Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.05.2010 20.03.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1664
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 20.03.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1664
Date of entry into force
30.03.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.05.2010
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANK BOShQARUVINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

TIJORAT BANKLARINING AKSIYALARINI XARID QILISh VA ULAR BOʻYIChA DIVIDENDLAR OLIShDA SOLIQ IMTIYOZLARINI QOʻLLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 20-martda 1664-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 10-maydagi 40, 2010-18, 17/2-son “Tijorat banklarining aksiyalarini xarid qilish va ular boʻyicha dividendlar olishda soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1664-1, 17.05.2010-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 19-dekabrdagi “Tijorat banklarining kapitallashish darajasini oshirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-3831-son Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 51-52-son, 503-modda) muvofiq qaror qilamiz:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ilova qilinayotgan Tijorat banklarining aksiyalarini xarid qilish va ular boʻyicha dividendlar olishda soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri R. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2007-yil 19-fevral,

23-son

Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 19-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-17-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 19-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
286-V-son

Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining
2007-yil 19-fevraldagi 23, 2007-17, 286-V-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklarining aksiyalarini xarid qilish va ular boʻyicha dividendlar olishda soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 19-dekabrdagi “Tijorat banklarining kapitallashish darajasini oshirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-3831-son Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 51-52-son, 503-modda) muvofiq, tijorat banklarining aksiyalarini xarid qilish va ular boʻyicha dividendlar olishda soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 19-dekabrdagi “Tijorat banklarining kapitallashish darajasini oshirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-3831-son Farmoniga muvofiq 2007-yilning 1-yanvaridan boshlab 2010-yilning 1-yanvarigacha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslarning tijorat banklari aksiyalari boʻyicha dividend sifatida olingan daromadlari soliq solishdan ozod qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foyda soligʻi va yagona soliq toʻlovi boʻyicha soliqqa tortish bazasi birlamchi va qoʻshimcha ravishda chiqarilgan tijorat banklari aksiyalarini xarid qilishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summasiga teng miqdorda kamaytiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomning 1-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar tijorat banklarining 2007-yil 1-yanvaridan boshlab sotib olingan aksiyalariga, shuningdek 2009-yilning 31-dekabriga qadar toʻlanadigan aksiyalar boʻyicha dividendlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Nizomning 1-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2010-yilning 1-yanvaridan keyin tijorat banklarining aksiyalari boʻyicha hisoblangan dividendlarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) imtiyoz muddatidan avvalgi va keyingi davrda birlamchi va qoʻshimcha ravishda chiqarilgan tijorat banklari aksiyalarini xarid qilishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summasiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) tijorat banklari aksiyalarini ikkilamchi bozorda xarid qilishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar summasiga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ushbu Nizom doirasida tijorat banklari 2007-yilning 1-yanvaridan boshlab 2009-yilning 31-dekabrigacha boʻlgan davrda hisoblangan dividendlar boʻyicha toʻlov manbaidan soliq ushlab qolmaydi. Shu bilan birga, yuridik shaxs — dividend oluvchilarning dividendlaridan ham soliq undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Yuridik shaxslarga berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalterlik hisobida aks ettirish tartibi Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlarni budjetga toʻlash boʻyicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalterlik hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisida nizomning (2005-yil 2-aprel, roʻyxat raqami 1463 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 105-modda) 3-paragrafi bilan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Daromad (foyda) soligʻi hisob-kitobi shaklida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) yuridik shaxslarning tijorat banklari aksiyalari boʻyicha dividendlar sifatida olingan daromadlari “Aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar boʻyicha dividendlar (foizlar)” satrida aks ettiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) birlamchi va qoʻshimcha ravishda chiqarilgan tijorat banklari aksiyalarini xarid qilishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar summasi “Amaldagi soliq qonunchiligiga muvofiq soliq solinadigan daromad (foyda)ning kamayishi (imtiyozlar boʻyicha maʼlumotnoma ilova qilinmoqda)” satrida aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Yagona soliq toʻlovi toʻlovchilari yagona soliq toʻlovi hisob-kitobi shaklida “Yalpi tushumdan chiqarib tashlanadigan summalar” satrida quyidagi kichik satrlarni qoʻshimcha ravishda koʻrsatadilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslarning tijorat banklari aksiyalari boʻyicha dividend sifatida olingan daromadlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birlamchi va qoʻshimcha ravishda chiqarilgan tijorat banklari aksiyalarini xarid qilishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar summasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi hisob-kitobi shaklida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslarning tijorat banklari aksiyalari boʻyicha dividendlar sifatida olgan daromadlari “barcha soliqlar toʻlangandan soʻng korxona tasarrufida qoladigan foyda (sof foyda)” satrida aks ettiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Maʼlumot uchun: Barcha soliqlar toʻlangandan soʻng korxona tasarrufida qoladigan foyda (sof foyda) Hisoblangan dividendlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaga muvofiq ___________________soʻmga kamaytirildi” degan yozuv kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ushbu Nizomning 6—8-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan satrlar mazkur Nizomning 1 va 2-son ilovalarida keltirilgan shakllarga muvofiq Hisoblangan dividendlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma hamda birlamchi va qoʻshimcha ravishda chiqarilgan aksiyalarni xarid qilganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma mavjud boʻlgan taqdirda toʻldiriladi. Bunda, yuridik shaxslar hisob-kitoblarga bu maʼlumotnomalarning nusxalarini ilova qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Dividendlar koʻrinishida daromad toʻlovchi tijorat banklari quyidagilarga majburlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ushbu Nizomning 3-son ilovasiga muvofiq dividendlar sifatida hisoblangan va toʻlangan daromadlar hamda ular boʻyicha imtiyozlar summasini har bir yuridik shaxs boʻyicha va har bir toʻlov boʻyicha alohida hisobini yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) dividend koʻrinishida daromad olayotgan yuridik shaxslarga ularning talabiga koʻra ushbu Nizomning 1-son ilovasiga muvofiq Hisoblangan dividendlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani yuborish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Tijorat banklari birlamchi va qoʻshimcha ravishda chiqarilgan aksiyalarni sotishda mazkur aksiyalarni xarid qiluvchi yuridik shaxslarga ularning talabiga koʻra mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq Birlamchi va qoʻshimcha ravishda chiqarilgan aksiyalarni xarid qilganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etishga majburlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Yuridik shaxslar berilgan soliq imtiyozlarini hisobga olgan holda qonun hujjatlariga muvofiq soliqlarni toʻgʻri hisoblanishiga va soliqlarning oʻz vaqtida toʻlanishiga javobgarlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ushbu Nizomning toʻgʻri qoʻllanishi ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklarining aksiyalarini xarid qilish va ular boʻyicha dividendlar olishda soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Hisoblangan dividendlar toʻgʻrisida maʼlumotnoma
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dividendlar toʻlovchi tijorat banki toʻgʻrisida maʼlumotlar ‎‎‎‎ Yuridik shaxs — dividend oluvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar ‎‎

