Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.10.2025 03.04.2007 yildagi 71-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 03.04.2007 yildagi 71-son
Date of entry into force
03.04.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.10.2025
Norasmiy tarjima
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda vaziyatlarni prognoz qilish va oldini olish davlat dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PQ-310-sonli “Favqulodda vaziyatlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish sohasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Favqulodda vaziyatlarni prognoz qilish va ularning oldini olish davlat dasturi (keyingi oʻrinlarda — Davlat dasturi deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagi ustuvor vazifalarni hal etish Davlat dasturining asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarni prognoz qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avariyalar, halokatlar va tabiiy ofatlarni oʻz vaqtida oldini olish va oqibatlarini yumshatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholini talab darajasida muhofaza qilinishini taʼminlash hamda iqtisodiyotning xavfli ishlab chiqarish obyektlari barqarorligini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlar xavfini kamaytirish, aholi xavfsizligini oshirish hamda toifalangan obyektlarni tabiiy va texnogen xususiyatli tahdidlardan muhofaza qilish sohasida boshqaruvni muvofiqlashtirishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish va mexanizmlarini rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholini axborot bilan taʼminlash va xabardor qilishning kompleks tizimini yaratish, zamonaviy axborot-telekommunikatsiya texnologiyalari hamda ommaviy axborot texnik vositalarini qoʻllash negizida hayot faoliyati xavfsizligining ilmiy-uslubiy asoslarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toifalangan obyektlarda favqulodda vaziyatlar xavfini prognoz qilish va ularning zarur darajada himoyalanganligini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarning asosiy elementlarini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfli hodisalarni monitoring qilish tizimini rivojlantirish va takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlarda boshqaruv hamda tezkor harakat qilish usullarini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida aholi va rahbarlar tarkibini tayyorlash tizimini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlar xavfini kamaytirish muammolarini hal etishda tashkiliy-texnik, moliyaviy, moddiy va axborot resurslarini jamlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirliklar va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlari quyidagilarni taʼminlasin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat dasturining 1-ilovasida nazarda tutilgan maqsadli dasturlarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maqsadli dasturlar bajarilishini nazorat qilish va doimiy monitoring olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat dasturining 2-ilovasida keltirilgan maqsadli dasturlarda nazarda tutilgan asosiy tadbirlarni belgilangan muddatlarda amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 3-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 3-apreldagi 71-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda vaziyatlarni prognoz qilish va ularning oldini olish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat dasturi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻnggi oʻn yil davomida Oʻzbekiston Respublikasida aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT) kuch va vositalari bilan amalga oshirilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxs, jamiyat va davlatning hayotiy muhim manfaatlarini taʼminlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish uchun davlat hokimiyati organlarining, korxonalar va tashkilotlarning, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining fuqaro muhofazasi sohasidagi faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik bazasi amal qilmoqda. “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi hamda “Fuqaro muhofazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bir qator qarorlari qabul qilindi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqaro muhofazasi tuzilmalarining kuch va vositalarini mustahkamlash, boshqaruv organlarini tayyorlash va aholini oʻqitish borasidagi amalga oshirilgan ishlar soʻnggi yillarda favqulodda vaziyatlar yuz berganda qurbonlar sonini kamaytirish imkonini berdi. Biroq, avariyalar, halokatlar va tabiiy ofatlarga qarshi kurashish uchun hokimliklar, vazirlik va idoralar tomonidan sezilarli saʼy-harakatlar va moliyaviy xarajatlarga qaramay, ularning taʼsiridan moddiy yoʻqotishlar kamaymayapti. Bu koʻp jihatdan, qoida tariqasida, roʻy bergan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish boʻyicha ishlar olib borilganligi bilan bogʻliq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jahon tajribasi shuni koʻrsatadiki, tabiiy va texnogen xavflarni yuzaga kelishining oʻz vaqtida oldini olish va salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni ustuvor amalga oshirish favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishga nisbatan ancha tejamli va samarali hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan manfaatdor vazirliklar va idoralar, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Favqulodda vaziyatlarni prognoz qilish va ularning oldini olish boʻyicha Davlat dasturi (keyingi oʻrinlarda Davlat dasturi deb ataladi) ishlab chiqildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsepsiya va Davlat dasturini ishlab chiqish boʻyicha ekspert guruhining ish rejasiga muvofiq bir qator vazirlik, idora va tashkilotlar mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan maqsadli dasturlar materiallari Davlat dasturi asosini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Davlat dasturining dolzarbligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar (keyingi oʻrinlarda favqulodda vaziyatlar deb yuritiladi) xavfi yuqoriligi, ularning soni va oqibatlari koʻlamining oʻsish tendensiyasi saqlanib qolmoqda, bu esa aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish muammosining yangi yechimlarini izlashga, kelgusidagi tahdid va xavf-xatarlarni oldindan koʻra bilishga, ularni prognoz qilish va oldini olish usullarini rivojlantirishga majbur qilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu munosabat bilan soʻnggi paytlarda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalariga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda harakat qilish davlat tizimini yaratishning dastlabki bosqichi yakunlandi. Bu