02.08.2005 yildagi 180-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 02.08.2005 yildagi 180-son
Date of entry into force
02.08.2005
Hujjat 28.08.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “TOʻGʻRIDAN-TOʻGʻRI XUSUSIY XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISHNI RAGʻBATLANTIRISH BORASIDAGI QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA”GI FARMONINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 11-apreldagi PF–3594-son Farmonini bajarish yuzasidan va chet ellik investorlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan kafolatlar berilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasi toʻrtinchi qismida belgilangan kafolatlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, chet ellik investorga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan qonun hujjatlarida belgilanganga qoʻshimcha kafolatlar va himoya choralari (imtiyozlar va preferensiyalar) berilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan chet ellik investor oʻrtasida investitsiya shartnomasi tuziladi va shartnoma keyinchalik Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiya shartnomalarini tuzish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A.Golishev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 2-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
180-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 2-avgustdagi 180-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni
himoya qilish choralari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi
Qonunining 3-moddasi toʻrtinchi qismida belgilangan
kafolatlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida”, “Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 11-apreldagi PF — 3594-son Farmoniga muvofiq “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida”gi Qonunning 3-moddasi toʻrtinchi qismi bilan chet ellik investorlarga va ularning investitsiyalariga berilgan kafolatlarni (keyingi oʻrinlarda matnda kafolat deb yuritiladi) qoʻllash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Keyingi qonun hujjatlari munosabati bilan investitsiyalash shart-sharoitlari yomonlashgan taqdirda investitsiyalash paytida amal qilgan qonun hujjatlarini oʻn yil mobaynida qoʻllash toʻgʻrisidagi kafolat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet ellik investorga toʻlanadigan dividendlar shaklida olinadigan daromadga solinadigan soliq miqdori (stavkalar) koʻpayishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet ellik investorning chet elga oʻtkaziladigan daromadi (foydasi)ni repatriatsiya qilish tartib-qoidasini murakkablashtiradigan yoki uning miqdorini kamaytiradigan qoʻshimcha talablar joriy etilishi, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona toʻlov qobiliyatiga ega boʻlmaganda va bankrotga uchraganda yoki kreditorlarning huquqlarini himoya qilish, chet ellik investor — jismoniy shaxs tomonidan sodir etilgan jinoiy qilmish yoki maʼmuriy huquqni buzishlar, yoxud sud yoki hakamlik qaroriga muvofiq bunday repatriatsiyani toʻxtatib turish zaruriyati hollarida kamsitmasdan qonun hujjatlarini qoʻllash shartlarida chet ellik investorning mablagʻlarini repatriatsiya qilish davlat tomonidan toʻxtatib qoʻyilgan hollar bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiyalashni amalga oshirish hajmlariga miqdoriy cheklashlar va investitsiyalar miqdori boʻyicha, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarda chet el investitsiyalarining eng kam miqdorini koʻpaytirish shaklidagi boshqa qoʻshimcha chora-tadbirlar joriy etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika korxonalarining ustav fondlarida chet ellik investorning ulushli qatnashishi boʻyicha cheklashlar joriy etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet ellik investorlarning vizalarini rasmiylashtirish va muddatini uzaytirishning qoʻshimcha tartib-qoidalari, shuningdek chet el investitsiyalarni amalga oshirish boʻyicha boshqa qoʻshimcha talablar joriy etilishi hollarida qoʻllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga muvofiq quyidagilar chet ellik investorlar hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet davlatlar, chet davlatlarning maʼmuriy yoki hududiy organlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlatlar oʻrtasidagi bitimlar yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tashkil topgan yoki xalqaro ommaviy huquq subyektlari boʻlgan xalqaro tashkilotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va faoliyat koʻrsatib kelayotgan yuridik shaxslar, boshqa har qanday shirkatlar, tashkilotlar yoki uyushmalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet davlat fuqarolari boʻlmish jismoniy shaxslar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va chet ellarda doimiy yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Kafolatning amal qilishi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxona tashkil etilganda — korxona davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mol-mulk, ulushlar, Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emitatsiya qilingan aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar sotib olinganda savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlariga, ular joylashgan yer uchastkalari bilan turar joy binolariga mulkchilik huquqi, shuningdek yerga va tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqi (shu jumladan ijara asosida) mulkchilik huquqini yoki boshqa ashyoviy huquqni mustahkamlaydigan hujjat kuchga kirgan sanadan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
