Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.04.2018 14.04.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1675
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining qarori, 14.04.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1675
Date of entry into force
24.04.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.04.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 14-aprelda 1675-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 6-apreldagi 72 va 288-V-5-sonli “Qishloq xoʻjaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1675-5, 13.04.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qishloq xoʻjaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (yangi tahrirda) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror kuchga kirishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bank Boshqaruvining 2005-yil 3-avgustdagi “Qishloq xoʻjaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni (yangi tahrirda) tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 71-sonli va 266-V-sonli (2005-yil 11-avgust, roʻyxat raqami 1508-son — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 32-33-son, 262-modda) qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtgan kundan boshlab oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri R. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 13-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 13-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
288-V-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vazirligi va Markaziy bank Boshqaruvining
2007-yil 13-martdagi 30, 288-V-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(yangi tahrirda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida” va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari asosida tijorat banklari tomonidan qishloq xoʻjaligi korxonalariga davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan gʻalla va paxta xomashyosi yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish maqsadlari uchun kreditlar berish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Tijorat banklari tomonidan ushbu kreditlar qishloq xoʻjaligi korxonalariga muddatlilik, toʻlovlilik, taʼminlanganlik hamda maqsadli foydalanish shartlarida davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan gʻalla va paxta xomashyosi yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish maqsadlarida beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizom asosida kreditlash davlat ehtiyojlari uchun gʻalla va paxta yetishtiruvchi barcha qishloq xoʻjaligi korxonalariga tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Kreditlar davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta xomashyosi va gʻalla qiymatining 60 foizigacha (tayyorlov korxonasi tomonidan boʻnak tariqasida yetkazib berilgan urugʻlik qiymatini inobatga olgan xolda) miqdorida beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, kreditlar agrotexnik tadbirlar muddatidan kelib chiqqan holda quyidagi tartibda ajratiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta xomashyosi yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun hosil yetishtirilayotgan yilning 1-mayiga qadar paxta xomashyosi qiymatining 30 foizigacha, 1-iyulga qadar 50 foizgacha va 1-sentabrga qadar 60 foizgacha;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 15-avgustdagi 62 va 288-V-4-sonli qarori (roʻyxat raqami 1675-4, 18.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 33-son, 399-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gʻalla yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun hosil yetishtirilayotgan yilning 1-yanvariga qadar gʻalla qiymatining 30 foizgacha, 1-aprelga qadar 50 foizgacha va 1-iyunga qadar 60 foizgacha.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 23-fevraldagi 8, 1/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1675-1, 07.04.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 14-son, 145-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har oy va choraklarda ajratiladigan kredit resurslari miqdori Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi taklifiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda oʻzgartirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Kredit miqdori qishloq xoʻjaligi korxonasining “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati va “Oʻzdonmahsulot” AK korxonalari (bundan keyingi matnlarda — tayyorlov korxonalari) bilan davlat ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan mahsulot uchun tuzilgan kontraktatsiya shartnomalaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 15-avgustdagi 62 va 288-V-4-sonli qarori (roʻyxat raqami 1675-4, 18.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 33-son, 399-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kredit miqdorini aniqlash uchun amaldagi oʻrtacha xarid narx asos qilib olinadi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 23-fevraldagi 8, 1/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1675-1, 07.04.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 14-son, 145-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur kreditlar faqat quyidagi maqsadlar uchun berilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish haqi va unga tegishli ajratmalarni toʻlash uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mineral oʻgʻit va oʻsimliklarni kimyoviy va biologik himoya qilish vositalarini xarid qilish uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoqilgʻi-moylash mahsulotlarini xarid qilish uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MTPlar, muqobil MTPlar, fermer xoʻjaliklari, “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzdonmahsulot” AK va “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalar huzurida faoliyat yuritayotgan muqobil MTP masʼuliyati cheklangan jamiyatlari hamda qishloq xoʻjalik texnikasi mavjud boʻlgan boshqa xoʻjalik subyektlarining xizmatlari uchun toʻlovlarga;
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 15-avgustdagi 62 va 288-V-4-sonli qarori (roʻyxat raqami 1675-4, 18.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 33-son, 399-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lizingga (moliyaviy ijaraga) berilgan texnika vositalarining lizing toʻlovlariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SIUlar (suv isteʼmolchilari uyushmalari) xizmatlari uchun toʻlovlarga;
(5-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 23-fevraldagi 8, 1/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1675-1, 07.04.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 14-son, 145-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yagona yer soligʻi toʻlovlariga.
