Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2001 19.01.1994 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 16
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Qoidalari, 19.01.1994 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 16
Date of entry into force
19.01.1994
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2001
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YOʻLLARDA HARAKATLANISh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QOIDALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 19-yanvar 1994-yilda 16-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2001-yil 20-apreldagi 52-mh-sonli buyrugʻiga asosan Davlat reyestridan chiqarilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.1. Ushbu yoʻllarda harakatlanish Qoidalari* Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi yoʻllarda harakatlanishning yagona tartibini belgilovchi meʼyoriy hujjatdir. Yoʻllardagi harakatlanishga taʼsir etishi mumkin boʻlgan barcha meʼyoriy hujjatlar ushbu Qoidalarning talablariga asoslanishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Matnda qoidalar deb yozish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.2. Oʻzbekistonda transport vositalarining oʻng tomonlama harakatlanish tartibi amalda boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.3. Yoʻllarda harakatlanish ishtirokchilari ushbu Qoidalarni bilishlari, militsiya xodimlari, yoʻl kommunal xoʻjaliklari, temir yoʻl kesishmalari, sol kechuvida xizmat vazifasini bajarayotgan xodimlar, svetofor ishoralari, yoʻl belgilari (1-ilova), qatnov qismidagi chiziqlar (2-ilova) talablarini bajarishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harakatlanishni tartibga solishga vakil shaxslar berilgan vakolat doirasida harakat qilishlari, ularda tegishli guvohnoma va taniqli belgilari (qoʻlbogʻich, jezla, qizil nur qaytargichli doiracha, bayroqcha) boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.4. Ushbu Qoidalarga amal qilayotgan har bir harakat ishtirokchisi, boshqa shaxslar ham qoida talablarini bajaradi deb hisoblashga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.5. Yoʻllarda harakatlanish ishtirokchilari va boshqa shaxslar harakatga xavf yoki toʻsqinlik tugʻdirmasligi, yoʻl va yoʻl inshootlari, davlat, jamoat tashkilotlari hamda fuqarolarga zarar yetkazmasliklari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.6 Fuqarolar, tashkilotlar va shirkatlar tomonidan oʻzboshimchalik bilan yoʻl belgilarini oʻrnatish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.7 Respublika hududidagi joriy standart talablariga javob bermaydigan transport vositalaridan foydalanish man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.8. Yoʻllarda harakatlanish qoidalari barcha oʻrta maktablarda, maxsus bilim yurtlarida, maktabgacha boʻlgan bolalar muassasalarida oʻqitilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.9. Yoʻllarda harakatlanish ishtirokchilari oʻzaro xushmuomala boʻlishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.10. “Yoʻllarda harakatlanish qoidalari”ni qayta chop etish va koʻpaytirish Respublika IIV DAN Boshqarmasi boshligʻining roziligi bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.11. Mazkur Qoidalarni buzgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi Qonunchiligiga binoan javobgarlikka tortiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. ASOSIY TUShUNChALAR VA ATAMALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yoʻllarda harakatlanish ishtirokchisi” —haydovchi, piyoda, yoʻlovchi, chorva mollarini boshqaruvchi, yoʻlni taʼmirlovchilar, yoʻllarda harakatlanishni tartibga solayotgan shaxslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Haydovchi” — transport vositasini boshqarayotgan shaxs.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Piyoda” — transport vositasidan tashqarida boʻlgan, yoʻlda ish bilan band boʻlmagan holda harakatlanayotgan shaxs. Velosiped, moped, mototsikl, chana yetaklagan, aravacha yoki bolalar kajavasini tortib ketayotgan, nogironlarning yurgizgichsiz kajavasida harakatlanayotgan shaxslar ham piyoda hisoblanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yoʻlovchi” — transport vositasida ketayotgan (haydovchidan tashqari) shaxs.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Imtiyoz” — harakatning boshqa ishtirokchilaridan oldin harakatlanish huquqi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yoʻl berish” — yoʻllarda harakatlanish ishtirokchisining boshqa ishtirokchiga xavfsiz harakatlanish uchun imkon yaratib berishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Toʻxtash” — transport vositasini 10 daqiqadan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtashi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Toʻxtab turish” — transport vositasini 10 daqiqadan ortiq toʻxtab turishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Majburiy toʻxtash” — militsiya xodimining talabiga koʻra, texnik nuqson, tashilayotgan yuk xavf tugʻdirganda, yoʻllarda, sunʼiy inshootlarda, temir yoʻl kesishmalarida nosozliklar paydo boʻlganda, haydovchi va yoʻlovchining holatiga, ob-havo sharoitiga bogʻliq holda transport vositasi harakatining toʻxtatilishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Quvib oʻtish” — yoʻlning qarama-qarshi qatnov qismiga chiqib bir yoki bir necha transport vositasidan oʻzib ketish va yana oʻz qatnov qismiga qaytib oʻtish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Etarli koʻrinmaslik” — qattiq shamol, dovul, chang-toʻzon, tuman, yomgʻir va qor yogʻishi tufayli hamda gʻira-shira qorongʻiliqda koʻrish masofasining 300 metrdan kam boʻlgan holati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qorongʻi vaqt” — oqshomdan tonggacha boʻlgan vaqt.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yoʻl” — harakatlanishda foydalaniladigan koʻcha, shoxkoʻcha, tor koʻchaning butun eni, qatnov qismi bilan bir sathdagi tramvay yoʻli, yoʻl yoqasi, ajratuvchi boʻlaklar va trotuar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Asosiy yoʻl” — tuproqli yoʻlga nisbatan qoplamasi boʻlgan, kesishayotgan yoʻlga nisbatan imtiyozli yoʻl belgilari bilan belgilangan yoʻl. Ikkinchi darajali yoʻlning chorrahaga tutash qismining qoplamali boʻlishi uni asosiy yoʻl bilan teng huquqli qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sunʼiy inshootlar” — yoʻllarning qatnov qismidagi koʻpriklar, yer osti yoʻllari va hokazo.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qatnov qismi” — yoʻlning transport vositalari harakatlanishi uchun moʻljallangan qismi. Yoʻlning qatnov qismi bir nechta boʻlishi mumkin, ajratuvchi boʻlaklar ularning chegarasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tramvay yoʻli relssiz transport vositalarining harakatlanishi uchun moʻljallangan qatnov qismining chegarasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ajratuvchi boʻlak” — yoʻlning yonma-yon qatnov qismlarini maxsus baland qurilma va uning ikki yonidagi yotiq chiziq hamda koʻkalamzorlashtirish uchun moʻljallangan joy bilan ajratuvchi, transport vositalarining harakatlanishi yoki toʻxtashi uchun moʻljallanmagan qismi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Harakatlanish boʻlagi” — transport vositalarining bir qatorda harakatlanishi uchun yetarli kenglikka ega boʻlgan, chiziqlar va yoʻl belgilari bilan belgilangan yoki belgilanmagan qatnov qismining boʻylama boʻlagi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Chorraha” — yoʻllarning oʻzaro bir sathda kesishishidan hosil boʻlgan maydon. Yoʻl yoqasida joylashgan muassasa, tashkilot, korxona hududining kirish va chiqish yoʻllaridan hosil boʻlgan kesishmalar chorraha hisoblanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Trotuar” — qatnov qismiga tutashgan yoki undan maysazor, ariq, va maxsus qurilmalar (bordyur, panjara) bilan ajratilib, piyodalarning harakati uchun moʻljallangan yoʻlning bir qismi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Piyodalar yoʻlkasi” — yoʻlning piyodalar harakatlanishi uchun moʻljallangan, transport harakati taqiqlangan qismi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Piyodalar oʻtish joyi” — yoʻlning piyodalar oʻtishi uchun moʻljallangan, maxsus chiziqlar va belgilar bilan ajratilgan qismi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Temir yoʻl kesishmasi” — yoʻlning temir yoʻl bilan bir satxda kesishgan joyi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Aholi yashaydigan joy” — aholi doimiy istiqomat qilayotgan kirish va chiqish yoʻllari 5. 