bosqichda, asosan, avariya, halokat va tabiiy ofatlardan jabr koʻrgan aholini qutqarish masalalari hal etildi. Biroq, FVDTning hozirgi holati va uning quyi tizimlarining rivojlanish darajasi shundayki, ular aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish muammosining kompleks yechimini hali toʻliq taʼminlay olmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini rivojlantirishning navbatdagi bosqichining asosiy vazifasi favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yuzaga kelishi xavfini imkon qadar kamaytirishga, shuningdek, odamlar sogʻligʻini saqlashga, moddiy yoʻqotishlarni va atrof tabiiy muhitga yetkazilgan zarar miqdorini kamaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni oldindan amalga oshirishdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bosqichdagi davlat siyosatining maqsadi, Davlat dasturiga muvofiq, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning kafolatlangan darajasini taʼminlash, mamlakatimizdagi fan va texnologiyalar yutuqlarini, shuningdek, ushbu sohadagi jahon tajribasini hisobga olgan holda respublikada avariyalar, halokatlar va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish hamda ularning oqibatlarini yumshatish hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muammo idoralararo va mintaqalararo xususiyatga ega boʻlib, davlat darajasida kompleks yondashuvni, davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning hamda ular rahbarlarining favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshirish, ular yuzaga kelgan taqdirda esa, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini uyushqoqlik bilan bartaraf etish uchun masʼuliyatini oshirishni talab qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini kamaytirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy qoidalarini amalda roʻyobga chiqarishning eng maqbul mexanizmi qator maqsadli dasturlar boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Davlat dasturi doirasida bajariladigan maqsadli dasturlar va asosiy tadbirlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat dasturini amalga oshirish tabiiy va texnogen xususiyatdagi eng yirik miqyosdagi favqulodda vaziyatlar tahdid solayotgan aholi va obyektlarni muhofaza qilishni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni bajarishni nazarda tutadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat dasturi doirasida 1-ilovaga muvofiq oʻn bitta maqsadli dasturlarni bajarish nazarda tutilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FVDT doirasida muvofiqlashtiriladigan Davlat dasturlarining amalga oshirilishi favqulodda vaziyatlar xavfini kamaytirish sohasida yagona maqsadli boshqaruv tizimiga oʻtishni taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Barcha turdagi va ularning salbiy oqibatlari koʻlamidagi favqulodda vaziyatlar xavfini kamaytirish Davlat dasturiga 2-ilovada nazarda tutilgan maqsadli dasturlarni bajarish boʻyicha asosiy tadbirlarni amalga oshirish orqali taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Davlat dasturini resurslar bilan taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, tarmoqlar va obyektlarning barqaror faoliyat koʻrsatishini taʼminlash davlat dasturi doirasidagi maqsadli dasturlarni moliyalashtirish har bir darajada vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga ajratiladigan tegishli budjetlar (respublika va mahalliy budjetlar), mablagʻlari va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlar yetarli boʻlmagan taqdirda FVDTning funksional va hududiy quyi tizimlari tashkilotlariga Hukumat tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan mablagʻlar ajratilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Kutilayotgan natijalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat dasturini amalga oshirish doirasida xavfli tabiiy-texnogen jarayonlar monitoringini va favqulodda vaziyatlarni prognoz qilish, xavfli jarayonlarni qamrab olish darajasi 70 foizgacha va kamida 0,75 — 0,80 ishonchlilik bilan amalga oshirish nazarda tutilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat dasturini amalga oshirish natijalari chuqur tahlil qilinishi, shuningdek, har bir yoʻnalish boʻyicha aniq miqdor va sifat baholari berilishi lozim. Bunda amalga oshirish natijalari deganda quyidagilar tushuniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlar xavfini kamaytirish va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan oqibatlarni yumshatish yoki ularni bartaraf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi xavfsizligi darajasini hamda oʻta muhim obyektlarning tabiiy va texnogen xususiyatdagi tahdidlardan muhofazalanganligini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqaro muhofazasi tuzilmalari kuch va vositalarining favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishga tayyorligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dasturdagi asosiy chora-tadbirlarni amalga oshirish quyidagilarga imkon beradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish muammolari va vazifalarini hal etish uchun maxsus moʻljallangan hamda jalb etiladigan boshqaruv organlari, kuch va vositalarning yanada maqbul va samarali tashkiliy tuzilmasini yaratish, shuningdek, ularning faoliyatini davlat tomonidan yanada samarali tartibga solinishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi xavfsizligi va oʻta muhim obyektlar muhofazalanganligining zarur darajasini taʼminlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun kuch va vositalar faoliyati, favqulodda vaziyatlar monitoringi va prognozlashtirish tizimi, shuningdek, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlar zonalaridagi vaziyatni nazorat qilish samaradorligini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuchlari va vositalarini samarali boshqarishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlar xavfini kamaytirish sohasidagi faoliyatni amalga oshirishda axborot xavfsizligi darajasini oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umuman olganda, Davlat dasturini amalga oshirish natijasida favqulodda vaziyatlar xavfini sezilarli darajada kamaytirish, aholi xavfsizligini hamda toifalangan obyektlarning tabiiy va texnogen xususiyatdagi tahdidlardan muhofazalanganligini taʼminlash nazarda tutilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda vaziyatlarni prognoz qilish va ularning oldini olish davlat dasturiga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda vaziyatlarni prognoz qilish va ularning oldini olish davlat dasturiga maqsadli
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dasturlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Maqsadli dastur nomi

