26.02.2007 yildagi 41-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 26.02.2007 yildagi 41-son
Date of entry into force
26.02.2007
Hujjat 26.02.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON MILLIY TELERADIOKOMPANIYASI TIZIMI XODIMLARI UCHUN YAGONA TARIF SETKASI TARMOQ KOEFFITSIYENTLARINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi faoliyatini tashkil etish boʻyicha tadbirlar haqida” 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-245-son qaroriga muvofiq hamda ishlab chiqarishning oʻziga xos xususiyatlarini va professional talablarni hisobga olgan holda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ijodiy-ishlab chiqarish va muhandis-texnik xodimlari mehnatiga haq toʻlashni takomillashtirish, shuningdek, ularning kasb darajasini va malakasini oshirishi uchun ragʻbatlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2007-yil 1-martdan boshlab mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasiga binoan hisoblab chiqarilgan lavozim maoshlariga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʼzbekiston” teleradiokanali”, “Sport” teleradiokanali”, “Toshkent” teleradiokanali”, “Oʼzbektelefilm” davlat unitar korxonalari, shuningdek, “Yoshlar” teleradiokanali” yopiq aksiyadorlik jamiyati va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi xodimlari uchun — 1,15 miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarishning oʻziga xos xususiyatlariga va professional talablarga muvofiq Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hududiy boʻlinmalari xodimlari uchun — 1,1 miqdorida tarmoq koeffitsiyentlari joriy etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki, Yagona tarif setkasi boʻyicha lavozim maoshlariga tarmoq koeffitsiyentlarini joriy etish Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga, uning tasarrufidagi korxonalar va tashkilotlarga, shuningdek, hududiy boʻlinmalariga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida, shtatdagi xodimlar sonini maqbullashtirish hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda bir oy muddatda ishlab chiqarishning oʻziga xos xususiyatlarini va professional talablarni hisobga olib xodimlarni ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 26-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 9-10-son, 83-modda; 2012-y., 43-son, 495-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)