intellektual mulkka huquqlar qoʻshilganda, mualliflik huquqlari, patentlar, tovar belgilari, foydali modellar, sanoat namunalari, firma nomlari va nou-xau, shuningdek amaliy obroʻ (gudvill) ham shu jumlaga kiradi — intellektual mulkka huquqlar qoʻshilishini tasdiqlovchi hujjat kuchga kirgan sanadan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsessiyalar, shu jumladan tabiiy resurslarni razvedka qilish, qazish, qazib chiqarish yoxud foydalanishga konsessiyalar sotib olinganda - konsessiya shartnomasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya majburiyatlari chet ellik investor Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan tuzadigan investitsiya shartnomasida bir vaqtning oʻzida mustahkamlanadigan investitsiyalashda — shartnoma kuchga kirgan sanadan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa shakllardagi investitsiyalashda — chet ellik investor tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida investitsiya faoliyati amalga oshirilishini tasdiqlaydigan hujjat kuchga kirgan sanadan boshlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur Nizomning 2-bandida sanab oʻtilgan investitsiyalash shartlari yomonlashishining har qanday turlari boshlangan taqdirda chet ellik investor tegishli vakolatli organni kafolat qoʻllanishi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazadigan davlat tashkilotlari, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi hamda xizmat koʻrsatuvchi banklar chet ellik investor tomonidan kafolat qoʻllanishi toʻgʻrisida xabardor qilinadigan vakolatli organlar hisoblanadi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Bildirishnoma yozma shaklda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet ellik investorga toʻlanadigan dividendlar shaklida olinadigan daromadga solinadigan soliq miqdori (stavkalar) koʻpaygan taqdirda — korxona roʻyxatdan oʻtkazilgan joy boʻyicha davlat soliq xizmati organlariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizomda nazarda tutilgan hollardan tashqari chet ellik investorning chet elga oʻtkaziladigan daromadi (foydasi)ni repatriatsiya qilish tartib-qoidasini murakkablashtiradigan yoki uning miqdorini kamaytiradigan qoʻshimcha talablar joriy etilgan taqdirda — xizmat koʻrsatuvchi bankka;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiyalarni amalga oshirish hajmlariga miqdoriy cheklashlar va investitsiyalar miqdori boʻyicha boshqa qoʻshimcha talablar, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarda chet el investitsiyalarining eng kam miqdorini koʻpaytirish, respublika korxonalarining ustav fondlarida chet ellik investorlarning ulushli qatnashishi boʻyicha cheklashlar shaklidagi talablar, shuningdek chet el investitsiyalarini amalga oshirish boʻyicha boshqa qoʻshimcha talablar joriy etilgan taqdirda — yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazadigan tegishli davlat tashkilotlariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet ellik investorlarning vizalarini rasmiylashtirish va muddatini uzaytirishning qoʻshimcha tartib-qoidalari joriy etilgan taqdirda — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga va (yoki) Ichki ishlar vazirligiga;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet ellik investorga qonun hujjatlarida belgilanganga qoʻshimcha kafolatlar va himoya choralari beradigan investitsiya shartnomasi mavjud boʻlgan taqdirda investitsiya shartnomasida koʻrsatilgan investitsiyalash shartlari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasiga yuboriladi (beriladi).
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bildirishnoma investor tomonidan investitsiyalash shartlarini yomonlashtiradigan qonun hujjati qabul qilingandan keyin istalgan vaqtda yuborilishi mumkin. Bildirishnomada chet ellik investor investitsiyalash shartlari yomonlashdi deb hisoblaydigan holatlar va kafolat amal qilishi muddati mobaynida oʻzi qoʻllash niyatida boʻlgan investitsiyalash sanasida amal qilgan qonun hujjati koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Chet ellik investorning bildirishnomasi chet ellik investorga nisbatan vakolatli organ tomonidan investitsiyalash sanasida amal qilgan qonun hujjati qoʻllanishi uchun asos hisoblanadi. Bildirishnoma, vakolatli organga yuborilishi sanasidan qatʼi nazar, investitsiyalash shartlarining yomonlashtiradigan qonun hujjati kuchga kirgan paytdan boshlab amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatli organ chet ellik investorning bildirishnomasiga rozilik bildirmagan taqdirda “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida”gi Qonunning 3-moddasi toʻrtinchi qismi va mazkur Nizom chet ellik investorga qoʻllanishining qonuniyligi toʻgʻrisidagi yuridik xulosa uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga murojaat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi murojaat olingan paytdan boshlab ikki hafta muddatda tegishli vakolatli organga asoslangan xulosa yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatli organ chet ellik investorga kafolat qoʻllanishining noqonuniyligi toʻgʻrisidagi daʼvo bilan sudga murojaat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet ellik investorga kafolat qoʻllanishi noqonuniyligi toʻgʻrisida Adliya vazirligining yuridik xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda vakolatli organ davlat boji toʻlamasdan tegishli daʼvo bilan sudga murojaat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vakolatli organning chet ellik investor bildirishnomasiga rozilik bildirmasligi, yuridik xulosa uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga va chet ellik investorga kafolat qoʻllanishining noqonuniyligi toʻgʻrisidagi daʼvo bilan sudga murojaat qilishi chet ellik investorga nisbatan kafolat qoʻllanishini toʻxtatib turish uchun asos hisoblanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur Nizomning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq belgilanadigan Oʻzbekiston Respublikasining milliy xavfsizligi manfaatlarini himoya qilishni taʼminlash bilan bevosita bogʻliq boʻlgan qonun hujjatlari qabul qilinishi, ularga qoʻshimchalar kiritilishi yoxud ularning bekor qilinishiga tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari
va ularning himoya qilish choralari toʻgʻrisida”gi
Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasi
toʻrtinchi qismida belgilangan kafolatlarni qoʻllash
tartibi haqidagi Nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kafolat qoʻllanishi haqida chet ellik investor tomonidan xabar berilishi sxemasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Chet ellik investorga kafolat qoʻllanishining qonuniy emasligi haqida Adliya vazirligining yuridik xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda vakolatli organ davlat boji toʻlamasdan tegishli daʼvo bilan sudga murojaat qilishi mumkin.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 2-avgustdagi 180-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiya shartnomalarini tuzish va amalga
oshirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga muvofiq chet ellik investorlarga qonun hujjatlarida belgilanganlarga qoʻshimcha kafolatlar va himoya choralari (imtiyozlar va preferensiyalar) berishda ular bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan investitsiya shartnomalari tuzish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet ellik investorlar bilan ularning qoʻshimcha kafolatlar va himoya choralari (imtiyozlar va preferensiyalar) berish bilan bogʻliq boʻlmagan investitsiya majburiyatlarini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan shartnomalarni tuzish va amalga oshirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Chet ellik investorlarga kafolatlar va himoya choralari (imtiyozlar va preferensiyalar):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barqaror iqtisodiy oʻsishni, mamlakat iqtisodiyotini progressiv tarkibiy oʻzgartirishlarni taʼminlovchi ustuvor tarmoqlarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikaning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini mustahkamlash va kengaytirishni, respublikani jahon xoʻjalik aloqalariga integratsiyalashni taʼminlovchi ustuvor loyihalarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalga oshirilishi xom ashyo va materiallarni qayta ishlashga, isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatishga, aholini ish bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan kichik tadbirkorlik sohasidagi loyihalarni investitsiyalashning har bir aniq holatida beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda soliqlar, bojxona toʻlovlari va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qoʻshimcha imtiyozlar xorijiy investorlar tomonidan tashkil etilgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga faqat aniq belgilangan muddatga beriladi va muddatsiz tusda boʻlishi mumkin emas.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-iyuldagi 133-son qarori bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 270-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qoʻshimcha kafolatlar va himoya choralari (imtiyozlar va preferensiyalar) beriladigan chet ellik investorlar tomonidan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash maqsadida investor bilan investitsiya shartnomasi tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Investitsiya shartnomasi investitsiya faoliyati subyektlarining investitsiya faoliyati obyektlariga nisbatan huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Investitsiya shartnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati hamda chet ellik investor (investorlar) oʻrtasida tuziladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Investitsiya shartnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan chet ellik investorga qonun hujjatlarida belgilanganlarga qoʻshimcha kafolatlar va himoya choralari (imtiyozlar va preferensiyalar) berilgan taqdirda majburiy tartibda tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday kafolatlar va himoya choralari (imtiyozlar va preferensiyalar) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatlari berishni, maxsus bojxona, soliq va toʻlov rejimi yaratishni, loyihalarni amalga oshirish davlat monitoringini yuritishni, investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga koʻmaklashishni, investitsiya dasturiga kiritishni yoki Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa chora-tadbirlarni oʻz ichiga olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Investitsiya shartnomasida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiyalar obyekti va hajmi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya shartnomasining amal qilish muddati va shartlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investorning, shu jumladan investitsiyalash hajmi, ishlab chiqarishning muayyan hajmini taʼminlash, mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sifatining kafolatlangan darajasi, oʻzi ishlab chiqargan tovarlar eksporti va koʻrsatadigan xizmatlari hajmi, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida jalb etiladigan kreditlarning qaytarilishini taʼminlash, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlariga, mehnat qonunchiligiga va texnika xavfsizligiga rioya qilish, ishlab chiqarish faoliyatining boshqa sohalari boʻyicha huquq va majburiyatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro standartlarga, shuningdek energiya samaradorligi va ekologiya normalari boʻyicha zamon talablariga mos keladigan zamonaviy uskunalar va texnologiyalarni yetkazib berish yuzasidan chet ellik investorning majburiyatlari;