Ishlab chiquvchilar

Tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha

1. Zilzila oqibatlarini kamaytirish dasturi

Fanlar akademiyasi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

2. Toshqinlar, toshqinlar, sel va qor koʻchkilarining hamda koʻchki hodisalarining oldini olish dasturi

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi, Oʻzgidromet, Davlat geologiya qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

3. Epidemiyalar, epizootiyalar, epifitotiyalarning oldini olish dasturi

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, FVV

Texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha

4. Kimyoviy xavfli obyektlarda avariyalarning oldini olish dasturi

“Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

5. Yongʻin-portlashga  xavfli obyektlarda avariyalarning oldini olish dasturi

“Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, Ichki ishlar vazirligi, “Oʻzdavneftgazinspeksiya”, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

6. Energetika obyektlari va tarmoqlarida avariyalarning oldini olish dasturi

“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi, FVV

7. Transportda (avtotransport, temir yoʻl, aviatsiya, metropoliten) avariya va halokatlarning oldini olish dasturi

Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, Toshkent metropoliteni, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

8. Gidrotexnika inshootlarida avariyalarning oldini olish dasturi

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi, FVV

Aholini favqulodda vaziyatlar toʻgʻrisida xabardor qilish boʻyicha

9. Favqulodda vaziyatlar xavfi va sodir boʻlganda aloqa va xabar berishning hududiy va lokal tizimlarini yaratish dasturi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish boʻyicha

10. FVV qutqaruvchilarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi oʻquv obyektlarini zamonaviy avariya-qutqaruv texnikasi, asbob-uskunalari, anjomlari bilan jihozlash va qurish dasturi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi

Aholini, rahbar tarkibini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga oʻqitish boʻyicha

11. Aholining barcha qatlamlarini oʻqitish boʻyicha maqsadli dastur

Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda vaziyatlarni prognoz qilish va ularning oldini olish davlat dasturiga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda vaziyatlarni prognoz qilish va ularning oldini olish davlat dasturining maqsadli dasturlarini bajarish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosiy tadbirlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Maqsadli dasturlar nomi

Asosiy tadbirlar va ijrochilar

Bajarish muddatlari (yillar boʻyicha), yil.

Moliyalashtirish hajmlari (mln. soʻm) / ming doll. AQSH)

Moliyalashtirish manbalari

Kutilayotgan natijalar

I. Tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha

1.

Zilzila oqibatlarini kamaytirish dasturi

1. Fanlar akademiyasi:

1.1. Oʻzbekistonning umumiy seysmik rayonlashtirish meʼyoriy xaritasini yakunlash va joriy etish

2007  —  2011

20072008

1362,0 / 515,2

Fanlar akademiyasining ajratiladigan budjet mablagʻlari va jalb etilgan budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida

Iqtisodiyot obyektlari qurilishi mumkin boʻlgan zonalarni yanada asoslangan tarzda rayonlashtirish

1.2. Kuchli seysmik zonalarda joylashgan shaharlarni seysmik rayonlashtirish

20072011

Shahar doirasida uy-joy va sanoat obyektlarini qurishga ilmiy asoslangan yondashuvni taʼminlash

1.3. Zilzilalarni bosqichma-bosqich prognoz qilish metodikasini takomillashtirish. Kuchli zilzila darakchilarini masofadan turib diagnostika qilish metodikasini ishlab chiqish

20072011

Seysmik xarakterdagi ehtimoliy tahdidlar toʻgʻrisida aholini oʻz vaqtida xabardor qilish maqsadida prognoz aniqligini oshirish

1.4. Stansiyalar tarmogʻini kengaytirish va qayta jihozlash hamda monitoring axborot-tahlil markazini tashkil etish

20072011

Prognoz maʼlumotlarining ishonchliligi va toʻliqligini oshirish

2. “Davarxitektqurilish”:

2.1. Binolarning konstruktiv xususiyatlarini va Oʻzbekiston shaharlarining tabiiy-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda zilzilalardan zararni kamaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish

20072011

60,0 / -

Davarxitektqurilishning ajratiladigan budjet mablagʻlari va  jalb etilgan budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida

Yangi obyektlarni loyihalashda ishonchlilikni oshirish va zilzilabardoshlik boʻyicha tavsiyalarni iqtisodiy asoslash

2.2. Bino va inshootlarni antiseysmik kuchaytirishning samarali usullarini ishlab chiqish

20072011

Binolar va inshootlarning shikastlanishining yoʻl qoʻyiladigan xavfini aniqlash

3. ”Davergeodezkadastr” qoʻmitasi:

3.1. GPS va geodezik oʻlchash texnologiyalarini takomillashtirish

20072011

385,0 / -

Davergeodezkadastr qoʻmitasining ajratiladigan budjet mablagʻlari va jalb etilgan budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida

Oʻtkaziladigan oʻlchovlarning aniqligini oshirish

3.2.  Geodinamik sinov maydonlarida rejim oʻlchovlari

20072011

Oʻtkaziladigan tadqiqotlarning aniqligini oshirish maqsadida oʻlchashlarni oʻtkazish

2.