225. 25 belgilari bilan koʻrsatilgan hudud.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Transport vositasi” — odamlar yoki yuklarni tashishga moʻljallangan moslama.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mexanik transport vositasi” — yurgizgich (dvigatel) bilan jihozlangan transport vositasi, bu atama traktor va oʻziyurar moslamalarni ham oʻz ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mototsikl”, “Motoroller” — kajavali yoki kajavasiz, ikki yoki uch gʻildirakli mexanik transport vositasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Moped” — yurgizgichning (dvigatelning) ish hajmi 50 santimetr kubgacha boʻlgan, tezligi soatiga 50 km dan oshmaydigan mexanik transport vositasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Velosiped” — odamning, mushak kuchi bilan harakatlantiriladigan transport vositasi (nogironlar kajavasidan tashqari).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Umum foydalanadigan transport vositasi” — belgilangan yoʻnalishda yoʻlovchi tashish uchun harakatlanadigan avtobus, trolleybus, tramvay va belgilangan yoʻnalishdagi taksilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tirkama” — mexanik transport vositasi tarkibida harakatlanuvchi moslama. Bu atama yarim tirkamalar va uzaytirilgan tirkamalarni ham oʻz ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Toʻla vazn” — ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan belgilangan, aslahalangan transport vositasining haydovchi, yoʻlovchi, yuk bilan birga ruxsat etilgan eng yuqori vazni (miqdori).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir tarkibda harakatlanayotgan (tirkama va h. k.) transport vositalarining toʻla vazniga shu tarkibga kiruvchi transport vositalari toʻla vaznining yigʻindisi kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. HAYDOVChILARNING UMUMIY MAJBURIYATLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.1. Mexanik transport vositasi haydovchisi quyidagi hujjatlarni yonida olib yurishga majbur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi guvohnoma va uning taloni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— transport vositasini roʻyxatdan oʻtkazilgani haqida hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— yoʻl yoki yoʻnalish varaqasi (xususiy transport vositalari egalaridan tashqari), tashilayotgan yukning hujjatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— transport vositasining egasi yonida boʻlmaganida, transport vositasidan foydalanish huquqini beruvchi qonuniy rasmiylashtirilgan ishonch qogʻozi, shartnoma yoki umumiy egalik huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomasi boʻlishi lozim. Haydovchilar mazkur hujjatlarni DAN va militsiya xodimlari talab etganda berishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.2. Haydovchi (shaxsiy transport vositalarining egalaridan tashqari) umum foydalanadigan transport vositalarini tekshiruv-taftish xizmati xodimlariga toʻxtashi va yoʻl varaqasi, yuk hujjatlarini tekshirish uchun berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.3. Shaxsiy transport vositasining egasi yoki ishonch qogʻoziga ega shaxs tegishli toifadagi haydovchilik guvohnomasi boʻlgan boshqa shaxsga oʻzining transport vositasini vaqtincha boshqarishga ruxsat etishi mumkin. Ammo oʻzi yonida boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.4. Transport vositasida Oʻzbekistonga kelayotgan yoki xorijga ketayotgan haydovchida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— transport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqida hujjat (oldi-sotdi shartnomasi, notarial tasdiqlangan ishonch qogʻozi, bojxona guvohnomasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— 1968-yilgi “Yoʻllarda harakatlanish haqidagi Konvensiya” talabiga muvofiq haydovchilik guvohnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— transport vositasida u tark etayotgan davlatning raqam va farqlovchi belgisi boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.5. Haydovchining majburiyatlari :
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— harakatlanishdan oldin transport vositasining sozligini, tozaligini va toʻliq jihozlanganligini tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— transport vositasining texnik holatini kuzatib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— mototsikl, motoroller, mopedni maxsus bosh kiyimda boshqarish, yoʻlovchilarni ham maxsus bosh kiyim bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— harakatlanishdan oldin yoʻlovchilarning transport vositasiga toʻliq chiqib, joylarini egallagan boʻlishlariga, odam tashish uchun maxsus jihozlangan yuk tashuvchi transport vositalarida odam tashiyotganda yoʻlovchilarni mazkur qoidaning 7.5 bandi talablarini bajarganliklariga ishonch hosil qilgan boʻlishi, transport vositasining eshiklarini yopishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— haydovchi oʻz harakatida piyoda, xususan bolalar, nogiron va qariyalarga, velosipedchilarga nisbatan nihoyatda ehtiyotkorlik choralarini koʻrishi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— haydovchi yoʻllardan foydalanuvchilarga, uning chekkasida yashovchi kishilarga yuqori darajada shovqin solib, suv sachratib va chang koʻtarib, noqulayliklar tugʻdirmaslikka harakat qilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.6. Haydovchi quyidagi hollarda transport xizmati koʻrsatishi shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— xizmat vazifasi bilan bogʻliq hollarda militsiya xodimlariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— yoʻltransporti hodisasi tufayli shikastlangan transport vositalarini shatakka olib borishda (faqat yuk avtomobillari haydovchilari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— tibbiy yordam koʻrsatish uchun shu yoʻnalishda ketayotgan tibbiyot xodimlariga, shuningdek harakat yoʻnalishidan qatʼi nazar, hayoti xavf ostida qolgan bemorni yaqin oradagi davolash muassasasiga olib borishda (maxsus va diplomatik transport vositalari bundan mustasno).