Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablari faoliyati toʻgʻrisida
Oldingi tahrirga qarang.
“Taʼlim toʻgʻrisida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”, “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari talablarini taʼminlash, shuningdek “Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablari toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ikki oy muddatda:
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Toshkent va Fargʻona shaharlaridagi oʻrta maxsus taʼlim muassasalarini belgilangan tartibda imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlariga aylantirsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Iqtisodiyot vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda hamda Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi mutaxassisliklari va kasblari roʻyxatini tasdiqlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda imkoniyatlari cheklangan shaxslarni ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlarida oʻqitish uchun zarur taʼlim standartlari, maxsus oʻquv rejalari va dasturlarini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2008-2009-yillar uchun investitsiya dasturlarini shakllantirishda Vazirlar Mahkamasiga imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabrdagi 473-son qarori bilan tasdiqlangan kasb-hunar kollejlarini ishga tushirishning aniq yoʻnaltirilgan dasturlari parametrlari doirasida mintaqalarning real ehtiyojlarini hisobga olgan holda kasb-hunar kollejlari qurishning aniq dasturiga kiritish toʻgʻrisida takliflar taqdim etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga budjet parametrlarida har yili Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va kutubxona fondlarini toʻldirish yuklansin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Adliya vazirligi amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda takliflar kiritsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 17-may,
100-son
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 17-maydagi 100-son qaroriga
ILOVA
2007-yil 17-maydagi 100-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablari toʻgʻrisida
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablarining maqomini va faoliyati xususiyatlarini belgilaydi.
2. Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablari (keyingi oʻrinlarda — maktab) imkoniyatlari cheklangan shaxslarni oʻqitadigan va tarbiyalaydigan hamda imkoniyatlari cheklangan oʻquvchilarning oʻqishi va kasb-hunarga ega boʻlishlarida teng imkoniyatlarni taʼminlaydigan davlat taʼlim muassasasi hisoblanadi.
(1 va 2-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Maktab yuridik shaxs hisoblanadi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi, Ustav, mazkur Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari asosida faoliyat koʻrsatadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
II. Maktabning maqsadi, vazifalari va faoliyatini tashkil etish
(II boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Imkoniyatlari cheklangan shaxslar boʻlgan oʻquvchilarni chuqurlashtirilgan ixtisosli, tabaqalashtirilgan oʻqitish, intellektual rivojlantirishni taʼminlash va ularning jismoniy va aqliy kamol topishi xususiyatlariga muvofiq tanlangan kasblar boʻyicha mutaxassislikni egallashi maktabning maqsadi hisoblanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Quyidagilar Maktabning asosiy vazifalari hisoblanadi:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
imkoniyatlari cheklangan shaxslar mutaxassislik boʻyicha bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi, ularning kasbiy-taʼlim xizmatlariga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
davlat taʼlim standartlari doirasida umumtaʼlim va kasb-hunar dasturlarini amalga oshirish;
oʻquvchilarning tanlangan kasbga muvofiq oʻqishni taʼlimning navbatdagi bosqichlarida davom ettirish va mehnat faoliyati bilan shugʻullanish uchun zarur va yetarlicha boʻlgan bilimlari va kasb tayyorgarligi darajasini chuqurlashtirish;
oʻquv-tarbiya jarayonining reabilitatsiya qiluvchi yoʻnalishi uchun shart-sharoitlarni taʼminlash.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Maktabda taʼlimning mazmuni, taʼlim jarayonini tashkil etish (oʻqish muddati, oʻquv jarayoni jadvali) Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan davlat taʼlim standartlari asosida ishlab chiqiladigan maxsus oʻquv rejalari va dasturlari bilan belgilanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Maktabda oʻqish muddati oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining tegishli mutaxassisliklari va kasblari boʻyicha imkoniyatlari cheklangan shaxslar oʻqishi uchun zarur va yetarli oʻquv yuklamasining umumiy hajmi hisobga olingan holda belgilanadi. Bunda tanlangan kasblarning soni va murakkabligi eʼtiborga olinadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Ijtimoiy kafolatlar, Maktab oʻquvchilari va xodimlarini qoʻllab-quvvatlash va ularga beriladigan imtiyozlar qonunchilikda, shuningdek Maktab Ustavida belgilanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
III. Oʻquvchilarni Maktabga qabul qilish, oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni
(III boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Oʻquvchilarni maktabga qabul qilish ularning oʻqish yoʻnalishlarini ixtiyoriy tanlashi hisobga olingan holda umumiy oʻrta taʼlim negizida amalga oshiriladi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oʻqishga qabul qilishda imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun mutaxassisliklar va kasblar roʻyxatiga muvofiq tibbiy tavsiyalar hisobga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Maktabga oʻquvchilar jinsi, tili, yoshi, irqi, millati, diniy mansubligi, ijtimoiy kelib chiqishi, mashgʻulotining turi, ijtimoiy mavqeyi, yashash joyi va Oʻzbekiston Respublikasi hududida qancha muddat yashaganligidan qatʼi nazar, quyidagi tartibda qabul qilinadilar:
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
nogironligi boʻlgan oʻquvchilar — Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tibbiy-ijtimoiy xizmatlar boshqarmalarining yoʻllanmasi boʻyicha;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“yengil darajada aqliy zaif” tashxisi qoʻyilgan oʻquvchilar — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boshqarmalari qoshidagi psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya yoʻllanmasi boʻyicha.