Toshqinlar, toshqinlar, sel va qor koʻchkilarining hamda koʻchki hodisalarining oldini olish dasturi

1. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi:

1.1. Toshqin xavfi boʻlgan zonalarni oʻrganish

2007 — 2011

2007 — 2010

8246,0 / -

Ajratiladigan budjet mablagʻlari va Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining jalb etilgan budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida

Toshqin suvlarini nazorat qilish va xavfsiz oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini beradi

1.2. Mavjud sel va toshqinga qarshi inshootlarni tekshirish

2007 — 2010

Rekonstruksiya va taʼmirlash ishlari boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda sel va toshqinga qarshi himoya holatini nazorat qilish imkonini beradi

1.3. Qirgʻoqni mustahkamlash va boshqa muhofaza ishlarini olib borish

2007 — 2011

Aholi va hududlarni sel va toshqin oqimlaridan muhofaza qilish darajasini oshirish imkonini beradi

2. Oʻzgidromet:

2.1. Sel va qor koʻchkisi xavfi boʻlgan zonalarni oʻrganish

2007 — 2011

381,0 / -

Oʻzgidrometning ajratiladigan budjet mablagʻlari va jalb etilgan budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida

Aholi va hududlarga sel va qor koʻchkisi xavfining oldini olish. Xavfli gidrometeorologik hodisalar toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilish. Qor koʻchkisiga qarshi himoya holatini nazorat qilish

2.2. Baland togʻli oʻpirilish xavfi boʻlgan koʻllar zonasidagi vaziyatni kuzatish

2007 — 2011

Oʻzbekiston hududida va chegaradosh davlatlarning transchegaraviy zonalarida qor qatlami, bir qator yorilish xavfi boʻlgan koʻllar holati monitoringini taʼminlash

3. Davlat geologiya qoʻmitasi:

3.1. Koʻchki xavfi boʻlgan zonalarni oʻrganish



20072011

3914,0 / -

Davlat geologiya qoʻmitasining budjetdan ajratiladigan mablagʻlari va jalb etilgan budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida

Aholini koʻchki xavfi toʻgʻrisida oʻz vaqtida ogohlantirish va yuzaga kelayotgan vaziyat ustidan nazoratni taʼminlash

3.2. Ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻtkazish

20072011

Xavfli zonalarni aniqlash mezonlarini ishlab chiqish, xavf va risk xaritalarini tuzish

4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

4.1. Toshqin xavfi boʻlgan zonalarni tekshirishda ishtirok etish, zarur himoya ishlari uchastkalari va hajmlarini aniqlash





20072011

5906,0 / -

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, hokimliklarning ajratiladigan budjet mablagʻlari va jalb etilgan budjetdan tashqari mablagʻlar doirasida

Haqiqiy tahdidlar darajasini aniqlash va muhofaza ishlarini oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish

4.2. Qirgʻoqni mustahkamlash va boshqa muhofaza ishlarini olib borish

20072011

Tahdidlar xavfini kamaytirish imkonini beradi hamda aholi va hududlarni toshqin xavfidan muhofazasini taʼminlaydi

3.

Epidemiyalar, epizootiyalar, epifitotiyalarning oldini olish dasturi

Sogʻliqni saqlash vazirligi:

I. Epidemiyalar

1.1. Tabiiy oʻchoqli virusli infeksiyalar boʻyicha tadbirlar

2007 — 2011


2007 — 2011

32292,3 / -

Sogʻliqni saqlash vazirligining ajratiladigan budjet mablagʻlari va jalb etilgan budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida

Kasallik oʻchoqlarini kompleks oʻrganish, kasalliklarni prognozlash va oldini olish

1.2. Grippga qarshi kurash tadbirlari (shu jumladan parranda grippiga qarshi)

2007 — 2011

Gripp pandemiyasini oʻrganish va kasalliklar profilaktikasi

1.3. Oʻtkir ichak kasalliklari va vaboga qarshi kurash tadbirlari

2007 — 2011

Davolash-profilaktika tadbirlari va suvning nazorati

1.4. Bezgakka qarshi kurash tadbirlari

2007 — 2011

Davolash va profilaktika tadbirlari

1.5. OIV/OITSga qarshi kurashish boʻyicha tadbirlar

2007 — 2011

Qon tekshiruvi, davolash-profilaktika muassasalari bazasida targʻibot va profilaktika

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi:

II. Epizootiyalar

2.1. Respublikada veterinariya osoyishtaligini taʼminlash tadbirlari




2007 — 2011

44321,0 / -

Ajratiladigan budjet mablagʻlari va Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining jalb etilgan budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida

Epizootiyaga qarshi kurash va profilaktika tadbirlarni oʻz vaqtida oʻtkazish

III. Epifitotii

3.1. Respublikada epifitotik farovonlikni taʼminlash tadbirlari


2007 — 2011

Samarali monitoring kuzatuv tarmogʻini yaratish

II. Texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha

4.

Kimyoviy xavfli obyektlarda avariyalarning oldini olish dasturi

“Oʻzkimyosanoat” DAK:

1. ”Navoiyazot” OAJ - 5 ta tadbir


20072011

3359,0 / 4800,0

Oʻz mablagʻlari hisobidan

Energiyani tejamkor texnologiyalarni joriy etish

2. ”Fargʻonaazot” OAJ - 3 ta tadbir

20072009

Ishlab chiqarishni rekonstruksiya qilish

3. ”Elektrokimyosanoat” OAJ - 7 ta tadbir

20072009

4. ”Ammofos” OAJ - 4 ta tadbir

20072009

Ishlab chiqarishni rekonstruksiya qilish

5. ”Qoʻqon superfosfat zavodi” OAJ -4 ta tadbir

2007 — 2009

Texnik qayta jihozlash

6. ”Samarqandkimyo” OAJ - 4 ta tadbir

2007 — 2009

Ishlab chiqarishni rekonstruksiya qilish

5.