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 4-oktabrdagi PQ-2624-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 40-son, 469-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining, shu jumladan qonun hujjatlarida belgilanganlarga qoʻshimcha kafolatlar va himoya choralari berish boʻyicha huquq va majburiyatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, pudrat ishlariga shartnomalar tuzish muddatlari, moliyalashtirish manbalari, loyihani amalga oshirish jadvallari, investitsiya loyihasining amalga oshirilishini texnik nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi axborotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet ellik investor tomonidan uning majburiyatlari ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni taqdim etish tartibi va muddatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tomonlarning investitsiya shartnomasi shartlariga rioya qilmaganligi uchun javobgarligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzgartirishlar kiritish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya shartnomasining amal qilishini toʻxtatish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etish tartibi va koʻrib chiqish joyi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiya shartnomasida investitsiya loyihasi xususiyatiga qarab boshqa shartlar, shu jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tomonlarning mintaqaning ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha oʻzaro majburiyatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investorning shartnomani bajarish natijasida oʻziga tegishli mahsulotni va olingan foydani (daromadlarni) Oʻzbekiston Respublikasidan chetga chiqarish huquqi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet ellik investorning Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy shaxslari boʻlgan xodimlarni yollash va oʻqitish boʻyicha majburiyatlari, texnologiyalardan foydalanish shartlari, shuningdek investorning investitsiya loyihasini amalga oshirish tugallangandan keyin tashkil etilgan tashkilotning xodimlarini oʻqitish boʻyicha majburiyatlari ham boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Chet ellik investor investitsiya shartnomasini tayyorlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasiga quyidagilarni taqdim etadi:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya shartnomasining loyihasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida belgilangan hollarda vakolatli organlarda ekspertizadan oʻtkazilgan texnik-iqtisodiy asoslash (texnik-iqtisodiy hisoblash) asosida bajarilgan asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya shartnomasi loyihasining huquqiy ekspertizasi yuzasidan — Adliya vazirligining xulosasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet ellik investorlarga va (yoki) tashkil etiladigan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonaga qonun hujjatlarida belgilanganlarga qoʻshimcha ravishda soliq solish boʻyicha imtiyozlar va preferensiyalar berish yuzasidan — Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi xulosalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Zarurat boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi chet ellik investordan investitsiya shartnomasi loyihasini baholash bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha materiallarni soʻrab olishi mumkin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Chet ellik investor tomonidan taqdim etilgan investitsiya shartnomasi loyihasi va boshqa materiallar investitsiya shartnomasi loyihasi olingan kundan boshlab oʻn toʻrt ish kuni mobaynida vakolatli organlar tomonidan koʻrib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Zarurat boʻlgan taqdirda, investitsiya shartnomasi qoidalarini kelishib olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi hamda chet ellik investor (investorlar) oʻrtasida muzokaralar oʻtkaziladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Chet ellik investor hamda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tomonidan imzolangan investitsiya shartnomasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga uni tasdiqlash toʻgʻrisida Hukumat qarorini qabul qilish uchun kiritiladi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslashi (texnik-iqtisodiy hisobi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi kerak boʻlsa investitsiya shartnomasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi tegishli band investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslashi (texnik-iqtisodiy hisobi)ni tasdiqlash haqidagi Hukumat qarori loyihasiga kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar investitsiya shartnomasida soliq hamda bojxona imtiyozlari va preferensiyalari berish nazarda tutilsa bunday shartnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Chet ellik investor bilan investitsiya shartnomasi uni tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan boshlab kuchga kiradi, agar ushbu qarorda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Chet ellik investor investitsiya shartnomasida belgilangan tartibda va muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasiga qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishi toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etadi. Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi investitsiya shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlarning chet ellik investor tomonidan bajarilishini nazorat qiladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ushbu Nizomning amal qilishi u kuchga kirgandan keyin amalga oshiriladigan investitsiya loyihalariga tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiya shartnomalarini tuzish va amalga
oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiya shartnomasini tuzish va amalga oshirish sxemasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*Investitsiya shartnomasi loyihasi puxta ishlash uchun qaytarilgan taqdirda koʻrib chiqish muddati investitsiya shartnomasining puxta ishlangan loyihasi olingan kundan boshlab hisoblanadi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 30-31-son, 232-modda; 2006-y., 28-29-son, 270-modda; 2016-y., 40-son, 469-modda; 2017-y., 34-son, 893-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2020-y., 09/20/264/0530-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.06.2022-y., 09/22/324/0510-son; 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son)