(5-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 23-fevraldagi 8, 1/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1675-1, 07.04.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 14-son, 145-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr energiya toʻlovlariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Urugʻlik uchun toʻlovlarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi korxonalarining paxta va gʻalla yetishtirish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa zaruriy ehtiyojlari uchun ham toʻlovlar amalga oshirilishi mumkin. Boshqa zaruriy ehtiyojlar hisobidan paxta va gʻalla yetishtirish bilan bogʻliq xarajatlariga, bank xizmati, xoʻjalik va idora xarajatlari, ichki xoʻjalik irrigatsiya va kollektor-drenaj tarmoqlarini tozalash xarajatlari, sugʻurta xarajatlari, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda toʻlanadigan Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda Fermyerlar kengashlarini saqlash xarajatlari uchun toʻlovlar amalga oshirilishi mumkin.
(5-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 28-sentabrdagi 86, 288-V-3-sonli qarori (roʻyxat raqami 1675-3, 29.09.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 515-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Bunda, ushbu Nizomning 5-bandida keltirilgan ekinlarni yetishtirish xarajatlarining har bir turini moliyalashtirish uchun beriladigan kreditlarning eng koʻp miqdori yuzasidan tavsiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan har yilgi hosil uchun agrotexkartalardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur tavsiya etilayotgan xarajatlarning agrotexnika meʼyorlari qishloq xoʻjaligi korxonalariga biznes-reja (ilovaga muvofiq) ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi korxonasining biror-bir xarajat turi boʻyicha toʻlovlarga ehtiyoji boʻlmagan hollarda mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan paxta va gʻalla yetishtirish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa ruxsat etilgan xarajat turlari boʻyicha, shuningdek qishloq xoʻjaligi texnikasi sotib olishga, ichki xoʻjalik irrigatsiya va kollektor-drenaj tarmoqlarini tozalashga ishlatilishi (mineral oʻgʻit, kimyoviy yoki biologik vositalar, yoqilgʻi moylash materiallari va urugʻlik material hamda SIU xizmatlari xarajatlari bundan mustasno) mumkin.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 15-avgustdagi 62 va 288-V-4-sonli qarori (roʻyxat raqami 1675-4, 18.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 33-son, 399-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish uchun ajratilgan imtiyozli kredit resurslarining ruxsat etilgan xarajat turlari boʻyicha maqsadli sarflanishi yuzasidan monitoring qishloq xoʻjaligi korxonalariga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari zimmasiga yuklatiladi.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 23-fevraldagi 8, 1/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1675-1, 07.04.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 14-son, 145-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Kreditlar tegishli qishloq xoʻjalik mahsuloti boʻyicha qishloq xoʻjalik korxonalari bilan yakuniy hisob-kitoblar yakunlanguncha, lekin gʻalla yetishtirishni moliyalashtirishga ajratilgan kreditlar boʻyicha 12 oydan va paxta xomashyosi yetishtirishni moliyalashtirishga ajratilgan kreditlar boʻyicha 18 oydan koʻp boʻlmagan muddatga, qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qishloq xoʻjaligi korxonalarini kreditlash bank marjasini hisobga olgan holda, imtiyozli foiz stavkasi bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bu kreditlar boʻyicha imtiyozli foiz stavkasi gʻalla hosilini yetishtirish xarajatlari uchun yillik 5 foiz, paxta hosilini yetishtirish xarajatlari uchun yillik 3 foiz miqdorida belgilanib, ularning 2 foizi bank marjasini tashkil etadi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 28-sentabrdagi 86, 288-V-3-sonli qarori (roʻyxat raqami 1675-3, 29.09.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 515-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Kredit qishloq xoʻjaligi korxonasiga uning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisob raqami ochgan va unga xizmat koʻrsatayotgan bank tomonidan beriladi. Ushbu kreditlarni ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisob raqami ochilgan bank tomonidan berilishiga ruxsat berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi yillarda ajratilgan imtiyozli kreditlar toʻliq soʻndirilgandan soʻng joriy yil hosili uchun imtiyozli kreditlar beriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 23-fevraldagi 8, 1/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1675-1, 07.04.2011-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 14-son, 145-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Kreditlar berishda tijorat banklari tomonidan qishloq xoʻjaligi korxonalarining arizalarini koʻrib chiqish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qishloq xoʻjaligi korxonalari tayyorlov korxonalari bilan kontraktatsiya shartnomalari tuzganlaridan keyin kredit olish uchun ularning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatayotgan bankka ariza bilan murojaat etishadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayyorlov tashkilotlari bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari nusxalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditga boʻlgan talabni aniqlash uchun tayyorlangan biznes-reja;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot (2-shakl).