Yongʻin-portlashga  xavfli obyektlarda avariyalarning oldini olish dasturi

1. “Oʻzbekneftgaz” MXK:

1.1 “Oʻztransgaz” AK

Olimkent shahrida gazni yer ostida saqlash stansiyasini qurish

2007 — 2011

2007 — 2011

492496,2 / 3330000,9

Oʻz mablagʻlari hisobidan

Maksimal gaz isteʼmoli davrlarida magistral gaz quvuri agregatlarining avariyalarsiz ishlashi

Boshqaruv tizimi va texnologik aloqani taʼminlash

2007 — 2011

Favqulodda vaziyat xavfi yuzaga kelganda yoki sodir boʻlganda aloqa tizimi va tarmoq boshqaruv organlarining tezkor boshqaruvini taʼminlash

Uzunligi L = 13 ming km boʻlgan magistral gaz quvurlarini diagnostika qilish

2007 — 2011

Magistral quvurlarning yorilishi bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish

Magistral gaz quvurlarini kengaytirish

2007 — 2011

Magistral va agregatlarni gaz uzatishda yuklamasini kamaytirish

Gazli - Nukus magistralining 159 kilometrida “Sarimay” kompressor stansiyasini qurish

2007 — 2011

Magistrallarda avval ishlagan kompressor stansiyalarini hamda agregatlarga gaz uzatish paytida yuklamasini kamaytirish

Bosh inshootlardagi KS-№ 1, 2, 3, 4 oʻrniga Gazli UMS gaz haydash boʻyicha siqish kompressor stansiyasini (SKS) qurish

2007 — 2011

Gazni transportirovka qilish sexi ishining barqarorligini oshirish, avariyalarning oldini olish, magistral orqali shimolga uzluksiz gaz yetkazib berishni taʼminlash

1.2. “Oʻzgeoburgʻuneftgazqazibchiqarish” AK  Neft tayyorlash uchastkasi bilan “Sardob” konida DS qurish

2007 — 2011

Amaldagi KSlarni yuklamasini kamaytirish, avariyalar va quvurlar yorilishining profilaktikasi

“Koʻkdumaloq” gazkondensat konini jihozlash

2007 — 2011

Neft va gazkondensat qazib olishni koʻpaytirish, Gazkondensat konining xavfsiz ishlashini taʼminlash

1.3. ”Oʻztransgaz” AK va “Oʻzgeoburgʻuneftgazqazibchiqarish” AK (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda)

Magistral gaz quvurlarining muhofaza zonalarida ruxsatsiz qurilgan imoratlarni buzishni tashkil etish

2007 — 2011

Aholini texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va gaz quvurlaridan xavfsiz foydalanishni taʼminlash

1.4. ”Oʻzneftmahsulot” AK

Fargʻona NQIZning yongʻinga qarshi suv quvuri tizimini rekonstruksiya qilish

2007 — 2011

Avtomatik yongʻin oʻchirish tizimining uzluksiz ishlashi va yongʻinga qarshi ehtiyojlarni suv bilan taʼminlash

Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga olib keluvchi kollektorni qurish

2007 — 2011

Yongʻinga qarshi tadbirlar va xoʻjalik-ichimlik suvi taʼminotiga boʻlgan ehtiyojni taʼminlash

Lokal xabarlash tizimini yaratish (qurish) maqsadida “Angren” va “Pop” terminallarini loyiha oldi tekshiruvini oʻtkazish

2007 — 2011

Terminal zonalarida joylashgan posyolkalarda (L=1,5-2km) yashovchi aholini favqulodda vaziyat xavfi toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilish.

1.5. Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi

Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksi inshootlarini mukammal taʼmirlash va yongʻinga qarshi suv quvurlari tizimini rekonstruksiya qilish

2007 — 2011

Obyekt va avtomatik yongʻinni oʻchirish tizimining barqaror ishlashi, shuningdek yongʻinga qarshi ehtiyojlarni suv bilan taʼminlash.

2. ”Oʻzkimyosanoat” DAK:

2.1. Mavjud ishlab chiqarishni rekonstruksiya qilish:

“Elektrokimyosanoat” OAJ, “Ammofos" OAJ, “Qoʻqon superfosfat zavodi” OAJ, “Samarqandkimyo” OAJ


2007 — 2011

3359,0 / -

Oʻz mablagʻlari hisobidan

Obyektlarning barqarorligini oshirish hamda portlash va yongʻin xavfining oldini olish

2.2.Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish:

“Navoiyazot” OAJ, “Fargʻonaazot” OAJ

2007 — 2009

Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish

3. “Oʻzbekenergo” DAK:

3.1. IES, IEM, GES energiya uskunalarini kapital va oʻrta taʼmirlash

2007 — 2011

Oʻz mablagʻlari hisobidan

Energiya uskunalari ishining ishonchliligini oshirish hamda portlash va yongʻin xavfining oldini olish