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2024-y., 09/24/46/0070-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Maktabga qabul qilingan shaxslar oʻquvchilar deb ataladi. Maktabga qabul qilingan oʻquvchilarga oʻquvchi bileti va belgilangan namunadagi oʻzlashtirish daftarchasi beriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
12. Oʻquvchilar oʻqish kurslari boʻyicha guruhlarga, oʻqish yoʻnalishlari boʻyicha esa — boʻlimlarga birlashadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabda oʻquv yili ikki semestrga boʻlinadi. Taʼlim olayotganlar uchun kamida 10 hafta davom etadigan va 12 haftadan ortiq boʻlmagan taʼtil belgilanadi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Maktabda oʻqish kunduzgi shaklda amalga oshiriladi. Mashgʻulotlarning qancha davom etishi, oʻquvchilarning oʻquv yuklamasi va oʻquv-tarbiya jarayonining boshqa masalalari oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining davlat standartlariga muvofiq belgilanadi.
Maktabda oʻquv sinflari va guruhlarining son tarkibi (15 — 20 kishi) qabul qilish rejasida belgilanadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
14. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi dasturi oʻqish yoʻnalishlari boʻyicha umumtaʼlim, umumtexnik kasb-hunar va maxsus dasturlarni oʻz ichiga oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Imkoniyatlari cheklangan, umumiy oʻrta maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar uchun oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi oʻquv dasturlari Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda belgilanadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Har bir kursda oʻqish tamom boʻlgandan keyin reyting nazorati va attestatsiya natijalari boʻyicha Maktab oʻquvchilarini kursdan kursga oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Kursdan kursga oʻtkazish Maktab direktorining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Maktabning oʻquv dasturini oʻzlashtirgan va yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtgan bitiruvchilariga oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi toʻgʻrisida davlat namunasidagi diplom beriladi.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Diplomga oʻzlashtirilgan umumtaʼlim va maxsus fanlar, soatlar hajmi va ular boʻyicha baholar koʻrsatilgan holda qoʻshimcha varaq ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabni tugatganlik toʻgʻrisidagi diplom egallangan mutaxassislikka muvofiq mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradi.
(17-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Oʻquvchilarni Maktabdan chiqarish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Maktabga qabul qilingan oʻquvchilar quyidagi huquqlarga ega:
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
9 yillik yoki 11 yillik oʻrta maʼlumotga ega boʻlgan taqdirda — oʻqish;
belgilangan normalar doirasida oziq-ovqat bilan bepul taʼminlanish;
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabning moddiy-texnika bazasi va mol-mulkidan bepul foydalanish;
(19-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
yotoqxonada yashash;
boshqa taʼlim muassasasiga oʻtish.
IV. Pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
Oldingi tahrirga qarang.