(10-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 16-fevraldagi 10, 288-V-2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1675-2, 19.02.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 7-son, 85-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Kreditlar qaytishini taʼminlash maqsadida, tijorat banki davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta xomashyosi va gʻalla yetishtirishni moliyalashtirish maqsadida qishloq xoʻjaligi korxonalariga berilgan imtiyozli kreditlar qaytarilishi boʻyicha oʻzining tadbirkorlik xavfini sugʻurta qilishi mumkin. Bunda, sugʻurta tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan sugʻurta polisi kredit shartnomasida belgilangan kreditning butun qaytarish muddatiga beriladi. Sugʻurta tashkiloti bilan kelishilgan sugʻurta puli taqdim etilayotgan kredit miqdoridan koʻp boʻlmasligi zarur.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 23-fevraldagi 8, 1/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1675-1, 07.04.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 14-son, 145-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Doimiy ravishda davlat buyurtmasini va tijorat banki oldidagi majburiyatlarini bajarib kelayotgan fermer xoʻjaliklariga kreditlar qonunchilikda belgilangan tartibda taʼminotsiz (ishonchli kreditlar) ajratilishi mumkin.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 23-fevraldagi 8, 1/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1675-1, 07.04.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 14-son, 145-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tayyorlov korxonalari tijorat banklari tomonidan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini qoplash uchun berilgan kreditlar va ularga hisoblangan foizlarning qarzdor qishloq xoʻjalik korxonalari tomonidan muddatida qaytarilishi borasida kafillik berishlari mumkin. Kafillik qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur Nizomning 10-bandida keltirilgan barcha zarur hujjatlar taqdim etilganidan soʻng, bank qishloq xoʻjaligi korxonasining arizasini koʻrib chiqishi va 3 kun muddat ichida u bilan kredit shartnomasi tuzishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank kredit qoʻmitasi tomonidan kredit berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan hollarda, u raddiyani yozma shaklda izohlab berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Kreditlash, monitoring va kreditni soʻndirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Kredit shartnomasi kuchga kirgandan soʻng, keyingi ish kunidan kechiktirmasdan qishloq xoʻjaligi korxonasiga ssuda hisobvaragʻi ochiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjalik korxonalarining ssuda hisobvaragʻidan toʻlovlar ushbu Nizomning 5 va 6-bandlarida koʻrsatilgan maqsadlar uchun naqd pulsiz shaklda (ish haqidan tashqari) qishloq xoʻjalik korxonalarining toʻlov topshiriqnomalariga asosan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan maqsadlarga joriy yil hosili uchun yetkazib berilgan moddiy-texnik resurslar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun 2-kartotekaga kirim qilingan va belgilangan tartibda qarz oluvchi tomonidan akseptlangan toʻlov talabnomalariga muvofiq toʻlovlar amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlov talabnomalari qarz oluvchi tomonidan akseptlanmagan taqdirda, toʻlovlar sud qarori asosida undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuningdek, “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, “Qishloqxoʻjalik-kimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari va MTP (mashina-traktor parklari) tuman korxonalari va tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalarda fermer xoʻjaligining joriy va kelgusi oyda amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlariga qilinadigan xarajatlar qiymati miqdorida (oʻgʻitlash, shudgorlash) oldindan toʻlovni amalga oshirish belgilangan taqdirda fermer xoʻjaliklari ushbu xarajatlar summasini toʻlov topshiriqnomalari orqali oldindan toʻlovlarni oʻtkazishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, paxta va