3.2. Yuqori voltli liniyalar tarmoqlarida kapital taʼmirlash ishlarini bajarish

2007 — 2011

Isteʼmolchilarning energiya taʼminoti ishonchliligini oshirish

3.3. Respublika energetika obyektlarini yanada rivojlantirish

2007 — 2011

Energiya tizimining barqarorligini oshirish

4. “Oʻzdonmahsulot” AK:

4.1. Asosiy uskunalarni kapital taʼmirlash

2007 — 2011

1696,5 / -

Oʻz mablagʻlari hisobidan

Portlash va yongʻin xavfining oldini olish

4.2. Mavjud ishlab chiqarishni rekonstruksiya qilish

2007 — 2011

Yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlardan yanada samarali himoya qilish va obyektlarning barqarorligini oshirish

4.3. Elevatorlarning yuk koʻtaruvchi qurilish konstruksiyalarini kuchaytirish

2007 — 2011

Obyektlarning zilzilabardoshligini oshirish

6.

Energetika obyektlari va tarmoqlarida avariyalarning oldini olish dasturi

“Oʻzbekenergo”DAK:
1. IES, IEM, GES energiya uskunalarini kapital va oʻrta taʼmirlash

2007 — 2011

2007 — 2011

631242,8 / -

Oʻz mablagʻlari hisobidan

1.1. Qozon agregatlarini taʼmirlash - jami 102 ta taʼmirlash

2007 — 2011

Qozon agregatlarining ishonchliligi va unumdorligini oshirish

1.2. Energiya bloklarini taʼmirlash:
160 MVt-27 taʼmirlash:
200 MVt-7 taʼmirlash:
300 MVt-39 taʼmirlash:
800 MVt-2 taʼmirlash:

Energobloklarning xizmat muddatini uzaytirish, ishonchliligi va unumdorligini oshirish

1.3. Turboagregatlarni taʼmirlash - jami 23 ta taʼmirlash

2007 — 2011

Ishonchlilik, unumdorlik va barqarorlikni oshirish

1.4. Gidroagregatlarni taʼmirlash - jami 84 ta taʼmirlash

2007 — 2011

Ishonchlilik, unumdorlik va barqarorlikni oshirish

2. VL6-500 kV tarmoqlarida kapital taʼmirlash ishlarini bajarish:
2.1. VL-500 kV-700 km
2.2. VL-220 kV-2550 km
2.3. VL-110 kV-6035 km
2.4. VL-35 kV-5350 km
2.5. VL - 6-10 kV -36285 km

2007 — 2011

Isteʼmolchilarning energiya taʼminoti ishonchliligini oshirish

3. Obyektlarni rekonstruksiya qilish boʻyicha yangi loyiha ishlanmalari

2007

Obyektlarni rekonstruksiya qilish uchun loyiha-smeta hujjatlari

3.1. 500 kV HL  —  “Soʻgʻdiyona” Sirdaryo IES-PS qurilishi

2007

Energiya tizimining barqarorligini oshirish

3.2. Toshkent IESda gaz-turbina qurilmasini qurish

2008

Elektr energiyasi ishlab chiqarishni koʻpaytirish

3.3. 500 kV HL “Soʻgʻdiyona” IES - Talimarjon IES qurilishi

2007 — 2011

Energiya tizimining barqarorligini oshirish

4. Respublika energetika obyektlarini rivojlantirish

2007 — 2011

Uzluksiz energiya taʼminotini taʼminlash

7.

Transportda (avtotransport, temir yoʻl, aviatsiya, metropoliten) avariya va halokatlarning oldini olish dasturi

1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi:

1.1. Haydovchilik tarkibining qatnovdan oldingi tibbiy koʻrikdan va avtomobillarning texnik koʻrikdan oʻtkazilishi ustidan monitoringni tashkil etish, avtotransport vositalarining zarur va xavfsiz ishlash sharoitlarini taʼminlash, haydovchilik tarkibining majburiy tibbiy qayta koʻrikdan oʻtishi, haydovchilarning oʻz vaqtida stajirovka va yoʻriqnomalar olishi, haydovchilik tarkibining yoʻl qoʻyiladigan ish vaqti davomiyligiga rioya etishi va boshqalar.

2007 — 2011



2007 — 2011

Oʻz mablagʻlari hisobidan

Harakat xavfsizligini taʼminlash ustidan nazoratni oshirish

1.2. Yoʻlovchi va yuk tashish bilan shugʻullanuvchi avtokorxonalarda harakat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha talablarning bajarilishini nazorat qilish, shu jumladan:

avtotransport vositalaridan va ularning asbob-uskunalaridan foydalanish;

tashuvchilarning litsenziya bitimi talablari va shartlarini bajarishi ustidan nazoratni kuchaytirish. Bunda yoʻlovchilar tashishga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda Oʻzbekiston Respublikasida avtobuslarda tashish xavfsizligini taʼminlashga doir talablarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qarori talablarini bajarishga alohida eʼtibor qaratilsin

Tashishlar xavfsizligini oshirish va nazorat qilishni taʼminlash

2. ”Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATYK:

2.1. Temir yoʻl transporti obyektlarida avariyalar va halokatlarning oldini olish maqsadida foydalanish xavfsizligini taʼminlashga, texnik tayyorligini tekshirishga, shuningdek, toʻxtab turish joyida ham, yoʻlda ham boʻlgan temir yoʻl yoʻllari, lokomotivlar, yoʻlovchi va yuk vagonlari, sisterna-vagonlar va konteynerlarning yuk ortish-tushirish ishlarini oʻtkazishda belgilangan standartlarga muvofiqligiga yoʻnaltirilgan kompleks profilaktik reydlarni tashkil etish va muntazam oʻtkazib borish;