‎‎‎1. Toʻliq nomi
‎‎

‎2. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organining nomi‎‎
‎‎ ‎‎
‎‎
‎‎3. STIR
‎‎
4. Bank faoliyati bilan shugʻullanish uchun litsenziya‎‎ 4. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma‎‎

seriya

raqami‎

‎‎raqami

‎‎
‎‎5. Yuridik shaxsning joylashgan yeri (pochta manzili)
‎‎
‎‎
6. Telefon

‎‎kod

‎‎‎‎‎‎kod

‎‎
‎‎

raqami‎

‎‎‎‎raqami‎‎

‎‎

‎‎
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi/kuzatuv kengashining_________dagi _________son qaroriga

‎‎‎‎‎‎(tegishlisining tagiga chizilsin)

‎‎‎(sana)‎

‎‎muvofiq Siz tomondan _________da xarid qilingan nominal qiymati _______________soʻm

‎‎(sana)

boʻlgan _____________dona aksiyaga___________________________________________soʻm ‎‎

(summasi soʻz bilan)

‎‎miqdorida dividendlar hisoblandi.
‎‎
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 19-dekabrdagi “Tijorat banklarining kapitallashish darajasini oshirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-3831son Farmonining 1-bandiga muvofiq mazkur dividendlar soliqqa tortilmaydi.‎

Mazkur Maʼlumotnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻliqligi va ishonchliligini tasdiqlayman:

