Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.07.2004 10.03.2000 yildagi 84-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 10.03.2000 yildagi 84-son
Date of entry into force
10.03.2000
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.07.2004
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MAʼRIFIY VA MAFKURAVIY TARGʻIBOT IShLARINI MUVOFIQLAShTIRISh KENGAShINI TUZISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-iyuldagi 358-son “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida oʻzgarish va yangilanish, oʻzligimizni anglash va umuminsoniy qadriyatlar bilan uygʻunlashuv jarayonlari faollashib borayotgan, tarixiy-milliy merosga qiziqish ortayotgan hozirgi sharoitda maʼrifiy va mafkuraviy targʻibot ishlarini takomillashtirish, matbuot, radio-televideniye, kino, teatr, kitob nashr etish, muzika va tasviriy sanʼat sohalarining faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Oʻzteleradiokompaniya, Davlat matbuot qoʻmitasi, “Oʻzbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi, Yozuvchilar uyushmasi, Ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va boshqa jamoat tashkilotlari va ijodiy uyushmalarning jamoatchilik asosida Maʼrifiy va mafkuraviy targʻibot ishlarini muvofiqlashtirish kengashini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin va mazkur kengash tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod ongiga istiqlol gʻoyalarini chuqur singdirishga, uning mustaqil tafakkurini yuksaltirishga xizmat qiladigan badiiy, sanʼat va publitsistik asarlarning yaratilishiga koʻmaklashish, ularni milliy mafkura va umumbashariy qadriyatlarga uygʻunlik, tarixiy haqiqatni toʻgʻri aks ettirish nuqtai nazaridan baholash va qoʻllab-quvvatlash, yaratilayotgan kino-video va sahna asarlari, nashr etilayotgan kitoblarning badiiy saviyasini yaxshilash yuzasidan ilmiy-badiiy jihatdan asoslangan taklif va tavsiyalar berish mazkur kengashning asosiy vazifalari hisoblanishi inobatga olinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash Bosh vazir oʻrinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2000-yil 10-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
84-son