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.7. Militsiya va tibbiyot xodimlari haydovchi talab qilganda oʻz guvohnomalarini koʻrsatishlari, haydovchining yoʻl varaqasiga yurilgan vaqti, bosib oʻtilgan masofa, oʻz ismi-sharifi, mansabi, tashkilotning nomini yozib berishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.8. Nogiron taniqli belgisi bilan belgilangan, nogironlar boshqarayotgan transport vositalar va kajavali yoki kajavasiz mototsikllar 3.2., 3.3 va 3.28 belgilari talablaridan chetga chiqishlari mumkin. Qoʻshimcha 7.18 belgisi boʻlganda 3.27 belgisining taʼsir chegarasida toʻxtashga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.9. Haydovchiga quyidagilar man qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— har qanday mastlik (meʼyoridan qatʼi nazar) yoki giyohvand moddalar taʼsirida betoblik, harakatlanish xavfsizligiga tahdid soladigan darajada charchoqlik, sezgirlik va eʼtiborni susaytiradigan dori-darmonlar taʼsiri ostida transport vositasini boshqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— har qanday mastlik yoki giyohvand moddalar, harakatlanishga tahdid soladigan darajada charchagan, eʼtiborni susaytiradigan dori-darmonlar taʼsiridagi, transport vositasini boshqarish huquqini beradigan tegishli toifadagi guvohnomasi boʻlmagan yoki boʻlsada, yoʻl varaqasida ismi-sharifi koʻrsatilmagan shaxslarga transportni boshqarish uchun topshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— texnik nosoz transport vositalarini boshqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— moped, motoroller va mototsikllarni ovoz oʻchirgich (glushitel)siz boshqarish yoki uni olib qoʻyib yurish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— tegishli ruxsatsiz transport vositalariga maxsus texnik jihozlari (ratsiya, sirena va h. k.)ni oʻrnatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. MAXSUS TRANSPORT VOSITALARINING IMTIYOZLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.1. Maxsus rangga ega boʻlgan (GOST 2139275) koʻk rangli yalt-yalt etuvchi chiroqmayoqcha va (yoki) maxsus tovushli ishora yoqilgan tezkor (operativ) transport vositalarining haydovchilari kechiktirib boʻlmaydigan xizmat vazifalarini bajarayotib, ushbu Qoidalarning (DAN xodimlari koʻrsatmasidan va qoidaning 3.9 bandi, 26-bobning bandlarida koʻrsatilgan holatlardan tashqari) talablaridan chetga chiqishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chiroqmayoqcha va (yoki) maxsus tovushli ishora yoqib borayotgan transport vositalarining kuzatuvidagi transport vositalarining haydovchilari ham shu imtiyozdan foydalanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.2. Haydovchilar koʻk rangli mayoqcha yoki maxsus tovush moslamasini qoʻllab yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga yoʻl berishlari, zarur boʻlganda bu transport vositalarini bemalol oʻtib ketishlari uchun transport vositasini yoʻlning oʻng tomoniga olib, toʻxtashlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yaqinlashib kelayotgan transport vositalarida yaltirovchi koʻk va qizil rangli mayoqchalar yoqilgan boʻlsada yoʻnalishda, ikkitadan ortiq, harakat boʻlagi boʻlmagan yoʻllarda shu yoʻnalishdagi, ajratuvchi boʻlak boʻlmaganda esa qarama-qarshi tomondagi transport vositalarining haydovchilari ham yoʻl chetida toʻxtashlari shart. Saf oxirida borayotgan koʻk yoki yashil rangli mayoqcha yoqilgan transport vositasi oʻtib ketgachgina harakatni boshlashga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.3. Yaltirovchi zargʻaldoq rangli mayoqchasi yoqilgan, yoʻldan foydalanish xizmatiga tegishli moslama va transport vositalarining haydovchilari ish bajarish jarayonida harakat xavfsizligini taʼminlash sharti bilan ushbu qoidalarning yoʻl belgilari, yoʻl chiziqlari hamda 11.4., 11.5., 11.7 va 18.1 bandlaridagi talablardan chetga chiqishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zargʻaldoq rangli mayoqcha harakatlanishda imtiyoz bermaydi. U haydovchilarning eʼtiborini jalb etish va xavf-xatardan ogohlantirish uchungina xizmat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. YOʻL-TRANSPORT HODISASI ROʻY BERGANDA HAYDOVChINING VAZIFASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.1. Yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlganda haydovchi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— darhol transport vositasini toʻxtatishi, majburiy toʻxtaganini bildiruvchi chiroqni yoqishi yoki belgi oʻrnatishi, transport vositasini va hodisaga daxldor buyumlarni qoʻzgʻatmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— shikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam berish uchun zaruriy choralarni koʻrishi, “Tez tibbiy yordam” xizmatini chaqirishi, agar buning imkoni boʻlmasa, shikastlanganlarni oʻz transportida yoki boshqa yoʻlovchi transportida yaqin oradagi davolash muassasasiga olib borishi, u yerda oʻz ismi-sharifi, transport vositasining davlat raqam belgisini aytishi va voqea sodir boʻlgan joyga qaytib kelishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— hodisa haqida militsiyaga xabar berishi, guvohlarning ismi-sharifi, manzilgohini yozib olishi, militsiya xodimlari kelishini kutishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— hodisa izlarini saqlab qolish uchun barcha choralarni koʻrishi, voqea joyini toʻsib qoʻyishi va u yerdan chetlab oʻtishni tashkillashtirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— boshqa transport vositalari qatnovini taʼminlash zarur boʻlganda, guvohlar ishtirokida, avvalo transport vositasining, hodisaga aloqador narsalar va izlarning holatini qayd etib, keyin qatnov qismini boʻshatishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.2. Yoʻl-transport hodisasida shikastlanganlar boʻlmasa, yetkazilgan moddiy zarar qimmatga tushmasa, transport vositasi harakatlanishini taqiqlovchi nosozliklar boʻlmasa, haydovchilar oʻzaro rozilik bildirsalar, hodisa chizmasini tuzib, uni imzolab, yaqin oradagi DAN maskaniga yoki militsiya idorasiga hodisani rasmiylashtirish uchun borishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. PIYODALARNING VAZIFALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.1. Piyodalar trotuardan yoki piyodalar yoʻlkasidan oʻng tomonlama, agar ular boʻlmasa, yoʻl yoqasidagi yoki qatnov qismining chetidan (ajratuvchi boʻlagi bor yoʻllarda tashqi chekkasidan) bir qator boʻlib yurishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholi yashamaydigan joylarning yoʻl yoqasida yoki qatnov qismining chetida harakatlanayotgan piyodalar transport vositalarining harakatiga qarshi, nogironlar yurgizgichsiz kajavasida harakatlanayotgan, mototsikl, moped, velosiped yetaklab borayotgan shaxslar esa transport vositalarining harakati boʻylab yurishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eslatma:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Piyodalar yoʻlkasida, trotuarlarda, yoʻlning marzalarida piyodalar, xususan nogiron va qariyalar harakatiga xalaqit beruvchi qurilma va jihozlar oʻrnatish man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.2. Odamlar guruhi qatnov qismining oʻng tomonidan saf qatorini toʻrttadan oshirmay yurishlari mumkin. Saflar oldi va orqasidagi kuzatuvchilar chap tomonda qizil bayroqcha koʻtarib, qorongʻi va yetarli koʻrinmaslik sharoitida esa oldinda oq, orqada qizil rangli chiroqcha koʻtarib borishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalar guruhiga faqat trotuar va piyodalar yoʻlkasida ular boʻlmaganda esa yoʻl yoqasida katta yoshdagilar kuzatuvida yurishlariga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.3 Piyodalar yoʻlning qatnov qismini piyodalar oʻtishiga moʻljallangan joyidan, u boʻlmagan chorrahalarda trotuar chizigʻi yoki yoʻl yoqasi boʻylab harakatlanishga xavf tugʻdirmasdan, kesib oʻtishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.4. Piyodalar svetofor yoki harakatni tartibga soluvchining ishorasiga boʻysunishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Piyodalar zarurat boʻlmaganda qatnov qismida ushlanib qolmasliklari, toʻxtamasliklari kerak. Oʻtishga ulgurmagan piyodalar xavfsizlik orolchasida yoki qarama-qarshi yoʻnalishdagi harakat oqimini ajratuvchi chiziqlarda toʻxtab turishlari lozim. Xavfsizlikka ishonch hosil qilingachgina harakatlanishni davom ettirishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.5 Piyodalarga man qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— ajratuvchi boʻlagi boʻlgan yoʻllarda piyodalarning oʻtishi moʻljallanmagan, yoʻl toʻsiqlari oʻrnatilgan joylardan qatnov qismini kesib oʻtish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— yoʻlning