Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.03.2018 12.03.2007 yildagi PQ-601-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 12.03.2007 yildagi PQ-601-son
Date of entry into force
12.03.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.03.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING IJRO ETUVChI TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5329-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasining takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini maqbullashtirish, mashinasozlik, rangli va qora metallurgiya, kimyo va neft-kimyo sanoati, geologiya, mineral xomashyo qazib olish va qayta ishlash korxonalarini rivojlantirish va samaradorligini oshirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishda uning rolini kuchaytirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1, 2-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 12-avgustdagi PQ-942-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 8-son, 464-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yirik investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish byurosi tugatilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 12-avgustdagi PQ-942-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 8-son, 464-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 12-avgustdagi PQ-942-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 8-son, 464-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari axborot-tahlil departamentining yangilangan tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining shtat jadvaliga mazkur qarorga muvofiq oʻzgartirishlar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil departamentlari toʻgʻrisidagi yangilangan Nizomlarni qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin, tegishli moddiy balanslarni ishlab chiqish va kelishish, ular amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish masalalariga alohida eʼtiborni qaratsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil departamentlarini chuqur bilimli va amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 30-maydagi PQ-358-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 3-apreldagi PQ-316-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 25-iyuldagi PQ-131-son qarori 3-bandining toʻrtinchi xatboshi va qarorga 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 12-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-601-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 12-avgustdagi PQ-942-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 8-son, 464-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 12-avgustdagi PQ-942-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 8-son, 464-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2007-yil 12-martdagi PQ-601-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentining tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament mudiri —‎ 1‎
Qishloq xoʻjaligini isloh qilish va fermerlikni rivojlantirish shuʼbasi ‎‎
Shuʼba mudiri —‎‎ 1‎
Fermerlikni rivojlantirish boʻyicha bosh mutaxassis —‎‎ 1‎
Yerlardan oqilona foydalanish masalalari boʻyicha yetakchi mutaxassis —‎‎ 1‎
Suv xoʻjaligi va suv xoʻjaligi qurilishi masalalari boʻyicha bosh mutaxassis —‎‎ 1‎
Yetakchi mutaxassis —‎‎ 1‎
Atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis —‎‎ 1‎
Chorvachilikni rivojlantirish masalalari shuʼbasi
Shuʼba mudiri —‎‎‎ 1‎
Bosh mutaxassis —‎‎‎ 1‎
Yetakchi mutaxassis —‎‎‎ 1‎
Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish shuʼbasi
Shuʼba mudiri —‎‎‎ 1‎
Yogʻ-moy sanoatini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis —‎‎‎ 1‎
Yetakchi mutaxassis —‎‎‎ 1‎
Goʻsht-sut sanoatini rivojlanti�ish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis —‎‎‎ 1‎
Yetakchi mutaxassis —‎‎‎ 1‎
Gʻallani qayta ishlash va chorva ozuqasi ishlab chiqarish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis —‎‎‎ 1‎
Yetakchi mutaxassis —‎‎‎ 1‎
Paxtani qayta ishlash sanoati va yengil sanoat shuʼbasi
Shuʼba mudiri —‎‎‎ 1‎
Paxta xomashyosini qayta ishlash masalalari boʻyicha bosh mutaxassis —‎‎‎ 1‎
Yetakchi mutaxassis —‎‎‎ 1‎
Yengil sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis —‎‎‎ 1‎
Yetakchi mutaxassis —‎‎‎ 1‎
Savdoni va pulli xizmatlar sohasini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis —‎‎‎ 1‎
Inspektor —‎‎‎ 1‎
Jami —‎ 24‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari:
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi “Oʻzgidromet” markazi
“Oʻzagromashservis” uyushmasi “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi
“Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi Oʻzbekiston ovchilar va baliqchilar uyushmasi
“Oʻzdavdoninspeksiya” Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi
“Sifat” markazi Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi
Oʻzbekiston Fermerlari kengashi “Hunarmand” uyushmasi
“Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi “Agrobank” ATB
“Oʻzvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi “Qishloq qurilish bank” ATB
Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi Ulgurji bozorlar, yarmarkalar, xalq isteʼmol tovarlari koʻrgazmalari
“Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi Oʻzbekiston respublika kadrlar jamiyati
Oʻzbekiston respublika koʻzi ojizlar jamiyati
“Mahalliy sanoat” hududiy aksiyadorlik kompaniyalari
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 30-dekabrdagi PF-4495-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 3-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 11-son, 97-modda; 2008-y., 14-15-son, 99-modda; 2009-y., 22-son, 257-modda; 2011-y., 50-son, 512-modda; 2013-y., 1-son, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 8-son, 464-modda;)