gʻalla hosilini yetishtiruvchi qishloq xoʻjalik korxonalarining 13301-sonli va 14301-sonli hisobvaraqlaridan toʻlovlar, topshiriq shartnomasi asosida mazkur Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan maqsadlar uchun memorial orderga asosan amalga oshiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 15-avgustdagi 62 va 288-V-4-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1675-4, 18.08.2016-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 33-son, 399-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Bunda, toʻlovlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) oylik ish haqi toʻlovlari uchun agrotexkartalarda belgilangan meʼyorlarda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) qishloq xoʻjalik korxonalarining mineral oʻgʻit va oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, “Oʻzagromashservis” uyushmasi MTP larining xizmatlari, yoqilgʻi-moylash mahsulotlari, foydalanilgan elektroenergiya va urugʻlik materiali qiymati uchun toʻlovlarda, mablagʻlar “Qishloqxoʻjalikkimyo” HAJ filiallari, “Oʻzagromashservis” uyushmasi MTP lari, “Oʻzneftmahsulot” kompaniyasi, “Oʻzbekenergo” AJ korxonalari hamda tayyorlov korxonalarining maxsus 23210 (23220)-sonli hisob raqamlariga oʻtkaziladi;
(14-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 28-sentabrdagi 86, 288-V-3-sonli qarori (roʻyxat raqami 1675-3, 29.09.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 515-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) SIUlar (Suv isteʼmolchilari uyushmalari), oʻsimliklarni biologik usulda himoya qilish uchun biolaboratoriya va biofabrikalar tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar ularning maxsus 23210 (23220)-sonli hisob raqamlariga oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) muqobil MTPlar, fermer xoʻjaliklari, “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzdonmahsulot” AK va “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalar huzurida faoliyat yuritayotgan muqobil MTP masʼuliyati cheklangan jamiyatlari hamda qishloq xoʻjalik texnikasi mavjud boʻlgan boshqa xoʻjalik subyektlari tomonidan koʻrsatilgan va koʻrsatiladigan texnika xizmatlari uchun toʻlovlarda, mablagʻlar ularga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklarida ochilgan maxsus 23210 (23220)-sonli hisob raqamlariga oʻtkazib beriladi.
(14-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 15-avgustdagi 62 va 288-V-4-sonli qarori (roʻyxat raqami 1675-4, 18.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 33-son, 399-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) boshqa tashkilotlar tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar hamda ehtiyot qismlar uchun toʻlovlarda, mablagʻlar ushbu tashkilotlarning talab qilib olinguncha depozit hisob raqamlariga oʻtkazib beriladi.
(14-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 23-fevraldagi 8, 1/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1675-1, 07.04.2011-y.) asosan “v”, “g” va “d” kichik bandlari bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 14-son, 145-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Tijorat banklar toʻlovlarning ssuda hisobvaragʻidan mazkur Nizomning 5 va 6-bandlardagi maqsadlar va agrotexnik meʼyorlar boʻyicha amalga oshirilishini nazorat qiladi. Tijorat banklar sugʻurta tashkilotlari va Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining tuman boʻlinmalari bilan birgalikda sugʻurta shartnomasi asosida har bir qishloq xoʻjaligi korxonasi boʻyicha paxta va gʻalla ekinlarining holatini va boʻlajak hosilning berilgan kreditlarning qaytarilishini taʼminlash uchun yetarliligini aniqlash maqsadida doimiy monitoring oʻrnatadilar.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 23-fevraldagi 8, 1/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1675-1, 07.04.