qatnov qismida turishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— chorrahalarda va yoʻlning qatnov qismida toʻxtagan transport vositalarining oynalari va boshqa qismlarini (ayniqsa bolalar tomonidan) oʻzboshimchalik bilan tozalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— yaqinlashib kelayotgan transport vositasining yoʻqligiga ishonch hosil qilmasdan, koʻrinishni cheklovchi biror toʻsiq yoki toʻxtab turgan transport vositasi orqasidan toʻsatdan chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— harakatlanayotgan transport vositasiga osilish, transport vositasi eshiklarini yopilishiga toʻsqinlik qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— 6.6. belgisi bilan belgilangan yoʻlda piyodalar oʻtish, dam olish yoki toʻxtab turish joylaridan tashqarida yurish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. YOʻLOVChILARNING VAZIFALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7.1. Avtobus, trolleybus, tramvay, taksilarni faqat bekatlarda, ular boʻlmagan taqdirda yoʻl yoqasida turib kutish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7.2. Yoʻlovchi transport vositasi toʻxtagandan keyingina undan tushishi yoki chiqishi mumkin. Yoʻlovchilarni transport qatnovi qismi tomonidan tushishi va chiqishi, piyodalar yoʻlakchasi yoki yoʻl yoqasi tomonidan iloji boʻlmagan hollarda, boshqa harakat ishtirokchilarining harakatiga xalaqit bermaydigan hamda xavf tugʻdirmaydigan sharoitdagina ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7.3. Tramvay bekatlarida yoʻlovchilarni tushirish va chiqarish maydonlari boʻlmasa, yoʻlovchilar tramvay toʻxtaganidan keyingina yoʻlning qatnov qismiga chiqishlari mumkin. Tramvaydan tushgan yoʻlovchilar yoʻlning qatnov qismini tezda tark etishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7.4. Yoʻlovchilar transport harakatlanayotgan vaqtda haydovchini chalgʻitmasliklari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7.5. Yuk tashuvchi transport vositalari harakatlanayotgan vaqtda uning yukxonasida boʻlgan yoʻlovchilarga tik turish, bortda yoki undan baland yuk ustida oʻtirish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7.6. Toʻxtab turgan avtobus va trolleybusning orqa tomonidan, tramvayning esa oldi tomonidan yoʻlni kesib oʻtishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. YOʻLLARDA HARAKATLANIShNI TARTIBGA SOLISh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8.1. Yoʻllarda harakatlanish svetoforning yashil, sariq, qizil va oq rangli yoritgichlari hamda DAN xodimining (tartibga soluvchi) ishoralari bilan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Svetofor yoritgichlari quyidagilarni bildiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— doirasimon yashil yoritgich harakatlanishga ruxsat beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— qora asosga olingan, yashil yoʻnaltirgichli yoritgich koʻrsatilgan yoʻnalishda harakatlanishga ruxsat beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— svetoforning qoʻshimcha qismidagi yashil yoʻnaltirgich ham shu maʼnoni anglatadi (chapga burilishga ruxsat etuvchi yoʻnaltirgich orqaga qayrilishga ham ruxsat beradi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— miltillovchi yashil yoritgich harakatlanishga ruxsat beradi, taʼsir vaqti tugayotgani va taqiqlovchi yoritgich yonishidan ogoh qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— yashil yoritgichning oʻchishiga qancha soniya qolgani haqida haydovchilarni ogohlantirish uchun raqamli tablo qoʻllanishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— sariq yoritgich harakatni taqiqlaydi, yoritgichlar rangi almashishi haqida ogohlantiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— miltillovchi sariq yoritgich yoki navbat bilan miltillovchi ikkita sariq yoritgich harakatlanishga ruxsat beradi va harakatlanish tartibga solinmagan chorraha yoki piyodalar oʻtish joyi borligidan xabardor qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— qizil yoritgich, jumladan miltillovchi yoki navbatma navbat miltillovchi ikkita qizil yoritgich harakatlanishni taqiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qizil va sariq yoritgichlarning bir vaqtda yonishi harakatni taqiqlaydi va tez orada yashil yoritgich yonishi haqida axborot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qizil va sariq yoritgichlardagi qora tasvirli yoʻnaltirgichlar bu yoritgichlar maʼnosini oʻzgartirmaydi, balki u svetoforning yashil yoritgichi yonganda ruxsat etilgan harakat yoʻnalishi haqida axborot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Svetoforning asosiy yashil yoritgichiga tushirilgan qora tasvirli yoʻnaltirgich, qoʻshimcha qism yoritgichidan farqli boshqa yoʻnalishda harakatlanishga ruxsat beradi va haydovchilarga qoʻshimcha qism borligini bildiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Svetofor yoritgichlarida odamlar tasvirining koʻrinishi, piyodalar harakatini yoʻnaltiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8.2. Yoʻl qatnov qismining harakat yoʻnalishi qarama-qarshi tomonga oʻzgarishi mumkin boʻlgan boʻlaklarida “X” simon qizil yoritqichli, yashil rangli yoʻnaltirgichi pastga qaratilgan reversiv svetoforlar qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ular qaysi boʻlak ustiga qoʻyilgan boʻlsa, oʻsha boʻlakdagi harakatlanishni taqiqlaydi yoki ruxsat beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoritgichlari oʻchirilgan reversiv svetofor ikki tomoni 1.9 chizigʻi bilan belgilangan yoʻl boʻlagi ustiga qoʻyilgan boʻlsa, bu boʻlakka kirish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8.3. Tramvaylarning harakati, shuningdek alohida boʻlakda harakatlanuvchi umum foydalanadigan boshqa transport vositalarining harakatini tartibga solish uchun “T” simon oq rangli, toʻrtta yoritqichli svetoforlar qoʻllanishi mumkin. Pastki va yuqorigi bir necha yoki bitta yoritgichi barobar yonganda harakatlanishga ruxsat beriladi. Ulardan chapdagisi chapga, oʻrtadagisi toʻgʻriga, oʻngdagisi oʻng tomonga harakatlanishga ruxsat beradi. Yuqoridagi uchta yoritgich yonsa harakatlanish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8.4. Tartibga soluvchining gavda hamda qoʻllarining holati ishora hisoblanadi va quyidagi maʼnoni bildiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— qoʻllar yon tomonga uzatilsa yoki pastga tushirilsa chap va oʻng tomondan tramvay uchun toʻgʻriga, relssiz transport vositasi uchun toʻgʻri va oʻngga harakatlanish, piyodalar uchun esa qatnov qismini kesib oʻtishga ruxsat etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— koʻkrak va orqa tomondagi barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻng qoʻl oldinga uzatilgan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— chap yonidan tramvay uchun chapga, relssiz transport vositalari uchun barcha yoʻnalishlar boʻyicha harakatlanishga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— koʻkrak tomondan barcha transport vositalari uchun faqat oʻng tomonga harakatlanishga ruxsat etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonidan qatnov qismini kesib oʻtishga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— orqa va oʻng tomondagi transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻl yuqoriga koʻtarilgan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tartibga soluvchi haydovchi va piyodalar uchun tushunarli boʻlgan boshqa ishoralarni ham berishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tartibga soluvchi ishoralarning yaqqol koʻrinishini taʼminlash maqsadida yoritgichli tayoqcha, qizil yoritgichli yoki nur qaytargichli doiracha qoʻllashi, harakatlanuvchilar eʼtiborini jalb etish uchun hushtakdan foydalanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8.5. Haydovchilar