20. Tegishli maʼlumotga, professional tayyorgarlikka va cheklangan imkoniyatli shaxslar bilan ishlash uchun yuksak axloqiy sifatlarga ega boʻlgan shaxslar Maktabda pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishga haqlidir.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Oʻqituvchilar va muhandis-pedagog xodimlarni Maktabda ishlashga qabul qilish qonunchilikda belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazish natijalariga koʻra amalga oshiriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
22. Oʻqituvchilar va muhandis-pedagog xodimlarning oʻquv-pedagogik yuklamasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
23. Oʻqituvchilarning (oʻquv predmetlari va soatlari boʻyicha) vazifasini vaqtinchalik bajarish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining normativ hujjatlari bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Ish jarayonida vakolatli organlar tomonidan Maktabning oʻqituvchilar va muhandis-pedagog xodimlarini davriy attestatsiyadan oʻtkazish amalga oshiriladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
V. Maktabni boshqarish
(V boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Maktabga tashkiliy, oʻquv-metodik va ilmiy rahbarlik qilish, davlat taʼlim standartini ishlab chiqish va joriy etish, oʻquv-taʼlim va professional dasturlarni birxillashtirish, pedagog kadrlar bilan taʼminlash, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, uning hududiy boshqarmalari tomonidan tarmoq vazirliklari, idoralari va tashkilotlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Tarmoq vazirliklari, idoralari va tashkilotlari Maktablari ikki tomonlama boʻysunuvda boʻladi. Tarmoq vazirliklari, idoralari va tashkilotlari ularning moddiy va moliyaviy taʼminotini, professional oʻqitishni hamda oʻquvchilarda amaliy koʻnikmalarni shakllantirishni amalga oshiradilar, mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojni aniqlaydilar, bitiruvchilarni ishga joylashtirish masalalarini hal qiladilar.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
27. Maktabni qonunchilikda belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor boshqaradi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Direktor Maktab faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, oʻquvchilarning oʻqishi va tarbiyasi, maxsus oʻquv rejalari va dasturlarining bajarilishi, oʻquv-ishlab chiqarish va moliya-xoʻjalik faoliyati uchun javob beradi. Xodimlarning belgilangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Maktabning shtatlar roʻyxatini, pedagog xodimlarning tariflar boʻyicha roʻyxatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlaydi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
29. Maktab xodimlari va rahbarlarining lavozim boʻyicha majburiyatlari va huquqlari qonunchilikda va Maktab Ustavida belgilanadi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Maktabda pedagogik kengashlar tuziladi, ular Maktab direktori huzuridagi oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish va takomillashtirishga koʻmaklashadigan kollegial organ hisoblanadi.
Pedagogik kengash funksiyalari Maktab Ustavida belgilanadi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Maktabda jamoat boshqaruvi (homiylik kengashlari) va oʻzini oʻzi boshqarish organlari tuzilishi mumkin, ularning tarkibiga homiylar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, vazirliklar, idoralar, jamoat tashkilotlari hamda qonunchilik va Ustav asosida ish olib boruvchi jamgʻarmalar vakillari kiritiladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
32. Maktabni attestatsiyadan oʻtkazish va akkreditatsiya qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
VI. Moliyalashtirish va moddiy-texnika taʼminoti
Oldingi tahrirga qarang.
33. Maktab faoliyatini moliyalashtirish qonunchilikka muvofiq quyidagilar hisobiga amalga oshiriladi:
(33-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
budjetdan ajratiladigan mablagʻlar;
taʼlim xizmatlari koʻrsatishdan, ilmiy-pedagogik, ishlab chiqarish va taʼlim muassasalarining Ustavdagi vazifalariga muvofiq boʻlgan boshqa faoliyat turlaridan olingan daromadlar;
ixtiyoriy ehsonlar hamda yuridik va jismoniy shaxslarning maqsadli badallari;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(33-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Maktabning moliyaviy mablagʻlari uning tasarrufida boʻladi, ulardan qonunchilikka va Maktab Ustaviga muvofiq foydalaniladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
35. Maktabning moddiy vositalari, binolari, inshootlari va asbob-anjomlari uning xoʻjalik tasarrufida boʻladi va ulardan Ustavdagi vazifalarni hal etish uchun foydalaniladi.
Maktabning ustaxonalari, laboratoriyalari va boshqa obyektlarining jihozlanganligi Davlat taʼlim standarti talablariga muvofiq, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi taʼlim jarayonini moddiy-texnik taʼminlash normativlari bilan belgilanadi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Maktab belgilangan tartibda oʻz ishlari natijalarining tezkor va buxgalteriya hisobini amalga oshiradi, statistika va buxgalteriya hisobotini yuritadi.
Maktabda xoʻjalik va moliyaviy intizomga rioya etilishi ustidan nazorat davlat vakolatli organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
37. Moddiy-texnik jihozlanganlik, binolar va xonalar imkoniyatlari cheklangan shaxslarni oʻqitish talablariga javob berishi kerak.
VII. Xalqaro hamkorlik
Oldingi tahrirga qarang.
38. Maktablar Oʻzbekiston Respublikasining tegishli davlatlararo va hukumatlararo bitimlari, shuningdek taʼlim sohasidagi idoralararo bitimlar asosida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, xorijiy sheriklar bilan oʻz vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha qonunchilikka va oʻz Ustaviga muvofiq bitimlar tuzish huquqiga ega.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 19-20-son, 200-modda; 2010-y., 13-son, 96-modda; 2013-y., 37-son, 484-modda; , 2017-y., 15-son, 249-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son; 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 26.01.2024-y., 09/24/46/0070-son)