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 14-son, 145-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ekinlar (toʻliq yoki qisman) mavjud boʻlmagan yoki ular ahvolining qoniqarsizligi, jumladan agrotexnik tadbirlarning kechikishi, ekin maydonlarini begona oʻtlar bosib ketishi natijasida kutiladigan hosil olishning imkoni yoʻqligi aniqlanganda, bu haqda bank va sugʻurta tashkiloti hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining tuman boʻlinmalari (Oʻzbekiston Fermyerlari kengashi vakilligi) birgalikda uch tomonlama dalolatnoma tuzadilar. Ushbu dalolatnoma asosida bank kreditlashni toʻxtatadi va kreditlar hamda ularga hisoblangan foizlarni muddatidan oldin soʻndirish choralarini koʻradi. Bu choralar kredit shartnomasida kelishilgan boʻlishi kerak.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 28-sentabrdagi 86, 288-V-3-sonli qarori (roʻyxat raqami 1675-3, 29.09.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 515-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan bir vaqtda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining tuman boʻlinmalari tomonidan ushbu dalolatnoma xizmat koʻrsatuvchi tarmoq korxonalariga yetkazilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Kreditlar va unga hisoblangan foizlar qishloq xoʻjaligi korxonalarining maxsus 23210 (23220) hisob raqamlariga qishloq xoʻjalik mahsulotlarini tayyorlov korxonalariga sotishdan tushgan mablagʻlar hisobidan, birinchi navbatda bank tomonidan memorial ordyerlar bilan undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kredit shartnomasi asosida berilgan kreditlarni qaytarish muddati yetib kelganda, ularni undirib olish uchun, qarzdor — qishloq xoʻjaligi korxonasining mablagʻi yetarli boʻlmaganda, tijorat banklari sugʻurta polisi asosida sugʻurta tashkilotlariga sugʻurta hodisasi roʻy berganligi toʻgʻrisida murojaat qiladilar.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 23-fevraldagi 8, 1/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1675-1, 07.04.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 14-son, 145-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta tovoni, tijorat banklari va sugʻurta tashkilotlari oʻrtasida tuzilgan Bosh polis asosida tijorat banklariga 5 kun muddatda toʻlab beriladi.
(17-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 23-fevraldagi 8, 1/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1675-1, 07.04.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 14-son, 145-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Topshirilgan mahsulot uchun yakuniy hisob-kitoblarda tayyorlov korxonalari tomonidan qishloq xoʻjaligi korxonalariga yetkazib berilgan moddiy boyliklar qiymati va avvalgi yillar qarzlarini chegirib qolishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ushbu moddiy boyliklar uchun hisob-kitoblar va kreditor qarzlarni undirish ajratilgan bank kreditlari toʻliq qaytarilgach, qishloq xoʻjalik korxonasining hisob raqamidan oʻrnatilgan tartibda toʻlov hujjatlariga asosan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Kreditlardan foydalanganlik uchun foizlar kreditning amaldagi qoldigʻiga har kuni hisoblab boriladi va qishloq xoʻjalik mahsulotlarini tayyorlov korxonalariga sotishdan tushgan mablagʻlar hisobidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gʻalla yetishtirishni moliyalashtirishga ajratilgan kreditlar boʻyicha yilning iyul oyidan boshlab va kreditni toʻliq qaytarish vaqtigacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta xomashyosi yetishtirishni moliyalashtirishga ajratilgan kreditlar boʻyicha yilning noyabr oyidan boshlab va kreditni toʻliq qaytarish vaqtigacha undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda qishloq xoʻjaligi korxonalari kreditni va unga hisoblangan foizlarni muddatidan oldin qaytarishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ajratilgan kreditlarning maqsadli ishlatilishi xizmat koʻrsatuvchi bank rahbarlari zimmasiga yuklatiladi. Shuningdek, ajratilgan kreditlardan maqsadli foydalanish Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tomonidan tekshirib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
191. Davlat ehtiyojlari uchun yetishtiriladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan imtiyozli kreditlarni belgilangan maqsadlar boʻyicha yoʻnaltirishga mansabdor shaxslarning aralashuvi qatʼiyan taqiqlanadi”.