svetofor yoki tartibga soluvchining tanlovchi ishorasida toʻxtash chizigʻi (ular boʻlmaganida, kesishmaning qatnov qismi oldida) yoki piyodalar oʻtish joyiga yetmasdan, boshqa tartibga solingan joylarda esa svetofor oldida toʻxtashlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8.6. Sariq yoritgich yonganda yoki tartibga soluvchi qoʻlini yuqori koʻtarganda toʻxtash kerak, chorrahaga kirgan haydovchilar harakatni davom ettirishlari mumkin. Qatnov qismida boʻlgan piyodalar esa oʻtishni tugatishlari yoki xavfsizlik orolchasida yo qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport vositalarining oqimini ajratuvchi chiziqda toʻxtashlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8.7. Haydovchi va piyodalar svetofor yoritgichlariga, yoʻl belgilari, tortilgan chiziqlarga zid boʻlishiga qaramay, tartibga soluvchining ishora va koʻrsatkichlariga boʻysunishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IX. OGOHLANTIRUVChI IShORALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9.1. Burilishni koʻrsatuvchi yorugʻlik yoki qoʻl bilan berilayotgan ishoralar, tovushli ishoralar; fara chirogʻini uchib-yoqilishi, kunduz kuni yaqinni yorituvchi fara chirogʻini yoqilishi, majburiy toʻxtashni anglatuvchi chiroqlar — ogohlantiruvchi ishoralar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9.2. Haydovchi harakatlanishni boshlash, qayta tizilish, qayrilish, burilish, toʻxtash oldidan burilishni bildiruvchi yorugʻlik koʻrsatkichlari bilan, ular nosoz yoki umuman boʻlmagan taqdirda qoʻl ishorasi orqali ogohlantirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9.3. Chap qoʻlni yonga yoki oʻng qoʻlni tirsakdan yuqoriga qarata bukish chapga burilish maʼnosini bildiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻng qoʻlni yonga yoki chap qoʻlni tirsakdan yuqoriga qarata bukish oʻngga burilishni bildiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻng yoki chap qoʻlni yuqori koʻtarish — toʻxtash dyemakdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9.4. Burilish koʻrsatkichi yoki qoʻl bilan berilayotgan ishora manyovr bajarilishidan oldin berilishi va manyovr tugallanishi bilan toʻxtatilishi (qoʻl bilan berilayotgan ishora esa, manyovr boshlanishidan oldin tugatilishi mumkin) lozim. Bunday ishoralar boshqa harakat qatnashchilarini chalgʻitmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Haydovchi orqada kelayotgan, quvib oʻtishni boshlagan haydovchiga xalaqit bermasligiga ishonch hosil qilgachgina chapga burilish yoki qayrilish ishorasini berishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ogohlantiruvchi ishoralar uni berayotgan haydovchiga imtiyoz bermaydi va uni zaruriy ehtiyot choralarini koʻrish masʼuliyatidan ozod qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9.5. Aholi yashaydigan joylarda tovush moslamalaridan faqat yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash maqsadidagina foydalanish mumkin. Ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan oʻrnatilgan tovush moslamasini boshqa xil tovush chiqaruvchi moslamalar bilan almashtirish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9.6. Quvib oʻtilayotgan transport vositasi haydovchisining eʼtiborini jalb qilish uchun fara (chiroq)larni oʻchirib yoqish, aholi yashamaydigan joylarda esa tovush moslamasidan ham foydalanish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9.7 Boshqa haydovchilarning koʻzini qamashtirishi mumkin boʻlgan hollarda faralarning uzoqni yorituvchi (orqa tomonni koʻrsatuvchi koʻzgu orqali ham) chiroqlaridan ogohlantiruvchi ishora sifatida foydalanish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9.8 Kunduzi harakatlanayotgan transport vositasining yaqinni yorituvchi chiroqlari quyidagi hollarda yoqilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— saflanib harakatlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— transport oqimi yoʻnalishiga qarshi 5.9 belgisi bilan belgilangan boʻlakda harakatlanayotganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— avtobus yoki maxsus jihozlangan yuk avtomobillarida bolalar guruhi tashilayotganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— yirik hajmli (tashqi oʻlchamlari) va ogʻir vaznli yuklar tashilayotganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— mexanik transport vositasi shatakka olinganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sunʼiy tarzda yoritilgan yer osti yoʻllari (tonnellar)da harakatlanayotgan transport vositasining gabarit chiroqlari yoki faralarning yaqinni yorituvchi chiroqlari yoqilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9.9. Shatakka olingan transport vositasining gabarit chiroqlari har qanday sharoitda yoqilgan boʻlishi shart. Agar ular texnik nosoz boʻlsa, shatakka olingan transport vositasining orqasiga majburiy toʻxtash (keyingi matnlarda “Falokat” deb beriladi) belgisi oʻrnatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9.10. Toʻxtash taqiqlangan joylarda majburiy toʻxtalganda, yoʻlning yoritilmagan qismida yoki yetarli koʻrinmaslik sharoitida toʻxtalganda, toʻxtab turilganda, gabarit yoki toʻxtab turish chiroqlari buzuq boʻlsa, majburiy toʻxtash yoritgichlari yoqilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9.11. Majburiy toʻxtash yoritgichi boʻlmasa yoki nosoz boʻlsa, shuningdek biror yoʻnalishda yoʻlning 100 metrdan kamroq qismi koʻrinadigan joylarda majburiy toʻxtagan mexanik transport vositasining (kajavasiz mototsikldan boshqa) haydovchisi aholi yashaydigan joylarda transport vositasining orqa qismiga 1520 metr, aholi yashamaydigan joylarda esa 30-40 metr yetmasdan harakat yoʻnalishiga qarab, “Falokat” belgisini yoki fonar, fonus, yalt-yalt etuvchi qizil belgi oʻrnatishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
X. HARAKATLANIShNI BOShLASh, YOʻNALIShLARNI OʻZGARTIRISh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10.1. Haydovchi harakatlanishni boshlashda, qayta tizilishda, yoʻnalishni oʻzgartirganda boshqa harakatlanish ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10.2. Hovli, toʻxtab turish joyi, yonilgʻi quyish tarmogʻi va yoʻlga bevosita tutashgan boshqa joylardan yoʻlga chiqayotgan haydovchi oʻzi kesib oʻtayotgan harakat yoʻlidagi transport vositalari va piyodalarga yoʻl berishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10.3. Haydovchi qayta tizilishda qoʻshni qatorda harakatlanayotgan transport vositasiga yoʻl berishi lozim. Yonma-yon harakatlanayotgan transport vositalari bir vaqtda qayta tizilayotganda, haydovchi oʻng tomonidagi transport vositasiga yoʻl berishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10.4. Haydovchi aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahadan tashqari hollarda oʻngga, chapga burilish yoki qayrilishda tegishli chetki holatni egallashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Haydovchi burilishni shunday bajarishi kerakki, transport vositasi qatnov qismlarining kesishmasidan chiqishda qarama-qarshi harakatlanish boʻlagiga tushib qolmasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10.5. Transport vositasi gabarit oʻlchamlari yoki boshqa sabablari tufayli chetki boʻlakdan burila olmasa, boshqa transport vositalariga xalaqit bermagan holda burilishni ushbu Qoidalar talabidan chetga chiqib amalga oshirishiga yoʻl qoʻyiladi. Xavfsiz harakatlanishni taʼminlash uchun haydovchi boshqa shaxslar yordamidan foydalanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10.6. Relssiz transport vositasining haydovchisi chorrahadan tashqari yoʻllarda chapga burilish yoki qayrilishda roʻparadan kelayotgan transport vositalariga yoʻl berishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qatnov qismining kengligi chetki chap boʻlakdan