqligini aniqlaydi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 22-noyabrdagi 2014-30, 78, 289-V-2-sonli (roʻyxat raqami 1682-2, 10.12.2014-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 50-son, 600-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Market-meyker pul mablagʻlari limitini taʼminlash maqsadida mazkur Nizomda belgilangan tartibda qarz mablagʻlarini jalb qilish huquqiga ega.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 22-noyabrdagi 2014-30, 78, 289-V-2-sonli (roʻyxat raqami 1682-2, 10.12.2014-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 50-son, 600-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Qimmatli qogʻozlarning limitini taʼminlash maqsadida market-meyker:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetishmayotgan qimmatli qogʻozlar sonini emitentdan yoki boshqa qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilaridan sotib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlarni sotib olish uchun repo-bitimini tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa usullar bilan qimmatli qogʻozlarni sotib olish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Zarur miqdordagi pul mablagʻlari va/yoki qimmatli qogʻozlari mavjud boʻlmagan taqdirda, market-meyker savdolar tashkilotchisi tomonidan savdo sessiyasiga qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Pul mablagʻlari yoki qimmatli qogʻozlar limitini taʼminlash talablari muntazam ravishda buzilgan taqdirda, savdolar tashkilotchisi bu haqda market-meykerni yozma ravishda ogohlantiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiya vositachisi tomonidan pul mablagʻlari yoki qimmatli qogʻozlar limiti talablari u bu haqda ogohlantirilganidan keyin ham buzilsa, savdolar tashkilotchisi uni Roʻyxatdan chiqarib yuborish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Roʻyxatdan chiqarilgan investitsiya vositachisi savdolar tashkilotchisiga oʻzini Roʻyxatga kiritilishini soʻrab ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiya vositachisini Roʻyxatga kiritish mazkur Nizomning 2-boʻlimida koʻrsatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qimmatli qogʻozlarning market-meyker tomonidan ikkiyoqlama kotirovka qilinishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Qimmatli qogʻozlarning ikkiyoqlama kotirovka qilinishining taʼminlanishi va realizatsiya qilinishi market-meyker tomonidan savdolar tashkilotchisining Qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiya vositachisi tomonidan market-meykerlik xizmatlari bir vaqtning oʻzida tashkillashtirilgan birja va birjadan tashqari bozorlarda koʻrsatilgan taqdirda, birja va birjadan tashqari bozorlarda u tomondan bir xil narx diapazoni belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Agar tashkillashtirilgan bozorda emitentning qimmatli qogʻozlari boʻyicha avval tuzilgan bitimlar mavjud boʻlmasa, market-meyker oʻzi kotirovka qiladigan qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotishning boshlangʻich narxlarini mustaqil ravishda belgilaydi, qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Market-meyker quyidagilarni eʼlon qilishi shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir savdo sessiyasi boshlanishida — sotib olish va sotish uchun ochilish narxlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir savdo sessiyasi davomida — joriy vaqtdagi sotib olish va sotish narxlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir savdo sessiyasi soʻngida — sotib olish va sotish uchun yopilish narxlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Yopilish narxi keyingi savdo sessiyasining ochilish narxi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Market-meyker tomonidan eʼlon qilingan narxlar, u tomondan qimmatli qogʻozlarga boʻlgan talab va taklifdan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Kotirovka (narxlar) shakllanishi haqqoniy bozor narxlarini belgilash tamoyillaridan va kotirovka qilinadigan qimmatli qogʻozlar likvidliligini taʼminlashdan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Market-meyker tomonidan muayyan qimmatli qogʻozlarga boʻlgan narxlar, talab va taklif darajasini ushlab turish uchun qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar tuzish qimmatli qogʻozlar bozorida hiyla-nayrang ishlatish hisoblanmaydi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 12-dekabrdagi 2018-15, 151, 289-V-3-sonli qarori (roʻyxat raqami 1682-3, 09.