2007-yildan boshlab har yili

49152,0 /-

Oʻz mablagʻlari hisobidan

Yuzaga kelishi mumkin boʻlgan avariya vaziyatlarining oldini olish

2.2. Temir yoʻl transportida (shu jumladan tabiiy tusdagi manbalar boʻyicha) favqulodda vaziyatlar, avariyalar va halokatlarning oldini olish maqsadida temir yoʻllarning mavjud tizimini texnik jihatdan qoʻshimcha jihozlash va mustahkamlash tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish; aloqa tarmogʻi fiderlarida raqamli himoyani oʻrnatish

2007 — 2011

Temir yoʻl xoʻjaligi obyektlarini texnik qayta jihozlash

2.3. Yuk va yoʻlovchilar tashishning texnologik jarayoni xavfsizligini, temir yoʻl transporti tizimlarining barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida nazorat va videokuzatuv tizimlarini joriy etish tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish, alohida tortish podstansiyalarining asbob-uskunalarini takomillashtirish

2007 — 2011

Temir yoʻl transporti xavfsizligini oshirish

3. ”Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK:

3.1. Havo kemalarining uchishi va qoʻnishida avariyalar (halokatlar, buzilishlar) ning oldini olish maqsadida yoʻl qoʻyiladigan maksimal yuklamalarni oshirish uchun ayrim aeroportlarning sunʼiy uchish-qoʻnish yoʻlaklarini taʼmirlash (rekonstruksiya qilish) tadbirlarini oʻtkazish




2007 — 2011

45968,9 /-

Oʻz mablagʻlari hisobidan

Aerodromda parvozlar xavfsizligini taʼminlash

3.2. Kundalik faoliyatda va ekstremal vaziyatlarda boshqaruv va aloqa tizimi, parvozlarni radiotexnikaviy taʼminlash va havo harakatini boshqarish ishlarining barqarorligini oshirish maqsadida zarur aeronavigatsiya uskunalarini sotib olish va montaj qilish

2007 — 2011

Boshqaruv va aloqa tizimining barqarorligini oshirish

3.3. Havo kemalarini taʼmirlash va reglamentli ishlarni lozim darajada oʻtkazish, “UAT” korxonasining (243-sonli Aviataʼmirlash korxonasi) barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida mavjud taʼmirlash bazasini modernizatsiya qilishni tashkil etish hamda shtat va shtatdan tashqari rejimlarda zarur mehnat sharoitlarini yaratish

2007 — 2011

Amaldagi taʼmirlash bazasini modernizatsiya qilish

3.4. Qoʻriqlash-rejim, aviatsiya va yongʻin xavfsizligini taʼminlash maqsadida zarur asbob-uskunalar va maxsus texnikalarni sotib olish

2007 — 2011

Yongʻin xavfsizligi va qoʻriqlashning ishonchliligini oshirish

4. IIV:

4.1. Yuk va yoʻlovchi tashish poyezdlari harakati xavfsizligini taʼminlovchi aloqa, avtomatika, signalizatsiya va kommunikatsiya vositalarining oʻgʻirlanishi va shikastlanishi bilan bogʻliq holatlarni aniqlash maqsadida temir yoʻl transporti obyektlarida jinoyatlar profilaktikasi boʻyicha qoʻshma guruhlar tashkil etish

2007 — 2011

IIVning ajratiladigan budjet mablagʻlari va jalb etilgan budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda asbob-uskunalar va materiallar saqlanishini taʼminlash

4.2. DATYK xodimlari, yoʻlovchilar, mansabdor shaxslar, “begonalashtirish chizigʻi” (temir yoʻl boʻylab) deb ataluvchi aholi punktlarida yashovchi fuqarolar oʻrtasida tushuntirish-profilaktika ishlarini doimiy asosda tashkil etish va oʻtkazish

2007 — 2011

Xavfsizlikni taʼminlash maqsadida bilimlarni targʻib qilish

5. Toshkent metropoliteni:

5.1. Obyektlarda zamonaviy videokuzatuv tizimlarini va qoʻriqlashning muhandislik-texnik vositalarini joriy etish

2007 — 2011

8682,0 / -

Oʻz mablagʻlari hisobidan

Obyektlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish darajasini oshirish

5.2. Texnik jihozlarni bosqichma-bosqich almashtirish va modernizatsiya qilishning kompleks dasturini ishlab chiqish

2007 — 2011

Obyektlar ishining ishonchliligini oshirish va ularni texnik qayta jihozlash

5.3. Stansiyalar va yer usti obyektlariga chiqish imkoniyatiga ega tunnellarda ikki tomonlama mobil radioaloqani loyihalash va jihozlash

2007 — 2011

Favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda yoki sodir boʻlganda tezkor boshqaruvni taʼminlash.

