Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 09.03.2007 yildagi 46-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 09.03.2007 yildagi 46-son
Date of entry into force
09.03.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“KEYS NYu-XOLLAND” KOMPANIYASINING UNIVERSAL-HAYDOV TRAKTORLARI UZELLARI VA DETALLARINI IShLAB ChIQARIShNI MAHALLIYLAShTIRIShNI ChUQURLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasining “OʻzKeysTraktor” qoʻshma korxonasi tomonidan “Keys Nyu-Xolland” kompaniyasining traktorlar balansirovkasi va xavfsizligi tizimini, shuningdek qishloq xoʻjaligi asbob-uskunalari bilan agregatlash uchun osma va tirkama asbob-uskunalar tizimini ishlab chiqarish mahalliylashtirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni amalga oshirishda mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari salohiyatidan toʻliq darajada foydalanilmadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturini, shu jumladan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni taʼminlovchi ishtirokchi korxonalar sonini kengaytirish yoʻli bilan yanada maqbullashtirish maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2006—2008-yillarda mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi toʻgʻrisida” 2006-yil 22-iyundagi PQ-386-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 13-avgustdagi 391-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Iqtisodiyot vazirligi va “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, 2008-yilda mahalliylashtirish darajasini 34 foizgacha yetkazishni taʼminlaydigan “Keys Nyu-Xolland” kompaniyasining universal-haydov traktorlari uzellari va detallarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish boʻyicha tadbirlar 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Keys Nyu-Xolland” kompaniyasining universal-haydov traktorlari uzellari va detallarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish boʻyicha tadbirlarning bajarilishini soʻzsiz taʼminlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha Maxsus komissiyaning:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 22-iyundagi PQ-386-son qarori bilan maʼqullangan Tayyor mahsulot turlari, materiallar va xomashyo ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalari roʻyxatiga “Keys Nyu-Xolland” kompaniyasining universal-haydov traktorlarini ishlab chiqarish boʻyicha loyihani kiritish yoʻli bilan 2-ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil uchun belgilangan mahalliylashtirish darajasi bajarilgan taqdirda 2008-yilda koʻrsatib oʻtilgan loyiha muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 22-iyundagi PQ-386-son qarori 2-bandiga muvofiq “OʻzKeysTraktor” va “OʻzKeysMash” qoʻshma korxonalariga 2009-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda soliqlar va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “OʻzKeysTraktor” va “OʻzKeysMash” qoʻshma korxonalarining 2007-2008-yillarda “Keys Nyu-Xolland” kompaniyasining 250 ta universal-haydov traktorini, shuningdek 180 ta “Keys-1200” pnevmatik universal seyalkani Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 22-iyundagi PQ-386-son qarori bilan berilgan soliqlar va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar summasi doirasida kamaytirilgan amaldagi qiymatidan past narx boʻyicha sotish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “OʻzKeysTraktor” va “OʻzKeysMash” qoʻshma korxonalariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 22-iyundagi PQ-386-son qarori doirasida soliqlar va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berish natijasida boʻshaydigan mablagʻlarni ushbu qarorning 5-bandida koʻrsatilgan mahsulotlarning amaldagi qiymati va ularni sotish narxi oʻrtasidagi tafovutlarni qoplash uchun yoʻnaltirishiga ruxsat etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.R. Shaismatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 9-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 9-martdagi 46-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Keys Nyu-Xolland” kompaniyasining universal-haydov traktorlari uzellari va detallarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish boʻyicha tadbirlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r‎ Tayyorlovchi*‎ Ishlar, buyumlar, uzellar butlovchi buyumlar va materiallar nomi‎ 2007-y.‎ 2008-y.‎
1.‎ “TTZ-ASBOB” ShK, “TTZ-METALL” ShK, “Texnoplastik” QK, “Kvars” AJ, “Mirta” MChJ, “OʻzKeysMash” QK, ‎ Quyish, mexanik ishlov berish, quvvat olish vallari, pillapoyalar, oyna, osma va tirkama asbob-uskunalarni qayd etish tizimi uzellari, balansirovka tizimi, boshqa uzellar ‎ 30,5 % 34,0 %‎‏‎
2.‎ Jizzax akkumulyator zavodi (“OʻzEkSayd” QK) ‎ Akkumulyator batareyalari‎
3.‎ “TTZ” OAJ, “Mirta” MChJ ‎ Ishlatib boʻlingan gazlarni chiqarib yuborish tizimi‎
4.‎ “OʻzKeysMash” QK, “OʻzDongju” QK‎ Boʻyash ishlari, boʻyoqlar‎
5.‎ Kimyo sanoati va qurilish materiallari korxonalari‎ Prokladkalar, zichlagichlar, loklar, boʻyoqlar, erituvchilar va mahkamlash detallari‎
6.‎ “OʻzKeysTraktor” QK‎ Ishlab chiqarish tizimlari va buyumlarini payvandlash, yigʻish, montaj qilish va sozlash, shuningdek agregat yigʻish va traktorni kompleks sinash‎
7.‎ “TTZ-ASBOB” ShK, “TTZ-METALL” ShK, “Texnoplastik” QK, “Mirta” MChJ, “OʻzKeysMash” QK, “OʻzKeysTraktor” QK, “TSM-Lazer-Press” ShK‎ Kabinaga butlovchi qismlar va detallar‎ ‏—
8.‎ “Oʻz-Tong Xong” QK, “OʻzKeysTraktor” QK, “Mirta” MChJ‎ Nazorat qilish tizimi boʻlgan operator oʻrindigʻi‎
9.‎ “Texnolog” AJ‎ Plastmassadan tayyorlangan uzellar (yonilgʻi baklari)‎
10.‎ “Kvars” AJ ‎ Shishadan tayyorlangan buyumlar‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Tayyorlovchilar mahsulotning narx va sifat tavsiflariga qarab oʻzgarishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 9-martdagi 46-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 22-iyundagi PQ-386-son qarori bilan maʼqullangan Tayyor mahsulot turlari, materiallar va xomashyo ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalari roʻyxatiga kiritilayotgan qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Roʻyxatga quyidagi mazmundagi 10-1-pozitsiya qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r‎‏‎‏
Mahalliylashtirilayotgan mahsulot ishlab chiqariladigan korxona nomi‎‏ Mahalliylashtirilayotgan mahsulot nomi‎‏‎‏
Mahalliylashtirilayotgan mahsulotning potensial isteʼmolchilari ‎‏
Oʻlchov birligi‎‏
Ishlab chiqarishning prognoz hajmi va mahalliylashtirish darajasi
2007-yil 2008-yil
Soni‎ Summa, mln.soʻm.‎ Mahalliylashtirish darajasi, 11% ‎ Soni‎ Summa, mln.soʻm.‎ Mahalliylashtirish darajasi, % ‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎ 11‎
10-1‎ “OʻzKeysTraktor” QK‎ “Keys Nyu-Xolland” kompaniyasining universal-haydov traktori ‎ Mashina-traktor parklari (MTP, MMTP), fermer xoʻjaliklari‎ dona‎ 100‎ 13336,2‎ 30,5‎ 150‎ 20004,3‎ 34,0‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 9-10-son, 87-modda)