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 10/19/1682-3/2448-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Qimmatli qogʻozlarning sotib olish va sotish narxlarini maʼlum qilishda market-meyker eʼlon qilingan narxlar taalluqli boʻlgan qimmatli qogʻozlarning sonini oshkor qilishi shart, shuningdek, eʼlon qilingan narxlarning amal qilish muddatini maʼlum qilish huquqiga ham ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Sotib olish va sotish narxlarini eʼlon qilish market-meyker tomonidan tegishli buyurtmalarni savdo tizimiga kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 12-dekabrdagi 2018-15, 151, 289-V-3-sonli qarori (roʻyxat raqami 1682-3, 09.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 10/19/1682-3/2448-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Eʼlonda (qimmatli qogʻozlarni sotib olish/sotish uchun arizada) boshqa shartlar boʻyicha koʻrsatmalar koʻzda tutilmaganda, market-meyker oldi-sotdi bitimlarini savdo qatnashchilari tomonidan taklif qilingan shartlar boʻyicha tuzishga majbur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Market-meykerlik xizmatlarini amalga oshirishi davomida investitsiya vositachisi oʻzi kotirovkasini olib borayotgan qimmatli qogʻozlarni sotish va sotib olish boʻyicha kelib tushayotgan buyurtmalar, u tomonidan eʼlon qilinayotgan sotish va sotib olish narxlari, shuningdek amalga oshirilgan va rad etilgan bitimlar toʻgʻrisida savdo tizimida aks ettirilgan axborotlarning qogʻoz va/yoki elektron koʻrinishdagi alohida hisobini olib borish jurnalini (keyingi oʻrinlarda — Jurnal) yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jurnalning shakli savdolar tashkilotchisi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Investitsiya vositachisi market-meykerlik xizmatlarini amalga oshirishining butun davri davomida Jurnalga kiritilgan maʼlumot va axborotlarning saqlanishini taʼminlashi lozim. Market-meykerlik xizmatlarini amalga oshirishi tugatilgandan soʻng investitsiya vositachisi Jurnalni savdolar tashkilotchisiga saqlash uchun topshirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Market-meykerning huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Market-meyker quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdolar tashkilotchisidan oʻz xizmatlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni soʻrab olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda emitent bilan kelishuvni bekor qilish yoki uning muddatini uzaytirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdolar tashkilotchisiga oʻzining xizmatlarini amalga oshirish shart-sharoitlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz huquqlarini chegaralaydigan harakatlar yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar sotib olingan qimmatli qogʻozlarning soni, sotilgan qimmatli qogʻozlar sonini ayirganda, savdo sessiyasi davomida savdolar tashkilotchisi tomonidan ushbu turdagi qimmatli qogʻoz boʻyicha belgilangan majburiy kotirovkaning minimal miqdoridan ikki baravar koʻp boʻlsa, majburiy sotib olish kotirovkasini belgilashni rad etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar sotilgan qimmatli qogʻozlarning soni, sotib olingan qimmatli qogʻozlar sonini ayirganda, savdo sessiyasi davomida savdolar tashkilotchisi tomonidan ushbu turdagi qimmatbaho qogʻoz boʻyicha belgilangan majburiy kotirovkaning minimal miqdoridan ikki baravar koʻp boʻlsa, majburiy sotish kotirovkasini belgilashni rad etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdolar tashkilotchisining Qoidalari va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Market-meyker quyidagilarni bajarishga majbur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
market-meykerlik xizmatlarini amalga oshirishning butun davri davomida xususiy kapital miqdoriga nisbatan qoʻyiladigan talablarni bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizom, Shartnoma va savdolar tashkilotchisining Qoidalariga muvofiq zimmasiga olgan barcha majburiyatlarni bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faqatgina oʻz nomidan va oʻz hisobidan bitimlar tuzish, mazkur Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan hollarda esa, qarz mablagʻlari hisobiga bitimlar tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdolar tashkilotchisi tomonidan oʻrnatilgan narx diapazonlaridan chiqmagan holda, talab va taklif asosida, oʻzi kotirovkasini amalga oshirayotgan qimmatli qogʻozlarning ikkiyoqlama kotirovkasini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir savdo sessiyasi uchun oʻrnatilgan qimmatli qogʻozlar va pul mablagʻlari miqdori limitlarini doimiy ravishda taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir savdo sessiyasining boshlanishida qimmatli qogʻozlarning qatʼiy belgilangan boshlangʻich sotib olish va sotish narxlarini eʼlon qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzi tomonidan savdo tizimiga kiritilgan qatʼiy belgilangan sotib olish va sotish narxlari asosida bitimlar tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizom va qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan tartibda maʼlumotlarni oshkor etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdo tashkilotchisining qoidalari va qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan boshqa talablarni bajarish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Market-meykerlik xizmatlarini amalga oshirishdagi cheklashlar