qayrilish uchun yetarli boʻlmasa, uni qatnov qismining oʻng chetidan amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda qayrilayotgan haydovchi oʻzi bilan bir yoʻnalishdagi va roʻparadagi transport vositalariga yoʻl berishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10.7. Transport vositalarining harakat yoʻnalishlari kesishadigan hollarda (oʻtish navbati ushbu Qoidalarning 15.3., 15.10, 15.13 bandlari, svetoforning, tartibga soluvchining ishoralari, yoʻl belgilari talablari va boshqa koʻzda tutilmagan holatlar bundan mustasno), oʻng tomondan yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga yoʻl berilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10.8. Sekinlashish boʻlagi boʻlgan yoʻllarda burilmoqchi boʻlayotgan haydovchi oʻz vaqtida shu boʻlakka tizilishi va tezlikni kamaytirishi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻlga chiqish joyida tezlanish boʻlagi boʻlsa, haydovchi harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berib, soʻng oqimga qoʻshilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10.9. Quyidagi holatlarda qayrilish taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— piyodalarni oʻtish joylarida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— tonellarda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— koʻpriklarda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— osma yoʻllar, osma koʻpriksimon inshootlar va ularning ostida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— temir yoʻl kesishmasida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— yoʻlning koʻrinishi bir yoʻnalishda 100 metrdan kam boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10.10. Transport vositasini orqaga harakatlantirayotgan haydovchi harakatning boshqa ishtirokchilariga xalal bermasligi kerak. Zarur boʻlganida xavfsiz harakatlanishni taʼminlash uchun boshqa shaxslarning yordamidan foydalanish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XI. YOʻLNING QATNOV QISMIDA TRANSPORT VOSITALARINING JOYLAShUVI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11.1 Relssiz transport vositalari harakatlanadigan boʻlaklar soni yoʻl chiziqlari yoki maxsus belgilar (5.8.1, 5.8.2, 5.8.7, 5.8.8) bilan belgilanadi. Bunday chiziqlar yoki belgilar boʻlmagan taqdirda, harakat qismining kengligi, transport vositalarining gabarit oʻlchamlari va ular orasidagi zaruriy oraliq (interval)larni hisobga olgan holda haydovchining oʻzi aniqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11.2 Ikki tomonlama harakatlaniladigan toʻrt yoki undan ortiq boʻlakli yoʻllarda, qarshi harakatlanishga moʻljallangan tomonga chiqish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11.3. Ikki tomonlama harakatlaniladigan uch boʻlakli yoʻllarda oʻrta boʻlakka faqat chetlab oʻtish, quvib oʻtish, chapga burilish va qayrilish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Yoʻlning qarshi harakatlanish uchun moʻljallangan chetki chap boʻlagiga chiqish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11.4 Aholi yashamaydigan joylarda haydovchi transport vositasini imkoni boricha qatnov qismining oʻng chetiga yaqinroq olib harakatlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholi yashaydigan joylarda yoʻlning bir yoʻnalishdagi har qanday boʻlagida harakatlanishga ruxsat etiladi. Bir yoʻnalishda uch yoki undan koʻp boʻlak boʻlsa, chetki chap boʻlakka faqat boshqa boʻlaklar serqatnov boʻlganda hamda chapga burilish, qayrilish, bir tomonlama harakatlanadigan yoʻllarda esa toʻxtash uchun chiqishga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻla vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk tashuvchi transport vositalari yoʻlning chap boʻlagiga faqat chapga burilish, qayrilish, bir tomonlama harakatlanadigan yoʻllarda esa yuk ortish, tushirish uchun chiqishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11.5. Tezligini soatiga 40 km dan oshirishi mumkin boʻlmagan yoki texnik sabablarga koʻra tezlikni bundan oshira olmaydigan transport vositalari quvib oʻtish, oʻzib ketish, aylanib oʻtish burilish yoki qayrilib olishdagi tizilishdan boshqa hollarda, faqat yoʻlning chetki oʻng boʻlagida harakatlanishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11.6. Boʻlaklar, harakat yoʻnalishi alohida belgilar bilan belgilanmagan, serqatnov (tirband) boʻlganda aylanib oʻtish, oʻzib ketish, chorrahadan oʻtish vaqtida chapda joylashgan bir yoʻnalishdagi tramvay izidan harakatlanishga ruxsat etiladi. Biroq bu tramvay harakatiga xalal bermasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarama-qarshi yoʻnalishdagi tramvay izidan harakatlanish taqiqlanadi. |
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11.7. Chiziqlar bilan boʻlaklarga ajratilgan yoʻllarda transport vositalari boʻlaklar boʻylab harakatlanishlari shart. Qayta tizilish vaqtidagina uzuq-uzuq chiziqlarni bosib oʻtishga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11.8. 5. 37. belgisi bilan ifodalangan reversiv harakatli yoʻlga burilayotgan haydovchi yoʻlning chetki oʻng boʻlagi boʻylab harakatlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reversiv svetofordan yoki boshqa boʻlaklarda ham harakatlanishga ruxsat beruvchi 5.8.7. belgidan oʻtilgandan keyingina qayta tizilish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11.9. Hamma boʻlaklar band boʻlgan serqatnov yoʻllarda harakatlanish boʻlagini faqat burilish, qayrilish, toʻxtash uchungina oʻzgartirishga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11.10 Trotuar boʻylab joylashgan savdo va boshqa korxonalarga xizmat koʻrsatuvchi transport vositalarining trotuarda xavfsizlikni toʻla taʼminlaydigan holda harakatlanishiga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11.11 Sekin harakatlanuvchi transport vositalarining haydovchilari, qoʻshimcha yoʻl boʻlagiga tegishli belgi oʻrnatilgan boʻlsa, shu boʻlakdan foydalanishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XII. HARAKATLANISh TEZLIGI VA ORALIQ MASOFA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12.1. Haydovchi belgilangan tezlikni oshirmasligi, harakatning serqatnovligi, transport vositasi va yukning xususiyati, holati, yoʻl, ob-havo sharoiti, shuningdek yoʻnalishdagi koʻrinishni hisobga olgan holda harakatlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Haydovchi biror xavf yoki toʻsiqni aniqlaganda transport vositasining tezligini, zarur boʻlsa tuxtagunga qadar kamaytirishi, toʻsiqni boshqa harakat ishtirokchilari uchun xavfsiz tarzda aylanib oʻtishi hamda uni bartaraf etish chorasini koʻrishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12.2 Aholi yashaydigan joylarda barcha transport vositalarining tezligi soatiga 70 km dan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12.3 Aholi yashamaydigan joylarda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— yengil va toʻla vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillari tezlikni soatiga 100 km dan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— barcha turdagi avtobuslar, tirkamali yengil va toʻla vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillari tezlikni soatiga 90 km dan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— mototsikl haydovchilariga tezlikni soatiga 70 km dan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12.4. Haydovchilarga quyidagilar taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— tezlikni mazkur transport vositasining texnik tavsifnomasida koʻrsatilgan meʼyordan oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— transport vositasiga oʻrnatilgan taniqlik belgisida koʻrsatilgan tezlikdan oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— besabab juda sekin yurib, boshqa transport vositalarining harakatlanishiga xalaqit berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— zaruratsiz transportni keskin toʻxtatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12.5 Haydovchi, oldindagi transport vositasi keskin toʻxtaganda, urilib ketmaslikni kafolatlovchi oraliq masofani va xavfsizlikni taʼminlaydigan yonlama oraliq masofani taʼminlamogʻi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12.6 Tezlikni soatiga 50 km dan oshirish mumkin boʻlmagan transport vositasining, shuningdek toʻla vazni 12 tonnadan ortiq boʻlgan transport vositasining haydovchisi aholi yashamaydigan joylardagi yoʻllarda harakatlanganda oraliq masofani shunday saqlashi kerakki, quvib oʻtayotgan boshqa transport vositasi yoʻlning oʻng tomoniga bemalol qayta tizila olsin. Agar haydovchi quvib oʻtishga tayyorlanayotgan yoki harakat serqatnov boʻlsa, yuqoridagi talab oʻz kuchini yoʻqotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XIII. QUVIB OʻTISh VA QARAMA-QARShI HARAKATLANISh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13.1. Haydovchi quvib oʻtishni boshlashdan oldin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— orqada harakatlanayotgan haydovchining uni quvib oʻtishiga harakat qilmayotganiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— oldinda ketayotgan transport vositasi haydovchisining chapga burilishga (qayta tizilishga) ogohlantirish ishorasini bermaganligiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— quvib oʻtish vaqtida roʻparadan kelayotgan transport vositasiga toʻsqinlik qilmasligiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— quvib oʻtishni tugallaganda, quvib oʻtilayotgan transport vositasiga toʻsqinlik qilmasdan qayta tizila olishiga ishonch hosil qilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13.2. Quvib oʻtilayotgan transport vositasi haydovchisining tezlikni oshirib yoki boshqa xil harakatlar bilan quvib oʻtayotgan haydovchiga toʻsqinlik qilishi taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13.3. Quyidagi hollarda quvib oʻtish taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— kesib oʻtilayotgan yoʻlga nisbatan asosiy boʻlgan yoʻllarda quvib oʻtish hollaridan tashqari, barcha chorrahalarda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— temir yoʻl kesishmasida va ularga 100 metrdan kam masofa qolganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— tepalikning yuqori qismida, keskin burilishlarda va yoʻlning koʻrinishi cheklangan boshqa joylarida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13.4. Aholi yashamaydigan joylarda yoʻllarning kengligi, holati, sekin harakatlanayotgan katta hajmli yoki maʼlum tezlikka amal qilayotgan transport vositasini quvib oʻtishga xalaqit bersa, uning haydovchisi mumkin qadar yoʻlning oʻng tomonidan harakatlanishi, zarur hollarda esa toʻxtab, orqada toʻplanib qolgan transport vositalarini oʻtkazib yuborishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13.5. Agar qarama-qarshi harakatlanishdagi yoʻlning biror boʻlagida toʻsiq boʻlsa, toʻsiq oʻz tomonida boʻlgan haydovchi yoʻl berishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli belgilar qoʻyilgan tepaliklarda toʻsiq boʻlsa, uning qaysi tomondaligidan qatʼi nazar, nishablik tomonga qarab harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi yoʻl berishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XIV. TOʻXTASh VA TOʻXTAB TURISh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14.1. Transport vositalarining yoʻlni oʻng tomonida, yoʻl yoqasida, mumkin qadar oʻngroqda toʻxtashi va toʻxtab turishiga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholi yashaydigan joylarda yoʻlning chap tomonida toʻxtash va toʻxtab turishga faqat harakatlanish bir tomonlama boʻlgan yoʻllarda, hamda oʻrtasida tramvay izlari boʻlmagan, har qaysi yoʻnalishda bittagina boʻlagi bor yoʻllarda ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14.2. Yoʻlning qatnov qismida transport vositalarining faqat bir qator boʻlib toʻxtashi va toʻxtab turishiga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kajavasiz mototsikllar, mopedlar va velosipedlarni esa ikki qator qilib qoʻyishga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa transport vositalari harakatiga toʻsqinlik qilmaydigan joylarda transport vositalarini qatnov qismining chetiga burchak koʻrinishida qoʻyishga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14.3. Aholi yashamaydigan joylarda uzoq vaqt toʻxtab turish (dam olish, tunab qolish va h. k.) ga faqat toʻxtab turish maydonchasi yoki yoʻldan tashqarida ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14.4. Transport vositasini oʻz-oʻzidan yurib ketishi yoki haydovchi yoʻqligida undan foydalanishga imkon bermaydigan zarur choralar koʻrilgan holdagina haydovchi oʻz joyini tashlab ketishi yoki transport vositasini qarovsiz qoldirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14.5. Toʻxtab turish joylari trotuarga yaqin boʻlsa, trotuarga yondoshib toʻxtab turishga ruxsat etiladi. Toʻxtab turish usuli maxsus belgilar bilan koʻrsatilganda unga toʻla amal qilinishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yengil transport vositalar va mototsikllarga yoʻlga tutash trotuar chetida toʻxtab turish piyodalar harakatlanishiga xalaqit bermaslik sharti bilangina ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14.6. Xavfsizlikka tahdid tugʻdirsa yoki harakatlanishning boshqa ishtirokchilariga xalaqit beradigan boʻlsa, toʻxtagan transport vositasining eshiklarini ochish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14.7. Quyidagi hollarda toʻxtash va toʻxtab turish taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— tramvay harakatiga xalaqit bersa tramvay izlarida va tramvay izlariga yaqin joylarda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— temir yoʻl kesishmalarida, tonellar, osma koʻpriklar, koʻpriklar, osma yoʻllar ostida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— toʻxtagan transport vositasi bilan sidirgʻa chiziq orasida 3 metrdan kamroq masofa qolgan joylarda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— piyodalarning oʻtish joylari va ularga 5 metrdan kamroq masofa qolganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— qatnov qismini kesib oʻtish chegarasiga 5 metrdan kamroq masofa qolganda (sidirgʻa chiziq tortilgan yoki yoʻlni ajratuvchi qismi boʻlgan uch tomonli chorrahalarda yondoshgan yoʻlning qarshi tomonida toʻxtash va toʻxtab turish bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— toʻxtash maydoniga, ular boʻlmaganda esa umum foydalanadigan transport vositalari yoki taksi bekatlarini koʻrsatuvchi belgilarga 15 metrdan yaqinda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— transport vositasi svetofor yoritgichlarini yoki belgilarni boshqa haydovchilardan toʻsib qoʻyadigan joylarda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14.8. Toʻxtab turish quyidagi hollarda taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— aholi yashamaydigan joylardagi yoʻlning xavfli burilishlarida, yoʻlning loaqal bir yoʻnalishida 100 metrdan kam masofa koʻrinadigan joylarda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— temir yoʻl kesishmalariga aholi yashaydigan joylarda 50 metrdan kam, aholi yashamaydigan joylarda esa 100 metrdan kam qolganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— koʻpriklarda, osma koʻprik va osma yoʻllarda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositalari yoki piyodalarning harakatlanishiga xalaqit beradigan boshqa joylarda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XV. ChORRAHALARDA HARAKATLANISh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15.1. Haydovchi chapga burilishda yoki qayrilishda qarama-qarshi yoʻnalishdan toʻgʻriga