(191 Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 23-fevraldagi 8, 1/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1675-1, 07.04.2011-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2011-y., 14-son, 145-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagrosugʻurta” DASK va Oʻzbekiston fermer xoʻjaliklari uyushmasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 12-mart
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzagrosugʻurta” DASK raisi Sh. NURMATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 12-mart
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston fermer xoʻjaliklari uyushmasi raisi S. QOBILOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 12-mart
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi (yangi tahrirdagi) nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(Qishloq xoʻjalik korxonasi nomi) ning davlat ehtiyojlari uchun paxta va gʻalla ishlab chiqarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BIZNES REJASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎(ming soʻmda)

Qishloq xoʻjaligi
‎mahsulotlarining
‎turlari‎‏
Toʻliq
‎ tannarxi‎‏
Shu jumladan
ish haqi‎ mineral
‎oʻgʻit va
‎ kimyoviy
‎vositalar‎
urugʻlik‎ yoqilgʻi‎ texnika
‎xizmatlari‎
elektr
‎energiyasi‎
boshqa
‎xarajatlar‎
A 1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎
Paxta‎‎
Gʻalla‎
Jami‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishdan olinadigan moliyaviy natija
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

(ming soʻmda)‎‎

Qishloq xoʻjaligi
‎mahsulotlarining
‎turlari‎
Ekin
‎maydoni,
‎gektari‎
Hosildorlik,
‎ts/ga‎
Ishlab
‎chiqariladigan
‎mahsulot
‎miqdori, tonna‎
Ishlab
‎chiqariladigan
‎mahsulotning
‎toʻliq ‎tannarxi
Olinadigan
‎daromad‎
Moliyaviy
‎natija
‎(foyda +, zarar –)‎
A‎ 1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎
Paxta‎
Gʻalla‎
Jami‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun yil davomida olish mumkin boʻlgan kredit miqdorining hisob-kitobi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

(ming soʻmda)‎‎

Qishloq
‎xoʻjaligi
‎mahsulotlarining turlari‎‏‏
Jami xarajatlar‎‏‏ Shu
‎jumladan
Kredit ajratilishi‎‎
oʻz mablagʻi‎‏‎‏
kredit‎‏‎‏
yanvar fevral mart‎‎
jami xarajatlar‎‏ shu
‎jumladan‎‎
jami xarajatlar‎‏ shu
‎jumladan‎‎
jami xarajatlar shu
‎jumladan‎‎
oʻz mablagʻi‎ kredit‎ oʻz mablagʻi‎ kredit‎ oʻz mablagʻi‎ kredit‎
A‎ 1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9 10‎ 11‎ 12‎
Paxta‎
Gʻalla‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aprel‎‎ may‎‎ iyun‎‎
jami xarajatlar‎‏ shu jumladan‎‎ jami xarajatlar‎‏‎ shu jumladan‎‎ jami xarajatlar‎‏‎ shu jumladan‎‎
oʻz mablagʻi‎ kredit‎ oʻz mablagʻi‎ kredit‎ oʻz mablagʻi‎ kredit‎
‎13 ‎14 ‎15 ‎16 ‎17 ‎18 ‎19 ‎20 ‎21
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iyul‎‎ avgust sentyabr
jami xarajatlar‎‏ shu jumladan‎‎ jami xarajatlar‎‏‎ shu jumladan‎‎ jami xarajatlar‎‏‎ shu jumladan‎‎
oʻz mablagʻi‎ kredit‎ oʻz mablagʻi‎ kredit‎ oʻz mablagʻi‎ kredit‎
‎22 23‎ 24‎ 25‎ 26‎ 27‎ 28‎ 29‎ 30‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oktyabr‎‎ noyabr dekabr‎‎
jami xarajatlar‎‏ shu jumladan‎‎ jami xarajatlar‎‏‎ shu jumladan‎‎ jami xarajatlar‎‏‎ shu jumladan‎‎
oʻz mablagʻi‎ kredit‎ oʻz mablagʻi‎ kredit‎ oʻz mablagʻi‎ kredit‎
31‎ 32‎ 33‎ 34‎ 35‎ 36‎ 37‎ 38‎ 39‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎Kredit soʻndirilishi

Jami‎ iyul‎ avgust‎ sentyabr‎ oktyabr‎ noyabr‎ dekabr‎
41‎ 42‎ 43‎ 44‎ 45‎ 46‎
‎‎
‎Xoʻjalik rahbari: imzo oʻrni

‎Muhr oʻrni‎

‎‎‎Xoʻjalik bosh hisobchisi: imzo oʻrni
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 16-son, 168-modda; 2011-y., 14-son, 145-modda; 2015-y., 7-son, 85-modda, 39-son, 515-modda; 2016-y., 33-son, 399-modda)