Oldingi tahrirga qarang.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 12-dekabrdagi 2018-15, 151, 289-V-3-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1682-3, 09.01.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 10/19/1682-3/2448-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Ushbu qimmatli qogʻozlar egalarini oʻzgartirmasdan turib bitimlar tuzilishiga olib keladigan buyurtmalarni qanoatlantirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Market-meyker buyurtmalarni ularning kelib tushishi navbati boʻyicha bajarishi shart va bir narxdagi, bir partiyadagi sotib olish va sotish uchun buyurtmalarni birlashtirishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Market-meyker market-meykerlik xizmatlarini amalga oshirish uchun qarz mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasining rezident jismoniy shaxslaridan, shuningdek norezident yuridik va jismoniy shaxslaridan jalb qilishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Maʼlumotning oshkor etilishi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Savdolar tashkilotchisi oʻzining veb-saytida market-meykerlar nomlarini oshkor etishi mumkin.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 12-dekabrdagi 2018-15, 151, 289-V-3-sonli qarori (roʻyxat raqami 1682-3, 09.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 10/19/1682-3/2448-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Har chorak yakunidan soʻng ikki ish kunidan kechiktirmasdan market-meyker savdolar tashkilotchisiga ikkiyoqlama kotirovkalarni amalga oshirish uchun mazkur qarz mablagʻlarini bergan yuridik shaxslar tomonidan tasdiqlangan, jalb qilingan qarz mablagʻlarining miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Market-meyker tomonidan mazkur Nizomning 41-bandida koʻzda tutilgan maʼlumotlarning taqdim qilinmasligi Shartnomaning bekor qilinishiga olib kelishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Market-meykerlik xizmatlarini amalga oshirishni toʻxtatish, tugatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Market-meykerlik xizmatlarini amalga oshirish quyidagi hollarda toʻxtatiladi yoki tugatiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amal qilishi toʻxtatilganda, tugatilganda yoki bekor qilinganda;
(43-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 22-noyabrdagi 2014-30, 78, 289-V-2-sonli (roʻyxat raqami 1682-2, 10.12.2014-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 50-son, 600-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozoriga oid qonun hujjatlari, ushbu Nizom yoki savdolar tashkilotchisining Qoidalari talablari buzilganda;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud qarori asosida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli davlat organining koʻrsatmasi boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdolar tashkilotchisi bilan tuzilgan Shartnoma shartlarining market-meyker tomonidan buzilganida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
market-meyker eʼlon qilingan narxlar boʻyicha bitimlar tuzishdan bir necha bor bosh tortganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Market-meyker oʻz xohishiga koʻra, Shartnomani bekor qilinishi kutilayotgan kundan kamida bir oy oldin Shartnomani bekor qilish toʻgʻrisida yozma xabarnoma yuborish orqali oʻz xizmatlarini amalga oshirishni tugatish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Nazorat va javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Qonun hujjatlarini buzganlik holatlari aniqlangan taqdirda savdolar tashkilotchisi ikki ish kuni mobaynida vakolatli davlat organini yozma ravishda xabardor etishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULASHOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 5-mart
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 22-son, 227-modda; 2009-y., 8-son, 80-modda; 2014-y., 50-son, 600-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 10/19/1682-3/2448-son, 15.04.2019-y., 10/19/1682-4/2941-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)