yoki oʻngga harakatlanayotgan transport vositasiga yoʻl berishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15.2. Chapga yoki oʻngga burilayotgan haydovchi oʻzi burilayotgan yoʻlning qatnov qismidan oʻtayotgan piyodaga, velosipedchiga yoʻl berishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15.3. Harakatlanishga ruxsat bir vaqtda berilganda, avval harakatlanish imtiyozi tramvay haydovchisiga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15.4. Haydovchi toʻxtashga majbur boʻlgan har qanday holatda ham chorraha yoki yoʻlning qatnov qismlari kesishadigan joyni band qilmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARTIBGA SOLINGAN ChORRAHALARDA HARAKATLANISh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15.5. Svetoforning ruxsat etuvchi yoritgichlari yonganda chorrahaga kirgan haydovchi, undan chiqish paytida toʻxtash chizigʻi boʻlmasa, svetoforning boshqa yoritgichlari yonishidan qatʼi nazar, koʻzda tutilgan yoʻnalishda chiqib ketishi kerak. Biroq, chorrahada haydovchining yuradigan yoʻlida joylashgan svetoforlar oldida toʻxtash chizigʻi boʻlsa, u har bir svetofor yoritgichi ishorasiga amal qilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15.6 Haydovchi svetoforning ruxsat etuvchi yoritgichi yonganda harakatlanishni boshlagan, burilishni yoki qayrilishni tugatayotgan transport vositasiga yoʻl berishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15.7 Svetoforning sariq yoki qizil chirogʻi qoʻshimcha qismi bilan yonganda, yoʻnaltirgich koʻrsatib turgan yoʻnalishda harakatlanayotgan haydovchi boshqa yoʻnalishdagi transport vositasiga yoʻl berishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“T” simon chorrahalarda toʻgʻriga harakatlanishni koʻrsatib turgan qoʻshimcha qismli svetofor yonib turgan boʻlsa, yoʻlning qaysi boʻlagida toʻxtash chizigʻi boʻlmasa, transport vositalariga shu boʻlakdan toʻgʻriga harakatlanishga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15.8. Harakatlanish qoʻshimcha qismli svetofor bilan tartibga solingan chorrahada, burilish imkonini beradigan boʻlakda harakatlanayotgan haydovchining toʻxtashi orqadagi transport vositalarining harakatlanishiga toʻsqinlik qilsa, u yoʻnaltirgich koʻrsatayotgan yoʻnalishda harakatni davom ettirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15.9. Agar tartibga solingan chorrahada svetofor oʻchirilgan yoki miltillovchi sariq chiroq ishlayotgan boʻlsa, haydovchi oʻrnatilgan imtiyoz belgilariga amal qilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARTIBGA SOLINMAGAN ChORRAHALARDAN OʻTISh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15.10. Teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar chorrahasida, asosiy yoʻl boʻylab harakatlanayotgan transport vositasiga yoʻl beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15.11. Teng ahamiyatli yoʻllar chorrahasida haydovchi oʻngdan kelayotgan transport vositasiga yoʻl berishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15.12. Asosiy yoʻlning yoʻnalishi chorrahada oʻzgarganda, asosiy yoʻlda harakatlanayotgan haydovchilar oʻzaro teng ahamiyatli yoʻllar chorrahasidan oʻtish qoidasiga amal qilishi kerak. Ikkinchi darajali yoʻlda harakatlanayotgan haydovchilar ham oʻzaro shu qoidaga amal qilishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15.13. Agar haydovchi oʻzi harakatlanayotgan yoʻlning qoplamasi bor-yoʻqligini aniqlay olmasa (qorongʻi vaqtda, loy, qor va h. k., imtiyoz belgilari boʻlmasa, unda bu yoʻlni ikkinchi darajali deb hisoblash kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XVI. PIYODALARNING OʻTISh, UMUM FOYDALANADIGAN TRANSPORT VOSITALARINING TOʻXTASh JOYLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16.1. Haydovchi piyodalarning tartibga solinmagan oʻtish joylariga yaqinlasharkan, shu yoʻnalishning qatnov qismida boʻlgan piyodalarni oʻtkazib yuborish uchun tezlikni kamaytirishi yoki toʻxtashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16.2. Piyodalarning tartibga solinmagan oʻtish joyi oldida biror transport vositasi toʻxtagan yoki toʻxtayotgan boʻlsa, boshqa transport vositasining haydovchisi toʻxtab turgan transport oldida piyodalar yoʻqligiga ishonch hosil qilganidan keyingina harakatni davom ettirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16.3. Haydovchi har qanday hollarda koʻzi ojiz piyodalarga yoʻl berishi kerak. Koʻzi ojiz piyodalar qoʻlida oq hassa yoki hushtak boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16.4. Haydovchi svetoforning yashil chirogʻi yoki tartibga soluvchining ruxsat ishorasiga qaramay, piyodalarning shu yoʻnalish boʻyicha oʻtib boʻlishlariga imkon berishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16.5. Haydovchi harakatlanishning tirbandligi va boshqa sabablar tufayli toʻxtashga majbur boʻlgan taqdirda ham yoʻlning piyodalar oʻtish joyini band qilmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16.6. Haydovchi bekatda (yoʻl oʻrtasida) toʻxtagan tramvayga borayotgan yoki undan tushib kelayotgan piyodalarga yoʻl berishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16.7. “Bolalar” belgisi boʻlib, toʻxtab turgan transport vositasiga yaqinlashayotgan haydovchi qatnov qismidan oʻtayotgan bolalar guruhiga yoʻl berishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XVII. TEMIR YOʻL KESIShMALARIDAN OʻTISh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17.1. Haydovchi temir yoʻlni kesib oʻtishda yaqinlashayotgan poyezdga (lokomotiv, drezina) yoʻl berishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17.2. Haydovchi temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan poyezd yoʻqligiga ishonch hosil qilishi, shlagbaum holati, chiroqqa, yoʻl belgilari va chiziqlariga, navbatchining koʻrsatmasiga amal qilishi kerak. Navbatchining koʻkrak tomoni yoki orqa oʻgirib, tayoqcha (qizil bayroqcha)ni boshidan yuqori koʻtarib turishi yoki qoʻllarini yon tomonlariga uzatib turishi harakatlanishni taqiqlovchi ishora hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17.3. Shlagbaum yopiq boʻlganda yoki yopila boshlaganda, shuningdek svetoforning taqiqlovchi ishorasida (shlagbaum holatidan yoki uning yoʻqligidan qatʼi nazar) kesishmaga chiqish taqiqlanadi. Agar svetofor, shlagbaum ishlamasa yoki ular umuman boʻlmasa, haydovchi yaqinlashib kelayotgan poyezd yoʻqligiga ishonch hosil qilganidan keyingina harakatlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17.4. Temir yoʻl kesishmalarida harakat taqiqlanganda yoki yaqinlashayotgan poyezdni oʻtkazib yuborishda haydovchi toʻxtash chizigʻida, maxsus belgi yoki svetofor oldida toʻxtashi kerak. Ular boʻlmagan taqdirda shlagbaumga 5 metr yetmay, agar shlagbaum boʻlmasa birinchi relsga kamida 10 metr yetmasdan toʻxtashi kerak. Poyezdning yoʻqligiga ishonch hosil qilgachgina harakatni boshlash lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17.5. Haydovchiga har qanday vaziyatda temir yoʻl kesishmalarida toʻxtash yoki uni band qilish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17.6. Haydovchi kesishmada majburan toʻxtaganda, odamlarni transport vositasidan tushirish va kesishmani boʻshatish choralarini koʻrishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar transport vositasini kesishmadan uzoqlashtirishning iloji boʻlmasa, haydovchi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— bor imkoniyatlardan foydalanib, temir yoʻlning har ikki tomoniga iz boʻylab 1000 metr masofaga ikki kishini (agar bir kishi boʻlsa, uni temir yoʻlning yaxshi koʻrinmaydigan tomoniga) joʻnatishi, ularga poyezd haydovchisiga toʻxtash ishorasini qanday berish kerakligini tushuntirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— transport vositasi yonida qolishi va umumiy xatar borligi ishorasini berishi.