8.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi oʻquv obyektlarini zamonaviy avariya-qutqaruv texnikasi, asbob-uskunalari, anjomlari bilan jihozlash va qurish dasturi

FVV:

1. Qutqaruvchilarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazini:


20072011

4980,5 / -

FVVga ajratiladigan budjet mablagʻlari va jalb etilgan budjetdan tashqari mablagʻlar doirasida

Qutqaruvchilarning texnik jihozlanishini oshirish

1.1. Zamonaviy avariya-qutqaruv texnikasi bilan

20072011

Favqulodda vaziyatlar hududida avariya-qutqaruv ishlarini amalga oshirishda qutqaruvchilarning samarali harakatlari

1.2. Zamonaviy asbob-uskuna va anjomlar bilan

20072011

2. Qutqaruvchilarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazining oʻquv obyektlarini qurish

20072011

Qutqaruvchilarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun oʻquv-mashq bazasini yaratish

V. Aholini, rahbar tarkibini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga oʻqitish boʻyicha

11.

Aholining barcha qatlamlarini oʻqitish boʻyicha maqsadli dastur

1. Xalq taʼlimi vazirligi:

1.1. Maktabgacha taʼlim muassasalari va umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun “Hayot faoliyati va xavfsizlik asoslari” oʻquv dasturini yaratish va joriy etish

2007 — 2011

2007 — 2008

2341,0 /-

Xalq taʼlimi vazirligining ajratiladigan budjet mablagʻlari va jalb etilgan budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida

Ehtimoliy favqulodda vaziyatlarda harakat qilishni oʻrgatish maqsadida integratsiyalashgan darslik yaratish

1.2. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda metodik qoʻllanmalar yaratish

2007 — 2011

Oʻquvchilarni oʻqitish uchun koʻrgazmali qoʻllanmalar (filmlar) yaratish

1.3. Oʻquvchi va tarbiyalanuvchilarning zarur bilim va koʻnikmalar doirasini kengaytirish, hayotiy xavfli vaziyatlarda mustaqil harakat qilish qobiliyatini rivojlantirish

2007 — 2011

“Hayot faoliyati va xavfsizlik asoslari” dasturi boʻyicha tanlovlar, olimpiadalar tashkil etish va oʻtkazish

1.4. Ota-onalar bilimini oshirish hamda taʼlim muassasalari rahbarlari va pedagoglarining malakasini oshirish

2007 — 2011

Malaka oshirish va oʻqitish sifatini oshirish

2. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:

2.1. Talabalar, kollejlar va litseylar uchun “Hayot faoliyati xavfsizligi” oʻquv dasturini yaratish va joriy etish

2007 — 2009

155,0 / -

Oliy taʼlim vazirligining ajratiladigan budjet mablagʻlari va jalb etilgan budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida

Oliy oʻquv yurtlari, kollejlar va litseylar talabalari uchun “Hayot faoliyati xavfsizligi” darsligini tayyorlash

2.2. Kollejlar va litseylar rahbarlari hamda oʻqituvchilarini tayyorlash va ularning malakasini oshirishning maqsadli tizimi

2007 — 2011

Malaka oshirish va oʻqitish sifatini oshirish

3. Sogʻliqni saqlash vazirligi:

3.1. Oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun “Fuqaro muhofazasi tibbiy xizmati” kursi boʻyicha darslik yaratish


2007 — 2008

512,0 / -

Sogʻliqni saqlash vazirligining ajratiladigan budjet mablagʻlari va jalb etilgan budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida

Oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun “Fuqaro muhofazasi tibbiy xizmati” darsligini tayyorlash

3.2. Oʻquv va koʻrgazmali qoʻllanmalar tayyorlash, maxsus sinflarni rasmiylashtirish

2007 — 2011

Fuqaro muhofazasi sohasida oʻqitish va bilimlarni oʻzlashtirish sifatini oshirish

3.3. Tibbiyot kollejlari oʻquvchilari uchun “Favqulodda vaziyatlar tibbiyoti” darsligini yaratish

2007 — 2008

Tibbiyot kollejlari oʻquvchilari uchun “Favqulodda vaziyatlar tibbiyoti” darsligini tayyorlash

3.4. Tibbiyot oliy oʻquv yurtlari va kollejlari oʻqituvchilarining malakasini oshirish

2007 — 2011

Oʻquvchi va talabalarni oʻqitish sifatini oshirish

4. FVV:

4.1. Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar (shu jumladan hokimliklar) rahbarlarini oʻqitish


2007 — 2011

FVVga ajratiladigan budjet mablagʻlari va jalb etilgan budjetdan tashqari mablagʻlar doirasida

Fuqaro muhofazasi masalalari boʻyicha maxsus tayyorgarlik, fuqaro muhofazasi sohasida qarorlar qabul qilish

4.2. Mahalla qoʻmitalari rahbarlari va faollarini oʻqitish va qayta tayyorlash

2007 — 2011

Mahalla qoʻmitalari rahbarlari va faollarining favqulodda vaziyatlarda oʻzini oʻzi himoya qilish va harakat qilish boʻyicha bilimlarini targʻib qilish va oʻrgatish

4.3. Ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalarida band boʻlmagan aholini tayyorlash va oʻqitish

2007 — 2011

Aholini favqulodda vaziyatlarda oʻzini oʻzi himoya qilish va harakat qilishga oʻrgatish

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Jami:

1463461,8/

3335316,1

Vazirliklar va idoralarning ajratiladigan budjet mablagʻlari va jalb etilgan budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida

shu jumladan:
224287,8 / 515,2
1239174,0 / 3334800,9

Vazirliklar va idoralarning oʻz mablagʻlari