‎Yuridik shaxs xodimi tomonidan toʻldiriladi ‎‎

Rahbar_______________________________‎‎(F. I. Sh. (toʻliq))

‎‎Imzo‎‎ ___________________

‎‎Ushbu Maʼlumotnoma taqdim etilgan:

‎‎‎pochta

‎‎orqali‎‎‎‎‎

‎vakolatli shaxs orqali‎‎‎‎‎

‎(tegishlisiga “V” belgisi qoʻyilsin)

‎‎Taqdim etilgan ‎‎
‎‎‎‎Sana

‎‎‎‎sana

‎‎‎Bosh hisobchi __________________________
‎‎
Roʻyxatga olish

‎‎(F. I. Sh. (toʻliq))

‎‎raqami

‎‎‎Imzo‎‎ ___________________

‎‎‎(F. I. Sh. (toʻliq))

‎‎

‎imzo

‎‎Sana ‎‎

‎‎

‎‎‎M.Oʻ.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklarining aksiyalarini xarid qilish va ular boʻyicha dividendlar olishda soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Birlamchi va qoʻshimcha ravishda chiqarilgan aksiyalarni xarid qilganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Emissiyani amalga oshiruvchi bank haqida maʼlumotlar Aksiyalarni xarid qiluvchi yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumotlar

‎‎‎1. Toʻliq nomi
‎‎

‎2. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organining nomi‎‎
‎‎ ‎‎
‎‎
‎‎3. STIR
‎‎
4. Bank faoliyati bilan shugʻullanish uchun litsenziya‎‎ 4. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma‎‎

seriya

raqami‎

‎‎raqami

‎5. Yuridik manzil
‎‎
‎‎
6. Telefon

‎‎kod

‎‎‎‎‎‎kod

‎‎
‎‎

raqami‎

‎‎‎‎raqami‎‎

‎‎

‎Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining (kuzatuv kengashining)_____________da _________-son qaroriga muvofiq aksiyalarning birlamchi/qoʻshimcha (tegishlisining tagiga chizilsin) emissiyasi amalga oshirildi, bank tomonidan Sizga ________________da ___________-son
‎‎

‎‎(sana)

shartnomaga (savdo (sana) protokolidan koʻchirmaga) muvofiq __________________dona aksiya ________________________________________________________________soʻmga sotildi.

(summasi soʻz bilan)

‎‎
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 19-dekabrdagi “Tijorat banklarining kapitallashish darajasini oshirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-3831son Farmonining 1-bandiga muvofiq mazkur dividendlar soliqqa tortilmaydi.‎

Mazkur Maʼlumotnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻliqligi va ishonchliligini tasdiqlayman:

‎Yuridik shaxs xodimi tomonidan toʻldiriladi ‎‎

Rahbar_______________________________‎‎(F. I. Sh. (toʻliq))

‎‎Imzo‎‎ ___________________

‎‎Ushbu Maʼlumotnoma taqdim etilgan:

‎‎‎pochta

‎‎orqali‎‎‎‎‎

‎vakolatli shaxs orqali‎‎‎‎‎

‎(tegishlisiga “V” belgisi qoʻyilsin)

‎‎Taqdim etilgan ‎‎

‎‎‎‎Sana

‎‎‎‎sana

‎‎
Bosh hisobchi __________________________
‎(F. I. Sh. (toʻliq))

‎‎‎‎Imzo‎‎ ___________________

‎‎
‎‎
‎‎‎

‎Roʻyxatga olish ‎
‎‎ ‎‎raqami
‎‎Sana‎

(F. I. Sh. (toʻliq))‎‎

‎‎imzo

‎‎M.Oʻ.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklarining aksiyalarini xarid qilish va ular boʻyicha dividendlar olishda soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dividend sifatida hisoblangan va toʻlangan daromadlar va ular boʻyicha soliq imtiyozlarining hisobi
200__ yil uchun
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
№‎‏ ‎‏Yuridik shaxsning nomi‎ STIR ‎ Roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi DSIning nomi‎‏ Sana Summa Ular boʻyicha hisoblangan imtiyozlar summasi‎‏
hisoblangan toʻlangan hisoblandi toʻlandi
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 12-son, 114-modda)