Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2021 14.03.2007 yildagi PF-3860-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 14.03.2007 yildagi PF-3860-son
Date of entry into force
14.03.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2021
Hujjat 14.03.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-noyabrdagi PF-6112-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan 2021-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik subyektlari tomonidan ishlab chiqarishni muntazam modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, uni yuqori sifatli, raqobatbardosh, eksportga yoʻnaltirilgan mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytirish imkonini beradigan ilgʻor zamonaviy uskunalar bilan taʼminlashga qaratilgan samarali ragʻbatlantirish tizimini yaratish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarga uch yil mobaynida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashga, ushbu maqsadlar uchun berilgan kreditlarni qaytarishga, lizing obyekti qiymatini toʻlashga yoʻnaltirilgan mablagʻlar miqdorida, tegishli hisobot davri uchun hisoblangan ammortizatsiya mablagʻlaridan foydalanish sharti bilan, foydadan olinadigan soliq bazasini kamaytirish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ishlab chiqarishga joriy etilgan yangi texnologik jihozlar besh yil muddatga mulk soligʻidan ozod etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Soliqqa tortishning soddalashtirilgan tartibi qoʻllaniladigan ishlab chiqarish mikrofirmalari va kichik korxonalari uchun besh yil davomida yagona soliq toʻlovi toʻlashda soliqqa tortiladigan bazani xarid qilingan yangi texnologik jihozlar qiymatiga teng, ammo soliqqa tortish bazasining 25 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda kamaytirgan holda soliq imtiyozlari joriy etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Farmonda koʻzda tutilgan soliq imtiyozlari yangi jihozlar ishlab chiqarishga joriy etilgan paytdan boshlab navbatdagi soliq hisoboti davri uchun qoʻllaniladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnologik jihozlar xarid (import) qilingan paytdan boshlab uch yil ichida sotib yuborilgan yoki tekinga berilgan boʻlsa, yuqorida qayd etilgan soliq imtiyozlari bekor qilinadi va qonunchilikda belgilangan tartibda budjetga tegishli soliqlar va bojxona toʻlovlari toʻlash boʻyicha majburiyatlar tiklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilansinki, 2007-yil 1-apreldan boshlab olib kiriladigan texnologik jihozlarga qonunchilikda koʻzda tutilgan bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan texnologik jihozlar roʻyxatiga muvofiq qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnologik jihozlarni olib kirishda qoʻllaniladigan imtiyozlar, agar texnologik jihozlarni yetkazib berish boʻyicha shartnoma shartlarida koʻzda tutilgan boʻlsa, butlovchi va ehtiyot qismlarga nisbatan ham tatbiq etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda 2007-yil 1-aprelgacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadigan texnologik jihozlar roʻyxatini tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Adliya vazirligi bilan birgalikda oʻrnatilgan tartibda mazkur Farmonda koʻzda tutilgan soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizom ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqqan holda kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar haqida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 14-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-3860-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 11-son, 96-modda; 2009-y., 25-son, 282-modda, 52-son, 558-modda; 2013-y., 52-son, 689-modda)