Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAMDA BAʼZILARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “SUGʻURTA XIZMATLARI BOZORINI YANADA ISLOH QILISh VA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2007-YIL 10 APRELDAGI PQ-618-SON QARORI)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 10-apreldagi PQ-618-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qarorining 1 va 2-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 72-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 21-may,
105-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 201-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 2-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ilovada:
1.10-bandga “mol-mulkni sugʻurta qilish va hayotni uzoq muddatli sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta mukofotlari bundan mustasno” soʻzlari qoʻshilsin;
1.21-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1.21. Xodimlarning ixtiyoriy sugʻurtasiga va ishlab chiqarish jarayoni bilan bogʻliq boʻlmagan ixtiyoriy sugʻurtaning boshqa turlariga qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha xarajatlar, mol-mulkni sugʻurta qilish va hayotni uzoq muddatli sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta mukofotlari xarajatlari bundan mustasno”.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan 2017-yilning 1-aprelidan oʻz kuchini yoʻqotadi — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 89-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 21-son, 215-modda; 2017-y., 7-son, 89-modda; 2017-y., 13-son, 201-modda)